O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 95 Kb.
səhifə2/10
tarix02.01.2022
ölçüsü95 Kb.
#45065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Oziqovqat mikrobiologiyasi

Toshkent - 201 J?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 201^ yil “/^ О / dagi 53/ - sonli buyrug‘ining 50- ilovasi bilan fan dasturi ro‘yxati tasdiqlangan.

Fan dasturi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari bo'yicha O‘quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 201 Л yil p” 03 dagi <5_ - sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.

Fan dasturi Toshkent kimyo-texnologiya institutida ishlab chiqildi.

Tuzuvchi:

Zakirova M.R. - TKTI, “Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi dotsenti, texnika fanlari nomzodi, dotsent.

Yodgorova D.Sh. - O‘zMU, “Biologiya” fakulteti, “Ekologiya va evolyusion biologiya” kafedrasi, biologiya fanlari nomzodi (turdosh OTM)

Taqrizchilar:

Davronov Q.D. - O‘zMU, “Biologiya” fakulteti, “Biotexnologiya” kafedrasi professori, biologiya fanlari doktori, professor (turdosh OTM).

IshimovUJ. - O‘zR FA, Bioorganik kimyo instituti katta ilmiy xodimi, kimyo fanlari nomzodi (kadrlar iste'molchisi).

Fan dasturi Toshkent kimyo-texnologiya instituti Kengashida ко'rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201^ yil 05 03 dagi 3 -sonli bayonnoma)

I. O‘quv fanining dolzarbligi va oily kasbiy ta’limdagi o‘rni

Ushbu fan dasturi, “Oziq-ovqat mikrobiologiyasi” fanining tarixi, rivojlanish bosqichlari kelajagi va istiqbolli rejalaridan kelib chiqqan holda, mikroorganizmlarning tabiatdagi va xalq xo'jaligidagi ahamiyati, morfologiya va fiziologiyasi, modda almashinuvi, kimyoviy tarkibi, oziqlanishi va ularga tashqi muhitning ta'sirini, oziq-ovqat hamda ichimliklar mikrobiologiyasi haqida tushuntirib berish va shu bilan birgalikda patogen mikroorganizmlar keltiradigan oziq-ovqat kasalliklari va ularning kelib chiqishini oldini olish yo‘llarini tushuntirishni qamrab oladi.

“Oziq-ovqat mikrobiologiyasi” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 2- va 3-kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. “Oziq-ovqat mikrobiologiyasi” fani umumkasbiy fanlar blokiga kiradi va Oziq-ovqat texnologiyasi ((go‘sht-sut va konserva mahsulotlari); (don mahsulotlari); (yog‘-moy mahsulotlari); (qand va bijg‘ish mahsulotlari); (non, makaron, qandolatchilik mahsulotlari); (oziq-ovqat xavfsizligi)) bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarida o‘qitiladi. Mazkur fan boshqa umumkasbiy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, o‘z rivojida umumkasbiy hamda mutaxassislik fanlari uchun zamin bo‘lib hizmat qiladi.

IL O‘quv fanining maqsadi va vazifasi

“Oziq-ovqat mikrobiologiyasi” fanini o‘qitishdan maqsad, tabiatda moddalar almashinuvida va oziq-ovqat sanoatining turli tarmoqlarida mikrobiologik jarayonlarning ahamiyatini o'rganish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko'nikmasini hosil qilishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun bu fan talabalarni nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalalar, mikrobiologik hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.

Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘ydagi talablar qo‘yiladi. Talaba:



  • mikrobiologik bilim asoslari, mikroorganizmlarning tabiatdagi asosiy guruhlari, ularnig morfologiyasi, fiziologiyasi hamda iste'molchilar uchun oziq-ovqat yaxlitligi va xavfsizligini asrashda mutaxassisning roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘Ushi-,

  • prokariot va eukariot mikroorganizmlar asosiy guruhlarining morfologiyasi, fiziologiyasi va klassifikatsiyasini bilishi va zamonaviy uslubiy yondashuvlar asosida ulardan foydalana olishi',

- talaba mikrobiologik hodisa va jarayonlami tahlil qilish usullarini qodlash, oziq-ovqat mikrobiologiyasi muammolari bo‘yicha yechimlar qabul qilish ко ‘nikmalariga ega ho ‘Ushi kerak.


  1. Yüklə 95 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin