O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘limi vazirligi


-mavzu: O‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari va qoidalari



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129094
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta‘limi vazirligi

4-mavzu: O‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari va qoidalari 
Reja: 
1.Orfografiya haqida ma'lumot. 
2.O‘zbek orfografiyasining asosiy tamoyillari. 
3.Hozirgi o‘zbek imlosining asosiy qoidalari. 
Orfografiya grekcha orphos ( to‗g‗ri ) va grapho (yozaman) so‗zlaridan tashkil 
topgan bo‗lib, «to‗g‗ ri yozaman» degan ma‘noni bildiradi. 
Jamiyatning har bir a‘zosidan to‗g‗ri so‗zlay olish va savodli yoza bilish talab 
etiladi. O‗quv muassasalari oldida turgan asosiy vazifa ham shu talab asosida kelib 
chiqadi. Adabiy tilning ikki shakli bo‗lib, ulardan biri yozma nutqdir. Bu nutq 
orfografiya qonun-qoidalariga asoslanadi. Demak, orfografiya adabiy tilning 
yozma shakliga xos bo‗lib, u tildagi o‗zak-negiz va qo‗shimchalarni yagona tarzda 
to‗g‗ri yozish haqidagi qoidalar yig‗indisidir.
Imlo qoidalari orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy, an‘anaviy va 
differensiatsiya tamoyillari asosida ishlab chiqilgan. Fonetik va morfologik 
tamoyillar o‗zbek orfografiyasining asosiy tamoyillaridir. 
Fonetik tamoyil (fonetik usul). Bu tamoyil bo‗yicha so‗zlar, so‗z tarkibidagi 
qo‗shimchalar qanday talaffuz etilsa, xuddi o‗shanday yoziladi. Bu tamoyil asosida 
ayrim harflar imlosi, asos va qo‗shimchalar imlosidagi ayrim qoidalar ishlab 
chiqilgan. Masalan, 1) son so‗ziga fe‘l yasovchi -a qo‗shimchasi qo‗shish bilan 
yasalgan so‗z sona emas, sana tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Yosh, 
ot so‗zlariga fe‘l yasovchi -a qo‗shimchasi qo‗shilishi bilan yasalgan yosha, ota 
so‗zlari yasha, ata tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Ong so‗ziga fe‘l 
yasovchi -la qo‗shimchasini qo‗shish bilan yasalgan so‗z ongla emas, angla tarzida 
talaffuz qilinadi va yoziladi. 2) o‗yin so‗ziga -a fe‘l yasovchi qo‗shimcha 
qo‗shilishi bilan yasalgan so‗z o‗yna tarzida (i tovushi tushirilib) aytiladi va 
shunday yoziladi; 3) sariq, ulug‗ so‗zlariga fe‘l yasovchi –ay qo‗shimchasi 
qo‗shilishi bilan yasalgan so‗z sarg‗ay, ulg‗ay tarzida aytiladi va shunday yoziladi; 
4) o‗qi, tani, tashi kabi fe‘l formalariga –v qo‗shimchasini qo‗shish bilan hosil 
qilingan so‗z tashuv, o‗quv, tanuv tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi;
5) tara, bo‗ya so‗zlariga ot yasovchi –q qo‗shimchasini qo‗shish bilan yasalgan 
so‗z taroq, bo‗yoq tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi; 6) q va k tovushi 


bilan tugagan ko‗p bo‗g‗inli so‗zlarga egalik qo‗shimchasi qo‗shilganda q tovushi 
g‗, k tovushi g tovushiga almashadi va shunday yoziladi: taroq+i= tarog‗i, 
kurak+i=kuragi, istak+i=istagi, o‗rtoq+i=o‗rtog‗i. 
I z o h: q va k undoshi bilan tugagan ayrim so‗zlarga egalik qo‗shimchasi 
qo‗shilganda q va k tovushlari asliga muvofiq aytiladi va yoziladi: ishtiroki, 
ishtiyoqi, zavqi, shavqi, choki, cheki. 
7) og‗iz, qorin, o‗rin, singil, ko‗ngil, burun, shahar kabi so‗zlarga egalik 
qo‗shimchalari qo‗shilganda, ikkinchi bo‗g‗indagi i, u, a unlilari talaffuzda tushib 
qoladi 
va 
shunday 
yoziladi: 
og‗iz+im=og‗zim, 
qorin+im=qornim, 
o‗rin+im=o‗rnim, singil+im=singlim, ko‗ngil+im=ko‗nglim, burun+im=burnim, 
shahar+im=shahrim (bu so‗z shaharim tarzida aytilishi va yozilishi ham mumkin. 
Bu ikki holat tilda parallel ishlatiladi.); 
8) adabiy tilda jo‗nalish kelishigining –ga qo‗shimchasi shakli qabul qilingan. 
Ba‘zan bu shakl –ka, -qa tarzida eshitiladi. Masalan: bilakka, go‗dakka, qishloqqa, 
toqqa kabi. Ko‗rinib turibdiki, so‗z q yoki k undoshi bilan tugaganda jo‗nalish 
kelishigi –qa, -ka shaklini olyapti. Og‗zaki talaffuzda so‗z qanday tovushlardan 
tashkil topgan bo‗lsa, bu tovushlar yozuvda ham shu tovushlarga mos harflar bilan 
aks ettirilyapti.
9) q va k undoshi bilan tugagan fe‘l shakllariga ravishdosh hosil qiluvchi –
gach qo‗shimchasining –qach va –kach variantlari qo‗shilib, chiqqach, ekkach 
tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi; 
10) rus tilidan o‗zlashgan kiosk, disk so‗zlari o‗zbek tilida kioska, diska tarzida 
talaffuz qilinadi va shunday yoziladi; 
11) o‗zlashma rama, para, minuta, sekunda, konfeta kabi so‗zlarning oxiridagi a 
unlisi o‗zbek tili og‗zaki nutqida talaffuz etilmaydi va yozuvda ham aks 
ettirilmaydi (rom, par, sekund, minut, konfet kabi). 
12) o‗zlashma shyotka, podnos so‗zlari esa cho‗tka, patnis tarzida aytiladi va 
yoziladi. 
13) u, bu, shu, o‗sha olmoshlariga –da, -dan, -ga, -gacha, -cha qo‗shimchalari 
qo‗shilganda i tovushi qo‗shib aytiladi va shunday yoziladi: unda, undan, ungacha 
va hokazo. 
14) zachyot, syujet, sentyabr so‗zlari og‗zaki nutqda zachot, sujet, sentabr tarzida 
talaffuz qilinadi va talaffuzga mos shaklda yoziladi. 


Fonetik tamoyil yozuvni jonli talaffuzga yaqinlashtiradi, ular o‗rtasida 
umumiylikni vujudga keltiradi. 
Demak, fonetik tamoyilga ko‗ra yozuvda talaffuzdagi tovushga muvofiq keladigan, 
aynan mos tushadigan harf qo‗llanadi. 
Morfologik tamoyil. Bu tamoyilga ko‗ra so‗zlarning tarkibiy qismlari: o‗zak-negiz 
va qo‗shimchalari og‗zaki nutqda qanday talaffuz qilinishidan qat‘i nazar, ya‘ni 
og‗zaki talaffuz shakliga qarab emas, asliga muvofiq yoziladi. Bu tamoyil so‗z 
o‗zagini, unga qo‗shiladigan qo‗shimchalarni muayyan bir sistema asosida aks 
ettiradi, tildagi variantlilikka, har xillikka barham beradi. Bu tamoyilga ko‗ra 
variantlardan biri tanlanib, yozuvda tanlangan variant asos qilib olinadi. O‗zbek 
orfografiyasining asosiy imlo qoidalari, ya‘ni ayrim unli harflar imlosi, ayrim 
undosh harflar imlosi hamda asos va qo‗shimchalar imlosi shu tamoyilga tayanadi. 
Masalan: 1) uzum, uzuk, tugun, turmush kabi so‗zlarning oldingi bo‗g‗inida u 
kelsa, keyingi bo‗g‗inida u unlisi i tarzida aytilsa ham, u yoziladi. 2) 
jarangsiz jufti bor jarangli undoshlar (b, d, v, g, j(jim), j(juri), g‗, z) so‗z oxirida 
jarangsiz (p, t, f, k, ch, sh, s) tarzida talaffuz qilinsa ham, asliga muvofiq yoziladi: 
maktab, ozod; 3) shanba, sunbul, manba, vatanparvar kabi so‗zlar o‗rtasida kelgan 
n undoshi o‗zidan keyin kelgan b, n, m undoshlari bilan yonma-yon kelganda, 
og‗zaki talaffuzda shamba, sumbul, mamba kabi m tarzida aytilsa ham, n shaklida 
yoziladi. 4) do‗st, go‗sht, to‗rt, Toshkent kabi so‗zlarda so‗z oxirida yonma-yon 
kelgan undoshlarning oxirgisi talaffuz qilinmaydi, ammo yozuvda saqlanadi;
5) pastqam so‗zi o‗rtasida ketma-ket kelgan ikki undoshning (st) keyingisi talaffuz 
qilinmaydi, lekin yozuvda saqlanadi; 6) –lar ko‗plik qo‗shimchasi so‗z oxirida 
kelganda, og‗zaki nutqda –la tarzida aytilsa ham, yozuvda -lar shaklida yoziladi. 7) 
uch, to‗rt sonlariga –ta, -ala qo‗shimchalari qo‗shilganda, ushta, uchchala, to‗rttala 
tarzida aytiladi, lekin yozuv uchun tanlangan varianti yoziladi: uchta, uchala, 
to‗rtala kabi. 
Shuningdek, qo‗shimchalarning asosiy qismi morfologik tamoyil asosida yoziladi, 
ya‘ni kelishik qo‗shimchalari og‗zaki nutqda maktabta, ishtan tarzida aytilsa ham, 
maktabda, ishdan; fe‘llardagi –di shaxs-son hamda yaqin o‗tgan zamon 
qo‗shimchasi –ti tarzida (aytipti, aytti) aytilsa ham, aytibdi, aytdi kabi yoziladi. 
Morfologik tamoyil o‗zbek orfografiyasining asosiy va yetakchi tamoyili sanaladi 
va yozuvda bir xillikni ta‘minlaydi. 
Demak, morfologik tamoyilga ko‗ra so‗zning tovush tarkibi og‗zaki nutqda qanday 
aytilishidan qat‘i nazar o‗zining morfologik shaklini o‗zgartirmagan holda 
yoziladi. 


Shakliy an‘anaviy tamoyil ( tarixiy-an‘anaviy tamoyil deb ham yuritiladi). Bu 
tamoyilga ko‗ra boshqa tillardan o‗zlashgan so‗zlar hozir ham o‗tmishdagi 
shakliga muvofiq yoki o‗zi mansub bo‗lgan tildagi shaklini o‗zbek imlosida ham 
saqlagan holda yoziladi. Bu tamoyil asosida quyidagi kabi imlo qoidalari ishlab 
chiqilgan: 
1. Manfaat, matbaa, mutolaa, taajjub, taassurot kabi arab tilidan o‗zlashgan 
so‗zlarda bitta cho‗ziq a talaffuz qilinsa ham, arab imlosini saqlagan holda 
yozuvda ikkita a yoziladi. 
2. Mubolag‗a, muzokara, munosabat, muhokama kabi arabcha so‗zlarning 
urg‗usiz bo‗g‗inida a og‗zaki nutqda qisqa i tarzida aytilsa ham, an‘anaga ko‗ra a 
yoziladi. 
3. Tadbir, tatbiq so‗zlarining birinchi bo‗g‗ini oxiridagi d va t undoshlari bir xil t 
tovushi tarzida talaffuz qilinsa ham, yozuvda d va t undosh harflari saqlanadi. 
4. Dorboz, torozibon kabi so‗zlardagi fors-tojik tilidan o‗zlashgan –boz, -bon 
qo‗shimchalari og‗zaki nutqda –voz, -von tarzida aytilsa ham, uning an‘anaviy 
shakli yozuvda saqlanadi. 
5. An‘anaviy tamoyil taqozo, hokazo kabi so‗zlarning tovush tarkibiga nisbatan 
ham tatbiq etiladi. Bu so‗zlarning ikkinchi bo‗g‗inidagi o va a unlilari ba‘zan a, 
ba‘zan o unlisi kabi talaffuz qilinadi. Tarixan o (taqozo), a (hokazo) yozib 
kelingani uchun hozir ham yoziladi. 
6. Ocherk, tonna kabi so‗zlarining urg‗uli bo‗g‗inida o unlisi o‗zbek tilidagi o‗ 
unlisi kabi aytilsa ham, rus tilidagi shakliga muvofiq yoziladi. 
7. Direktor, traktor, ekspeditor kabi so‗zlarning urg‗usiz bo‗g‗inidagi o unlisi 
og‗zaki nutqda qisqa i unlisi tarzida aytilsa ham, rus tilidagi shakli saqlanadi. 
8. Motor, otryad, limonad, konsert, konspekt kabi so‗zlarning urg‗usiz bo‗g‗inida 
kelgan o unlisi talaffuzda a unlisi kabi aytilsa ham, rus tilidagi kabi o unlisi bilan 
yoziladi. 
9. Zachyot, syujet, rejissyor, sentyabr so‗zlari og‗zaki nutqda zachot, sujet, 
rejissor, sentabr tarzida talaffuz qilinsa ham, kirill alifbosida rus tilidagi shakli 
saqlanadi. 
10. Rayon, mayor, Nyu-York so‗zlaridagi yo harfiy birikmasi og‗zaki nutqda yo‗ 
tarzida talaffuz qlinsa ham, yozuvda o‗sha tildagi an‘ana saqlanadi. 


Bu tamoyil mumtoz adabiyot tiliga ham tatbiq etiladi. Qadimda hozirgi-kelasi 
zamon qo‗shimchasi –r (-ar) ning –ur shakli ishlatilgan. Bu shakl ba‘zan hozirgi 
she‘riyatda ham saqlanadi. 
Ba‘zan tirnoqlar bezagi uchun 
Sahardan shomgacha qilursiz toqat, 
Ammo eringizni kutgali nechun 
Topilmas tirnoqcha sabr-u qanoat. (A.Oripov) 
Mazkur she‘rda maqsad ma‘nosini ifodalovchi –gani qo‗shimchasi –gali 
tarzida qo‗llangan. 
Eski o‗zbek tilida chiqish kelishigi –din ba‘zan hozirgi o‗zbek adabiy tilidagi 
–dan o‗rnida qo‗llaniladi: Sendin o‗zgani desam... 
So‗roq ma‘nosini ifodalash uchun –mi yuklamasi ba‘zan –mu tarzida, ya‘ni 
qadimgi shaklda qo‗llanadi. Masalan:
Demak, bu tamoyilga ko‗ra so‗zlar talaffuzidagi hozirgi holatiga qarab emas, 
balki an‘ana tusiga kirib qolgan shaklini saqlagan holda yoziladi. 
Differensiatsiya tamoyili. Bu tamoyilga ko‗ra, shakli yoki talaffuzi bir xil 
bo‗lgan so‗zlar yozuvda turli shartli belgilar vositasida (yoki ba‘zan ma‘noga 
ko‗ra) farqlanadi. Masalan:
1. Urg‗u vositasida farqlash: atl s - mato, material. tlas - geografik atlas, xarita.
Akad mik - ot, akadem k - sifat (masalan, akadem k litsey). 
2. Unlining cho‗ziq-qisqaligi orqali farqlash (bunday so‗zlarda unlining 
cho‗ziqligini tutuq belgisi ta‘minlaydi, demak bunday so‗zlarning shakli va 
ma‘nosi tutuq belgisiga ko‗ra farqlanadi): tana – ta‘na, surat – sur‘at, qala – qal‘a 
kabi. 
3. Boshqa-boshqa tovush ifodalovchi harflar vositasida so‗z ma‘nosini farqlash: 
xol (yuzdagi xol) – hol (ahvol, holat). 
Grafik tamoyil. Bu tamoyil asosidagi imlo qoidalari tovush bilan uning yozuvdagi 
shakli o‗rtasidagi munosabatlarni ifodalashga asoslanadi. Masalan, sirg‗aluvchi j 
tovushi bilan qorishiq portlovchi j tovushlari yozuvda bitta shakl – harf bilan 


berilishi (jo‗ja-gijda kabi), sayoz til orqa –ng tovushini ifodalovchi harflar 
birikmasi ng hamda n va g tovushlarini ifodalovchi n va g harflari yonma-yon 
kelganda ham n va g talaffuz etilishi grafik tamoyil asosida belgilangan: ko‗ngil – 
bitta tovush, senga - ikkita tovush. 
Kirill grafikasi asosidagi imlo qoidalari 1956-yilda tasdiqlangan. Bu imlo qoidalari 
quyidagi bo‗limlarni o‗z ichiga olgan:
1. Ayrim harflar imlosi;
2. O‗zak-negiz va qo‗shimchalar imlosi;
3. Qo‗shma so‗z va so‗z birikmalari imlosi;
4. Bo‗g‗in ko‗chirilishi;
5. Bosh harflarning yozilishi. 
1995-yil 24-avgustda lotin grafikasi asosidagi o‗zbek yozuvining imlosiga doir 
qoidalari tasdiqlandi. Bu imlo qoidalari quyidagi bo‗limlardan iborat: 
Ayrim harflar imlosi: unlilar imlosi, undoshlar imlosi. 
Asos va qo‗shimchalar imlosi. 
Qo‗shib yozish. 
Ajratib yozish. 
Chiziqcha bilan yozish. 
Bosh harflar bilan yozish. 
Ko‗chirish qoidalari. 
Oldingi imlo qoidalari bilan hozirgi imlo qoidalari o‗rtasida quyidagi ayrim 
o‗zgarishlar mavjud: 
1) juft so‗zlar orasida bog‗lovchi bo‗lib kelgan yuklamalar o‗zi bog‗langan
so‗zdan chiziqcha bilan ajratiladi: dost-u dushman, kecha-yu kunduz;
2) yil, oyni ko‗rsatuvchi raqamlardan keyin ham chiziqcha qo‗yiladi: 1995-yil
24-avgust, 1993- yil 2-sentabr; 
3) kirilchadagi ts harfi so‗z boshida va oxirida s harfi bilan beriladi: tsirk – 
sirk, abzats – abzas. So‗z o‗rtasida unlidan keyin ts harfiy birikmasi, undoshdan 
keyin esa s harfi bilan beriladi: litsey – litsey, aktsiya – aksiya. 


4) -ga qo‗shimchasi g‗ tovushi bilan tugagan so‗zlarga qo‗shilganda
morfologik yozuv bo‗yicha asliga muvofiq yoziladi: bog‗+ga= bog‗ga, tog‗+ga= 
tog‗ga. 
5) oldin shakliy yozuv qoidasiga muvofiq yozib kelingan juda ko‗p chet tili 
so‗zlari endilikda fonetik yozuv bo‗yicha yoziladigan bo‗ldi (bu o‗zgarish asosan 
tarkibida yo, yu, ya harflari qatnashgan so‗zlarga tegishlidir) : sentabr (sentyabr‘), 
oktabr (oktyabr‘), budjet (byudjet), rejissor(rejissyor), likor (likyor). 
6) ayrim so‗zlar esa oldin fonetik yozuv bo‗yicha yozilgan bo‗lsa, yangi 
alifboda morfologik yozuvga ko‗ra yoziladigan bo‗ldi: ertalabki emas ertalabgi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin