O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘limi vazirligi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129094
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta‘limi vazirligi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Aqlli
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
6-mavzu: Morfemika va so’z yasalishi 
Reja: 
1. 
Morfemika haqida. 
2. 
So’z yasalishi va uning turlari 
Morfemika tilshunoslikning bir qismi boʻlib, tildagi ma‘noli qismlar haqida 
ta‘limot beradi. 
Tildagi boʻlinmas, eng kichik ma‘noli qism morfema deyiladi.
Aqlli soʻzi ikki morfemadan tashkil topgan: aql+li.
Aql oʻzak morfema boʻlib, 
soʻzning asosiy leksik ma‘nosini ifodalaydi. -li morfemasi esa oʻzak morfema orqali 
ifodalangan belgi yoki predmetga egalik ma‘nosini bildiradi. Koʻrinadiki, morfemalar 
ikki koʻrinishga ega: 
1. Oʻzak morfema. 
2. qoʻshimcha morfema (qoʻshimcha). 
Soʻzda, albatta, ishtirok etadigan, leksik ma‘no ifodalaydigan morfema oʻzak 
morfema deyiladi. Oʻzak morfema soʻz yasash uchun qam, forma yasash uchun ham asos 
boʻla oladi. Chogʻishtiring: ish+chi, paxta+zor, ish+ga, paxta+da. 
Mustaqil leksik ma‘no ifodalay olmaydigan, soʻzning leksik yoki grammatik 
ma‘nolarining shakllanishida xizmat qiladlgan morfemalar qoʻshimcha morfema 
deyiladi: kuch+li, ish+la (soʻz yasayapti), uy+lar, uy+ga (shakl yasayapti). 
Soʻzlarni oʻzak va qoʻshimcha morfemalarga ajratishda bu morfemalarning ma‘no 
ifodalay olishiga e'tibor berish kerak boʻladi: quloqchin soʻzida -chin elementi ma‘no 
ifodalaydi; tiril, tirik soʻzlarida esa "tir" qismi ma‘noga ega emas. Shuningdek -xona, -
noma, -xoʻr, -boy kabilar aniq oʻzak morfema ma‘nosidan uzoqlashib, qoʻshimcha 
morfemaga aylangan. Morflar turli koʻrinishlarga ega boʻladi. Masalan: ishla soʻzidagi -
la elementi hayda soʻzida -da shaklida kelgan (lekin hay-hayla fe'lida yana -la tusida 
qoʻllangan), hozir ajralmaydigan unda soʻzida ham aslida shu -da qoʻshimchasi bor (un 
ovoz). Bu -la va -da koʻrinishlari umumiy tarzda morfema deyiladi. Buning har bir 
koʻrinishi esa morf (allomorf) sanaladi. Bu turli koʻrinishdagi qismlar, morflar bir-biriga 
nisbatan allomorf sanaladi. Bu hol oʻzak morfemalarda ham koʻrinadi: tashqi soʻzidagi 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin