O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘limi vazirligi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta‘limi vazirligi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
2- MAVZU. FONETIKAGA KIRISH 
Reja: 
1. Fonetikaning predmeti va vazifalari. 
2. Fonetika fanining turlari. 
3. Fonetik birliklar 
Fonetikaning predmeti tilning tovush tomoni, fonetik qurilishidir. Tilning tovush 
tomoni nutq tovushlari bo‗g`in, urg`u, ohang (intonatsiya, melodika) kabi 
birliklarni o‗z ichiga oladi. 
Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va 
lingvistik-funksional asoslarini o‗rganish, ularning til mexanizmidagi rolini 
aniqlashdan iborat. Bunday maqsad uning quyidagi vazifalarini belgilaydi: a) 
tovush, urg`u, melodika kabi birliklarning yuzaga kelish qonuniyatlarini o‗rganish; 
b) talabalarni yuqoridagi qonuniyatlar va shu qonuniyatlarga oid ilmiy-nazariy 
fikrlar bilan tanishtirish; v) adabiy tilning fonetik-fonologik tizimiga oid 
munozarali masalalarni aniqlash, ularga munosabat bildirish; g) talabalarda fonetik 
tahlil ko‗nikmalarini shakllantirish; d) talabalarga shu sohada ishlagan fonetist-
fonologlar haqida qisqacha ma‘lumot berish. 
Har qanday tilning fonetik birliklari dastlab ikki guruhga–segment va 
supersegment birliklarga bo‗linadi: a) segment birliklarga nutq tovushlari va 
bo‗g`in kiradi. Bunday birliklar so‗z yoki morfemalar tarkibida birin-ketin keladi, 
yotiq (gorizontal) yo‗nalishda bir-biriga ulanib, zanjirsimon tarzda joylashadi. 
Masalan: kitob so‗zidagi 5ta tovush (k,i,t,o,b) va ikkita bo‗g`in (ki-tob) segment 
birliklar, demak, shu so‗z tarkibidagi qismlar sanaladi; b) supersegment birliklarga 
urg`u, ohang, melodika, pauzalar kiradi. Bunday birliklar so‗zga, frazaga, gapga 
yoki nutqqa yaxlit aloqador bo‗lib, ularni so‗z, gap yoki nutqdan ajratilgan holda 
tasavvur qilib bo‗lmaydi. Shuning uchun ularni ustama hodisa (M.Mirtojiyev) deb 
nomlash hollari ham uchraydi. 
Fonetik birliklar til tizimida quyidagi vazifalarni bajaradi:
1)shakllantiruvchi vazifa (ruscha: obrazuyushaya funktsiya). Bunda fonetik 
birliklarning so‗z yoki morfemalar tarkibida yoxud gap va nutq tuzilishida qurilish 
materiali sifatida ishtirok etishi nazarda tutiladi. Chunonchi, paxta so‗zining tarkib 
topishida 5 ta tovush (p, a, x, t, a), ikkita bo‗g`in (pax-ta) va bitta so‗z urg`usi 
(paxta) "qurilish materiali" vazifasida qatnashgan, bu birliklarning shu tartibda 


joylashtirilishidan paxta so‗zining tovush qiyofasi - fonetik so‗z shakllangan. 
Ohang, melodika, pauza kabi supersegment birliklar esa gap qurilishida yoxud 
nutqning tarkib topishida ustama hodisa sifatida qatnashadi: darak so‗roq va 
buyruq gaplarning o‗ziga xos intonatsiyalari, she‘riy misralardagi ohang 
tovlanishlari bunga misol bo‗ladi;
2) tanituvchi vazifa (ruscha: opoznavatel‘naya funktsiya). Bunda fonetik so‗z 
tarkibidagi fonetik birliklarning shu so‗zni va uning ma‘nosini "tanib olish" va 
"eslab qolish" uchun xizmat qilishi nazarda tutiladi: so‗z va uning ma‘nosi (yoxud 
morfema va uning ma‘nosi) shu so‗zning (yoki morfemaning) fonetik qobig`i 
tufayligina inson xotirasida doimiy yashaydi. Masalan, inson paxta so‗zini (fonetik 
so‗zni) eshitganda yoki o‗qiganda, uning xotirasida "g`o‗za o‗simligining oq tolali 
yumshoq mahsuli", taxta so‗zini eshitganda yoki o‗qiganda esa "g`o‗ladan 
uzunasiga tilib olingan yassi yog`och bo‗lagi" esga keladi, bu hol har bir so‗zning 
fonetik qobig`i bilan shu so‗zning mazmun planidagi ma‘nolar o‗rtasida doimiy 
aloqa borligidan (shakl va mazmun birligidan) dalolat beradi. Ko‗pchilik 
so‗zlarning fonetik tarkibi o‗zaro farqli bo‗lishini hisobga olsak, bunday farqlar 
so‗z ma‘nolarini tafovutlash uchun xizmat qilishi ham ma‘lum bo‗ladi: "qishloq" 
ni "pishloq"dan, "g`o‗za"ni "ko‗za"dan, "uy"ni"kuy"dan farqlash imkoni yaratiladi. 
Demak, so‗z va grammatik formalar o‗zining tovush materiyasi tufayligina nutqda 
ma‘lum ahamiyat kasb etadi. Tovushgina so‗z yoki so‗z shaklini eshituvchi uchun 
borliq tusiga kiritadi.
Fonetika fani tilning tovush tomonini turli usulda va turli maqsadlarda o‗rganadi, 
shunga ko‗ra uning quyidagi turlari o‗zaro farqlanadi: 
1. Umumiy fonetika. Fonetikaning bu turi barcha tillarning tovush tomoni uchun 
umumiy bo‗lgan qonuniyatlar va hodisalar bilan tanishtiradi. Masalan, barcha 
tillarda fonetik birliklarning fizik-akustik tabiati, anatomik-fiziologik (biologik) 
asosi va lingvistik-funksional jihatlari bor; barcha tillarda nutq tovushlari fonema 
tiplariga birlashadi, barcha tillarda fonemalar fonologik oppozitsiyalar (ziddiyatlar) 
va korrelyatsiyalarni yuzaga keltiradi, shular orqali fonologik sistemalar 
shakllanadi. Tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatiga xos bo‗lgan bunday 
nazariy masalalarni ko‗rish umumiy fonetika predmeti sanaladi. 
2. Xususiy fonetika. Fonetikaning bu turi konkret bir tilning fonetik tizimi haqida 
ma‘lumot beradi: o‗zbek tili fonetikasi, rus tili fonetikasi, ingliz tili fonetikasi kabi. 
Xususiy fonetika ayrim olingan bir tilning fonetik tizimini o‗rganishda umumiy 
fonetika xulosalariga, shuningdek, fonetikaning boshqa turlarida to‗plangan 
tajribalarga tayanadi.


Uning quyidagi ikki turi bor: 
a) tavsifiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik 
hodisalar va faktlar statik holatda (shu tilning oldingi tarixiy taraqqiyoti bilan 
bog`lanmay) o‗rganiladi. Xususan, "Hozirgi o‗zbek adabiy tili fonetikasi" ham 
aslida tavsifiy fonetikadir, chunki unda o‗zbek tilining fonetik tizimi, bu tizimda 
mavjud bo‗lgan fonetik faktlar (unli va undosh tovushlarning miqdor va sifat 
belgilari, tasnifi, urg`u, bo‗g`in va hokazolar) hozirgi o‗zbek tilida qanday bo‗lsa, 
shundayligicha (tarixiy jarayon va faktlarga bog`lanmay) o‗rganiladi. 
Hozirgi o‗zbek adabiy tilining tavsifiy fonetikasi "Hozirgi o‗zbek adabiy tili" kursi 
bo‗yicha nashr etilgan ko‗pchilik darsliklarda, shuningdek, "Uzbekskiy yazik" 
(Reshetov V.V., 1959 g.), "Osnovi fonetiki i grammatiki uzbekskogo yazika " 
(Reshetov V.V., 1965 g.), "Obshaya xarakteristika osobennostey uzbekskogo 
vokalizma" (Reshetov V.V., 1949 g.), "Foneticheskaya sistema uzbekskogo 
literaturnogo yazika" ADD (Maxmudov A., 1980 g.), "Hozirgi o‗zbek adabiy tili" 
dan metodik ko‗rsatmalar va konspektiv kurs: fonetika, orfoepiya, grafika va 
orfografiya (Tursunova T., Jamolxonov H., 1981y.), "O‗zbek tili fonetikasi" 
(Mirtojiyev M.M., 1991y., 1-nashri; 1998y., 2-nashri), "Hozirgi o‗zbek adabiy 
tili". Ma‘ruzalar matni (Jamolxonov H.,2000 y.) kabi ishlarda hamda "Sochetanie 
glasnix i soglasnix v sovremennom uzbekskom literaturnom yazike" (I. Ishaev, 
1985 g.), "Reduktsiya glasnix v uzbekskom yazike: tip, funktsiya, 
programmirovanie" (S. Atamirzaeva, X. Yuldasheva, D. Mamatov, 1985 g.) kabi 
maqolalarda bayon etilgan; 
b) tarixiy fonetika. Bunda ayrim olingan bir tilning fonetik tizimi, undagi fonetik 
hodisalar va faktlar shu tilning uzoq tarixiy taraqqiyoti bilan bog`lab o‗rganiladi, 
shu asosda muayyan tilning fonetik- fonologik tizimida yuz bergan tarixiy 
o‗zgarishlar (divergensiya, konvergensiya faktlari, fonologik tizimdagi eskirish va 
yangilanish jarayonlari) aniqlanadi. Shunga ko‗ra u diaxron fonetika deb ham 
yuritiladi. 
3. Qiyosiy fonetika. Fonetikaning bu turi qardosh tillarning (masalan, o‗zbek, 
qozoq, qirg`iz, turkman va boshqa turkiy tillarning) fonetik tizimidagi umumiy va 
xususiy jihatlarni aniqlash imkonini beradi. 
O‗zbek va rus tillari fonetikasini qiyosan o‗rganish rus maktablarida o‗zbek tilini, 
o‗zbek maktablarida esa rus tilini o‗qitish uslubiyatini takomillashtirish nuqtai 
nazaridan, shuningdek, o‗zbek-rus bilingvizmi (ikki tilliligi) masalalarini, bunday 
bilingvizmning har ikkala til strukturasi va sistemasiga ta‘sirini aniqlash 
pozitsiyasidan foydalidir. 


4. Eksperimental (instrumental) fonetika. Fonetikaning bu turida nutq 
tovushlarining fizik-akustik va artikulyatsion jihatlari maxsus asboblar 
(pnevmograf, ossilograf, fonograf, spektrograf va boshqalar) yordamida tadqiq 
qilinadi, shu asosda tovushlarning sifat va miqdor belgilari (balandligi, kuchi, 
tembri, spektri, cho‗ziqlik darajasi), ularning artikulyatsiyasi (hosil bo‗lish o‗rni, 
usuli) aniqlanadi. Bunday tadqiqot natijalaridan fonetik birliklarning fonologik 
jihatlarini tavsiflashda foydalaniladi. 
Fikr gap orqali ifoda qilinadi. Gap, odatda so‗zlardan tashkil topadi. Gap tarkibida 
so‗zlar va shu so‗zlarning o‗zaro bog‗lanishini ta‘minlovchi grammatik vositalar 
(qo‗shimchalar, yordamchi so‗zlar) ma‘lum nutq tovushlari orqali shakllanadi. 
Masalan: Biz ulug‗ayyomni mana shu cho‗lda kutib olyapmiz (Y. Shamsharov).
Bu gapni tuzishda biz, ulug‗ , ayyom, mana, shu, cho‗l, kutib, olmoq so‗zlari, 
ularning o‗zaro bog‗lanishini ta‘minlovchi –ni (tushim kelishigi qo‗shimchasi), -
yap (zamon ma‘nosini ifodalovchi qo‗shimcha), -miz (shaxs-son qo‗shimchasi) 
qo‗shimchalari qatnashgan; har bir so‗z va qo‗shimcha esa nutq tovushlari 
vositasida (masalan, biz - b, i, z; ulug‗ - u, l, u, g‗ ; -ni - n, i; -da - d, a kabi) 
shakllandi. 
Ko‗rinadiki, nutq tovushlari so‗z va gaplarni tuzishda moddiy baza 
hisoblanadi, chunki inson tili tovush tilidir. 
Fonologiya so‗zi tarjima qilinganda ―tovush haqidagi ta‘limot‖ degan 
ma‘noni bildiradi (phone – tovush, logos - ta‘limot). Bu bo‗limda tovushlarning 
so‗z va morfemalar ma‘nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi. Agar fonetika 
bo‗limida tovushlarning fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa, fonologiyada, 
ta‘bir joiz bo‗lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o‗rganiladi. 
Tovush va fonema 
Tovush bilan fonemani o‗zaro farqlash zarur. Tovush nutqning fonetik jihatdan 
bo‗linmaydigan eng kichik birligidir, u ma‘no ifodalamaydi, lekin har qanday so‗z 
tovushlar vositasida shakllanadi. Masalan, a, d, m, o tovushlarini ma‘lum bir 
tartibda talaffuz qilish orqali odam, omad, moda singari boshqa-boshqa ma‘nodagi 
so‗zlar hosil qilinadi. So‗zlar tovush tarkibiga ko‗ra turlicha bo‗ladi. 
1. Bir tovush bilan farq qiladigan so‗zlar: ot – ol, ol – oq, oq - osh, osh – 
ov, ov – oz, oz – on, on – or, or – os, os – och, och – og‗ , og‗ - ox; oz – iz,
iz – uz, uz – ez, davlat – savlat, ko‗za – g`o‗za kabi. 


2. Tovushlarning joylashish tartibiga ko‗ra farq qiladigan so‗zlar. Masalan: 
qo‗y – yo‗q (birinchi so‗z tarkibidagi birinchi tovush ikkinchi so‗zning oxirida 
qo‗llanadi.) 
3. Biror tovushning ortiqligi bilan farq qiladigan so‗zlar: o‗lka – yo‗lka, et-
bet, sava – savat, tana – tashna, taxt – taxta, o‗roq - so‗roq kabi. 
Demak, so‗zlar tovushlardan tuziladi, ular bir, ikki, uch, to‗rt va hokazo 
miqdordagi tovushlarning tartiblashishidan hosil bo‗ladi. 
Fonema so‗z ma‘nosini farqlash uchun xizmat qiladigan tovush turidir. 
Masalan: bal - bel –bil –bol – bo‗l so‗zlari tarkibidagi a, e, i, o, o‗ tovushlari so‗z 
ma‘nolarini belgilash (ajratish)ga xizmat qiluvchi fonemalardir: bor, dor, zor, kor, 
nor, tor, xor, chor, qor so‗zlari tarkibidagi birinchi tovushlar ( b, d, z, k, n, t, x, ch, 
q ) ham shunday vazifa bajargan.
Fonemalarning uch belgisi bor: 1. Akustikasi (eshitilishi). 2. Artikulyatsiyasi 
(aytilishi yoki talaffuzi). 3. Ma‘no farqlashi (ba‘zi darsliklarda ―lingvistik tomoni‖ 
deyiladi)4 .
Bular ichida fonemaning ma‘no ajratish belgisi muhim hisoblanadi. Aks 
holda tovush fonema sanalmaydi.
Fonetik akustika 
Fonetik akustika nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan 
sohadir. Akustik jihatdan har qanday tovush havo oqimining tebranishi va bu 
tebranishning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari esa o‗pkadan kelayotgan 
havo oqimining un paychalari tebranishidan hosil bo‗ladigan ovoz va nutq 
organlarida hosil bo‗ladigan shovqinning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari 
akustikasida ko‗yidagilar farqlanadi: 
1. Nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi ma‘lum vaqt ichida un 
paychalarining tebranish miqdoriga ko‗ra har xil chiqishidir: un paychalari ko‗p 
tebransa, tovush baland bo‗ladi, aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past 
chiqadi.
2. Nutq tovushlarining kuchi ma‘lum kenglikdagi maydondan ma‘lum 
vaqtda o‗tadigan energiya miqdoridir. Bu haqda tilshunos olim H.Jamolxonov 
4 Tursunov U., Muxtorov J., Rahmatullayev Sh. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. – T.: ―O‗zbekiston‖ 
nashriyoti. 1992, 15-bet. 


shunday yozadi: ―Tovushning kuchi (intensivligi) - 1 sm2 maydondan 1 sekundda 
o‗tadigan energiya miqdoridir‖5 Demak, nutq tovushlarining kuchi un paychalari 
tebranishi kengligiga bog‗liq: tebranish kengligi katta bo‗lsa, tovush kuchli 
chiqadi, bu kenglik kichik bo‗lsa, tovush ham kuchsiz chiqadi.
3. Nutq tovushlarining tembri (sifati) – asosiy ton bilan hosil bo‗ladi. 
Tovushlarning tembri og‗iz bo‗shlig‗i va burun bo‗shlig‗ining hajmi, shakliga, 
tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo‗lishiga bog‗liq. 
4. Tovushning cho‗ziqlik darajasi un paychalarining tebranishi davom etgan 
vaqt bilan o‗lchanadi. Tebranish uzoq davom etsa, tovush cho‗ziq; tebranish qisqa 
davom etsa tovush qisqa bo‗ladi. 
Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi
Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan organlar nutq a‘zolari deb 
yuritiladi. Artikulyatsiya deganda esa nutq a‘zolarining nutq tovushlarini hosil 
qilishdagi faoliyati anglashiladi.
Nutq a‘zolariga quyidagilar kiradi: 
1. Nafas apparati: o‗pka, bronxlar (bir juft), nafas yo‗li (traxeya). 
2. Bo‗g‗iz bo‗shlig‗ida xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog‗aylar 
hamda un paychalari joylashgan. 
3. Og‗iz bo‗shlig‗ida til, tanglay (qattiq va yumshoq), kichik til, lab va 
tishlar joylashgan . 
4. Burun bo‗shlig‗i. 
5. Markaziy nerv sistemasi.
Nutq a‘zolarining jami nutq apparati deyiladi. Endi har bir nutq a‘zosining vazifasi 
xususida to‗xtalib o‗tamiz. 
O‗pka inson organizmini kislorod bilan ta‘minlovchi a‘zo ekanligi 
hammaga ma‘lum. Nutq a‘zosi sifatida esa o‗pka nutq tovushlarining hosil 
bo‗lishi uchun zarur bo‗lgan havo oqimini yetkazib beradi, ya‘ni inson nafas 
olganida o‗pka va undagi bronxlar havoga to‗ladi va bu havo oqimi tashqariga 
qaytib chiqish jarayonida tovush hosil qiluvchilik vazifasini ham bajaradi. Havo 
5 Jamolxonov H.A. Hozirgi o‗zbek adabiy tili. - T.: ―Talqin‖ nashriyoti. 2005, 25-bet
.


oqimi nafas yo‗li orqali bo‗g‗izga tomon harakatlanadi. Bo‗g‗izdagi 
cho‗michsimon, uzuksimon, shoxsimon, xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon 
tog‗aylar un paychalarini ushlab turuvchi a‘zolardir. Un paychalari esa ovoz 
manbai hisoblanadi, chunki ular dutor yoki soz torlariga o‗xshab havo urilishi 
natijasida ovoz chiqaradi (simyog‗ ochga tortilgan simlarning shamol kelib urilishi 
natijasida chiyillab ovoz chiqarishini ko‗z oldingizga keltiring). Og‗iz bo‗shlig‗i 
tovushni kuchaytirib berishga yordam beradigan a‘zodir. Til juda ko‗p tovushlarni 
hosil qilishda ishtirok etadigan a‘zodir. Tilning turlicha harakati va holati 
natijasida unli va undosh tovushlar hosil bo‗ladi. Kichik til ham ayrim 
tovushlarning (q, g‗ , x) hosil bo‗lishida qatnashadi. Lablarning keng ochilishi, 
cho‗chchayishi, jipslashishi yoki pastki labning ustki tishlarga tegishi natijasida 
turli tovushlar hosil bo‗ladi. Ayrim tovushlar havo oqimining tishlar orasidan
sirg‗alib chiqishi natijasida hosil bo‗ladi. M, n, ng tovushlari hosil bo‗lishida havo 
oqimining bir qismi burun bo‗shlig‗i orqali o‗tib, tashqariga chiqadi. Markaziy 
nerv sistemasi nutq a‘zolari harakatini yuzaga keltiradi, bu harakatni bevosita 
boshqarib turadi. Ana shu tariqa har bir nutq a‘zosining tovushlarni hosil qilishda 
o‗z vazifasi bor.
So‗z ma‘nolarini ajratish, chegaralash uchun xizmat qiladigan vositalar 
fonetik vositalar sanaladi. Bunday vositalar qatoriga nutq tovushlari, urg‗u, ohang 
(ohang) kiradi. So‗z ma‘nolarini farqlashga xizmat qiladigan fonemalar xususida 
yuqorida fikr yuritildi. Lug‗at tarkibidagi barcha so‗zlar, grammatik shakllar ana 
shu fonemalarining ma‘lum tartibda ketma-ket joylashishi orqali shakllanadi. 
Ayrim hollarda o‗xshash bo‗lgan (omonim) so‗zlarning ma‘no va grammatik 
shakllarini farqlashda urg‗u (leksik urg‗u) fonetik vosita bo‗lishi mumkin. 
Masalan: olm (predmet, mevaning bir turi), lma (harakat, olmoq fe‘lining 
bo‗lishsiz shakli, -ma qo‗shimchasini ajratish mumkin); akadem k (predmet, ot), 
akadem k (belgi, sifat); gull r (ot, ―ko‗p gul‖ ma‘nosida), g llar ( fe‘l, 
―gullamoq‖). 
Gapning maqsadga ko‗ra turini ajratishda esa ohang (ohang) fonetik vosita 
bo‗lishi mumkin. Masalan: Dars boshlandi. (darak gap) Dars boshlandi? (so‗roq 
gap).
Nutq tovushlari ikki xil: unli tovushlar, undosh tovushlar. Bular quyidagicha 
farqlanadi: 1) unli tovushlar hosil bo‗lishida o‗pkadan chiqayotgan havo og‗iz 
bo‗shlig‗ida hech qanday to‗siqqa uchramasdan o‗tadi, undosh tovushlarni hosil
qilishda esa o‗pkadan chiqayotgan havo og‗iz bo‗shlig‗ida turli to‗siqlarga 
uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo‗ladi; 2) unli tovushlarni cho‗zib 
talaffuz qilish mumkin, undoshlarni esa cho‗zib talaffuz qilib bo‗lmaydi; 3) unli 


tovushlar talaffuzida tovush paychalari albatta titraydi, undoshlar talaffuzida esa 
tovush paychalari titrashi ham (jarangli va sonorlarda), titramasligi ham 
(jarangsizlarda) mumkin.
Unli tovushlar va ularning tasnifi 
Har bir til o‗zining unli tovushlar tizimiga ega. Bu tizim vokalizm deb ataladi. 
O‗zbek tilidagi unli tovushlar (a, i, o, u, o‗, e) uch tomondan tasnif qilinadi: 
1.Tilning gorizontal (yotiq) harakatiga ko‗ra. 
Og‗iz bo‗shlig‗ida eng faol organ tildir. U unli tovushlarni talaffuz qilishda 
oldinga (tish yoki milkka tomon) va orqaga qarab harakat qiladi. Tilning bu 
harakati gorizontal harakat hisoblanadi. Shuning uchun unlilar tilning gorizontal 
harakatiga ko‗ra ikki guruhga bo‗linadi: 
1) old qator unlilar: a, e, i; 
2) orqa qator unlilar: o, o‗, u. 
2.Tilning vertikal (tik) harakatiga ko‗ra. 
Unli tovushlar talaffuzida tilning tanglayga tomon ko‗tarilishi va tushishi 
vertikal harakatdir. Bu harakat tufayli og‗izning ochilish darajasi har xil bo‗ladi. 
Chunonchi, i, u unli tovushlarini hosil qilishda til tanglayga yaqin turadi, shuning 
uchun ham og‗izning ochilish darajasi tor bo‗ladi; aksincha, a, o tovushlarini hosil 
qilishda til tanglaydan ancha uzoqlashadi (quyida turadi), shuning uchun til bilan 
tanglay o‗rtasidagi oraliq keng bo‗ladi; e, o‗ tovushlarini hosil qilishda esa til bilan 
tanglay o‗rtasidagi oraliq o‗rtacha (tor ham emas, keng ham emas) bo‗ladi. 
Ko‗rinadiki, tilning vertikal harakati og‗izning ochilish darajasini (tor, keng, o‗rta 
keng) belgilaydi. SHuning uchun unlilar tilning vertikal harakati (yoki og‗izning 
ochilish darajasi)ga ko‗ra uch guruhga bo‗linadi: 
1) yuqori tor unlilar: i, u; 
2) o‗rta keng unlilar: e, o‗. 
3) quyi keng unlilar: a, o.


3. Lablarning ishtirokiga ko‗ra. 
Unlilar talaffuzida lablarning roli ham kattadir. Ayrim unlilar talaffuzida
lablar albatta qimirlaydi, ya‘ni ular doira shaklini oladi, ayrimlarida esa nisbatan 
kam qimirlaydi. Shunga ko‗ra unlilar ikki guruhga bo‗linadi:
1) lablangan unlilar: u, o‗, o; 
2) lablanmagan unlilar: i, e, a. 
Unli tovushlar tasnifini quyidagi jaldvalda aks ettirish mumkin: 
Lablarning 
ishtirokiga ko‗ra 
Tilning 
gorizontal 
harakatiga 
ko‗ra 
Tilning 
vertikal 
harakatiga ko‗ra 
Old qator 
Orqa qator 
Lablanmagan 

Yuqori tor unlilar 
Lablangan
u
Lablanmagan 

O‗rta (keng) unlilar 
Lablangan
o‗ 
Lablanmagan

Quyi (keng) unlilar 
Lablangan 

Unli tovushlar tavsifi 
I unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‗z boshida (ipak), so‗z o‗rtasida (tilak) va so‗z oxirida (tulki) keladi.
2) so‗z ichida ikki jarangsiz undosh orasida nihoyatda qisqa aytiladi: bilan, sira. 
3) k, g, x undoshlaridan keyin kelganda orqa qator unli kabi aytiladi: qir, G‗irot, 
oxir.
4) cho‗ziq varianti bor: muhim, musiqa.
5) e tovushiga moyil varianti bor: mix-mex. 


U unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‗z boshida (urmoq), so‗z o‗rtasida (tugun) va so‗z oxirida (urg‗u) keladi.
2) til oldi varianti ham uchraydi: kuch, gul;
3) qulf, g‗ulg‗ula, tuxum so‗zlarida esa til orqa varianti qo‗llangan.
4) i tovushi kabi kuchsizlanishi, ya‘ni qisqarishi ham mumkin: tuxum, bulbul, 
tutun kabi. 
E unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‗z boshida, so‗zning birinchi bo‗g‗inida keladi: eshik, elak, e‘tibor, kel, bet 
kabi.
2) jonli nutqda sheva ta‘sirida i tovushiga moyillashadi: deydi – diydi.
3) o‗g‗uz shevalarida a tovushiga o‗tish holati ham mavjud: eshik – ashik, deb – 
dab, kel – gal kabi. Lekin adabiy tilda e tarzida talaffuz etiladi. 
A unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‗z boshida (ari), o‗rtasida (daftar) va so‗z oxirida (qora) keladi.
2) q, x, g‗ tovushlaridan keyin kelganda til orqaroq - orqa qator unlisi kabi talaffuz 
qilinadi: g‗azab, xabar.
3) ba‘zi so‗zlarda sheva ta‘sirida o tovush kabi aytiladi: baho – boho, shavla – 
shovla. Adabiy tilda a tarzida talaffuz etiladi. 
O unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) so‗z boshida (olim), o‗rtasida (toza) va so‗z oxirida (bobo) keladi.
O‗ unlisi quyidagicha tavsiflanadi:
1) sodda so‗zlarning asosan birinchi bo‗g‗inida uchraydi: o‗g‗il, bo‗ri, to‗g‗ri, 
o‗rin, bo‗yin.
2) o‗zlashma so‗zlarning oxirgi bo‗g‗inida ham keladi: ro‗baro‗, xushro‗y, gulro‗, 
kubok, (kubo‗k). 
3) til oldi varianti ham bor: o‗rik, ko‗l, cho‗l.
Undosh tovushlar va ularning tasnifi 


Undosh tovushlar tizimi tilda konsonantizm deb yuritiladi.
Hozirgi o‗zbek adabiy tilida 24 ta undosh tovush mavjud: b, v, g, d, j (jurnal 
so‗zidagi birinchi tovush), j (joy, jiyda kabi so‗zlardagi birinchi tovush), z, y, k, l, 
m, n, ng (tong so‗zidagi oxirgi tovush), p, r, s, t, f, x, ch, sh, q, g‗ , h. Sirg‗aluvchi 
j, f tojik va boshqa tillardan o‗zlashgan so‗zlarda keladi: foyda, oftob, fabrika, 
tafakkur, jurnal, ajdar. Undoshlar ham uch tomondan tasnif qilinadi:
1. Hosil bo‗lish o‗rniga ko‗ra undosh tovushlar uch asosiy guruhga 
bo‗linadi:
1) lab undoshlari bevosita lablar ishtirokida hosil bo‗luvchi tovushlar bo‗lib,
ularga b, p, m, v, f undoshlari kiradi. 
Lab undoshlarining ba‘zilari ikki lab orasida paydo bo‗ladi: ba‘zilari esa 
(masalan, avtobus, avtor, vagon, virus, passiv kabi so‗zlardagi v; telefon, kefir, 
fabrika, fakt, fazo, farmon, fason kabi so‗zlardagi f) pastki lab bilan ustki tishlar 
orasida hosil bo‗ladi. Shunga ko‗ra lab undoshlarini ikki turga bo‗lish mumkin:
a) lab-lab undoshlari: b, m, p;
b) lab-tish undoshi: v, f.
2) til undoshlari bevosita til ishtirokida hosil qilinuvchi tovushlar bo‗lib, 
ularga quyidagi undoshlar kiradi: g, d, j (gijda so‗zidagi kabi), j (jiyda so‗zidagi 
kabi), z, y, k, l, n, ng (ong), r, s, t, x, ch, sh, q, g‗ (jami 18 ta). 
Undoshlar tilning qaysi qismida hosil bo‗lishiga ko‗ra ham bir-biridan farq 
qiladi: t, d, n kabi tovushlar tilning old qismi bilan tish va milk orasida; k, g kabi 
undoshlar tilning orqa qismi bilan qattiq tanglayning orqa qismi orasida; y undoshi 
tilning o‗rta qismi bilan qattiq tanglayning orqa qismi orasida; q, g‗ tovushlari esa 
til ildizi bilan yumshoq tanglayning orqa qismi orasida (bo‗g‗izga yaqin joydi) 
hosil bo‗ladi. Shunga ko‗ra, til undoshlari o‗z navbatida 4 guruhga bo‗linadi. 
a) til oldi undoshlari: d, j (jurnal), j (jahon), z, l, n, r, s, t, ch, sh (jami 11 ta ); 
b) til o‗rta undoshi: y; 
d) til orqa undoshlari: k, g, ng (jang); 
e) chuqur til orqa undoshlari: q, g‗ , x. 


3) bo‗g‗iz undoshi. Bo‗g‗iz undoshi faqat bitta h tovushidan iborat bo‗lib, u 
bo‗g‗iz bo‗shlig‗ida un paychalari orasidagi tor oraliqda hosil bo‗ladi (jadvalga 
qarang).
E s l a t m a : Shuni aytish kerakki, v tovushining lab-lab varianti ham mavjud:
ov, qovun, bevosita, birov. Shuningdek f tovushining ham lab-lab varianti bor:
vafo, puf, tufurmoq, juft. Tilshunos H.A.Jamolxonov ―lab-tish v ni lab-lab v ning 
fakultativ varianti deb qarash to‗g‗riroq bo‗ladi‖ degan fikrni bildirgan.6
2. Hosil bo‗lish usuliga ko‗ra undosh tovushlar uch turga bo‗linadi:
1) portlovchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a‘zosining o‗zaro jipslashuvi va 
o‗pkadan chiqayotgan havo oqimining ana shu nutq a‘zolariga ma‘lum zarb bilan 
urilib, portlab o‗tishidan hosil bo‗ladigan tovushlar bo‗lib, ularga: b, g, d, j (jo‗ja 
so‗zidagi), k, p, t, ch, q undoshlari kiradi. Portlovchi tovushlardan b, p 
undoshlarini hosil qilishda havo oqimi ikki lab orasidagi to‗siqdan, d, j (jajji 
so‗zidagi ), t, ch undoshlarini hosil qilishda tilning old qismi bilan tishlar va milk 
orasidagi to‗siqdan, k, g undoshlarini hosil qilishda esa tilning orqa qismi bilan 
tanglayning orqa qismi orasidagi to‗siqdan portlab o‗tadi. Bu undoshlardan ch, j
(jadval so‗zidagi) o‗ziga xos murakkab artikulyatsiyasi bilan boshqalardan ajralib 
turadi. Masalan, ch undoshining hosil bo‗lishida tilning old qismi milkka taqaladi, 
lekin odatdagi portlash yuz bermay, og‗iz bo‗shlig‗iga kelgan havo, asosan,
sirg‗alib chiqadi. Natijada, to‗la bo‗lmagan portlash (t + sh = ch kabi) qorishiq 
(affrikativ portlovchi ham deyiladi) portlovchini vujudga keltiradi. Qorishiq j 
tovushi esa portlovchi d va sirg‗aluvchi j tovushlari oralig‗idagi tovushdir, 
shuning uchun Juma, Jahongir so‗zlari rus tilida Djuma , Djaxongir shaklida 
yoziladi va shunday talaffuz qilinadi. Shu jihatdan portlovchilar ikki turga 
ajratiladi. 
a) sof portlovchilar: b, g, d, k, p, t, q; 
b) qorishiq portlovchilar: ch, j (jahon)
2) sirg‗aluvchi undoshlar (jami 9 ta) ikki nutq a‘zosining o‗zaro yaqinlashishi va 
havo oqimining ana shu nutq a‘zolari orasidan sirg‗alib chiqishi bilan hosil
bo‗ladigan tovushlar bo‗lib, ularga v, j (jurnal, vijdon), z, y, s, f, x, sh, g‗, h
undoshlari kiradi. 
6 1. Jamolxonov H.A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - T.: “Talqin” nashriyoti. 2005, 59-bet.


Havo oqimining ikki lab o‗rtasidagi yoki pastki lab bilan yuqori tishlar orasidagi 
tor oraliqdan sirg‗alib o‗tishi j (jirafa), z, s, sh undoshlarini; til o‗rta qismi bilan 
qattiq tanglayning o‗rta qismi orasidagi tor oraliqdan sirg‗alib o‗tishi y undoshini; 
tilning orqa qismi bilan tanglayning orqa qismi o‗rtasidagi tor oraliqdan sirg‗alib 
o‗tishi g‗, x undoshlarini; bo‗g‗izdagi un paychalari orasidagi tor oraliqdan 
sirg‗alib o‗tishi esa h undoshini vujudga keltiradi. 
3) portlovchi-sirg‗aluvchi undoshlar (jami 5 ta) bir vaqtning o‗zida ham portlash, 
ham sirg‗alish jarayonlarining ro‗y berishi natijasida hosil bo‗ladi. Ularga m, n, ng, 
l, r undoshlari kiradi. Bunday undoshlar hosil bo‗lish usuliga ko‗ra boshqa 
undoshlar (portlovchilar, sirg‗aluvchilar)dangina emas, o‗zaro ham farq qiladi va 
uch guruhga bo‗linadi:
a) burun tovushlari: m, n, ng. Bulardan m undoshining hosil bo‗lishida o‗pkadan 
kelayotgan havo oqimining bir qismi og‗iz bo‗shlig‗idan lablarning to‗sqinligiga 
uchrab, qisman portlab, havo oqimining qolgan qismi burun bo‗shlig‗idan sirg‗alib 
chiqadi, n undoshining hosil bo‗lishida esa til uchi yuqori tishlarga va milkka 
tegib, yarim portlash ro‗y beradi, burun yo‗li ochiq bo‗lgani uchun, havo 
oqimining qolgan qismi burun bo‗shlig‗i orqali sirg‗alib chiqadi. Tilning orqa 
qismi qattiq tanglayning orqa qismiga tegib, havo oqimining qisman portlashi va 
havo oqimining bir qismi burun bo‗shlig‗i orqali sirg‗alib chiqishi ng tovushini 
vujudga keltiradi.
b) yon tovush l undoshini hosil qilishda til uchi yuqoriga tomon bukilib, milkka 
tegadi, ammo havo oqimining tilning ikki yonidan sirg‗alib o‗tishi uning og‗iz 
bo‗shlig‗idan qisman portlab, qisman sirg‗alib chiqishiga sabab bo‗ladi.
d) titroq tovush r undoshini hosil qilishda o‗pkadan chiqayotgan havo to‗lqini 
tilning uchiga zarb bilan kuchli uriladi va uni titratadi, tilning titrab turishi esa 
havo oqimining og‗iz bo‗shlig‗idan portlab-sirg‗alib chiqishiga olib keladi.
Demak, portlovchi-sirg‗aluvchi undoshlarning hosil bo‗lishida ham portlovchilarga 
xos bo‗lgan ikki a‘zoning jipslashuvi, ham sirg‗aluvchilarga xos bo‗lgan ikki nutq 
a‘zosi orasidagi tor oraliqdan (yoki burun bo‗shlig‗idan) sirg‗alib o‗tishi sodir 
bo‗ladi.
3. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‗ra undosh tovushlar dastlab ikki turga 
bo‗linadi:
1) shovqinli undoshlar (jami 19 ta) tarkibida shovqinning miqdori ovozga nisbatan 
ko‗p yoki ovoz mutlaqo qatnashmagan tovushlar bo‗lib, bu guruhga b, v, g, d, j 
(ajdar), j (jiyan), z, y, k, p, s, t, f, x, ch, sh, q , g‗, h undoshlari kiradi. Shuning 


uchun ham shovqinli undoshlar un paychalarining ishtirokiga, tarkibida ovozning 
ishtirok etish-etmasligiga ko‗ra, ikkiga bo‗linadi:
a) jarangli undoshlarni (jami 9 ta) talaffuz qilish paytida un paychalari titraydi, 
shuning uchun uning tarkibida ovoz qatnashadi, lekin ovoz miqdori shovqinga 
nisbatan ozroqdir. Jaranglilar shu bilan sonorlardan farq qiladi: v, b, g, d, j (garaj), 
j (jo‗xori), z, y, g‗ . 
b) jarangsiz undoshlar (jami 10 ta) talaffuzida un paychalari qatnashmaydi, bu 
undoshlar faqat shovqinning o‗zidan iborat bo‗lgan, tarkibida ovoz mutlaqo 
ishtirok etmaydigan tovushlardir: k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h. Ba‘zi jarangli va 
jarangsiz undosh tovushlar hosil bo‗lish o‗rni jihatdan juftlik (8 ta) hosil qiladi: b – 
p, v – f, g - k, d – t, j(qorishiq) – ch, j(sirg‗aluvchi) – sh, z - s, g‗ - x . 
2) sonor (yoki shovqin ishtirok etgan ovozdor) undoshlar (jami 5 ta) tarkibida 
ovozning miqdori shovqinga nisbatan ortiq bo‗lib, ularga m, n, ng, l, r undoshlari 
kiradi. Bunday ovozdor undoshlarning hosil bo‗lishida un (ovoz) paychalari faol 
ishtirok etadi – bu tovushlar un paychalarining titrashidan hosil bo‗ladi, shuning 
uchun ham ular unli tovushlarga birmuncha yaqin turadi. Ammo bu undoshlar 
o‗pkadan chiqib kelayotgan havo oqimining og‗iz bo‗shlig‗ida to‗siqqa uchrab, 
qisman shovqin hosil qilishi natijasida hosil bo‗ladi.
Undosh tovushlarning tasnifini quyidagi jadvalda aks ettirish mumkin: 
Ovoz va 
shovqinning 
ishtirokiga 
ko‗ra 
Hosil 
bo‗lish 
usuliga 
ko‗ra 
Hosil bo‗lish o‗rniga ko‗ra 
Lab 
undoshla
ri 
Til undoshlari 
Bo
‗g
‗i

u
n
d
o
sh

lab- 
lab 
lab-
tish 
til 
oldi 
til 
o‗rt

til 
orq

chuq
ur 
til 
orqa 
Sh
o
v
q
in
li
lar
Jarangli 
Po
rt
lo
v
ch
il
ar
Sof 
portlov
-chilar 



jarangsiz 




jarangli 
Qori-



jarangsiz 
shiq 
portlov
-chilar 
ch
jarangli 
Sirg‗aluv- 
chilar 

v1 j1, z y 
g‗
jarangsiz 

f1 
s, 
sh 


O
v
o
zd
o
r (s
o
n
o
r)l
ar
jarangli 
Po
rt
lo
v
ch
i-
Si
rg
‗al
uv
ch
i-
lar
Buru

tovu
sh-
lari 
M

ng
Yon 
tovu
sh 

Titro

tovu
sh 

Undosh tovushlar tavsifi 
B tovushi - lab-lab, sof portlovchi, jarangli undosh tovush bo‗lib, so‗z boshida
(bahor), o‗rtasida (abadiy) va oxirida (kitob) uchraydi. Bu tovush so‗z oxirida 
kelganda jarangsizlashadi va p tovushi bilan almashadi: maktab – maktap, odob- 
odop. Bu tovush ko‗pincha ikki unli orasida kelganda yoki ikki fe‘l birikib 
talaffuz qilinganda, v tovushi kabi aytiladi va ba‘zan shunday yoziladi: kabob – 
kavob, qobirg‗a - qovurg‗a, sabil – savil, qurbaqa – qurvaqa, ko‗ra ber – ko‗raver
kabi.
So‗z boshida kelgan b tovushi ayrim shevalarda talaffuz paytida m tovushiga 
o‗tadi: murch > burch (garmdori – Xorazm shevasida). Tarixan b va m 
tovushlarining almashinuvi turkiy tillarda kuzatiladi: ben – men, bunga – munga 
va h.


V tovushi – lab-lab va lab-tish, sirg‗aluvchi, jarangli undosh tovush. So‗zning 
boshida (vazifa, vafo), o‗rtasida (sovun, lavlagi, taqvim) va oxirida (o‗tov, birov) 
kela oladi. Sof o‗zbekcha so‗zlarda bu tovush so‗z boshida deyarli qo‗llanmaydi.
M tovushi - lab-lab, portlovchi-sirg‗aluvchi, burun, sonor, jarangli undosh tovush 
bo‗lib, so‗zning boshida (mehr, mo‗ylov, mulk), o‗rtasida (omon, umr) va oxirida 
(tom, bodom, qadam) kela oladi. 
P tovushi – lab-lab, sof portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo‗lib, so‗zning 
boshida (pilla, po‗choq, parda), o‗rtasida (opa, qipiq, to‗piq) va oxirida (cho‗p, top, 
sop) kela oladi. Ko‗p bo‗g‗inli so‗zlarning oxirida bu tovush deyarli uchramaydi.
F tovushi - lab-tish, sirg‗aluvchi, jarangsiz undosh tovush bo‗lib, faqat o‗zbek 
tiliga arab, fors va rus tillaridan o‗zlashgan so‗zlarning boshida (faqir, oftob, 
fabrika), o‗rtasida (qofiya, iffat, kofe) va oxirida (sarf, urf) kela oladi. Ba‘zi 
so‗zlarda talaffuzda p tovushi bilan almashadi: foyda > poyda, Farida > Parida.
Bunday o‗zgarishlar hozirgi orfografiyada aks ettirilmaydi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin