6-mavzu: Muzeylarning ilmiy-tadkikotchilik faoliyati.
REJA.
1.
Muzey tadkikot markazi sifatida.
2.
Tadkikotchilik faoliyati asoslari.
3.
Tarixiy muzeydagi muzeyshunoslik tadkikoti.
Muzeylarning eng asosiy ijtimoiy vazifalaridan biri ilmiy tadkikot ishidir. Juda kup ilmiy
tadkikot institutlaridan farkli ularok ravishda muzeylarning ilmiy tadkikot ishlari uziga xos
xususiyatlarga ega. Uning uziga xosligi asosan shundaki, muzeyda olib boriladigan ilmiy
tadkikotlar juda keng tarmokli bulib, uz navbatida uning natijalari kup tarmoklarga ta`sir etadi.
Bu ilmiy tadkikotlar biror-bir tarixiy manbani urganish maksadida, shuningdek, tarixiy
manbalarni yoki bir turdagi muzey predmetlarini konservatsiyalash, restavratsiya kilish, saklash,
kuriklash, xizmat kursatish maksadida xam bulishi mumkin. Tadkikot ishlarida soxaga kura
deyarli barcha fanlar, jumladan pedagogika, psixologiya, sotsiologiya fanlarining xam uslublari
kullaniladi. Muzey predmetini urganishga yunaltirilgan ilmiy tadkikot ishlarida shu predmet
taalukli bulgan fanlar uslublaridan foydalanilsa, shu predmetni muzeyshunoslik nuktai nazaridan
tadkik etganda yoki umuman muzeyshunoslik tadkikotida zarur bulgan tabiiy fanlardan tashkari
yukorida ta`kidlaganimizdek, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya fanlarining uslublaridan
foydalaniladi. Muzeylarning tadkikotchilik faoliyatiga e`tibor kundan-kunga oshib bormokda.
1968 yil Irji Neustupniy uzining "Muzey i issledovanie" asarida muzeylarni uziga xos ilmiy
tadkikot instituti deb baxolagan edi. IKOM (Xalkaro Muzeylar Kengashi) - YuNESKO
koshidagi muzeylar faoliyatini koordinatsiyalashtirish buyicha xalkaro markaz - uzining 1978
21
yilga kengashida muzeylarning tadkikotchilik faoliyatini urganib, bundan buyon shu jarayonni
doimiy kullab-kuvvatlab, nazorat kilib borishni uz oldiga asosiy maksad kilib kuygan edi.
2. Muzeyning tadkikotchilik faoliyati asosi bulib, agar bu faoliyat muzey predmetini
manbaviy nuktai nazardan urganishga yunaltirilgan bulsa, muzey fondlarida saklanayotgan
moddiy, tasviriy va yozma muzey predmetlari xizmat kiladi. Muzeyda olib borilayotgan tadkikot
ishlarini shu nuktai nazardan uch guruxga bulish mumkin:
"
muzey predmetlarini umumtarixiy nuktai nazardan tadkik etish. Muzeyda saklanayotgan
yoki muzey fondiga yangi kabul kilingan predmetlarning paydo bulish joyi va davri, uning
muallifi хамда shu predmetdan foydalangan davr aniklanadi. Aynan shu jixatlar predmet ya`ni
tarixiy manba xakida fikr yuritishda asos bulib xizmat kiladi. CHunki, tarixiy manbaning, misol
uchun, yozma manbaning muallif tomonidan yozilgan davri va etib kelgan nusxaning xattotlar
tomonidan kuchirilgan davr urtasidagi fark, muallifning shu manbada yoritilayotgan vokealarga
kanchalik daxldorligi xakidagi ma`lumotlar shu manbaga bulgan ishonch darajasiga xam ta`sir
kiladi. Bu misolni muzeyda saklanayotgan barcha tarixiy manbalarga nisbatan kullash mumkin.
"
Komplektlash jarayonida umumtarixiy tadkikot. Muzeylarni komplektlab borish fakat
muzey predmetlari kollektsiyasini tuldirib borish uchungina emas, balki tarix fanining bunday
keyingi rivojlanishi uchun xam zarurdir. SHundagina muzey kurgazmalari asl-nusxa muzey
predmetlari bilan ta`minlab boriladi. Lekin bu boradagi eng muxim vazifa komplektlash
kontseptsiyasini ishlab chikishdir. Muzey fondini komplektlash kontseptsiyasini ishlab chikish,
ayniksa, zamonaviy muzey predmetilarini tuplash uchun juda muximdir. CHunki bugungi kun
xam ertaga tarixga aylanadi. Lekin bu bugungi kunga oid xamma narsani muzeyga kabul kilish
zarur degani emas, albatta. Aynan kanday predmetlarni muzey fondiga kabul kilish zarurligi
muzey fondini komplektlash kontseptsiyasida kursatilgan bulishish shart. Komplektlash
jarayonida tadkikotchilik faoliyatida turli uslublardan foydalaniladi. Ular ichida eng muximi va
kup samara beradigani dala tadkikotidir. Bu uslub asosan arxeologiya, etnografiya,
san`atshunoslik va boshka bir kator fanlar yunalishida kullaniladi. Arxeologlar turli xududlarda
kazilma ishlarini olib borib muzey fondlarini asl-ilmiy predmetlar bilan tuldirib borsa,
etnografiya va san`atshunoslik turli kishloklarda xozirgi kunda xam saklanib kolgan, tarixiy va
ilmiy axamiyatga ega bulgan kuplab ma`lumot va ashyolar tuplab, muzey fondini yanada
boyitishlari va uz navbatida fan rivojiga katta xissa kushishlari mumkin.
"
Tarixiy eksponatlarni ilmiy tayyorlash. Muzey kurgazmasini tashkil etish muzey
faoliyatining yana muxim kirralaridan biridir. Muzey kurgazmasi ilmiy asosda tashkil etilishi va
kurgazma eksponatlari joylashuvi xam tarixiy nuktai nazardan tugri bulmogi kerak. Ma`lum bir
mavzular buyicha shoshilinch kurgazmalar tashkil etish zarur bulib kolgan xollarda esa ba`zi bir
maxsus eksponatlarni tez va chukurrok urganish, yangi predmetlarni eksponat sifatida tayyorlash
lozim buladi. SHuningdek, mavzuni yaxshirok yoritish uchun ilmiy-kumakchi materiallar
(xarita, chizma, jadval va boshkalar)ni tayyorlash xam kerak buladi. Demak, tarixiy
eksponatlarni kurgazmaga tayyorlash xam kerak buladi. Demak, tarixiy ekmponatlarni
kurgazmaga tayyorlash ilmiy asosda tashkil etiladi va ma`lum bir ilmiy tadkikotlar olib borishni
talab etadi.
3. Muzey faoliyatida muzeyshunoslik tadkikoti xam muxim axamiyatga egallaydi.
Muzeyshunoslik tadkikotiga muzey faoliyatini yanada yaxshilash, muzey predmetidan yanada
samaralirok va faolrok foydalanish, muzey predmetini saklash va kuriklash ishini yaxshilaш
soxasidaga tadkikotlar majmui karadi. Muzeyshunoslik tadkikoti kuyidagi yunalishlarda olib
boriladi:
1.
Fondni muzeyshunoslik nuktai nazaridan tadkik etish. Bu yunalishda asosан muzey
fondini komplektlashning umumiy konseptsiyasini ishlab chikish, uning shakl va uslublarini
aniklash, yigish va saklash ishi buyicha xujjatlashtirish nizomlarini ishlab chikish, muzey
predmetlarini fond bulimlariga joylashtirish buyicha ilmiy tadkikotlar olib boriladi. Bu
22
tadkikotlar natijasi fond ishini yanada yaxshilash, ularga predmetlarni va ilmiy kumakchi
materiallarni tugri joylashtirishga olib keladi.
2.
Muzey fondlarini saklash, kuriklash yunalishidagi tadkikotchilik. Muzey faoliyatining
asosiy yunalishlaridan biri muzey predmetini kelgusi avlodlarga etkazish uchun saklash va
kuriklashdir. Bu soxani yanada rivojlantirish doimiy izlanishlarni talab etadi. Bu borada
konsevatsiyalash va kayта tiklash ishlari xam olib boriladi. Faoliyat natijasini yanada yaxshilash
esa tabiiy fanlar yutuklaridan doimiy xabardor bulish va ulardan keng foydalanish, kuplab
tajribalar olib borish vazifasini kuyadи.
3.
Muzey kommunikatsiyasi yunalishidagi tadkikotchilik. Bu yunalishdagi tadkikotchilik
uziga xos xususiyatlariga kuyidagi guruxlarga bulinadi:
"
kurgazmalilik yunalishidagi tadkikotlar muzey eksponati fakat ilmiy axborot berish
kobiliyatiga emas, balki uziga xos tomoshaboplik, kurgazmalilik xususiyatiga xam ega bulishi
kerak. Muzey kurgazmasi badiiy-me`moriy jixatdan mukammal echimga ega bulishi,
tomoshabin didi va saviyasi talablarga javob bera lishi xam zarur. Muzey kurgazmasini badiiy-
texnik echimini ishlab chikayotgan paytda tomoshabinlarning jismoniy imkoniyatlarii xam
xisobga olinishi xam muxim axamiyat kasb etadi. Misol uchun eksponat joylashtirilayotgan
paytda tomoshabinlarning urtacha buyi, kurish kobiliyati, kurish maydoni, maydonni yoritilish
mikdori, tomoshabinlar yunalishi (marshruti) va boshka jixatlar e`tibordan chetda kolmasligi
shart. Aynan shu yunalishdagi muzey faoliyatini rivojlantirib borish bir kator tabiiy fanlar va
dizeyn mutaxassislari bilan birgalikda doimiy tadkikotlar olib borishni talab etadi.
"
Muzey pedagogikasi tadkikoti. Muzey ta`lim-tarbiyaviy jarayon xam muzey faoliyatining
asosiy yunalishlaridan biridir. Bu yunalishda muzey pedagogikasi muxim urin tutadi. Muzey
pedagogikasi tadkikoti muzeyning ta`lim-tarbiyaviy jarayonini yanada rivojlantirish, yangi
uslublarnи yaratish va kullash yunalishida izlanishlar olib boriladi. Fakat muzey kurgazmasi
jarayonida pedagogik faoliyat olib borish bilan cheklanmasdan, jamiyat talabiga karab turli
uchrashuvlar, tugaraklar, kuchma kurgazmalar tashkil etish va uni yukori darajada utkaza olish
xam muzey pedagogik faoliyati va tadkikoti natijasidir.
"
Sotsiologik tadkikot. Muzey fondidan tularok, kengrok foydalanish va ularning
samaradorligini yanada oshirish uchun sotsiologik tadkikot xam zarur buladi. Bu uslub aslida
muzeyshunoslikda utgan asrning 30-yillaridan boshlab kullanila boshlagan. Sotsiologik tadkikot
muzey faoliyatini xalk orasida kanday ta`sirga ega ekanligini, uni samaradorlik darajasini
aniklab beradi. SHuningdek, bu tadkikot natijasida muzeyga asosan axolining kanday yoshdagi
kismi, katlami tashrif buyurayotganligi va ular asosan kaysi predmetlarga yoki mavzularga
kizikayotganligi ma`lum buladi. Bu esa muzeyning yakin kelajakdagi rejalarini tuzishda, uni
ishini tugri tashkil kilishda va zamon talablariga moshlashtira olishda, rakobatbardosh bulishda
katta axamiyatga egadir. Sotsiologik tadkikotlarni doimiy ravishda va keng mikiyosda olib
borayotgan muzeylar - uz kelajaklarini ta`minlayotgan, muzeylarning rakobat maydonida uz
urinlarini mustaxkamlab borayotgan muzeylardir.
"
Psixologik tadkikot. Muzey faoliyatini uz urnilarnini jamiyat psixologiyasinи, axoli
katlamlari psixologiyasini doimiy urganib, kuzatib borish va muzey ishini tashkil etishda shu
urganish va kuzatish natijalarini xam xisobga olish muxim axamiyatga ega. Psixologik tadkikot
natijalari muzeyning barcha bulimlari uchun, jumladan muzey pedagogikasi, muzey
kurgazmalarini badiiy-me`moriy jixatdan tashkil etish ishlarida xam katta yordam beradi.
Tayanch iboralar.
Ilmiy tadkikot, IKOM, muzey predmetini umumtarixiy tadkik etish, komplektlash
tadkikoti, tarixiy ekmponatlarni tayyorlash, muzeyshunoslik tadkikoti, fond ishini tadkik etish,
kurgazmalilik tadkikoti, pedagogik tadkikoti, sotsialogik tadkikot, psixologik tadkikot.
Nazorat uchun savollar.
1.
Muzeyda tadkikotchilik faoliyatini asosan necha yunalishda buladi?
2.
Muzeydagi tadkikot ishlarnining uziga xosligi nimada?
23
3.
IKOM kanday tashkilot?
4.
Irji Neustupno`y muzeyning tadkikotchilik faoliyati xakida kanday fikr bildirib?
5.
Muzey predmetini umumtarixiy nuktai nazardan tadkik etish deganda nimaniTushunasiz?
6.
Muzeyshunoslik tadkikoti xakida nima bilasiz?
7.
Kurgazmalilik tadkikoti kanday axamiyatga ega?
8.
Muzey pedagogikasi tadkikoti xakida gapirib bering
9.
Sotsiologik tadkikot muzeyga nima uchun kerak?
10.
Psixologik tadkikot muzey faoliyatin uchun zarurmi?
Adabiyotlar.
1.
Muzeevedenie. M.1988 g.
2.
N. Sodikova. Madaniy yodgorliklar xazinasi. T.1981 yil.
3.
Kirienko E. M. Istoricheskiy muzey. M.1984 g.
Dostları ilə paylaş: |