O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘limi vazirligi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta‘limi vazirligi

Kombinator o‘zgarishlar 
So‗z tarkibidagi tovushlarning bir-biriga o‗zaro ta‘siri natijasida ro‗y beradigan 
tovush o‗zgarishi (fonetik o‗zgarish) kombinator o‗zgarish deyiladi. Bunga 
assimilyatsiya, dissimilyatsiya, metateza kabi hodisalar kiradi. 
1. Assimilyatsiyada tovushlardan biri ikkinchi bir tovushni o‗ziga aynan yoki 
qisman o‗xshatib oladi. Masalan, xat-ni – xatti (o‗zakdagi t tovushi affiks 
tarkibidagi n ni aynan o‗ziga o‗xshash tovush – t ga aylantiradi (yozilishi: xatni); 
ish+ga – ishka (bunda o‗zakdagi jarangsiz undosh sh affiks tarkibidagi jarangli 
undosh g ni o‗ziga qisman o‗xshatadi, ya‘ni jarangsiz k ga aylantiradi (yozilishi 
ishga). Shunga ko‗ra assimilyatsiya ikki xil bo‗ladi: a) to‗liq assimilyatsiya
so‗z tarkibidagi bir tovushning ikkinchi bir tovushni aynan o‗zi kabi tovushga 
aylantirishidir: to‗k+gan =to‗kkan, yet+di=yetti, chiq+gan = chiqqan,
tuz+siz=tussiz, o‗ris+cha=o‗richcha (yozilishi: yetdi, sizni, chiqqan, tuzsiz 
o‗rischa). Bunda tovushlar o‗zaro moslashadi; 2) to‗liqsiz assimilyatsiya so‗z 
tarkibidagi bir tovushning ikkinchi bir tovushni o‗ziga qisman o‗xshatib olishidir: 
o‗ch+gan=o‗chkan, shosh+di=shoshti, tush+ga=tushka ... (bularda jarangsiz ch, sh 
undoshlari affiks tarkibidagi jarangli g ni jarangsiz k ga, d ni esa t ga aylantirgan; 
yozilishi: o‗chgan, shoshdi, tushga). To‗liqsiz assimilyatsiyada ba‘zan tovushlar 
o‗r>niga ko‗ra ham moslashadi: shanba > shamba. Bunda b lab tovushining 
ta‘sirida n til tovushi lab-lab m tovushiga aylanadi. Demak, to‗liqsiz 
assimilyatsiyada tovushlar hosil bo‗lish usuliga ko‗ra qisman moslashish holatiga 
o‗tmaydi. Bunda yonma-yon kelayotgan tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga 
ko‗ra va hosil bo‗lish o‗rniga ko‗ra moslashadi. Oldin kelgan tovush o‗zidan keyin 
kelgan tovushni (masalan, o‗t+di=o‗tti), shuningdek, keyin kelgan tovush o‗zidan 
oldin kelgan tovushni (o‗n bir - o‗mbir) o‗ziga o‗xshatishi mumkin. Shunga ko‗ra 
assimilyatsiya yana ikki turga bo‗linadi: 1) progressiv assimilyatsiyada oldingi 
tovush o‗zidan keyingi tovushni o‗ziga o‗xshatadi: ot+da = otta (yozilishi otda), 
bilak+ga – bilakka (yozilishi: bilakka). 2) regressiv assimilyatsiyada keyingi 
tovush o‗zidan oldingi tovushni o‗ziga o‗xshatadi: tanbur – tambur, yigit+cha = 
yigichcha, non+voy = novvoy, (yozilishi: tanbur, yigitcha, nonvoy).


2. Dissimilyatsiyada ikkita aynan yoki qisman o‗xshash tovushdan biri yoki har 
ikkalasi talaffuzda o‗zgarib, noo‗xshash tovushga aylanib qoladi. Masalan, zarur – 
zaril (zarar so‗zi tarkibidagi ikkita bir xil r undoshining biri talaffuzda l ga 
aylangan). Yana qiyoslang: koridor>kalidor, devor>devol, nodon>lodon, 
biror>biron (yozilishi: zarur, koridor, devor, biror yoki biror, nodon). 
3. Metateza so‗z tarkibidagi ayrim tovushlarning talaffuzda o‗rin almashuvidir. 
Masalan: daryo – dayro (bunda r va y undoshlarining o‗zaro o‗rin almashuvi yuz 
bergan); ahvol – avhol (hv-vh), aylanay – aynalay (ln-nl), tuproq-turpoq (pr-rp); 
yog‗mir-yomg‗ir (g‗m- mg‗ ); yozilishi: daryo, ahvol, aylanay, tuproq, yomg‗ir. 
Pozitsion o‗zgarishlar 
Tovushning so‗z tarkibidagi o‗rni (joylashish tarkibi) uning pozitsiyasini tashkil 
qiladi. Tovush so‗zning turli o‗rinlarida kela oladi. Masalan, d undoshi dono, 
dehqon, doston so‗zlarining boshida; abadiy, aerodrom, badiiy, bayroqdor 
so‗zlarining o‗rtasida; taqlid, obod so‗zlarining esa oxirida kelgan. Shu so‗zlarni 
talaffuz qilganimizda, ularning ayrimlari (masalan, dono, dehqon, doston, abadiy, 
aerodrom, badiiy, bayroqdor...) tarkibidagi d undoshi hech qanday o‗zgarishga 
uchramaydi, ammo taqlid, obod so‗zlari tarkibidagi bu undosh jarangsiz t tarzida 
(taqlit, obot) aytiladi. Demak, mazkur undoshning talaffuzda o‗zgarishi – jarangli 
tovushning jarangsizlanishi uning ma‘lum bir pozitsiyada – so‗z oxirida kelishi 
bilan bog‗liq. Kosmonavt, kosmodrom, limonad, mikrofon, orkestr so‗zlarining 
urg‗usiz bo‗g‗inida kelgan o unlisi a tarzida (kasmanavt, kasmadrom, limanad, 
arkestr, mikrafon kabi) talaffuz qilinsa, kartoshka, direktor, lektor, diktor, agressor 
so‗zlarining urg‗usiz bo‗g‗inida kelgan o unlisi qisqa i tarzida (kartishka, direktir, 
lektir, diktir, agressir kabi) talaffuz qilinadi. Bu tipdagi ruscha-internatsional 
so‗zlar tarkibidagi o tovushining goh a, goh i kabi aytilishi ularning urg‗usiz 
bo‗g‗inda kelishi bilan bog‗liqdir. 
Tovushning so‗zdagi o‗rni, urg‗uli yoki urg‗usiz bo‗g‗inda kelishi bilan bog‗liq 
holda yuz beradigan o‗zgarishlar pozitsion o‗zgarishlar deyiladi. Pozitsion 
o‗zgarishlarning quyidagi turlari bor: 
1) proteza so‗z boshida bitta unlining orttirilishidir. Odatda, aksariyat sonor r 
tovushidan oldin o‗ unlisi orttiriladi: ro‗mol - o‗ramol, ro‗za - o‗raza. Ayrim 
holatda so‗z boshida sirg‗aluvchi va portlovchi ikki undosh qator kelganda i yoki 
u unlisi orttirilishi mumkin: shkaf-ishkaf, stol-ustol, stul-ustul.


2) epenteza so‗z boshida, o‗rtasida va oxirida ikki undosh qator kelganda, unli 
tovushning orttirilishidir: fikr - fikir, hukm - hukum, uzr - uzur. 
3) epiteza so‗z oxirida bir o‗rinda kelgan ikki undoshdan so‗ng a tovushining 
qo‗shilish hodisasidir: disk - diska, bank - banka, tank - tanka, kiosk - 
kioska kabi. 
4) prokopa so‗z boshida unli yoki undosh tovushning tushib qolish hodisasidir:
yigna - igna, yog‗och - og‗och, yirik - iri.
5) sinkopa hodisasiga binoan so‗z o‗rtasidagi va oxiridagi keng unlilar tor unlilar 
kabi talaffuz qlinadi va ayrim holatlarda tushib qoladi: traktor - traktir, direktor - 
direktir, generator - generatir kabi. 
6) apakopa so‗z o‗zigidagi oxirgi unli yoki undoshning tushishi hodisasidir: do‗st 
- do‗s, xursand - xursan va hokazo. 
7) sinerezis hodisasiga ko‗ra so‗z o‗rtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri 
kuchsizlanadi va nutqda tushib qoladi, ikkinchi unli fonema esa cho‗ziq talaffuz 
qilinadi: maorif - mo:rif, saodat - so:dat, qiroat - qiro:t, jamoat - jamo:t. 
8) reduksiya so‗zning birinchi bo‗g‗inida biror unlining (odatda tor unlining) 
kuchsizlanib talaffuz qilinishidir. Masalan, bir, bil, til so‗zlari bir bo‗g‗inli 
bo‗lganligi va urg‗u shu so‗zdagi i unlisiga tushganligi tufayli bu so‗zlardagi i 
unlisi normal holda talaffuz qilinadi va normal holda eshitiladi. Lekin shu 
so‗zlarning oxiriga ikkinchi bir bo‗g‗in qo‗shilishi bilan, urg‗u ham ikkinchi 
bo‗g‗inga ko‗chadi. Natijada birinchi bo‗g‗indagi i unlisi kuchsizlanadi va 
eshitilar-eshitilmas holda sust talaffuz qilinadi: bilak, tilak, biroq. Reduksiyaning 
ikkinchi bo‗g‗inda kelish hollari ham uchrab turadi. Bu hodisa so‗zga uchinchi 
bo‗g‗in qo‗shilganda sodir bo‗ladi – ikkinchi bo‗g‗indagi unli tamoman 
kuchsizlanib, tushib qoladi. Masalan, burun - burni, bo‗yin - bo‗yni, egin - egni 
singari. 
9) eliziya unli bilan tugaydigan va unli bilan boshlanadigan ikki so‗zning 
qo‗shilishi natijasida unli tovushdan birining tushib qolish hodisasidir. Bunda bir 
necha holat kuzatiladi: a) birinchi so‗z oxiridagi unli tushib qoladi: yoza oladi – 
yozoladi, bora oladi – boroladi; b) unli bilan boshlanuvchi ikkinchi so‗zning bosh 
unlisi tushib qoladi: borar ekan – borarkan, borar emish – borarmish, yozgan ekan 
– yozgankan kabi; d) Abdusalom so‗zining Absalom, Abdujabbor so‗zining 
Abjabbor, olib kel so‗zining opke tarzida talaffuz qilinishi natijasida bir unli va bir 
undoshning tushib qolishi hodisasi ham eliziyaning yuqori, murakkablashgan 


shakli hisoblanadi. Bunday hollarda eliziyaning murakkablashishi natijasida 
so‗zlarning qisqargan shakllari hosil bo‗ladi. 
Inson nutqi uzluksiz va to‗xtovsiz davom etadigan tovushlar oqimidan iborat 
emas. U turlicha hajmdagi intonatsion birliklarni o‗z ichiga oladi. Fraza, takt, 
fonetik so‗z, bo‗g‗in, tovush ana shunday fonetik birliklardir. 
1. Fraza nutq oqimida kattaroq pauza bilan ajratib aytiladigan nutq birligidir. U 
ohang va fikriy tugallikka ega bo‗lganligi uchun ko‗pincha gapga teng keladi. 
Masalan: Dunyoda boladan aziz narsa yo‗q // Bo‗lmaydi // Bolalar – kelajagimiz // 
(O‗. Hakimali). Bu nutqiy parchada uchta fraza bor. Frazalar hajm jihatidan har xil 
bo‗lib, ular bir, ikki, uch va undan ortiq so‗zdan tashkil topishi mumkin. Masalan, 
yuqorida keltirilgan misoldagi birinchi fraza beshta, ikkinchisi bitta, uchinchisi 
ikkita so‗zdan tashkil topgan. Yana qiyoslang: Ularning uyi qishloqning eng 
chekkasida, hovlilari baland tog‗ning shundoqqina etagida. // Bahavo. // 
Bog‗larining ortidan shovullab soy o‗tadi. (To‗lqin). 
2. Takt frazaning bir qismi bo‗lib, qisqa pauza bilan ajratib aytiladi. Buning 
tarkibidagi so‗z yoki so‗zlar bir bosh urg‗u (bir havo oqimi) bilan talaffuz qilinadi. 
Masalan: Dunyoda / xushfe‘l, / olijanob, / hamisha ezgu niyat bilan ish qiladigan 
odamlar / juda ko‗p (O.Husanov). Bu fraza tarkibida 6 ta takt bo‗lib, birinchi, 
ikkinchi, uchinchi, beshinchi taktlar bir so‗zdan, to‗rtinchi takt olti, oltinchi takt 
esa ikki so‗zdan tashkil topgan. 
Fraza ba‘zan bir taktga teng bo‗ladi. Masalan, Kech kuz edi. // Qo‗qqisdan 
qorasovuq boshlanib, / cho‗ponlarni tashvishga solib qo‗ydi (M.Qoriyev). Bunda 
birinchi fraza – Kech kuz edi bir taktga tengdir. 
3. Fonetik so‗z o‗z urg‗usiga ega bo‗lgan so‗z yoki bir urg‗uga birlashadigan (bir 
urg‗u bilan talaffuz etiladigan), ikki va undan ortiq so‗zshakldir. Takt tarkibidagi 
fonetik so‗zlar soni undagi so‗zlarning umumiy miqdori bilan emas, urg‗uli so‗zlar 
miqdori bilan belgilanadi, ya‘ni takt ichida urg‗uli so‗z qancha bo‗lsa, fonetik so‗z 
ham shuncha bo‗ladi: Dashtda / odam aqli shoshadigan / buyuk ishlar / qilinadi // 
(Y.Shamsharov). Bu fraza tarkibida to‗rtta takt bo‗lib, birinchi taktda bitta, 
ikkinchi taktda uchta, uchinchi taktda ikkita, to‗rtinchi taktda esa bitta fonetik so‗z 


qatnashgan. Bu frazadagi so‗zlarning umumiy soni fonetik so‗zlarning umumiy 
soniga teng. 
Mustaqil urg‗uga ega bo‗lmagan yordamchi so‗zlar o‗zlari tobe bo‗lgan mustaqil 
so‗z bilan birga bir urg‗uga ega bo‗ladi va bir fonetik so‗zni tashkil etadi: Dilda 
saqlangan adovat temir zangiga o‗xshaydi, zang temirni yegani kabi, adovat qalbni 
azob va iztirob bilan yemiradi (Oz-oz o‗rganib dono bo‗lur). Bunda 14 ta fonetik 
so‗z bo‗lib, bularning ikkitasi (yegani kabi, iztirob bilan) ning tarkibida ko‗makchi 
so‗zlar qatnashgan. 
Bir tushunchani ifodalaydigan qo‗shma so‗zlar ham, tarkibidagi so‗zlarning 
umumiy miqdoridan qat‘i nazar, bir fonetik so‗z sanaladi: Qo‗pol va dag‗al 
barmoqlar torlarni shunday chertar ediki, oddiygina qildan taralayotgan bu ohang 
dillarni rom qilib olgandi. (To‗lqin) Fraza tarkibidagi rom qilib olgandi bo‗lagi 
bitta fonetik so‗z deb qaraladi. 
4. Bo‗g‗in o‗pkadan chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan 
aytiladigan tovushlar yoki ayrim bir tovushdir. Unli tovush bo‗g‗in hosil qiluvchi 
tovushdir. Shuning uchun so‗zda nechta unli tovush bo‗lsa, bo‗g‗inlar soni ham 
shuncha bo‗ladi. Masalan, adolat so‗zida uch bo‗g‗in bor: a-do-lat. Birinchi bo‗g‗in 
bir tovushdan, ikkinchi bo‗g‗in ikki tovushdan, uchinchi bo‗g‗in uch tovushdan 
iborat. Demak, bo‗g‗inlar bir tovushli, ikki tovushli va ko‗p tovushli bo‗lishi 
mumkin. Chunonchi: o-ta, o-na, a-ka so‗zlarining birinchi bo‗g‗ini bir tovushdan, 
ikkinchi bo‗g‗ini ikki tovushdan, a-dir, o-qil, e-shit, i-dish so‗zlarining ikkinchi 
bo‗g‗ini uch tovushdan, a-van-gard, ak-sent, e-le-ment, an-ti-fa-shist, ar-tist, ge-o-
graf so‗zlarining oxirgi bo‗g‗ini to‗rt tovushdan, a-le-bastr, a-git-punkt so‗zlarining 
oxirgi bo‗g‗ini besh tovushdan iborat. Bo‗g‗inning tuzilishi quyidagicha 
ifodalanadi: ona: V – C. Bunda V belgisi lotincha vokalis so‗zidan olingan 
bo‗lib, aslida unli (ovoz) degan ma‘noni bildiradi. C belgisi esa inglizcha constant 
so‗zidan olingan bo‗lib, undosh degan ma‘noni bildiradi. Bir tovushli bo‗g‗inlar 
unli tovushdangina iborat bo‗lsa, ikki tovushli va ko‗p tovushli bo‗g‗inlar unli va 
undosh tovushlardan tuziladi. Bo‗g‗inlar qanday tovushlar bilan boshlanishi va 
qanday tovushlar bilan tugashiga qarab turlarga ajratiladi. Qanday tovush bilan 
tugashiga ko‗ra ikki xil: 1) ochiq bo‗g‗in – bir tovushli yoki oxiri unli tovush bilan 
tugagan bo‗g‗in: o-vo-za, o-i-la, ba-ho, bi-no, de-le-ga-tsi-ya, ja-zi-ra-ma, Ra-hi-
ma; 2) yopiq bo‗g‗in undosh tovush bilan tugagan bo‗g‗in: zarb-dor, zum-rad, id-
rok. Bo‗g‗inlari qanday tovush bilan boshlanishiga ko‗ra ham ikki xil bo‗ladi: 1) 
berkitilgan bo‗g‗in undosh bilan boshlanadi: ta-lab, tinch-lik. 2) 
berkitilmagan bo‗g‗in unli bilan boshlanadi: o‗-qish, a‘-lo. 


Tarkibidagi bo‗g‗inlar soniga ko‗ra so‗zlar bir bo‗g‗inli (ish, ko‗k, kam, oz, 
besh, yuz, sen, pisht, ol, yoz); ikki bo‗g‗inli (da-la, qush-cha, yax-shi, shar-bat, qi-
zil, ik-ki, ol-ti, o‗t-tiz, ni-ma, ham-ma, o‗-qi, ish-la, bor-di, bu-gun, se-kin, bi-lan, 
xud-di, ...); ko‗p bo‗g‗inli (qo‗-g‗ir-choq, a-ra-va-cha, pla-ne-ta-riy, ...) bo‗ladi. 
So‗zlarni bo‗g‗inga to‗g‗ri ajrata bilish muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Chunonchi: 1) yozuvda so‗zning bir qatorga sig‗may qolgan qismi ikkinchi qatorga 
bo‗-g‗in asosida ko‗chiriladi; 2) barmoq vaznida yoziladigan she‘r misralari 
bo‗g‗in soni-ning teng bo‗lishiga asoslanadi; 3) birinchi sinf o‗quvchilarini 
savodga o‗rgatish davrida ham asosiy diqqat so‗zlarni bo‗g‗inlab o‗qish va 
yozishga qaratiladi. 
5. Tovush nutqning bo‗g‗in (yoki so‗z) tarkibidagi eng kichik, fonetik jihatdan 
bo‗linmaydigan birligidir: bola so‗zi 4 ta tovushdan (b,o,l,a) iborat.
Urg‗u 
So‗z bo‗g‗inlaridan birining yoki gap tarkibidagi so‗zlardan birining boshqalariga 
nisbatan kuchliroq yoki cho‗ziqroq talaffuz qilinishi urg‗u deb ataladi. 
Urg‗u, odatda, bo‗g‗indagi unli tovushga tushadi. So‗z nechta bo‗g‗indan 
tuzilganligidan qat‘i nazar, unda bitta urg‗u bo‗ladi (gap bo‗laklaridan birini 
ajratib ko‗rsatish ham xuddi shunday xususiyatga ega). So‗z tarkibidagi urg‗u 
olgan bo‗g‗in urg‗uli bo‗g‗in, urg‗u olmagan bo‗g‗inlar esa urg‗usiz bo‗g‗in 
deyiladi. Masalan: Sizlarning matonatli mehnatlaringiz Ulug‗ Vatan urushi 
yillaridagi muqaddas g‗alabamizni yaqinlashtirdi. (S. Karomatov) Bu gapdagi har 
bir so‗z o‗z urg‗usiga ega (chunonchi, «sizlarning» so‗zida uchta bo‗g‗in bo‗lib, 
oxirgi bo‗g‗in (-ning) urg‗u olgan; «matonatli» so‗zida to‗rtta bo‗g‗in bo‗lib, oxirgi 
bo‗g‗in (-li) urg‗u olgan va hokazo). Bundan tashqari, shu gap tarkibidagi 
sizlarning so‗zi boshqa so‗zlarga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinadi. Demak, har 
xil obyektga – so‗z tarkibidagi biror bo‗g‗inga ham, gap tarkibidagi ayrim so‗zga 
ham urg‗u tushishi mumkin. Shunga ko‗ra, urg‗u ikki turga ajratiladi:
1) so‗z urg‗usi (yoki leksik urg‗u) so‗z bo‗g‗inlaridan biriga tushadigan urg‗udir. 
Yozuvda urg‗u bo‗g‗indagi unli ustiga qo‗yiladigan maxsus belgi ( ´ ) orqali 
ko‗rsatiladi. Masalan: slida insо n tabiatn ng oltindа n hа m bebahо mo‗jizas -ku! 
Dunyodа
insondа n az z, insondа n qimmatl narsа bо rmi o‗z ? (O.Husanov). 
Leksik urg‗u so‗zning qaysi bo‗g‗iniga tushishiga ko‗ra ikki xil bo‗ladi: a) bog‗liq 
urg‗u; b) erkin urg‗u.


O‗zbek tilida so‗z urg‗usi asosan so‗zning oxirgi bo‗g‗iniga (masalan, daft r, ov z, 
sar q, bur n kabi) tushadi. Shuning uchun so‗zlarga qo‗shimchalar qo‗shila borishi 
bilan urg‗u ham so‗z oxiridagi bo‗g‗inga ko‗cha boradi. Masalan: imz -imzol - 
imzolam q, paxt -paxtak r- paxtakorl r. So‗zning biror bo‗g‗ini (masalan, oxirgi) 
bilan bog‗liq bo‗lgan urg‗u bog‗liq urg‗u deyiladi. 
O‗zbek tilining so‗z urg‗usi, asosan, bog‗liq urg‗u hisoblanadi. So‗zning turli 
bo‗g‗inlariga tushishi mumkin bo‗lgan urg‗u esa erkin urg‗u deyiladi. Bu asosan 
ruscha-internatsional so‗zlarga xos. Masalan, vitam n, abz s, avang rd, bat n, 
operat v, buf t, gig nt (oxirgi bo‗g‗inida), avanty ra, avi tsiya, prof ssor, 
akrob tika, ge log (o‗rtadagi bo‗g‗inda), riya, v nna, n ta, m ksimum, v xta, 
s ntaksis, ksiya (birinchi bo‗g‗inda). 
Bundan tashqari, o‗zbek tilida urg‗usi birinchi bo‗g‗inga (b rcha, h mma, d im, 
slo, l kin kabi, o‗rtadagi bo‗g‗inga (ham sha, afs ski, alb tta) tushadigan so‗zlar 
ham bor. Demak, o‗zbek tilida bog‗liq urg‗u bilan bir qatorda, qisman erkin urg‗u 
ham mavjud. 
Shuni ham aytish kerakki, o‗zbek tilida urg‗u olmaydigan elementlar ham bor. 
Masalan: -ku, -u, -yu, -da, -mi, -chi, -dir, gina, -oq(-yoq) yuklamalari; o‗xshatish 
ma‘nosini ifodalaydigan –day (-dek); -cha shakl hosil qiluvchi qo‗shimchalar; -dir, 
-man, -san, -miz, -siz kabi kesimlik qo‗shimchalari; bo‗lishsizlik ma‘nosini 
ifodalovchi –ma qo‗shimchasi shular jumlasiga kiradi. Leksik urg‗u muhim 
amaliy ahamiyat kasb etadi. Chunki u, birinchidan, so‗zlarni to‗g‗ri talaffuz qilish 
normalarini belgilaydi; ikkinchidan, so‗z ma‘nolarini farqlash uchun xizmat qiladi: 
rgan - organizmning bir qismi, org n – cholg‗u asbobi; uchinchidan, so‗z 
shakllarini ajratishga yordam beradi: qushch – kichraytish oti, q shcha – 
―qushdek‖ ma‘nosini ifodalovchi ravish; tarbiyachim z (bizning tarbiyachi) – 
tarbiyach miz (biz – tarbiyachi). 
Demak, leksik urg‗u adabiy talaffuz (orfoepiya) bilan bog‗liq. Chunki so‗zning 
urg‗uli bo‗g‗ini buzilsa, so‗zni tushunish qiyinlashadi. 
2) gap urg‗usi (yoki mantiqiy urg‗u, ma‘no urg‗usi) gap bo‗laklaridan birining 
boshqalariga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytilishidir. Bu urg‗u, odatda, 
individual xarakterga ega bo‗lib, so‗zlovchi o‗zicha muhim sanagan so‗zni 
mantiqiy urg‗u bilan talaffuz qiladi va bu bilan tinglovchining e‘tiborini shu 
bo‗lak bilan ifodalangan ma‘noga tortadi, yoki o‗sha bo‗lakning ma‘nosini 
bo‗rttirib, kuchaytirib ko‗rsatadi. Masalan: Ilmda ko‗p narsani bilish – olimlik 
fazilati. (S.Karomatov) gapida mantiqiy urg‗u quyidagicha tus olishi mumkin:
1) Ilmda (boshqa narsada emas) ko‗p narsani bilish – olimlik fazilati. 2) Ilmda ko‗p 


narsani (oz narsani emas) bilish – olimlik fazilati. 3) Ilmda ko‗p narsani bilish 
(bilmaslik emas) – olimlik fazilati. 4) Ilmda ko‗p narsani bilish – olimlik fazilati 
(boshqalarning fazilati emas). Yozuvda mantiqiy urg‗u olgan bo‗lak kesim oldida 
keladi. 
Urg‗u sifatiga ko‗ra ikki turga bo‗linadi: 1) dinamik urg‗u so‗z bo‗g‗inlaridan 
birining kuchli aytilishi: o‗zbek va rus tili urg‗usi kiradi; 2) musiqiy urg‗u so‗z 
bo‗g‗inlaridan birining balandroq aytilishidir. yapon, xitoy tillari urg‗usi shunday 
xususiyatga ega. 



Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin