O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘limi vazirligi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129094
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta‘limi vazirligi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


5-mavzu. Leksikologiya. Frazeologiya 
Reja: 
1.Leksikologiyaning predmeti haqida tushuncha. 
2.O‘zbek leksikologiyasi tarixidan. 
3.Hozirgi o‘zbek leksikologiyasi. 
4.Iboralarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari
Leksikologiyaning predmeti haqida tushuncha. Leksikologiya o‗zbek tili 
kursining lug‗at tarkibi (leksikasi)ni o‗rganadigan bo‗limidir. 
Tilda mavjud bo‗lgan barcha so‗zlar va iboralar yig‗indisi leksika deyiladi. Bu 
so‗zlar shu tilning lug‗at boyligini tashkil etadi. 
Leksikologiya tilning lug‗at tarkibini ikki tomonlama: 1) ichki va 2) tashqi 
tomondan tekshiradi. Tilning lug‗at tarkibini ichki tomondan o‗rganadigan sohasi 
semasiologiya9 deb yuritiladi. Unda so‗z va iboralarning nutqda ma‘no ifodalash 
xususiyati o‗rganiladi. Har qanday so‗z tilda paydo bo‗lishi bilan o‗zining shakli 
va ma‘nosiga ega bo‗ladi, borliqdagi predmet, hodisa, belgi, harakatlarni 
ifodalaydi. So‗zdagi ma‘no turli ta‘sir va talablar asosida taraqqiy etib boradi. 
Demak, semasiologiya so‗z hamda turg‗un iboralarning ma‘no xususiyatlarini 
tekshiradi. 
Leksikologiyaning yana bir sohasi etimologiya10 deb yuritiladi. U tilning lug‗at 
tarkibidagi so‗z va iboralarning tarixan kelib chiqishini, yasama so‗zlarning va 
boshqa tillardan kirgan so‗zlarning ma‘noli qismlarini izohlaydi. Demak, 
etimologiya so‗zning ikki tomonini ham, ya‘ni ichki – ma‘no tomonini hamda 
tashqi – tovush tomonini ham tahlil qiladi. 
Leksikologiya tashqi tomondan lug‗at tarkibining hozirgi ahvolini, tilning lug‗at 
tarkibida sodir bo‗layotgan turli o‗zgarishlarni: so‗zlarning qo‗llanish darajasini, 
ba‘zi so‗zlarning eskirib iste‘moldan chiqib ketishini (sekretar, oblast kabi), fan, 
madaniyat va texnikaning uzluksiz rivojlanishi bilan tilning yangi so‗zlar hisobiga 
boyishini, ba‘zi so‗zlar ma‘nosida sodir bo‗ladigan o‗zgarishlarni (ma‘no ko‗chish 
hodisasini) o‗rganadi. 
9 Semasiologiya – grekcha semasio – «belgi», «tamg`a» va logos – «ta‘limot» ma‘nolarini bildiradi. 
10 Etimologiya – grekcha etymon – «haqiqat», logos – «ta‘minot» ma‘nolarini ifodalaydi. 


Leksikologiyaning yana bir sohasi leksikografiya11 deb yuritiladi. 
Leksikografiyaning vazifasi tildagi so‗zlarni yozma ravishda to‗plashdir. 
Leksikografiya so‗z va iboralarni ma‘lum bir sohalar bo‗yicha to‗plab, muayyan 
tartibda keltiradi (alifbo tartibiga soladi) va lug‗at kitoblari shaklida nashr etadi. 
Leksikologiya tilning fonetika va grammatika bo‗limlari bilan bevosita bog‗liq. 
Fonetika nutq tovushlarini o‗rganadi. Leksika shu tovushlar asosida shakllanadigan 
so‗zni, grammatika o‗z qonun-qoidalari asosida so‗zlarni o‗zaro bog‗laydi va tilni 
fikr ifodalash uchun tayyorlaydi. Demak, tovush bo‗lmasa, so‗z bo‗lmaydi, so‗z 
bo‗lmasa grammatikaning ham bo‗lishi mumkin emas. 
Ma‘lumki, so‗zlovchi tilning lug‗at tarkibidan maqsadiga muvofiq tarzda 
foydalanadi. Bu leksikologiyaning uslubiyat bilan o‗zaro bog‗liq ekanini bildiradi. 
Lug‗at tarkibi shu tilda so‗zlashuvchi xalqlarning moddiy va ma‘naviy madaniyat 
tarixi bilan bog‗liq. Shuning uchun leksikologiya tarix, arxeologiya, adabiyot, 
falsafa kabi ijtimoiy fanlar bilan ham yaqindan aloqadadir. 
Tilning lug‗at tarkibi va uni tashkil etuvchi so‗zlar bir qator umumiy 
xususiyatlarga egaligi bilan xarakterlanadi. Leksikologiya leksikani xuddi shu 
umumiy xususiyatlari nuqtayi nazaridan o‗rganadi. Bu xususiyatlar quyidagilar: 
1. Avvalo, lug‗at tarkibini tashkil qiluvchi har qanday so‗z ma‘noga ega bo‗ladi. 
Ana shu ma‘nosi nuqtayi nazaridan so‗zlar o‗ziga xosliklarga ega. So‗zning 
ma‘nosi (semantikasi) va u bilan bog‗liq masalalar leksikologiyadagi asosiy 
masalalardan biri hisoblanadi. Leksikaga oid bu masala bilan leksikologiyaning 
semasiologiya bo‗limi shug‗ullanadi. 
2. Har qanday tilning taraqqiyotida uning eng o‗zgaruvchan, eng tez harakatdagi 
qismi leksikasidir. Til taraqqiyoti jarayonida lug‗at tarkibi yangi-yangi so‗zlar 
hisobiga boyib borish bilan birga, undagi ayrim so‗zlar eskiradi, shuningdek, 
iste‘moldan chiqib boradi. Leksikologiyada leksikaning ana shu tomoni ham 
o‗rganiladi. 
3. Lug‗at tarkibidagi so‗zlar iste‘mol darajasiga ko‗ra umumiylikka yoki 
chegaralanganlikka egaligi bilan ham o‗zaro farqlanadi. Ma‘lum so‗zlar umumxalq 
iste‘molida bo‗lsa ( masalan, non, suv, katta, yugurmoq va b.), ayrim so‗zlarning 
iste‘mol doirasi ma‘lum jihatdan chegaralangan bo‗ladi. Masalan, dialektal so‗zlar 
hududiy jihatdan chegaralangan bo‗ladi (kallapo‗sh – do‗ppi, istamoq – qidirmoq, 
moyak – tuxum, eshik – hovli, uy); terminlar ijtimoiy nuqtayi nazardan 
11 Leksikografiya – grekcha lexikos – «lug`at» va grapho – «yozaman» degan ma‘noni bildiradi.


chegaralangan, ya‘ni ma‘lum kasb-hunar sohasidagi kishilar nutqida qo‗llanish 
bilan chegaralangan bo‗ladi ( Masalan, urg‗u, leksika, affiks – tilshunoslikka oid 
terminlar; hujayra, sitoplazma, xromosoma – biologiyaga oid terminlar; voleybol, 
gol, nokaut, futbol – sportga oid terminlar va h. k.). Leksikologiya lug‗at tarkibini
ana shu nuqtayi nazaridan ham o‗rganadi. 
4. Lug‗at tarkibidagi so‗zlar nutqqa, uslubga bo‗lagan munosabatiga ko‗ra ham 
o‗zaro farqlanadi. Ma‘lum so‗zlar nutq turlariga, uslubga betaraf munosabatda 
bo‗lsa (quchoq, bechora, osmon, ichmoq va b.), ayrim so‗zlar nutq uslubining 
ma‘lum turiga xos bo‗ladi (og‗ush – badiiy uslubga xos, boyoqish – oddiy nutqqa 
xos, samo – badiiy uslubga xos, adib – kitobiy uslubga xos va h.k.). 
Leksikologiyada so‗zlarning ana shu xususiyati ham o‗rganiladi. 
5. Har bir so‗z tovush qiyofasi va ma‘nosiga ega, ya‘ni shakl va mazmunga ega. 
Lug‗at tarkibidagi so‗zlar ana shu shakl va mazmuni jihatidan turlicha 
munosabatga ega bo‗lishi mumkin. Masalan, chaqqon, epchil, chechan, abjir, 
chapdast, so‗zlarining shakli har xil, ma‘nosi bir xil (sinonim); o‗t (olov), o‗t 
(maysa), o‗t (harakat) so‗zlarining shakli bir xil, ma‘nosi har xil (omonim) va h.k. 
Leksikologiyada so‗zlar ana shunday munosabatlari nuqtayi nazaridan ham 
o‗rganiladi. 
O‗zbek leksikologiyasi tarixidan 
So‗z va uning ma‘nolari haqida o‗zbek tilshunosligi tarixida juda uzoq davrlardan 
buyon fikr yuritib kelingan. Lekin o‗zbek tilining bir necha sathdan iborat bir 
butunlik ekanligi, o‗zbek tili tizimida leksik sathning o‗rni va tilshunoslikning 
leksik birliklarni o‗rganuvchi alohida bo‗limi mavjudligi, bu bo‗limning boshqa 
bo‗limlar bilan munosabati kabi masalalar, umuman, leksikologiya o‗zbek 
tilshunosligining tarkibiy qismi va bir yo‗nalishi sifatida XX asrning o‗rtalaridan 
boshlab shakllandi. 
O‗zbek tili leksikologiyasining shakllanishida Faxri Kamolning ―Hozirgi zamon 
o‗zbek tili kursidan materiallar‖ rukni ostida chop etilgan ―O‗zbek tili leksikasi‖ 
va Y. D. Pinxasovning ―Hozirgi o‗zbek tili leksikasi‖ risolalari hamda ―Hozirgi 
zamon o‗zbek tili kursidan materiallar‖ rukni bilan e‘lon qilingan barcha risolalarni 
o‗zida jamlagan ―Hozirgi zamon o‗zbek tili‖ asari katta ahamiyatga ega bo‗ldi12.
Bu asarlarda o‗zbek tilshunoslig tarixida ilk marta leksikologiya o‗zbek 
tilshunosligining alohida bo‗limi ekanligi, uning o‗rganish obyekti, maqsadi va 
vazifalari, tilshunoslikning boshqa bo‗limlari bilan munosabati belgilandi. 
12 Hozirgi zamon o‗zbek tili. T., O‗zFan, 1957. 


So‗zning leksik va grammatik ma‘nosi bir-biridan ajratildi. Shuningdek hali o‗zbek 
tili leksikologiyasida so‗zlarning o‗z va ko‗chma ma‘nosi farqlanmasdan turib, bu 
asarda so‗zlarning kontekst bilan bog‗liq ma‘nolari haqida fikr yuritiladi. Ko‗p 
so‗zlar o‗zining asosiy ma‘nolari bilan cheklanib qolmay, turli kontekstda turlicha 
ma‘no va ma‘no ottenkalariga ega bo‗lishi haqida gap boradi. Bundan tashqari 
so‗zlarning ko‗p ma‘noliligi, o‗z va ko‗chma ma‘nolari haqida ma‘lumot beriladi. 
Lekin ko‗p ma‘nolilikning turlari ko‗rsatilmaydi. Shuningdek, omonimlar, 
sinonimlar, antonimlar haqida qisqacha fikr yuritiladi. 
Faxri Kamol o‗zbek tili leksikologiyasi bo‗yicha kuzatishlarini davom ettirdi. 
―Hozirgi o‗zbek adabiy tili‖ kitobining leksikologiya qismi Faxri Kamol 
tomonidan yozildi. Unda leksikologiya oldingilaridan birmuncha kengaytirildi. 
So‗zlarning leksik-semantik guruhlari haqida ilk ma‘lumot berildi. Ma‘no 
kategoriyasi atamasi kiritildi va bu atama ostida polisemiya, omonimiya, 
sinonimiya, antonimiya hodisalari o‗rganildi13.
Omonimlar, sinonimlarning ichki ko‗rinishlari haqida batafsil ma‘lumot berildi. 
Omonimlar ichki tuzilish va tashqi ko‗rinish belgisiga ko‗ra quyidagi turlarga 
bo‗linadi: 1) leksik omonimlar; 2) grammatik omonimlar; 3) morfologik 
omonimlar (omomo-rfemalar); 4) fonetik omonimlar (omofonemalar); 5) grafik 
omonimlar (omograf yoki omogrammalar). Omonimlarning bunday bo‗linishida 
muayyan tamoyilga bo‗usunish va yetarli ilmiy dalillash alomatlari bo‗lmasa ham, 
omoleksemalar farqining yoritilishi katta ahamiyatga ega bo‗di. 
Sinonimlar ham tuzilish belgisiga ko‗ra ideografik, emotsional, ekspressiv-
stilistik kabi turlarga ajratildi va ularning bir-biridan farqli belgilari aniqlandi. 
O‗zbek leksikologiyasida ilk bor leksik dubletlar haqida ma‘lumot berildi. 
Keyinchalik M. Mirtojiyev, I. Qo‗chqortoyev, A. Hojiyev, B. Isabekov, R. 
Shukuroarning leksik omonim, sinonim va antonimlar tadqiqiga bag‗ishlangan 
maxsus asarlari maydonga keldi. Bu asarlar o‗zbek tili leksikologiyasining yanada 
takomillashuvi uchun xizmat qildi. 
Faxri Kamol o‗zbek tili leksikasining rivoji, uning tarixiy qatlamlari, unda 
umumturkiy, o‗zbek, fors-tojik, arab, rus va boshqa tillarga doir so‗zlarning o‗rni 
haqida dastlabki ma‘lumotni berga bso‗lsa, o‗zbek tili leksikasining tarixiy 
qatlamlari va har bir qatlamni o‗rganishga bag‗ishlangan maxsus tadqiqotning 
13 Hozirgi o‗zbek adabiy tili. I. Fonetika, Leksikologiya, Morfologiya. T., ―Fan‖, 1966, 114 – 149-betlar.


vujudga kelishi14 o‗zbek leksikologiyasining takomillashuvida katta ahamiyatga 
ega bo‗ldi. 
Shuningdek, Faxri Kamol so‗zlarning ko‗chma ma‘nolari haqida boshlang‗ich 
ma‘lumot bergan bo‗lsa ham, ko‗chma ma‘no turlari, ularning hosil bo‗lish yo‗llari 
yoritilmagan edi. Ana shu muammoni yoritishga M. Mirtojiyev va T. Aliqulovlar 
bel bog‗ladi. M. Mirtojiyevning ―O‗zbek tilida polisemiya‖ I. Shukurovning
―O‗zbek tilida troplar‖ asarlarining yaratilishi bu muammoni yohritishda katta 
voqea bo‗ldi. Shuningdek, ko‗chimlarning u yoki bu turini tadqiq etishga 
bag‗ishlangan alohida tadqiqotlarning dunyoga kelishi o‗zbek tili leksemalarining 
ko‗chma ma‘nolarini chuqurroq o‗rganish, metafora, metonimiya kabi 
hodisalarning lingvistik mohiyatini ochib berish uchun katta xizmat qildi. 
Oltmishinchi yillrda o‗zbek onomastikasi alohida yo‗nalish sifatida shakllana 
boshladi. Uning shakllanida E. Begmatovning xizmati katta bo‗ldi. Prof.
Z. Do‗simov, T. Nafasov, N. Husanov tadqiqotlari bu yo‗nalishni yana ham 
rivojlantirdi.
O‗zbek tili leksikologologiyasi bo‗yicha erishilgan yutuqlarning sintezi sifatida
―O‗zbek tili leksikologologiyasi‖ kitobi maydonga keldi. 
70 – 80- yillardan boshlab o‗zbek tilshunosligiga sistemaviy-struktur tilshunoslik 
qo‗lga kiritgan yutuqlar, uning tadqiq metodlari kirib keldi. O‗zbek tilshunosligida 
ham uzviy (komponent) tahlil metodlari qo‗llanila boshlandi. Bu birinchi navbatda 
leksikologiyada namoyon bo‗ldi. Natijada o‗zbek tili leksikologiyasi tavsifiy 
bosqichdan yangi bosqichga – nazariy bosqichga, leksikani ma‘lum leksik-
semantik guruhlardan (LSG) tashkil topgan butunlik, leksik birliklarni muayyan 
ma‘no elementlarining munosabatidan tashkil topgan tizim sifatida o‗rganish 
bosqichiga ko‗tarila bordi. Bu bilan o‗zbek tavsifiy leksikologiyasidan sistemaviy 
(nazariy) leksikologiyasiga o‗tila boshlandi. Bu jarayonni professor Sh. 
Rahmatullayev va uning shogirdi I. Qo‗chqortoyev boshlab berdi. Xususan, U. 
Tursunov, J. Muxtorov, Sh. Rahmatullayev tomonidan yozilgan ―Hozirgi o‗zbek 
adabiy tili‖ kitobining leksikologiya qismi o‗zbek tavsifiy leksikologiyasidan 
sistemaviy leksikologiyaga o‗tish davri, leksikologiyaning bu ikki yo‗nalishi 
o‗rtasidagi ko‗prik sanaladi. Chunki unda tavsifiy leksikologiya an‘analari davom 
ettirilgan va takomillashtirilgan bo‗lishi bilan birga, sistemaviy leksikologiyaning 
asosiy belgilaridan bo‗lgan uzviy tahlil usuli joriy etilgan. 
14 Begmatov E. Hozirgi o‗zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. T., ―Fan‖, 1985. 


Leksemalar leksik ma‘nosining semik tahlili joriy etilishi, har bir leksemaning 
leksik ma‘nosi bir necha semadan tashkil topishi, shu bilan leksemaning leksik 
ma‘nosi muayyan tuzilishga ega bo‗lishi va bu tuzilish ideografik, uslubiy, 
turkumlik semalarini o‗z ichiga olinishining e‘tirof etilishi bilan an‘anaviy ko‗p 
ma‘noli leksemalarni boshqacha nomlashga to‗g‗ri keldi. Shuning uchun Sh. 
Rahmatullayev bunday leksemalarni polisemem leksemalar, bunday hodisani esa 
polisemiya deb nomladi. 
Leksikologiyaning tavsifiy bosqichdan nazariy bosqichga ko‗tarilishida I. 
Qo‗chqortoyev tadqiqotlari katta rol o‗ynadi15. Bu asarda muallif F. de Sossurning 
tilning belgilar stemasi ekanligi haqidagi ta‘limotiga asoslanib, o‗zbek tilshunosligi 
tarixida birinchilardan bo‗lib lug‗at tarkibini sistemaviy-struktur o‗rganish 
muammosini ko‗tarib chiqdi va o‗zbek tilidagi nutq fe‘llari misolida 
leksemalarning sistemaviy tabiatini yoritib berdi. R. Rasulovning holat fe‘llarining 
uzviy (komponent) tahliliga bag‗ishlangan tadqiqoti o‗zbek sistemaviy 
leksikologiyasining shakllanishida mustahkam poydevor yaratdi. 
O‗zbek leksikologiyasining yuqori bosqichga ko‗tarilishida jahon sistemaviy-
struktur tilshunosligining eng yaxshi jihatlarini o‗zida mujassamlantirgan va 
o‗zbek tilshunoslari erishgan yutuqlarni sintezlashtirgan ―O‗zbek tili sistem 
leksikologiyasi asoslari‖16 kitobining yuzaga kelishi katta voqea bo‗ldi. Asarda 
sistemaviy tilshunoslikning asosiy tushunchalarini izchil bayon qilib berish, 
lingvistik oppozitsiyalar va ularning leksik sathda namoyon bo‗lishi, leksemaning 
boshqa til birliklari tizimida tutgan o‗rni, uning shakl va mazmun munosabatidan 
tashkil topgan butunlik ekanligi bayon qilinadi. Bu asarda leksema sememasining 
tarkibi yoritib berildi. Uning tarkibidagi uch xil sema: 1) atash semasi; 2) ifoda 
semasi; 3) vazifa semasi (funksional semalar) alohida-alohida bayon qilindi. Bir 
sememali va ko‗p sememali leksemalarni ajratishda mualliflar, an‘anaviy 
leksikologiyadan farqli ravishda, distributiv lingvistika yutuqlaridan foydalangan 
holda, barqaror birliklar va nutqiy ko‗rinish, erkin (o‗xshash) va bog‗liq 
(noo‗xshash) qurshov tushunchasiga asoslandilar. Leksemalarning paradigmatik va 
sintagmatik munosabatlarining yoritilishi hamda ularning leksik-semantik 
guruhlarga leksik-tematik (mavzuviy) to‗dalarga ajratilishi, leksik-semantik guruh 
a‘zolarining markaz-qurshovdan tashkil topishi, bu guruhda leksemalar orasida 
graduonimik, giponimik (jins-tur), partonimik (butun-bo‗lak), iyerarxik (pog‗ona-
15 Qo‗chqortoyev I. So‗z ma‘nosi va uning valentligi. T, ―Fan‖, 1977; Shu muallif. Валентный анализ 
глаголов речи в узбекском языке. Т., «Ўqитувчи», 1977. 
16Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari. T., “O‘qituvchi”, 1995. 


viy) munosabatlar kabi qator masalalarning yoritilishi bilan o‗zbek 
leksikologiyasini turkiyshunoslikda yuqori pog‗onaga olib chiqdi.
Leksikologiya leksikaga til tizimidagi ichki tizim (sistema) sifatida qaraydi. 
Shuningdek, o‗zaro ma‘noviy umumiylikka ega bo‗lgan lug‗aviy birliklar yanada 
kichik, ichki tizimcha sifatida qaraladi. Shu asosda katta va kichik, ichki 
tizimlarning pog‗onali, bir-birini tashkil etuvchillik munosabati ochiladi. Masalan, 
olma, o‗rik, nok kabi ho‗l meva nomi bir tizimni tashkil etadi. Sabzavot nomi 
boshqa bir tizimni tashkil qiladi. Ular yuqoriroqda yana birlashadi – kichik 
tizimchalardan tashkil topgan ―meva-sabzavot nomi‖ tizimini tashkil qiladi va 
umumlashtirish yuqoriga qarab davom etaveradi. 
Leksik tizimda har so‗zning ma‘nosi u mansub bo‗lgan lug‗aviy ma‘no 
guruhidagi boshqa so‗zlar bilan munosabati orqali ochiladi. Masalan, ota, ona, aka, 
uka, opa, singil so‗zlari ―qon-qarindoshlik‖ lug‗aviy ma‘no guruhini tashkil qiladi. 
Bu guruhdagi aka so‗zining ma‘nosi quyidagicha: qon-qarindosh, bir avlod, erkak, 
mendan katta. Bu so‗z bir avlod degan ma‘no bilan ota, ona so‗zlaridan, erkak 
degan ma‘no bilan opa, singil so‗zlaridan, mendan katta degan ma‘no bilan uka 
so‗zidan farqlanadi. Qon-qarindosh degan ma‘nosi bilan esa bu qatordagi boshqa 
so‗zlar bilan bir guruhga birlashadi. 
Leksik tizim, yuqorida aytilganidek, pog‗onali qurilishga ega. Ya‘ni keksik 
tizimning o‗zi murakkab bo‗lib, bir necha tarkibiy qismning birikishidan tarkib 
topadi. Har bir tarkibiy qism esa o‗z navbatida murakkabligi bilan ajralib turadi. 
Binobarin, bularning har ikkisi ham murakkab bo‗lib, bu jarayon, alohida, yakka 
so‗zgacha davom etadi. Jumladan, o‗zbek tilining lug‗aviy tizimi mustaqil, 
yordamchi va undov so‗zlarga bo‗linadi. O‗z navbatida mustaqil so‗zlar ishora 
ma‘noli so‗zlar – olmoshlar va atash, nomlash vazifasini atovchi so‗zlarga ajraladi. 
Atovchi so‗zlar o‗z navbatida ot, sifat, son, fe‘l, ravishga bo‗linadi. Ularning har 
biri, o‗z navbatida, yana o‗nlab mavzu guruhlariga, bularning har biri esa yana ham 
kichikroq ma‘no guruhlariga – alohida, yakka so‗zga yetib kelguncha pog‗onali 
ravishda bo‗linib ketaveradi. 
Leksik tizimlarning bunday pog‗onali (bosqichli) qurilishi leksema sememasi 
tarkibidagi semalarning birlashtiruvchi va farqlaovchi bo‗linish dialektikasi bilan, 
nisbiyligi bilan uzviy bog‗liqdir. Muayyan leksik tizim muayyan sema (ma‘noning 
tarkibiy qismi) asosida tashkil topadi. Bu sema leksik tizim uchun birlashtiruvchi 
sema hisoblanadi. Ayni vaqtda u (sema) o‗zi birlashtiruvchi leksik tizimni o‗ziga 
nisbatan yuqorida joylashgan tizimdan va o‗zi bilan bir pog‗onada joylashgan 
boshqa tizimdan farqlab turadi. U farqlovchi sema vazifasini bajaradi. 
Leksik tizimdagi kichik tizimlar va ular tarkibidagi so‗zlarni giponimiya, 
Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin