Hozirgi yozuv va uni ifoda etuvchi vositalar. 1996-yildan boshlab lotin
alifbosi asosidagi o‗zbek yozuvi joriy etildi. Bu alifboda 29 ta shakl bo‗lib, ular 30
ta tovushni ifodalash uchun xizmat qiladi. Hozirgi o‗zbek yozuvidagi undosh
harflar bir tovushni ifoda etadi. (Jj harfi bundan mustasno). Ikkita tovushni
ifodalash uchun Jj ishlatiladi: 1) qorishiq, portlovchi j (d+j) tovushini (jo‗ja,
jayron, avj kabi) va 2) sirg‗aluvchi j tovushini (jurnal, jirafa) bildiradi.
Mazkur yozuvda uchta harf birikmasi mavjud: ng, sh, ch. Ular so‗z tarkibida
ajratilmaydi va bo‗linmas bir tovushni ifoda etadi: ng sayoz til orqa, portlovchi-
sirg‗aluvchi, sonor undosh tovushini (tong, ohang, chang. manglay), ch til oldi,
qorishiq portlovchi, jarangsiz undosh tovushni (charos, tinch, sinch, choynak), sh
til oldi, sirg‗aluvchi, jarangsiz undoshni (shabada, shar, shahar,toshqin, bosh)
ifodalaydi.
Tovushlar ikki turga bo‗linadi: 1) unli tovushlar, 2) undosh tovushlar. Ular unli
va undosh harflar bilan belgilanadi. Hozirgi o‗zbek alifbosida 6 unli tovush va 6 ta
unli harf bor (a, o, u, i, o‗, e). 24 ta undosh tovush 23 ta undosh harf bilan belgilab
ko‗rsatiladi (b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, r, s, t, v, x, y, z, sh, ch, ng). Har bir
harfning bosh va kichik, bosma va yozma shakllari bor.
Harflarning alfavit taritibini bilish muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki turli
lug‗atlar, davlat idora organlarida, arxivlarda saqlanadigan hujjatlar, ro‗yxatlar
alfavit tartibida tuziladi.
Yozuvda harflar bilan birga tinish belgilari: (.) (,) (?) (!) (:) (;) (…) («») (‒), ( )
‒ qavs, (') ham qo‗llanadi. Urg‗u (') belgisi so‗z bo‗g‗inlaridan birining
boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilish uchun unli harf ustiga qo‗yiladi.
Yozuvda harflar bilan birga tinish belgilarning ham roli katta. Tinish belgilari
yordamida fikr yozuvda aniq, ravshan va tushunarli qilib beriladi. Og‗zaki
nutqning fikrini to‗liq ifodalash uchun xizmat qiladigan ohang va pauzalari
yozuvda tinish belgilari orqali ifoda etiladi.
Tutuq belgisi (‘) ham grafik vositalardan biri sifatida quyidagi vazifalarni
bajaradi: 1) so‗zda unli tovushdan keyin kelib, uning cho‗ziq aytilishini (a‘lo,
e‘tibor, iste‘mol); 2) so‗zda undoshdan keyin kelib, oldingi bo‗g‗in bilan keyingi
bo‗g‗inning ajratib aytilishini bildiradi; 3) so‗z ma‘nolarini farqlab beradi (ta‘na –
malomat, tana – organism); 4) s va h tovushlarini sh tovushidan farqlaydi: Is‘hoq.
|