5-Mavzu. Tarixiy muzeylar.
Reja.
1. Tarixiy muzeylarning paydo bulishi.
2. Mustamlaka davrida muzeylar axvoli.
3. Tarixiy muzeylarning asosiy ijtimoiy vazifasi.
4. Tarixiy muzeylarning tarmoklari va ixtisoslashuvi.
1. Xozirgi kunda jamiyat xayotida, xalkni fan va madaniyat bilan yakindan tanishuvida,
ilm-fan va madaniyat rivojida, shuningdek xalk maorifida muzeylarning urni tabora usib
bormokda. Bu soxada eng asosiy urinni shubxasiz tarixiy muzeylar egallaydi. CHunki, tarixiy
muzeylar uz soxasiga kura ijtimoiy muammolarga, jumladan jamiyat va tabiat tarixi va
kelajagiga muammolariga juda yakin turadi. Xam u xalkning ta`lim tarbiyasiga juda katta ta`sir
kiladi.
Evropada tarix muzeylari dastlab XVI-XVII asrlarda paydo bulgan. Bu davrda Evropada
kapitalistik ishlab chikarish rivoj topa boshlagan, shu bilan birgalikda ilm-fan, madaniyat, san`at,
texnika xam rivojlanib borayotgan edi. SHuningdek buyuk geografik kashfiyotlar, Kopernik
kashfiyotlari xam bu davr odamlarini urta asr dunyo karashidan voz kechib, yangi davr, yangi
dunyo karash, yangi falsafa tomon yuzlanishga olib borayotgan edi.
Mana shu juda yirik ilmiy, ruxiy uygonish davrida ilmiy va boshka umumiy e`tiyojlar
turli kollektsiyalarni paydo bulishiga olib keldi. Ular aloxida olimlarning kollektsiyasi,
"tabiatshunoslar kabineti", "nodir buyumlar kamerasi" kabi turli xil kollektsiyalar edi. Davr
utishi bilan bu kolektsiyalaр sistemalashib, ixtisoslashib bordi va tarixiy madaniy boyliklar
kollektsiyasi, turli xil xarbiy kurol-arslaxalar, san`at asarlari kollektsiyasi kabi kollektsiyalar
ajralib chikdi. Tarixiy muzeylarning rivojlanishidagi navbatdagi muxim kadam XVIII asrning
ikkinchi yarmida kuyildi. Bu davrda kapitalistik jarayonlar keng rivoj topib, Evropa xayotida
katta progressiv rol uynayotgan edi. Aynan shu davrdagi manbalarni tuplash va sistemalarini
dastlbki umumiy koidalari paydo buldi va shu tarika muzey faoliyati ilmiy xarakter kasb eta
boshladi. Muzey kollektsiyalari ilmiy tadkikotlarga katta kuch bera boshladi, ular uchun tadkik
etish manbaiga aylana boshladi. Muzeylar tarixiy -madaniy, ilmiy boyliklar kurikxonasiga,
texnika yutuklari xazinasiga aylanib bordi. SHuningdek muzeylar burjuaziyani ma`naviy-ruxiy
oziklantirishdan, xalkning milliy gururini oshiradigan, uning urf-odatlari va tili, madaniyatini
saklaydigan va paydo bulgan milliy burjuaga kuvvat beruvchi kuchga aylanib bordi, ularning
milliy ozodlik kurashida muxim urin egalladi. Aynan shu tarika Vengriya milliy muzeyi(1802),
Praga milliy muzeyi (1818) va Berlindagi kadimiy muzey (1828) lar paydo buldi.
Germaniyada muzeylarning rivojlanib borishiga kuprok Napoleon istilosiga karshi olib
borilgan milliy-ozodlik kurashi katta yordam berdi. Aynan 19-asrning 20-yillardi Germaniya
shaxarlarida kuplab muzeylar paydo buldi.
19
Rossiyada dastlabki muzeylarni paydo bulishi Petr I nomi bilan boglik bulsa, XIX asrda
ular soni kupayib va ixtisoslashtib bordi. Misol uchun antik davr arxeologiyasiga oid 1811 yili
Feodosiyada, 1825 yili Odessada, 1826 yilda Kerchda muzeylar ochilgan bulsa, XVIII asrdayok
paydo bulgan xarbiy-tarix muzeylari kengayib, 1805 yili - Dengiz muzeyi, 1811 yili Interdant
muzeylari va kelajakdagi Artilleriya tarixi muzeyi asosi paydo buldi.
XIX asrning 2-yarmida keng profildagi milliy muzeylar ochish xarakati kuchaydi. Buning
asosida arxeologiya, etnografiya fanlarining rivojlanishi yotar edi. Ular uz kollektsiya va ilmiy
tadkikotliarini 1845 yili tuzilgan Geografiya jamiyatida tuplar edilar. Arxeologik kollektsiyalar
asosidа 1872 yili Rossiya tarixi muzeyi ochildi.
2. Oktyabr' tuntarishidan keyin xokimiyatni egallab turgan bol'sheviklar xukumati
muzeylarga jiddiy e`tibor berdi. 1917 yil noyabrdayok Xalk maorifi komissarligi "rossiya
ishchilar, dexkonlar, soldatlar, matros va barcha fukarolarga" murojaat bilan chikib, barcha
tarixiy milliy kiymatga ega bulgan boyliklarni saklash va tuplashga chakiradi va ularni xaklning
mulki deb e`lon kildi. 1918 yil fevralidayok muzey ishi rivojiga bagishlangan butun Rossiya
konferentsiyasi bulib utdi. 1917-1923 yillardayok 270 ta tarixiy muzey ochildi. Sobik ittifokning
markaz va respublikalardagi umumittifok, respublika va regional axamiyatga molik muzeylar
paydo buldi. Sobik SSSRda utgan asrning 80-yillarida mavjud bulgan 2208 tarixiy tarixiy
muzeyning 1359 tasi tarixiy va tarix bulimiga ega bulgan ulkashunoslik muzeylari edi.
Garchi yukorida ta`kidlangan rakamlar dabdabali bulsada, aslida axvol butunlay
boshkachа edi. Slbik mustamlaka tuzumi muzeylardan kuyidagi maksadda foydalandi.
1.
Oktyabr' tuntarishidan keyingi dastlabki yillarda burjua madaniyati va mulki sifatida juda
kup nodir tarixiy madaniy boyliklar muzeylarga topshirish baxonasida tortib olindi va talon-taroj
kilindi.
2.
20-30 yillarda esa muzeylar tortib olingan, talon-tarojdan omon kolgan nodir buyumlar,
san`at asarlari chet el valyutasini tuplash maksadida chet elga sotildi. Demak, aslida ular
kapitalistik jamiyatga xos bulgan kapital jamgarish vazifasini bajardi.
3.
Muzeylar kommunistik mafkurani xalk ongiga singdirish, xalkning uz ildizlaridan
uzoklashtirish, ularni kommunistik mashinani oddiy bir mexanizmiga aylantirish uchun xizmat
kildi.
4.
Barcha respublikalardagi muzeylar rus shovinizmi bilan sugorildi va aslida ruslashtirish
siyosatiga moslandi.
3. Tarixiy muzeylar kuyidagi ijtimoiy vazifani bajaradi:
1.
Ilmiy-xujjatlash va kuriklash-saklash vazifasi.
2.
Ilmiy tadkikot ishlarini olib borish vazifasi.
"
Muzey ishini rivoji uslubiy jixatdan ilmiy tadkik etish.
"
Muzey predmetlarini manba sifatida tadkik etish.
3.
Ta`lim-tarbiyaviy ishlarini olib borish vazifasi.
4. Muzeylar uz ixtisoslashuviga kura kuyidagilarga bulinadi:
1.
Tarixiy muzey - ba`zasida tarixiy fanlar mavjud bulgan barcha muzeylar, keng profildagi
tarixiy,arxeologik, etnografik, muizmatik, xarbiy-tarixiy, iktisodiy-tarixi, ta`lim-tarbiya tarixi,
maxsus tarixiy muzeylar (misol uchun sport) kiradi.
2.
Badiiy muzeylar - san`at va sanatshunoslik xarakteriga ega bulgan barcha muzeylar;
misol uchun tasviriy san`at muzeyi.
3.
Maxsus tarixiy muzeylar - faoliyati maxsus fanlar doirasidagi muzeylar; biologik,
botanik, zoologik, geologik, ekologik.
4.
Texnika muzeyi - texnika fanlarga boglik muzeylar; sanoat, politexnik, avtotransport,
aloka va boshkalar.
5.
Adabiyot muzeyi - yozuvchilar xayoti va faoliyatiga doir bulgan adabiyot rivojlanishigа
karatilgan barcha muzeylar.
6.
Kompleks muzeylar - ikki yoki undan kup soxaga ixtisoslashgan muzeylar.
20
Tayanch iboralar:
Tabiatshunoslar kabineti, nodir buyumlar kamerasi, ilmiy xujjatlash, muzey ishini uslubiy tadbik
etish..
Nazorat uchun savollar.
1.
Tarixiy muzeylarning jamiatdagi axamiyati kanday?
2.
Evropada muzeylar kanday sharoitda rivojlandi?
3.
Milliy-ozodlik xarakatlarini muzeylarning rivojlanishdagi urni kanday?
4.
Germaniyadagi tarixiy muzeylar kanday sharoitda tashkil topdi?
5.
Rossiya muzeylarini rivojlanishi xakida nimalar bilasiz?
6.
Mustamlaka davrida muzeylar asosan kanday vazifalarni bajarar edi?
7.
Tarixiy muzeylarning ijtimoiy vazifalari kanday?
8.
Kanday muzey tarmoklarini bilasiz?
9.
Kompleks muzeylar xakida ma`lumot bering?
10.
Rossiyadagi tarixiy muzeylarning shakllanishida kaysi soxa olimlarining xizmatlari katta
buldi?
Adabiyotlar:
1.
I. A. Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yuk" T.1998 y.
2.
"Uzbekiston muzeylar ishini takomillashtirish va rivojlantirish xakida" Uzbekiston
Vazirlar Maxkamasining karori g`g` Uzb.Abadiyoti va san`ati 1998 y. 10 yanvar'.
3.
I. Sodikova "Madaniy yodgorliklar xazinasi" T."Fan" 1981 y.
4.
Muzeyshunoslik. Moskva 1988 y.
Dostları ilə paylaş: |