Birdan ortiq qoʻshimchalarning oʻzaro birikuvidan hosil boʻlgan qoʻshimcha
morfemalar qoʻshma qoʻshimcha deyiladi: -chilik, -garchilik, -garlik, -moqda kabi.
qoʻshma qoʻshimchalarda ergash morfemalar bir-biridan ajralmaydi: kosibchilik, ikki
tomonlama, yogʻingarchilik kabi.
Oʻzbek tilidagi qoʻshma qoʻshimchalarning oʻziga xos xususiyatlari A.Berdialiyev
tomonidan maxsus tadqiq qilingan.
Soʻzlardagi kabi qoʻshimchalarda ham
polisemiya,
sinonimiya,
antonimiya va
omonimiya hodisalari mavjud.
qoʻshimchalar omonimiyasi. Semantik tomondan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan, turli
ma‘nolarni bildiruvchi har xil qoʻshimchalarning tashqi jihatdan bir xil boʻlishi
qoʻshimcha
omonimiyasi deyiladi. Masalan: yotoq, oʻroq, qoʻrqoq, qochoq soʻzlaridagi -
oq qoʻshimchasi fonetik tomondan oʻxshash boʻlsa ham, bular toʻrtta
har xil
qoʻshimchadir.
qoʻshimchalar omonimiyasi turli tipdagi ergash morfemalar orasida uchraydi: 1.
Soʻz yasovchi qoʻshimchalarning oʻz doirasida: toʻplam (-m qoʻshimchasi
harakat
natijasi oti yasaydi), oʻrim (-im qoʻshimchasi prosess nomi yasaydi). 2. Soʻz
yasovchi
qoʻshimcha bilan shakl yasovchi qoʻshimcha orasida: tinchi (-i fe'l yasovchi
qoʻshimchasi
u tinchidi; uchinchi shaxsni koʻrsatuvchi egalik qoʻshimchasi -i ham shu
formada boʻladi -kitobi). 3. Shakl yasovchi qoʻshimchalarning oʻz doirasida: oqish – sifat
(-ish
belgining oʻzligini bildiradi), chopish – fe`l (-ish fe'lning
funksional shaklini hosil
qiladi.)
4. Omonim qoʻshimchalar urgʻu orqali farqlanadi: urgʻuli -ma qoʻshimchasi ot,
sifat yasaydi, urgʻusiz -ma qoʻshimchasi fe'l yasaydi va h.k.
qoʻshimchalar omonimiyasi hodisasining oʻziga xos xususiyatlari M. Joʻraboyeva
tomonidan tadqiq etilgan.
Dostları ilə paylaş: