O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘limi vazirligi


Lug‘atchilik. Lug‘at va uning turlari



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129094
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta‘limi vazirligi

Lug‘atchilik. Lug‘at va uning turlari.Tilshunoslikning lug‗at tuzish masalalarini ilmiy tadqiq qiluvchi va lug‗at 
tuzish bilan shug‗ullanuvchi sohasi leksikografiya (gr.lexikos-co‗z, so‗zga oid va grapho-yozaman) yoki lug‗atchilik 
deyiladi. Maqsad va vazifasiga ko‗ra leksikografiya ikkiga bo‗linadi: 
a) ilmiy leksikografiya lug‗atchilikning nazariy masalasi bilan shug‗ullanadi; 
b) amaliy leksikografiya bevosita lug‗at tuzish ishi bilan mashg‗ul bo‗ladi. 
Leksikografiya muhim ijtimoiy vazifani bajaradi. Bular quyidagilarda ko‗zga tashlanadi: 
ona tilini va boshqa tillarni o‗rgatish; 
2) ona tilini tasvirlash va me'yorlashtirish; 
3) tillararo munosabatlarni ta'minlash; 
til leksikasini ilmiy tekshirish va talqin qilish. 
Lug‗at maqsadi va mo‗ljaliga ko‗ra ikkiga bo‗linadi: 
umumiy lug‗at;
maxsus lug‗at. 
Umumiy lug‗at keng o‗quvchilar ommasiga, maxsus lug‗at esa tor doiradagi kishilar-alohida soha mutaxassisiga 
mo‗ljallangan bo‗ladi. 
Har ikkala tur lug‗at ham o‗z o‗rnida yana ikkiga bo‗linadi:
ensiklopedik lug‗at; 
filologik lug‗at.
Demak, lug‗atni umumiy ensiklopedik lug‗at va maxsus ensiklopedik lug‗at, umumiy filologik lug‗at va maxsus 
filologik lug‗atga bo‗lib o‗rganish maqsadga muvofiq va qulay. 
Umumiy ensiklopedik lug‗at (UEL). Ma'lumki, UEL alfavit tartibida bo‗lib, ularda so‗z emas, balki shu so‗zdan 
anglashilgan tushunchalar uchun asos bo‗lgan narsa, tarixiy voqea, tabiiy va ijtimoiy hodisalar, shaxslar, geografik 
nomlar haqida ma'lumot beriladi va lug‗at maqolasi lug‗at yozilgan tilni tushunuvchi keng o‗quvchilar ommasiga 
mo‗ljallangan bo‗ladi. «O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi» ana shunday lug‗atlardan biri. Unda shunday deyiladi: 
«O‗zME (O‗zbekiston Milliy ensiklopediyasi) universal ensiklopediya bo‗lganligi uchun fan-texnika va 
madaniyatning barcha sohalariga oid ma'lumotlar muxtasar tarzda ifodalanib, u insoniyat sivilizasiyasining muhim 
yutuqlari haqidagi bilimlar majmuidan iboratdir». Prezident I.Karimov O‗zME ga yozgan so‗zboshisida 
«Ensiklopediyamiz o‗zining ilmiy jihatdan chuqur, ayni vaqtda ommabopligi bilan keng kitobxonlar orasida obro‗-
e'tibor topib, jahonning nufuzli qomuslari qatoridan munosib o‗rin olishiga ishonchim komil» deb, uning 
funksiyasini alohida ta'kidlaydi.
Maxsus ensiklopedik lug‗at (MEL). Fan-texnika, san'at va madaniyatning ma'lum bir sohasiga oid 
tushunchalarni shu soha qiziquvchilari va mutaxassislari uchun mo‗ljallab tavsiflaydi. Bunday lug‗at sifatida soha 
ensiklopedik lug‗atlari - «Medisina ensiklopediyasi», «Fizicheskiy ensiklopedicheskiy slovar», «Lingvisticheskiy 
ensiklopedicheskiy slovar» kabilarni misol qilib keltirish mumkin. UELdan farqli ravishda MEL tor sohaga doir 
tushunchani keng va batafsil sharhlaydi. Masalan, rus tilida yaratilgan «Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy 
slovar»da shunday deyiladi: «Bu lug‗at turli ixtisosliklardagi filolog-tilshunoslar va ilmiy xodimlarning keng 
doirasiga, shuningdek, tilshunoslik bilan yaqin bo‗lgan soha vakillari psixologlar, mantiqshunoslar, filosoflar, 


etnograf va adabiyotshunoslarga mo‗ljallangan». Quyida «Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovar»dan namuna 
keltiramiz (Bunday lug‗at o‗zbek tilida yaratilmagani uchun olingan maqolaning tarjimasi berildi). 
«AKKOMODASIYA (lat. Accomodatio-moslashish) tovushning kombinator o‗zgarishidan biri: qo‗shni 
undosh va unlining qisman moslashuvi. Akkomodasiya shunday hodisaki, keyingi tovushning ekskursiyasi 
(artikulyasiyasining boshlanishi) oldingi tovushning rekursiya (artikulyasiyasining tugashi)ga moslashadi 
(progressiv akkomadasiya) yoki oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashadi. 
Ayrim tillarga unlining undoshga moslashishi xosdir, masalan, rus tilida [a], [o], [u] unlilari yumshoq undoshdan 
keyin til oldi unlilariga aylanadi (ularning artikulyasiyasi ekskursiyaga intilgan). Qiyoslang: «mat»-«myat», «mol»- 
«myol», «luk»-«lyuk». Boshqa tillarda esa undoshning unliga akkomodasiyasi kuzatiladi, masalan, fors tilida til oldi 
unlisidan oldin kelgan undosh tanglaylashadi». (22-bet) 
Ko‗rinadiki, maxsus ensiklopedik lug‗at soha mutaxassislari uchungina zarur bo‗lgan tushunchani ana shu soha 
ilmiy uslubiga xos ifoda bilan tasvirlaydi. 
Umumiy filologik lug‗at barcha soha kishilari, keng foydalanuvchilar ommasiga mo‗ljallangan izohli, imlo, 
orfoepik, tarjima lug‗atdir. «O‗zbek tilining izohli lug‗ati» (O‗TIL), «Ruscha-o‗zbekcha lug‗at» (RO‗L) ana 
shunday lug‗atlar sirasiga kiradi. Shu boisdan O‗TIL da shunday deyiladi: «Lug‗at keng o‗quvchilar ommasiga – 
tilshunoslar, o‗rta va oliy maktab o‗quvchilari va o‗qituvchilari, yozuvchilar, jurnalistlar, gazeta va nashriyot 
xodimlari va o‗zbek tiliga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‗ljallangan.» (1-tom, 5-bet) Izohli lug‗at so‗zning 
ma'nosini shu tilda sharhlaydi, izohlaydi va shu ma'nosi bilan nutq tarkibida beradi. Misollar:
BAQIRLAMOQ Baqir-buqur ovoz chiqarib qattiq qaynamoq. [Hamrobibi] dasturxon yozdi, baqirlab qaynayotgan 
samovarni keltirib, qopqoqlab qo‗ydi. R.Fayziy. El mehri. 
YOz 1 Yilning bahor bilan kuz orasidagi eng issiq fasli. Laylak keldi - yoz bo‗ldi. Dangasaning ishi bitmas, 
yoz kelsa ham qishi bitmas. 
2 ko‗chma Umrning eng gullagan yaxshi davri. YOzim o‗tdi, chiroyingizga to‗q bu quvnoq ko‗ngil. 
G‗ayratiy.
Ko‗ngli yoz bo‗ldi. Ortiq sevinib, bahri dili ochildi. Negadir otashin ko‗ngli yoz bo‗lib ketdi. 
O‗.Umarbekov. CHaros. 
Umumiy izohli lug‗atda lug‗aviy birlikning barcha - grammatik, uslubiy, frazeologik birlik tarkibida 
qatnashishi, omonimligi, qaysi tildan o‗zlashganlik belgilari ko‗rsatiladi. 
O‗zbek tilining bu tipdagi lug‗ati birinchi marta 1981 yilda Moskvada nashr etildi. «Boy leksikografik an'analarning 
davomi sifatida o‗tgan asrning 50-80 - yillari mobaynida o‗zbek tilshunosligida erishilgan va o‗zbek 
leksikografiyasini tilshunoslikning tez rivojlanib borayotgan mustaqil sohasiga aylantirgan ulkan muvaffaqiyati 
tufayli yuzaga kelgan» (1-tom, 5-bet) «O‗zbek tilining izohli lug‗ati» o‗zbek xalqi tarixi va ma'naviyati 
taraqqiyotida ulkan hodisa bo‗ldi. «Lug‗atning asosiy vazifasi o‗zbek tilining so‗z boyligini to‗plash va tavsiflash 
bilan birga, uning me'yorini belgilab berish va mustahkamlashdan ham iboratki, unda tilning imlo, talaffuz, so‗z 
yasash va ishlatish me'yorlari tavsiya etildi» (1-tom, 5-bet).
Demak, o‗zbek tilining ilk izohli lug‗ati o‗z oldiga qo‗yilgan o‗zbek tilining so‗z boyligini to‗plash va 
tavsiflash hamda uning me'yorini belgilashdan iborat tarixiy vazifasini bajardi. Biroq tilshunoslik fanining rivoji, 
o‗rganish manbaiga yondashuv omillari va metodologiyasining taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishining muayyan 
bosqichida ijtimoiy fanlarga qo‗yiladigan yangicha talablarning yuzaga kelishi ijtimoiy ong shakllaridan bo‗lgan 
tilning ilmiy talqinida ham yangicha qarashlar shakllanishiga olib keladi . 
Leksemalarning lug‗aviy ma'nosi talqinida lison va nutqni izchil farqlash talabi har bir so‗zga xos barqaror 
lisoniy va o‗tkinchi nutqiy jihatni ajratishni taqozo qiladi. Nutqiy hodisa cheksizlik va rang-baranglik tabiatiga ega 
bo‗lganligi bois leksikografik talqinning ob'ekti bo‗la olmaydi. Lug‗at so‗zga xos barqaror jihatnigina qamrab olish 
imkoniga ega. Demak, semasiologiya sohasida amalga oshirilgan izchil substansial tadqiqotlar lug‗atni 
tartiblashtirishda muhim tayanch omil bo‗lib, leksikografni cheksiz nutqiy ma'nolarni tartibga keltirish, lug‗atga 
kiritish hamda izohlash tashvishidan xalos etadi. Bunda har bir voqelangan nutqiy lug‗aviy ma'noda qorishgan o‗zga 
hodisalar tajallilarini e'tibordan soqit qilish, ushbu birlik (leksema)ning mohiyatiga daxldor bo‗lgan unsurni ajratish 
va tavsiflash leksikografik talqinda muhim ahamiyatga ega.
Imlo lug‗ati so‗zlarni amaldagi imlo qoidalariga muvofiq ravishda qanday yozish kerakligini o‗rgatadi. 
Demak, bunday lug‗at hammabop va amaliy tabiatga ega bo‗ladi va unga S.Ibrohimov va M.Rahmonovlarning 
1956, 1964 yillarda «O‗qituvchi» nashriyoti tomonidan» nashr etilgan, S.Ibrohimov, E.Begmatov va 
A.Ahmedovlarning 1976 yilda «Fan» nashriyoti tomonidan chop etilgan kirill yozuviga doir imlo lug‗atlarini kiritish 
mumkin. 
1995 yilda Sh. Rahmatullayev va A.Hojiyev tuzgan lotin imlosidagi imlo lug‗ati «O‗qituvchi» nashriyoti 
tomonidan chop etildi. 


Orfoepik lug‗atda so‗zning to‗g‗ri adabiy talaffuzi ko‗rsatiladi. Bunday lug‗at birinchi marta kichik hajmda 
M.Sodiqova va O‗.Usmonova tomonidan «O‗zbek tilining orfoepik lug‗ati» nomi bilan 1977 yilda «O‗qituvchi» 
nashriyoti tomonidan bosib chiqarildi. 
Maxsus filologik lug‗at tor o‗quvchilar ommasi – tilshunoslik bilan shug‗ullanuvchilar va boshqa ilmiy 
tadqiqotchilarga mo‗ljallangan bo‗ladi. O‗zbek tilining morfem, chastotali, ters, o‗zlashma so‗zlar, frazeologizm, 
sinonimlar, antonimlar, omonimlar, dialektizm, terminologik, etimologik lug‗atlar shular jumlasidan. 
Morfem lug‗atda leksik birlikning tarkibi-morfemik strukturasi ko‗rsatiladi. Bunday lug‗at birinchi marta 
A.G‗ulomov, A.N.Tixonov, R.Q.Qo‗ng‗urov tomonidan tuzilib, 1977 yilda «O‗qituvchi» nashriyoti tomonidan chop 
etilgan. 
Chastotali lug‗atda so‗zning qo‗llanish darajasi haqida ma'lumot beriladi. I.A.Kissen muallifligida chop etilgan 
«Slovar naiboleye upotrebitelnix slov sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazika» (Tashkent, 1970) lug‗ati 
chastotali lug‗at bo‗lib, unda ma'lum bir tanlangan matnlarda so‗zlarning qo‗llanilish chastotasi (takrorlanganlik 
miqdori) ko‗rsatiladi. Bunday lug‗at S.Rizayev, Z.Hamidov, N.Axmatov, N.Mamadaliyeva, R.Zohidov tomonidan 
alohida asarlar bo‗yicha tuzilgan. 
Ters lug‗atda so‗z teskari tomondan oxiridan alfavit tartibida joylashtiriladi. Bu ham lingvistik lug‗at 
bo‗lib, R.Qo‗ng‗urov va A.Tixonov tomonidan «Obratniy slovar uzbekskogo yazika» nomi bilan 1969 yilda 
Samarqandda chop etilgan. Undan namuna keltiramiz: 
serharajat 
hujjat 
xat-hujjat 
behujjat 
murojaat 
Hojat 
muhofazat 
ijozat 
O‗zlashma so‗zlar lug‗atida o‗zbek tiliga boshqa tildan kirib kelgan so‗z izohlanadi. Bu tipdagi lug‗at izohli 
lug‗atning bir ko‗rinishi. Ular qaysi tildan o‗zlashgan so‗zlarni izohlashiga ko‗ra turlicha nomlanadi. Masalan, 
O.Usmon va R.Doniyorovlar tomonidan 1965 yilda nashr etilgan «Ruscha-internasional so‗zlar izohli lug‗ati»da rus 
va boshqa yevropa tillaridan kirib kelgan so‗zlar izohlangan. 
Frazeologik lug‗at ham maxsus lingvistik lug‗atning bir turi bo‗lib, Sh.Rahmatullayev tomonidan tuzilgan «O‗zbek 
tilining izohli frazeologik lug‗ati» (Toshkent, 1978) bunday lug‗atning mukammal namunasidir. Undan misollar 
keltiramiz. 
«Qulog‗(i)ga chalinmoq nima kimning? Biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitmoq. O‗xshashi: 
qulog‗(i)ga kirmoq. Erkaklar orasidagi gap Asalbibining qulog‗iga chalingan edi. Oybek. Oltin vodiydan shabadalar. 
Uzoqdan traktorning guvillagan ovozi quloqqa chalindi. R.Fayziy. Cho‗lga bahor keldi». (294-bet) 
«Qurimoq - yostig‗ini quritmoq: yostig‗i quridi: tinka-madori quridi: tinkasini quritmoq: esim qursin» (375-
bet) 
Onomastik lug‗at o‗zbek leksikografiyasining alohida sohasiga aylandi. Bunday lug‗atda atoqli ot (onomosionim), 
toponim yoki antroponim izohlanadi va ular etimologik lug‗atning o‗ziga xos ko‗rinishi. Bunga T.Nafasov 
tomonidan tuzilgan «Janubiy O‗zbekiston toponimlarining izohli lug‗ati»ni, S.Qorayevning «Joy nomlarining izohli 
lug‗ati»ni misol qilib keltirish mumkin.
Dialektal lug‗at o‗zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo‗lgan leksik birliklarni qayd qiladi. Bunday lug‗at, 
umuman, o‗zbek tilining barcha shevalariga xos yoki ma'lum bir sheva so‗zini izohlashga mo‗ljallangan bo‗lishi 
mumkin. 1971 yilda mualliflar jamoasi tomonidan «Fan» nashriyotida chop etilgan «O‗zbek xalq shevalari 
lug‗ati»ni bunga misol qilib keltirish mumkin. Lug‗atdan misol keltiramiz: 
Govara (Buxoro) beshik 
Gavdo‗sha (Buxoro) xurmo 
Gajdim (Nayman) chayon (62- bet) 
Terminologik lug‗atlar ma'lum bir sohaga tegishli so‗zni izohlaydi. Terminologik lug‗at izohli yoki tarjima 
ko‗rinishiga ega bo‗ladi. Demak, terminologik lug‗atni bir tilli va ko‗p tilli lug‗atga bo‗lish mumkin. Quyida 
A.Hojiyevning «Lingvistik terminlarning izohli lug‗ati» (Toshkent, «O‗qituvchi», 1985) dan namuna keltiramiz: 
«Kriptologiya. Maxfiy tillar, ularni tuzish qonuniyatlarini, rasshifrovka qilish usullarini o‗rganuvchi fan. 
Ko‗makchili aloqa. So‗zlar o‗rtasida ko‗makchilar vositasida yuzaga keladigan aloqa: qalam bilan yozmoq, 
uyga qadar yugurmoq kabi.» 


Tarjima lug‗atlar bir tildagi so‗z ma'nosining boshqa tilda ifodalanishi, berilishini ko‗rsatadi. Ruscha-
o‗zbekcha lug‗atdan misol: 
RAZBOGATET‘ sov, (nesov, bogatet) boyimoq, boyib ketmoq, davlat orttirmoq. 
SAREVNA j. r. mn.-ven. malika, shohbekach (podshohning qizi)
Tarjima lug‗ati ikki tilli yoki ko‗ptilli bo‗lib, lug‗atlarda so‗z ikkitadan ortiq tilda beriladi. Bunday lug‗atlar 
juda kam.
Tarjima lug‗atlari qanday birliklarni ifodalashiga ko‗ra turlicha bo‗ladi:
leksik birliklar lug‗ati; 
frazeologizmlar lug‗ati; 
har ikkala birliklar lug‗ati; 
maqollar lug‗ati. 
1984 yilda Toshkentda nashr etilgan ikki tomli «Ruscha-o‗zbekcha lug‗at» leksik birliklar lug‗atidir. 
Frazeologik birliklar tarjima lug‗atiga M.Sodiqovaning «Ruscha-o‗zbekcha frazeologik lug‗ati» (Toshkent, 
1972) namuna bo‗ladi. Undan ayrim misollar keltiramiz: 
Axnut ne uspel - ko‗z ochib-yumguncha, bir zumda: og‗iz ochib bir narsa deguncha ham bo‗ladi: bir og‗iz 
ham gap aytolmay qoldi.(14-bet). 
Bez zadnix nog - s.t. juda charchab holdan toygan, sulayib qolish (82-bet). 
O‗zbek lug‗atchiligi axborot texnologiyalari asosida rivojlanish bosqichiga qadam qo‗ymoqda.Hozirgi 
kunda o‗zbek tilining o‗quv lug‗atlari ona tili ta‘limida muhim ahamiyat kasb etmoqda, ularni tuzish esa 
leksikografiyaning alohida tarmog‗iga aylanmoqda. Buning sababi shuki, lug‗at til va olamning dunyoqarash bilan 
bog‗liq manzarasi haqidagi bilimlarni umumlashtirish va qayd qilishning eng qulay shakli bo‗libgina qolmay ta‘lim 
berishning eng muhim vositasi hamdir. Modomiki o‗quvchilarning so‗z boyligini oshirish ona tili 
mashg‗ulotlarining asosiy vazifasi ekan, ularni turli lug‗atlar bilan tanishtirish va bu lug‗atlardan foydalanish 
malakalarini shakllantisrish muhim masala hisoblanadi. Lug‗at imlo savodxonligini oshirish, so‗z boyligini 
oshirishning muhim manbayi, o‗quvchining asosiy maslahatchisidir. 
O‗quv lug‗ati nima? O‗quv lug‗atchiligining umumiy (akademik) lug‗atchilikdan farqi nimada?
O‗quv lug‗atchiligi akademik lug‗atchilikka nisbatan kichik shakllar va ko‗proq ta‘limiy yo‗naltirilganlikka ega 
bo‗lgan lug‗atchilik sifatida ta‘riflanadi. O‗quv lug‗atlari o‗qish-o‗qitish maqsadi bilan tuziladi, talabalar yoki 
maktab o‗quvchilari uchun mo‗ljallanadi. Bunday lug‗atlar tanlangan leksik materialning hajmi, tanlash yo‗li, 
muayyan o‗quv das-turini nazarda tutishi, o‗quvchi kitobxonlarning bilim darajasini hisobga olishi kabi 
xususiyatlari bilan ajralib turadi. 
Biroq ba‘zan ―o‗quv lug‗atchiligi‖ tushunchasining hajmi kengaytiriladi: unga faqat maxsus o‗quv lug‗atlari 
(kichik hajmdagi) emas, darsliklardagi yordamchi lug‗atchalar, shuningdek leksik minimumlar, ya‘ni muayyan 
bosqichda o‗rgatish tavsiya etiladigan so‗zlar ro‗yxati, hatto o‗zlashtirish qiyin so‗zlarni o‗rgatishga mo‗ljallangan 
lug‗at ko‗rinishidagi o‗quv qo‗llanmalari ham kiritiladi. Shunday qilib o‗quv lug‗ati termini ikki ma‘noda ishlatiladi: 
1) ta‘lim berishga mo‗ljallangan har qanday turdagi lug‗at ma‘nosida, 2) har bir so‗zga o‗quvchiga tushunarli izoh, 
grammatik tavsif, asosiy paradigmatik va sintagmatik aloqalari berilgan leksika bo‗yicha har qanday qo‗llanma. 
SHundan kelib chiqib o‗quv leksikografiyasiga ―leksikani ta‘limiy maqsadlarda nazariy va amaliy jihatdan 
tavsiflaydigan alohida lingvometodik soha‖ (V. V. Morkovkin) deb ta‘rif berish mumkin.
Bu ta‘rif o‗quv leksikografiyasining eng muhim jihatlariga e‘tibor qaratishga imkon beradi: o‗quv lug‗ati oddiy 
lug‗atdan nimasi bilan farq qiladi, bunday lug‗at uchun so‗zlarni qay tarzda tanlash kerak, so‗zni izohlashning qaysi 
usullari o‗quv lug‗atining vazifalarga ko‗proq javob beradi va h. k. YUqoridagi ta‘rif o‗quv lug‗atlarini shunchaki 
umumiy leksikografiya tarkibiga kiritibgina qolmay, balki uning chegaraviy xususiyatini, ya‘ni u ikki fan: an`anaviy 
leksikografiya va til o‗qitish metodikasi tutashgan joyda tug‗ilganini ham aks ettiradi.
SHunday qilib o‗quv lug‗atlari bir qator o‗ziga xos belgilarga ega: 1) metodik yo‗naltirilganligi va qat`iy ravishda 
ta‘limining muayyan bosqichiga mo‗ljallanganligi, 2) til materialini o‗quv-metodik maqsadga muvofiqlik mezoniga 
javob berishi lozim bo‗lgan tarzda o‗ziga xos tanlab olish, 3) nutqiy amalning barcha tsiklini qamrab olishi, nutqiy 
faoliyatning barcha turini o‗rgatish.
Binobarin o‗quv lug‗atlarini tuzish ―katta‖ lug‗atlarni mexanik tarzda qisqartirishdan iborat emas, u aytib o‗tilgan 
barcha leksikografik tushunchalarni qayta ko‗rib chiqishni talab qiladi. 
Yuqorida aytilganidek didaktik (ta‘limiy) element har qanday lug‗atga, ayniqsa me‘yoriy lug‗atga xos, biroq 
maxsus o‗quv lug‗atlarida u juda kuchayadi, chunki unda ko‗rsatma berish, qat`iy belgilash jihati ma‘lumot berish 
jihatidan ustunlik qiladi. 


O‗quv lug‗atining barcha turida lug‗atning pedagogik nutqiga, ya‘ni didaktik yo‗naltirilgan leksikografik nutqqa 
katta e‘tibor beriladi. Bunday lug‗atning tili o‗qituvchining pedagogik nutqi yoki darslikning didaktik tili bilan bir 
xil tabiatga ega bo‗ladi.
Har bir o‗quv lug‗atining asosiy muammolaridan biri so‗zlikni shakllantirishdir. Bunday lug‗at o‗zbek tilining 
ko‗p qo‗llanadigan va muhim leksikasini aks ettirishi kerak: unga tilning leksik yadrosini tashkil qiluvchi so‗zlar 
bilan birga turli nutq vaziyatini qamrab oladigan, turli mavzuda va har qanday holatda muloqot qilish uchun etarli 
bo‗lgan so‗zlar, zarur leksik minimum ham kiradi. 
O‗quv lug‗atining o‗ziga xosligi leksik birliklarni izohlashda ham namoyon bo‗ladi. U sodda, tushunarli, qisqa va 
aniq bo‗lishi kerak. So‗z ma‘nosini o‗quv maqsadida izohlashning bir necha juda samarali usuli mavjud: umumiy 
tushunchani xususiy, soddaroq tushuncha orqali izohlash ( hasharot ‒ ari, chumoli, qo‗ng‗iz), mazmunan yaqin 
tushunchalarni o‗ziga xos farqli belgisi orqali chegaralash (qalin ko‗ndalang ‒ o‗lchami katta, yo‗g‗on ‒ ko‗ndalang 
kesimi katta), ma‘noni surat, chizma yordamida izohlash, so‗zlar birikuvchanligi orqali izohlash (yashirin izohlash) 
va h. k.
O‗quv lug‗atida so‗zning paradigmatikasi (sinonim, atonim, leksik-semantik va mavzuviy guruhlari) muntazam va 
aniq ko‗rsatilishi lozim. SHuning uchun o‗quv leksikografiyasida mavzuviy (ideografik) lug‗atlar tuzish dolzarb 
masaladir. 
O‗quv lug‗atining so‗z maqolasi tuzilishi ham o‗ziga xos xususiyatga ega. Unda so‗z haqidagi lingvistik ‒
grammatik, semantik, orfoepik va h. k. axborot yanada qat`iyroq bir xillikka olib kelinishi lozim. O‗quv lug‗atining 
lug‗at maqolasida so‗z, uning shakllari, nutqda qo‗llanishi haqida, ya‘ni o‗quvchiga o‗zbek tilidan faol 
foydalanishga yordam beradigan barcha narsa haqida to‗liq ma‘lumot berilishi lozim.
Shunday qilib o‗quv lug‗ati metodik talablarga javob beradigan, odatda kichik formatdagi bitta jild ko‗rinishida 
tayyorlanadigan va ma‘lumotni tez va oson olishni ta‘minlaydigan u yoki bu tamoyil asosida tartib berilgan 
so‗zlarning ular haqida lisoniy ma‘lumot berilgan ro‗yxatidir. 
O‗quv lug‗atlari zarurligi haqida ko‗p gapirib va yozib kelinmoqda. O‗quv lug‗atlari yaratilmas, o‗quvchilarning 
stolida ona tilidan uning yoshiga mos ko‗plab o‗quv lug‗atlari turmas, buning uchun o‗quv leksikografiyasi nazariy 
va amaliy soha sifatida tizimli yo‗lga qo‗yilmas ekan, ona tili ta‘limi o‗zining haqiqiy mohiyatidan begonaligicha 
qolaveradi.
Mamlakatimizda o‗quv lug‗atchiligi sohasi eng oqsoq sohalardan. Uning etarli darajada shakllanmaganligi 
lug‗atlarni tayyorlash va nashr qilish bilan bog‗liq ilmiy va moliyalashtirish tizimi yaratilmaganligi bilan bog‗liq. 
O‗zbek o‗quv lug‗atchiligining yo‗lga qo‗yilishi quyidagi muammolar echimi bilan bog‗liq: 
o‗zbek leksikografiyasi negizida o‗quv lug‗atchiligi tarmog‗ini tashkil qilish; 
o‗quv lug‗atchiligining nazariy va amaliy masalalari bilan shug‗ullanadigan Doimiy anjuman tashkil etish; 
o‗quv lug‗atlarining lingvistik va pedagogik asoslarini yaratish; 
o‗quv lug‗atlarini tuzish tamoyillarini ishlab chiqish; 
o‗quv lug‗atlarini tuzish nazariyasi va amaliyoti bilan shug‗ullanuvchi markaz tashkil qilish; 
lug‗atlarni nashr qilishni moliyalashtirish; 
o‗quv lug‗atlarining elektron versiyalarini yaratishni yo‗lga qo‗yish. 
Bu muammolarning yechimi ona tili ta‘limidagi ulkan bo‗shliqning to‗ldirilishiga olib keladi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin