O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-Mavzu: Uzbekistonda muzey  ishi tarixi



Yüklə 497,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix02.01.2022
ölçüsü497,39 Kb.
#40030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
2 5204369034006495906

3-Mavzu: Uzbekistonda muzey  ishi tarixi. 

 

 

 

 

 

REJA:  

 

1. 

Turkistonda dastlabki muzeylarning vujudga  kelishi. 

 

2. 

Urushdan avvalgi yillarda muzey  ishi  va yodgorliklarga munosabat.  

 

3. 

Urush yillarida va urushdan keyingi yillarda muzey  faoliyati. 

 

4. 

IKOM va uning maksadlari. 

 

 



Urta Osiyodagi xususan, Uzbekistondagi muzey  ishi tarixi xozirgacha  xam tadkikot  

ob`ekti  bulmagan. SHuning uchun  bu masalaga oid adabiyot oz. Takdikotchilar G.N.CHabrov, 

B.V.Luninning kitob va ishlaridan, G.Ya.CHefal va E.B.Zabrodin, M.M. Tsvibakning  

matbuotda nashr etilgan makolalaridan va A.Sodikovaning bir kator nashrlaridan bu soxa 

tugrisida ma`lum ma`noda  ma`lumot olishimiz mumkin. 

 

CHor xukumati davrida "kadimgi madaniyatni urganish  va yodgorliklarni kuriklash fakat 



foydasizgina bulib kolmay, balki zararli xam edi"  deya kayd kiladi V.V.Bartol'd uz asarlarida. 

CHunki CHor xukumati  kadimgi yodgorliklarni  muxofaza kilish, uz maksadlari yulida 

foydalanishni afzal bilishgan va shuningdek, bu ulkaga past nazar bilan karaganligi uchun 

madaniy yodgorliklarga  e`tibor bermagan. Xatto  arxitekturasiga xam  past nazar bilan karalgan. 

Bu davrda  Urta Osiyo  tarixi  va madaniyati uchun bebaxo xisoblangan kupgina nodir 



 

11 


kulyozmalar, kimmatbaxo buyumlar chet ellarga  tashib ketildi. CHorizm bu ulkaga  past nazar 

bilan karasada  uni  uzining SHarkdagi istexkomi, boyligi manbai sifatida  urganmasa bulmas 

edi.  SHu sababli  bu ishga  kup rus  ziyolilar   jalb etildi. Bu olimlar katori A.P.Fedchenko va 

I.V Mushketovlar xam ulkaning geografiyasi, botanika va zoologiyasini urganish bilan birga  

tarixi va etnografiyasiga oid  xam  ma`lumotlar tuplay  boshladilar. Uzbekistonda  dastlabki 

muzeylarning  tashkil topishiga  yukoridagi olimlar va V.F. Oshanin, V.F.Bartol'd kabi  

takdikotchilarning tuplagan materiallari  va kollektsiyari  xam asos buldi. Jumladan, 

A.P.Fedchenko Turkiston general-gubernatoriga  tayyorlagan  axborotida  Turkistonni yaxshirok  

urganish   uchun muzey  tashkil etish  taklifi bilan chikadi. Ikkinchi marta  bu  masala  1871 yili 

(OLEAЭ)- tabiatshunoslik, antrapologiyasi va etnografiyasi xavaskorlari  jamiyatining 

Turkistondaga bulimi  majlisida kutarildi. 1873 yil Toshkent ilmiy jamoatchiligi Sirdaryo oblast' 

xarbiy-general gubernatoriga muzey ochish tugrisidagi iltimosnoma bilan chikadi va rad javobini 

oladi. SHundan keyin  muzey ochishning tashabbuskori   A.P.Fedchenkoning izdoshi, dusti V.F. 

Oshanin uzi boshchilik kilayotgan ipakchilik  maktabidan  muzey uchun bir necha xona ajratib 

beradi. Nixoyat  1876 yili   9 yanvarda Sirdaryo oblast' xarbiy-general gubernatori, general-

leytenant N.Golovochev muzeyni masalasi buyicha  shu soxada  bir necha tadkikotchilardan  

ibora kengash chakirdi. Kengashda tabiat tarixi, kishlok xujaligi, etnografiya, botanika, sanoat va 

boshka  bulimlar buyicha kollektsiya  tashkil etishga karor kilindi. I.V.Mushketov, D.L.Ivanov 

singari kupgina takdikotchilar  sayoxatlari   paytida  tuplagan kush, balik, usimlik va ma`dan 

kollektsiyalarini muzeyga topshirdilar. SHunday kilib 1876 yil Urta Osiyoda birinchi muzey   

tashkil topdi va shundan e`tiboran Urta  Osiyoda bosh muzeyning mavjudligi rasman tan olindi. 

 

1877 yil yanvarda muzey etnografiya, texnik ishlab chikarish, kishlok xujaligi, tabiat 



tarixi va arxeologiya buyicha  1500 dan ortik predmetlarga, 800 kadimiy tanga  va medallarga 

ega edi. Muzey  ancha shakllangach, 1877 yildan xavaskor tabiatshunoslar jamiyatining 

Turkiston bulimi a`zolari  komitetiga raxbarlik kiluvchi statistika  komiteti ixtiyoriga utkazildi. 

Uning mudiri "Turkistanskie vedemoti"ning sobik redaktori N.A.Maev bulib, muzeyga bino 

berilmaganligi sababli  uni uz uyiga joylashtirdi. Muzey ta`minoti uchun arzimas mablag (300 

sum) ajratilar edi xolos, yana ayrim shaxslar tomonidan  uncha-muncha  exsonlar tushib turar 

edi. Aslida Maevning xisob kitobiga karaganda, yiliga  1600 sumlik mablag talab etilardi. Bu 

muzey 4 bulim -etnografiya va texnika, tabiat tarixi va  arxeologiya, numizmatika, kishlok 

xujaligidan iborat bulib, maxalliy suratlar va turli kollektsiyalar bilan  boyitilgan edi.  

 

1888 yil muzey nizomi ishlab chikilib, tasdiklandi. Unda  muzey ixtisosi, vazifasi, ish 



xarakteri belgilab berildi. Muzeyga raxbarlik kilishi besh kishidan iborat Nazorat komitetiga 

yuklandi. Ustavga muvofik muzeygga geologiya, botanika, zoologiya, etnografiya, arxeoliya,  

numizmatika,  sanoat va kishlok xujaligi buyicha materiallar tuplash va saklash xukuki berildi. 

Muzey ekspozitsiyalari "Ommaning Urta Osiyo asarlari  bilan  tanishuvi va tuplangan 

materiallarni olimlar uz saxalari buyicha urganishlari uchun"  (UzSSR.  M.D.A, I-1 fopt 16-

ruyxat 359 ish, 32-varak) ochildi. 

 

Muzey va uning bulimlari bir tekis rivojlanmadi, unga ijtimoiy muxit va e`tiborsizliklar   



xam  uz  ta`sirini utkazdi. Xatto 1883 yil muzey xalk kutubxonasi bilan  kushib  yuborildi. Birok 

1776-80 yillarni muzey rivoji uchun  samarali buldi deyish mumkin. 1885 yil ziyolilar 

uyushtirgan arxiologiya tugaragi xam 1889 yil uz tugaraklari materiallarining muzeyga  

topshirib, uni  yanada boyitdilar. Muzey  ishi  soxasida xam biroz siljish buldi. 80-yillar boshida   

inventar ruyxatini tuzish ishlari boshlandi. 1886 yil E.F.Kal' numizmatika, etnografiya, 

arxeoliyaning  ayrim materiallariga katalog tayyorladi. N.A.Maev (1889 y) zoologiya, 

kollektsiyalarning kataloglarini tuzdi. Urta Osiyodagi  ikkinchi muzey 1896 yil 21 iyulda 

Samarkandda ochildi. 1884 yil yangi Margilonga  kishlok xujalik va davlat mulkini ministri 

kelishi munosabati bilan  tashkil etilgan sanoat va kishlok xujalik  kurgazmasi  Fargona 

muzeyining ochilishiga asos soldi. SHundan sung birin-ketin  boshka joylarda xam muzeylar 

ochila boshlandi. Misol uchun 1899 yil Ashxobot  muzeyi ochildi. 

 

2. 1918 yil 19 setyabrda RSFSR Xalk komissiyalari    Sovetininng sanoat asarlari va 



kadimgi noyob narsalarni chet elga olib ketishni xamda ularni maorif xalk komissariyatiga 


 

12 


karashli muzey organlarining oldindan chikarilgan karori va ruxsatsiz  sotishini takiklash 

tugrisidagi dekreti imzolandi. Uz navbatida  TASSR Xalk  komissarlari  soveti xam 1921 yil 31 

iyulda Turkiston Respublikasi  xalkining  madaniy  xazinasi    xavfini yuzaga keltiruvchi san`at 

asarlari, kadimiy narsalar va ilmiy kollektsiyalarini chet elga olib ketishni takiklash xakidagi 

karorni chikardi. SHunga muvofik eksport komissiyasiga magazin xamda  bozorlarda kadimgi 

noyob narsalar, xalk maishiy-ruzgor buyumlarni sotish ustidan nazorat kilish vazifasi  topshirildi.  

 

RSFSR Xalk komissiyalar soveti  1918 yil 5 oktyabrda "ayrim shaxslar, jamiyat va 



muassasalar ixtiyoridagi san`at va kadimgi yodgorliklar ruxatini tuzish, ularni xisobga olish va 

kuriklash xakida" dekret chikardi. Ana shu dekretga binoan, barcha madaniy yodgorliklar kimga 

tegishli ekanligidan kat`iy nazar, davlat ximoyasi ostiga olindi. TASSR Xalk komissiyalari 

sovetining  1920 yil 31iyuldagi "Turkrespublikadagi ayrim shaxslar  va jamiyatlar ixtiyorida 

bulgan san`at asarlari va kadimgi  yodgorliklarni  ruyxatdan utkazish, xisobga  olish xamda  

kuriklash  xakida"gi  maxsus karori  muzey organlari  zimmasiga  ma`muriyat yukladi: 

rasmiylashtirish va xisobga olish tartibi  Turkkomstarining maxsus  instruktsiyasi bilan  joriy 

etildi. Karorda kursatilishicha, kayta ruyxat kilingandan keyin Turkomstaris xisobida  koldirilgan  

majmua  xolidagi  va aloxida  san`at  yodgorliklari davlat nazorati ostida buladi, ularni chet elga, 

shuningdek, TASSR tashkarisiga olib chikish ta`kiklanadi. Ularni  ta`mirlash, tuzatish  yoki 

kayta ishlash uchun albatta Turkomstaris va uning joylaridagi organlari ruyxatidan utkazish shart 

edi.  


 

Yukoridagilardan  kurinib turibdiki, markazdan chikarilgan karorlar Turkistonda juda 

kech amalga oshirilgan, buning natijasida  juda kup nodir kitob va kulyozmalar, kimmatbaxo 

buyumlar cheт ellarga tashilib ketildi, bebaxo madaniy yodgorliklar talon-taroj kilindi. Bu kabi 

masalalarni xal kilish, muzey tarmoklarini boshkarish uchun  maxsus organ-muzey ishlari va 

kadimgi yodgorliklar, san`at va tabiatni muxofaza kilish buyicha  RSFSR Davlat  komiteti  

tuzildi. Xuddi shunday muassasa milliy republikalarida xam tashkil etildi. 

 

Turkrespublika Markaziy  Ijroiya komitetining 1920 y 30 yanvardagi dekretiga muvofik 



bu vazifa Turkrespublika Arxivlar markaziy  boshkarmasiga yuklatildi. Birok bu boshkarma uz 

zimmasiga yuklatilgan vazifalarni  xayotga muvofakkiyatli  tadbik etishga ojizlik kildi. SHu 

munosabat bilan tabiat, san`at obidalari va utmish yodgorliklarini saklaydigan, muzeylar tashkil 

etish va ularni kuriklash ishи bilan shugullanadigan maxsus tashkilot tuzish tugrisidagi masala 

yuzaga keldi. Turkomstaris xuddi shunday tashkilot buldi. Turkomstaris tuzilishi jixatidan 

muzey, kadimgi yodgorliklar va san`at asarlarini muxofaza etish xamda, ta`mirlash, arxeologiya 

va tabiatni muxofaza etish singari  turt  sektsiyagа  bulindi. Komitet yodgorliklarni  xisobga olish 

va kuriklash  borasida katta ishlar olib borildi, koordinatsiyalovchi ilmiy-takdikot  markaziga   

aylandi. Takdikot ishlariga akademik V.V.Bartol'd, professor A.A.Semyonov, A.A.Divaeev, 

V.L.Vyatkin, M.E Masson, L.V.Oshanin kabi yirik olimlar jalb etilgan edi. Turkomstaris katta 

vakolatga ega edi. Jumladan, uning Turkrespublika Xalk komissariyati tasdiklagan barcha 

farmoyishi va tadbirlari majburiy xisoblanardi. Komitet muzey ishlari va kadimgi yodgorliklar 

xamda tabiatni muxofaza kilish mafaati uchun tadkikotchilar bilan ular olib  borayotgan 

ishlardan foydalanish buyicha shartnoma tuzish mumkin edi. Birorta ilmiy  kollektsiya xamda 

uning ruxsatnomasisiz Respublikadan tashkariga olib ketmasdi. Bundan tashkari, Turkomstaris 

fauna va floraning jonli namunalarini respublikadan tashkariga etkazib berish xukukiga ega 

bulib, bu tarixiy va  tabiiy yodgorliklarni  xisobga olish imkoniyatiga xam ega edi. 

 

Urta Osiyoda  milliy chegaralanishning  utkazilishi va Uzbekiston SSRning tashkil 



topishи munosabati bilan Turkomstaris 1925 yilning SSR maorif  xalk komissariatiga    

Glavnaukasining  Urta Osiyo  ekanomik. Soveti va muzey  bulimi xuzuridagi muzey  ishchilarii 

yodgorliklar, san`at va tabiat obidalarni  muxofaza kilish buyicha Urta Osiy komiteti  

Sredazkomstaris kilib uzgartirildi.  

 

Urushi yillarida kupgina muzeylar binolarini evakuatsiya kilgan muassasalar uchun 



bushatiб berdi. Muzey tarmoklari  vaktincha kiskardi. Misol: tabiat va politexnika muzeyi 

birlashdi. San`at, Adabiyot va Uzbekiston tarixi muzeylari xam bir nom ostida birlashtirildi. 

Muzey  xodimlarining  kuplari frontga kendilar. Front orkasida kolganlar esa sidkidildan  mexnat 



 

13 


kildilar. Ular Vatanparvarlar mavzusida bir necha ekskurssiyalar turkumini  yaratdilar. Xalk 

orasidagi ommaviy-siyosiy ish oliб bordilar. Muzeylarning tarix bulimida  kurgazma shaklida 

"Ulug Vatan urushi" deb nomlangan maxsus bulim ajratildi. Bu jangchilarni frontga kuzatish, bu 

jarayondagi  tantanali mitinglar front ortida  mexnat kilayotganlar  frontga junash xakidagi xat va 

arizalar xamda suratlari jang maydonlarida Uzbekistonliklarni jasoratlari aks etgan  eksponatlar 

uz ifodasini topgan edi.  Brest kal`asini  oldida, mashxur  I.V.Panfilov nomi 8-dviziyasida, 

partizanlikda va jang maydonida jasorat kursatgan uzbek farzandlarining  kaxramonliklari bu 

bulimdan urin oldi. 

 

Muzey xodimlari maktab ukuvchilari va barcha mexnatkashlarga Ulug  Vatan urushi 



xakidagi materiallarni  yigish va saklashga   yordam  berishlarini surab murojat kildilar. Vatan 

Urushi kaxromonlarining  frontdan turib yozgan xatlari, frontga yordam tugrisidagi utgan 

majlislarning karorlari, usha davrda chikkan bir necha  gazetalarning tuplamlari va  front xakida 

kuplabxujjatli materiallar yigildi. Muzey ilmiy xodimlari respublikamiz sanoat korxonalaridan  

kombizonlar, fufaykalar, xarbiy kiyim-boshlarining  komplektlarining va boshka dikkatga 

sazovar materiallarni yigdilar. SHu katori  jangovar  varakalar, devoriy gazetalar, Urush davri 

front va front orkasidagi vokealar tuushirilgan kinolentalar va fotomateriallar tuplandi. 

 

Urush yillarida muzey  ekspozitsiyalari  tematik printsipda kayta kurilganligi  tufayli  



obzorli  ekskursiyalar xam tematik asosga utdi. Tematik ekskursiya  uz mazmuniga kura  obrazli 

ekskursiyalardan berilgan mavzu buyicha asosiy ma`lumotlarni izchil bayon etishi, masalalar 

mazmunini  tinglovchilarning siyosiy karashlarini kengaytirish va ularda ta`sirchanlikni yanada 

oshirish maksadida eksponatlar moxiyatini ochib berish, asosli tushintirishi bilan farklanardi. 

 

Urushning dastlabki yillarida statsionar va kuchma kurgazmalar tashkil kilish ommaviy-



okartuv  ishining keng rivoj topgan shakliga aylandi, ulardan eng mashxuri "Vatanimiz 

jasoratnomasi" (1942y.) mavzusidagi kurgazma buldi. Muzey  xodimlari  keng omma urtasida 

frontdagi jasorat va front orkasidagi fidokor mexnatkashlar xakida  ta`sirli lektsiya va suxbatlar  

utkazdilar muzeyda tashkil etilgan "Uljalar kurgazmasi"  kuplab tomoshobinlar va matbuot 

e`tiborini tortdi. Unda urushda kulga kiritilgan nemis kurollari, frantsuz miltiklari turli 

davlatlarda ishlangan ashyolar namoyish etildi. 

 

Ulug Vatan urushi yillarida uzbekistonda Sobik ittifokdosh respublikalardan farkli 



ularok, fan, ayniksa ijtimoiy  fan salmokli rivoj topdi. Bu urush boshlangandan sung  kupgina 

ilmiy takdikot institutlari SHarkshunoslik va boshka kuplab  institutlarning Uzbekistonga 

kuchirilishi bilan izoxlmanadi. Bu esa  muzey faoliyatiga xam uz ta`sirini kursatadi. Tanikli 

arboblaprdan tashkil topgan Ilmiy Kengash yordamida  moddiy va ma`naviyay yodgorliklarni 

urganishi ularni ilmiy ishlash, Uzbekiston tarixini urganishi va ayrim masalalar buyicha 

tadkikotlar utkazish imkoniyati ochildi. 1943 yil 27 sentyabrda  "Uzbekistoe SSR Fanlar 

Akademiyasini tashkil etishi  xakida"gi  karoridan sung tarix muzeyi xam  ilmiy-tadkikot  va 

siyosiy okartuv ishlarini olib  boruvchi markaziy muzey sifatida  san`at muzeyidan ajrab chikdi 

va Fanlar Akademiyasi tarkibiga kiritildi. Tabiat muzeyi Fanlar Akademiyasi tarkibiga kiritildi. 

SHu tarika bu muassasalar  faoliyatida yangi saxifa ochildi. 

 

Urush yillarida muzeylarning  kupi  uz binosidan ajragan, xodimlari urushga ketib, 



malakali kadrlar etishmas edi. Muzey  xujaliklarini yangidan tashkil etish, ekspozitsiya 

mutaxassislik-laр tayyorlash endi muzey  ishi oldida  turgan dolzarb masala edi. 

Kurgazmalarning ilmiy malaka etishmasligi sabab yaxshi tashkillanmaganligi bois muzeylar 

tomoshabinlar e`tiboridan kola boshlagan edi. SHu tufayli muzey ishlarini yaxshilash borasida  

karorlar kabul kilindi. 1946-53 yillar muzeylar kurgazma tipidagi ekspozitsiyalar yaratish 

yulidan bordi. 1953 yildan boshlab kupchilik muzeylarda ekspozitsiyalarni kurishda muayyan 

burilish yuz berdi, ishga ilmiy  yondashish, masalalarni uziga xos uslubda  xal etishga kirishildi. 

Asta-sekin  muzeylar tarmoklari kengaydi, yangi muzeylar, ulkashunoslik muzeylari tashkil 

topdi. Davr talabi bilan  buyuk tarixiy vokealar va asosiy arboblar faoliyati bilan boglik muzeylar 

ochildi. (Ulugbek, X.X. Niyoziy, S. Ayniy muzeylari). 

 

Fan soxasidagi yutuklar muzeylar tarkkiyotining  belgilaydi. Moddiy va ma`naviy  



yodgorliklar, ayniksa nodir va noyob tarix fani, tabiatshunoslik, texnika, adabiyot san`at soxasida  


 

14 


turli muommolarni  urganishda  uziga xos  bebaxo manbalardir. Bu   yunalishda uzbek 

muzeylarining ta`sir doirasi xalkaro  maydonga chikish bilan yanada kengayib bormokda. 

Barcha kit`alar mamlakatlari bilan  kollektsiyalar, kurgazmalar almashinish keng yulga 

kuyilmokda. Xozirgi paytda jaxondagi  barcha mamlakatlar bilan madaniy aloka olib borilayotir.  

 

Madaniy alokalarda  muzeylarning dunyo madaniyatlarini  uzaro boyitish xamda xalklar 



urtasida  uzaro ishonchni   rivojlantirishdagi urni bekiyosdir. YuNESKO buyicha xalkaro 

markaz-IKOM tashkil kilingani xam muzeyning jamiyatda usib borayotdan mavkeyidan dalolat 

baradi. IKOM xalkaro mikyosida  turli ixtisosdosh muzeylarning ish tajribasini uzaro 

almashinishga  xizmat kursatuvchi markaz sifatida yuzaga keldi. Uning  asosiy vazifasini  

kuyidagilar tashkil etadi: 

 

a)  muzeylar va muzeyshunoslik  buyicha ayrim mutaxassislar ishini  koordinatsiyalaш 



xamda ularning xalkaro xamkorligini rivojlantirish;  

 

b) jaxondagi barcha  muzeylar xamda muzeyshunoslik  buyicha ayrim mutaxassislarni 



xalkaro va madaniy-okartuv tashkilotlari bilan xamkorlikda ishlashga jalb etish; 

 

v) xalklar urtasida uzaro tanishuv va xamkorliknin mustaxkamlash. 



 

Bu vazifalarning  muzeyshunoslik  buyicha xalkaro seminarlar, koferentsiyalar,  

komandirovkalar tashkil kilish va tadkikotlar  utkazish yuli bilan amlga oshiriladi. 

 

Xalkaro muzey kengashining oliy organi -Bosh Assambleya  3 yilda bir marta chakiriladi. 



 

 

                                     Tayanch iboralar. 



 

 Muzey  nizomi, OLEAЭ,  Turkkomstaris, "Uljalar kurgazmasi", Sredazkomstaris, Tematik 

ekskursiya, obzorli ekskursiya, statsionar va kuchma kurgazmalar, kataloglar, IKOM, 

inventarlarni ruyxatga olish. 

 

Nazorat savollari. 



1. 

SHu kungacha muzey  ishi tarixi kay darajada  urganilgan? 

2. 

CHor xukumati davrida  kadimiy madaniy yodgorliklarga e`tibor kanday bulgan? 



3. 

Urata Osiyoni ilmiy urganishga  rus takdikotchilarning jalb etishi xakida nimalarni 

 

byuilasiz? 



4. 

Muzey ochish tugrisidagi dastlabki xarakatlar va ularning asoschilari xakida kanday 

 

ma`lumotlarga ega buldingiz? 



5. 

Urta Osiyodagi  ilk  muzey  kachon ochilgan va uning faoliyati xakida suzlang. 

6. 

Fargona muzeyi va uning ochilishi xakida nimalarni bilasiz? 



7. 

Muzey  nizomi va muzey  ishi tugrisida kanday bilimga egasiz? 

8. 

1981 yil 29 sentyabrda madaniy yodgorliklar xakida kanday xujjat imzolandi? 



9. 

Turkkomstaris kanday tashkilot va uning vazifalari? Turkkomstaris kanday vakolatlarga 

 

ega? 


10. 

Turkkomstaris kanday vakolatlarga ega? 

11. 

 Sredakomstaris kay tarika vujudga keldi? 



12. 

Urush yillarida muzeylar faoliyatida kanday uzgarishlar sodir buldi? 

13. 

Muzey  xodimlarinig urush yillaridagi  fidokorona mexnatlari xakida nimalarni bilasiz? 



14. 

"Vatanimiz jasoratnomasi" va " Uljalar kurgazmasi " kanday ma`rifiy va tarbiyaviy 

 

axamiyatga ega edi? 



15. 

!943 y 27 sentyabr' Tarix muzeyi  takdirida kanday burilish xosil kildi? 

16. 

Urushdan keyingi  yillarda muzey  xodimlari va muzeylar oldida turgan  dolzarb 



 

masalalar nimalardan iborat edi? 

17. 

Tematik ekskursiya  va  obzor ekskursiyalarning farki? 



18. 

IKOM nima? 

19. 

IKOMning maksadlari xakida ma`lumot bering? 



20. 

IKOMning raxbarlik organi nima? 




 

15 


 

Manba va adabietlar. 

 

 

1. 



Muzeyshunoslik. Moskva.1988 yil. 

 

2. 



N.Sodikova. Madaniy edgorliklar xazinasi. Toshken.1981 yil. 

 

3. 



Instruktsiya po uchetu i xraneniyu muzeno`x tsennostey v muzeyax  sistemo`.-

 

Moskva.1977 yil 



 

 

 



 


Yüklə 497,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin