O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘limi vazirligi


partonimiya, sinonimiya, antonimiya kabi ma‘noviy munosabatlar o‗zaro bog‗lab



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129094
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta‘limi vazirligi


partonimiya, sinonimiya, antonimiya kabi ma‘noviy munosabatlar o‗zaro bog‗lab 
turadi. Quyidagi chizmada leksik tizimning bo‗linishi ot so‗ziga yo‗naltirilgan 
holda tasvirlangan. 


Leksik sistema va uning 
bo‘linishi 
I bosqich. 
1.Mustaqil leksema. 
2.Nomustaqil 
leksema. 
II bosqich. 
1.Olmosh 
2.Tasirlovchi so‘z 
III bosqich. 
Olmosh 
IV bosqich. 
Ot 
So‘z-gap 
Taqlid 
Ravish 
(fe’l,ot, sifat,son) 
V bosqich. 
2.Turdosh ot 
1.Atoqli ot 
Muayyan 
Mavhum 
VI bosqich 
VII bosqich 
VIII bosqich 
Maxluqot 
Narsa 
Yakka 
Jam 
IX bosqich 
Jonzot 
O‘simlik 
Odam 
Jonivor 
hasharot 
parranda 
baliq 
X bosqich 
hayvon 
XI bosqich 
Uy hayvoni 
Yovvoyi hayvon 
Ot 
XII bosqich 
Chorva 
Qoramol 
Mayda mol 
Eshak 
Tuya 
XIV bosqich 
Ot LMGlari 
Rang tusiga ko‘ra 
Otning asl turiga ko‘ra 
Vazifasiga ko‘ra 
Ayg`ir 
Baytal 
Bedov 
Qozoqi 
Arabi 
Mo‘guli 
Saman 
qashqa 
chovkar 
jiyron 
Salt 
Yukchi 
Uloqchi 
poygachi 
It, mushuk 
Ulov 
XIII bosqich 
Ulov 
Otning jinsiga ko‘ra


Chizmadan ko‗rinib turibdiki, bunday pog‗onali qurilishda har bir bosqich pastki 
bosqichga nisbatan katta, yuqori bosqichga nisbatan esa kichik hisoblanadi. Shu 
bois leksik tizimlarga nisbatan katta tizim (makrotizim) va kichik tizim 
(mikrotizim) atamalari ko‗p ishlatiladi. Ayni vaqtda katta tizim va kichik tizim 
tushunchalari hamisha nisbiy bo‗ladi. Chunki muayyan bosqichda muayyan tizim 
yuqorida joylashganidan kichik (ya‘ni unga nisbatan kichik tizim, mikrotizim), 
pastda joylashganidan esa katta (ya‘ni katta tizim, makrotizim)dir. Hatto o‗zbek 
tilining butun lug‗at tarkibi tilning atovchi (nomlovchi) birliklari (leksemalar, so‗z 
yasash vositalalari, so‗z birikmalari hosil qilish qoliplari, murakkab atamalar, 
iboralar va h.k.)ga nisbatan kichik tizimdir. 
So‗z va uning belgilari. Leksikologiyaning asosiy birligi so‗zdir. So‗zga 
quyidagicha ta‘rif berish mumkin: borliqdagi narsa, belgi, miqdor, harakat, 
munosabat kabilarni nomlovchi til birligi so‗z deyiladi. Masalan, oltin so‗zi sariq 
rangli qimmatbaho metallning nomi, sariq so‗zi rangning nomi, o‗n so‗zi muayyan 
miqdorning nomi, yurmoq so‗zi ma‘lum harkatning nomi, do‗stlik so‗zi ma‘lum 
munosabatning nomi. Demak, so‗z mohiyatan nom ekan. 
So‗z murakkab til birligi bo‗lib, quyidagi belgilarga ega: 
1. Borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilarni nomlaydi, ya‘ni nominativ vazifa 
bajaradi. Biroq so‗z borliqdagi har qanday alohida narsani emas, bir turga mansub 
narsalar haqidagi umumiy tushunchani ifodalaydi. Masalan, tosh so‗zi ―yaxlit 
massa yoki bo‗lak-bo‗lak holda uchraydigan, qattiq, mo‗rt tog‗ jinsi‖ degan 
tushunchani bildiradi va bu so‗z bilan borliqdagi har qanday toshni nomlash 
mumkin. 
2. Har bir so‗z tovush qobig‗iga ega. Masalan, bola so‗zi b, o, l, a tovushlar 
tizmasidan iborat. So‗zning fonetik o‗ziga xosligi shundan iboratki, uning ichiga 
boshqa til birligini kiritib bo‗lmaydi. Masalan, belkurak so‗zining qismlari orasiga 
boshqa so‗z kiritib bo‗lmaydi. Bel bog‗lash so‗z birikmasining orasiga esa so‗z 
kiritib, belni mahkam bog‗lash so‗z birikmasi zanjirini hosil qilish mumkin. 
3. So‗z nutqda turli-tuman grammatik ma‘nolarni ifodalash uchun shu 
ma‘nolarga xos shakllarda qo‗llanadi. Boshqacha aytganda, so‗zlar shakl yasalish 
tizimiga ham ega: kitob+lar+im, ishchi+lar+imiz+ga, o‗qi+yap+ti+lar.
4. Alohida olingan so‗z muayyan tushunchani ifodalasa, gap tarkibida ma‘lum 
gap bo‗lagi, ya‘ni fikrning bir qismini ifodalaydi. Masalan, Bog‗da bulbul 
sayrayapti gapida bog‗da so‗zi hol, bulbul so‗zi ega, sayrayapti so‗zi kesim 
vazifasini bajaryapti, mazmunan esa bog‗da so‗zi ish-harakatning o‗rnini, bulbul 


so‗zi ish-harakatning bajaruvchisini, sayrayapti so‗zi esa bajauvchining ish-
harakatini hukm tarzida ifodalayapti. 
So‗zning lug‗aviy ma‘nosi. So‗zning muhim belgisi ma‘noga egaligidir. So‗z 
ma‘nosida borliqdagi biror narsa-hodisa haqidagi tushuncha aks etadi. Tushuncha 
tafakkur birligi bo‗lib, narsa va hodisalarning mantiqan ajratilgan muhim 
belgilarini umumlashtirib, birlashtirib aks ettiruvchi fikr shaklidir. Tushunchaning 
sezgi, idrok va tasavvurdan farqi shundaki, u konkret belgi va jihatlarni emas, eng 
umumiy, eng umumiy belgilarnigina saqlab qoladi. Tushuncha uchun umumiylik 
xos. Masalan, borliqda turli-tuman daraxt mavjud. Ular bir-biridan bargi, 
tanasining rangi, shakli, bo‗yi, mevali-mevasizligi va boshqa belgilari bilan farq 
qiladi. Biroq ongimizdagi daraxt tushunchasi ―yo‗g‗on tanali, shoxlab o‗sadigan 
ko‗p yillik o‗simlik‖ degan umumlashma tasavvurdan iborat. Bu tushunchada 
daraxtlarning eng muhim belgilari umumlashtirilgan bo‗lib, unda borliqdagi 
alohida daraxtlarning konkret, muhim bo‗lmagan belgilari (bargining shakli,
tanasining rangi, shakli, bo‗yi, mevali-mevasizligi) aks etmagan.
Kishining fikrlashi tushuncha asosida vujudga keladi. Shu ma‘noda, so‗z – 
tushunchaning 
tildagi 
ifodasi. So‗z tushunchaning moddiy qobig‗ini 
shakllantiruvchi va ichida saqlab turuvchi ―idish‖ni tashkil etsa, tushuncha 
so‗zning mazmun tomonini – ma‘nosini tashkil etadi. 
Tushuncha va so‗z orasidagi izchil aloqa – nihoyatda keng masala. Bunda 
jamiyat, milliylik va voqelik munosabatlari katta ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, biz 
(o‗zbeklar) qor tushunchasini bir so‗z bilan ataymiz, eskimoslar esa taxminan 10 
xil so‗z bilan qor turlarini farqlaydi va aksincha biz otning 50 dan ortiq turini 
alohida-alohida so‗z bilan farqlaymiz. O‗zbek uchun ot va uning turlarini 
anglatuvchi baytal, biya, ayg‗ir, qulun, toy, g‗o‗nan, do‗nan kabi tafakkur birliklari 
(biz bu so‗zlarning ma‘nosini nazarda tutyapmiz) tushunchadir. Demak, tushuncha 
milliy xususiyatga ham ega. 
Yuqorida aytilganlar so‗z va tushuncha biri ikkinchisini talab etadigan, bir-
birisiz mavjud bo‗la olmaydigan dialektik munosabatdagi birliklar ekanligidan 
dalolat beradi. Shunday yaqin aloqa va bog‗lanishda bo‗lgani holda so‗z 
tushunchaga, tushuncha esa so‗zga teng emas va ularning har birining o‗ziga xos 
xususiyatlari bor. 
Birinchidan, so‗z ikki tomonlama birlik bo‗lib, tashqi – moddiy hamda ichki – 
mazmun tomonlaridan iborat. Shu tufayli so‗zni leksikologiyada mazmun 
tomonidan, fonetika, morfologiyada ifoda tomondan tekshirishga imkon bor. 
Tushuncha esa bir tomonlama birlik bo‗lib, u abstraksiya, umumlashtirishdan 


iborat. Shuning uchun ham tushunchaning tashqi tuzilishini o‗rganib bo‗lmaydi. 
So‗z esa o‗zining ma‘nosi bilangina tushuncha bilan bog‗lanadi. Tushuncha 
ongimizda faqat mazmun tomondan tizim hosil qiladi, so‗z esa semantik sistemaga 
ham, grammatik, leksik, morfologik, uslubiy tizimlarga ham kiradi. Shu asosda 
so‗z va tushuncha orasidagi birinchi farqni: So‗z ikki tomonli lisoniy birlik
tushuncha esa bir tomonli bo‗lib, tafakkur birligidir deb berishimiz mumkin.
Ikkinchidan, so‗zlar mustaqil, yordamchi va so‗z-gaplarga ajraladi, tushuncha
bilan bog‗liqlik esa mustaqil so‗zlarning bir qismiga – olmosh turkumidan boshqa 
so‗zlarga xosdir. Yordamchi so‗zlar, olmoshlar tushuncha bilan bog‗lanmagan. 
Undov, modal, taqlid va taklif-ishora (chunonchi, oh, albatta, tiq-tiq, ma) 
so‗zlarning tushuncha bilan bog‗langanligi munozaralidir. Bundan tashqari, 
tushuncha faqat so‗z bilan emas, so‗z birikmasi va so‗z birikmasi zanjiri bilan ham 
ifodalanadi. Shu asosda so‗z va tushuncha orasidagi ikkinchi farqni: Hamma so‗z 
ham tushunchaning shakli emas, tushunchaning shakli faqat so‗z emas deb 
berishimiz mumkin. Shu asosda tushunchaga tavsif berganda ―Tushuncha so‗z 
bilan ham (olim), so‗z qo‗shilmasi bilan ham (Abu Nasr Forobiy), so‗z birikmasi 
bilan ham (Muallimi soniy, Sharq Aristoteli) ifodalanadi‖ deyish mumkin. Shuning 
uchun sof mantiqiy nuqtayi nazardan urg‗ochi ot – baytal, qulunli ot – biya, 
onaning akasi – tog‗a ayni bir tushunchaning ikki xil shaklidir. Lekin ularni 
sinonim deb atash mumkin emas, chunki ulardan biri so‗z, ikkinchisi so‗z 
birikmasi bo‗lib, turli lisoniy sath birliklaridir. 
Uchinchidan, tilda ayni bir tushuncha nafaqat turli sath birliklari bilan, ayni bir 
sathning bir necha birligi bilan berilishi mumkin (sinonimiya). Chunonchi, kichik –
mayda, o‗rganmoq – o‗zlashtirmoq, o‗lmoq – vafot etmoq va aksincha, ayni bir 
so‗z bir necha tushunchani ifodalashi mumkin (ko‗p ma‘nolilik): o‗rik – meva, 
o‗rik – daraxt. 
Shu asosda so‗z va tushuncha orasidagi uchinchi farqni ―Bir tushuncha bir necha 
so‗z bilan va bir necha tushuncha ayni bir so‗z bilan ifodalanishi mumkin‖ deb 
berishimiz mumkin. 
To‗rtinchidan, 
tushuncha 
tafakkur 
birligi, 
borliq 
lohidaliklari 
va 
munosabatlaridagi umumiy va muhim tomonlarning ongdagi in‘ikosi bo‗lib, 
baholash, unga kimningdir munosabati, qo‗shimcha (yondosh, hamroh) ma‘nolar 
xos emas; u baho ma‘nosidan xolidir. So‗z esa, aksincha, konnotativ (qo‗shimcha 
uslubiy) ma‘no bo‗yog‗isiz bo‗lmaydi. Chunonchi, turq-angor-aft-bashara-YUZ-
chehra-jamol-oraz-ruxsor qatoridagi yuz so‗zi bo‗yoqsiz emas, balki neytral 
bo‗yoqlidir. Shu xususiyat asosida to‗rtinchi farqni ―Tushuncha uchun qo‗shimcha 


ma‘no xos emas, so‗z esa qo‗shimcha ma‘nosiz bo‗lolmaydi‖, - deb ifodalashimiz 
mumkin. 
Beshinchidan, tuhsuncha tarixiy taraqiyot natijasida o‗zgarishi, hatto o‗z aksiga 
o‗tishi va bu so‗zga ta‘sir etmasligi, shuning aksi sifatida so‗z tamoman o‗garib, 
tushunchaga mutlaqo ta‘sir etmasligi mumkin. Birinchi holatni biz Birinchi holatni 
biz Yer va Quyosh haqidagi bundan yuz yil oldingi va bugungi 
tushunchalarimizning qiyosida ko‗rsak17, ikkinchi holatni bundan yigirma yil 
oldin ishlatilgan oblast, rayon so‗zlarining viloyat, tuman so‗zlari bilan osongina 
almashinganida ko‗ramiz. Shu asosda so‗z va tushuncha orasidagi beshinchi 
farqni ―So‗z o‗zgarib, tushuncha o‗zgarmasligi va, aksincha, tushuncha o‗zgarib 
so‗z o‗zgarmasligi mumkin‖ deb ifodalashimiz mumkin. 
So‗z va tushuncha orasidagi munosabatni ko‗rib o‗tdik. Endi shu asosda so‗z 
ma‘nosiga ta‘rif beramiz. So‗zning borliqdagi biror (bir turdagi) narsa, belgi, 
miqdor, harakat, munosabat haqidagi tushunchani ifodalashi uning ma‘nosi 
deyiladi. Masalan, gilam so‗zining ma‘nosi ―odatda jun, ipakdan to‗qilib, yerga, 
polga to‗shaladigan yoki bezak uchun xona devorlariga osib qo‗yiladigan uy 
jihozi‖. 
So‗zning ma‘nosi murakkab bo‗lib, uning bir necha turi mavjud. Eng avvalo 
ma‘noning lug‗aviy (leksik) va grammatik ma‘no turini farqlash kerak. 
So‗zning borliqdagi qanday narsa, belgi, miqdor, harakat, munosabat haqidagi 
tushunchani ifodalashi uning lug‗aviy ma‘nosi deyiladi. Masalan, atala – 
―qizdirilgan yog‗ga qovurilgan un solib, suv qo‗shib pishiriladigan suyuq ovqat‖, 
arang – ―katta qiyinchilik bilan, zo‗rg‗a‖, archmoq – ―po‗stini, qobig‗ini olmoq, 
po‗chog‗ini tozalamoq‖. So‗zlarning lug‗aviy ma‘nosi izohli lug‗atda qayd etiladi. 
So‗zning leksik ma‘nosi uning o‗zak, negizida bo‗ladi. Ba‘zi bir so‗zda lug‗aviy 
ma‘no bo‗lmaydi: lekin, bilan, ammo, uchun, sari kabi. Faqat mustaqil so‗zgina 
atash ma‘nosiga ega. Olmosh bundan mustasno. U o‗zi ishora qiladigan so‗zning 
atash ma‘nosiga ishora qiladi. 
Grammatik ma‘no deganda nima tushuniladi? 
So‗zning biror so‗z turkumiga xos belgisi, so‗z birikmasi va gapdagi vazifasini 
ko‗rsatuvchi xususiyati grammatik ma‘no deyiladi. Chunonchi, "Bolalar qiziqarli 
kitobni o‗qiydi" gapini olsak, "Bolalar" so‗zida 2 xil ma'no ajralib turadi:1) 
lug`aviy ma'no - ya'ni bu so‗zning borliqdagi odam jinsiga mansub bo‗lgan, yosh 
jihatdan voyaga yetmagan shaxsni yoki voyaga yetgan kimsaning farzandi, 
17 Yuz yil oldin bizning ongimizda Quyosh Yer atrofida aylanardi, hozir esa teskarisi. 


avlodini atab kelish; 2) ko‗plik sonda, bosh kelishikda, gapda ega vazifasida kelgan 
turdosh ot. Bu ma‘nolardan birinchisi lug‗aviy, leksik ma‘no bo‗lsa, ikkinchisi 
grammatik umumlashgan ma‘nodir. Grammatik ma‘no juda ko‗p so‗z uchun bir 
xil, ya‘ni umumiy bo‗ladi. Lug‗aviy ma‘no esa har bir so‗zda alohida. 
Lug‗aviy ma‘noning bir necha turi mavjud. Bu turlar o‗zaro bog‗liq bo‗lgan bir 
necha juftlikni hosil qiladi. 
1. Semema va nutqiy ma‘no. Semema va nutqiy ma‘no haqida so‗z yuritishdan 
oldin leksema tushunchasiga to‗xtalib o‗tish joiz.
Sistem yondashuvda leksik sath birligi tilshunoslikda leksema atamasi bilan 
nomlanadi. Leksema lisoniy birlik bo‗lsa, so‗z uning nutqiy voqelanishi, nutqiy 
birlik. SHuning uchun leksema barcha lisoniy birliklarga xos bo‗lgan tayyorlik, 
umumiylik, majburiylik kabi xossalarga, so‗z esa nutqiy birliklarning tayyor 
emaslik, individuallik, ixtiyoriylik belgilariga ega. 
Masalan, o‗zbek tilida so‗zlashuvchilarning ongida, deylik [stol], [ona], [ruchka], 
[bormoq], [qizil], [o‗n] leksemalari borliqdagi biror narsa, predmet, harakat, 
miqdor, belgi kabini ifodalovchi ongdagi tushunchaning in`ikosi sifatidagi 
ma‘nolari bilan tayyor holda, so‗zlovchining «buyrug‗i»ni kutgan holda turadi. 
So‗zlovchiga u ajdodlar tomonidan shakliy va mazmuniy yaxlitlik sifatida «meros 
qilib qoldirilgan». So‗zlovchi uning na shakl, na ma‘no tomonini hamma uchun 
umumiy qilib o‗zgartira oladi. Ularni nutq jarayonida boshqa bir ma‘noda qo‗llashi 
mumkin. Lekin til jamiyati ongida mazkur shakl bu ma‘noni ifodalashga 
xoslanmaganligi uchun u umumiylik va barqarorlik xossasiga ega bo‗la oladi.
So‗z esa til jamiyati a‘zolari ongidagi leksemaning so‗zlovchi tomonidan nutq 
sharoitiga mos ravishda qo‗llanilishi. Leksema so‗z sifatida voqelanganda, 
o‗zining bir qirrasinigina olib chiqadi. So‗zlovchi leksemani so‗z sifatida nutqqa 
chiqarganda, unga morfologik, sintaktik, uslubiy jihatdan ishlov beradi. So‗z 
so‗zlovchi tomonidan leksema asosida uning nutq maqsadiga mos ravishda 
tayyorlanadi. Masalan, Men qiziq, sarguzasht kitoblarni sevaman gapidagi 
kitoblarni so‗zini olaylik. Undagi nutqiy lug‗aviy ma‘no uchun [kitob] leksemasi 
asos bo‗lgan. Biroq leksemaning fonetik qiyofasi (ya‘ni tovushlar), morfologik 
belgilari (ko‗plik, tushum kelishigi), sintaktik vazifasi (so‗z kengaytiruvchisi, tobe 
a‘zo, to‗ldiruvchi ekanligi) kabilar so‗zlovchining individual sa‘y-harakati asosida 
yuzaga keltirildi. [kitob] leksemasi ongimizda «varaqdan tashkil topgan, 
muqovalangan, bosma yoki qo‗lyozma holdagi, davriy bo‗lmagan o‗quv quroli» va 
«yirik hajmli asarning qismi» kabi ikkita sememasi bilan tayyor va barqaror 
holatda turadi. Yuqoridagi gapda (nutqda) uning bir sememasi yuzaga chiqqan.


Leksema so‗zdan boyroq va kengroq. Biroq so‗z nutqda turli «begona» – 
bevosita leksemaga aloqador bo‗lgan lisoniy va aloqador bo‗lmagan kontekstual 
hodisalar bilan «boyitilgan», nutqda voqelanish uchun shakllantirilgan bo‗ladi. 
Leksemaning «boy»ligi «o‗ziniki»dir. So‗z esa, aytilganidek, o‗z asosidagi 
leksemaga tegishli bo‗lmagan boshqa nolug‗aviy omillar - fonetik, morfologik, 
sintaktik uslubiy mohiyatlar hamda nolisoniy hodisa zarralarini biriktirib, o‗ziga 
tegishli bo‗lmagan hodisalar hisobiga «boyiydi».
Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi. Semema ongda aks 
etgan 
narsa, 
belgi, 
miqdor, 
harakat 
kabi 
tushunchaning 
leksemada 
mujassamlashgan ko‗rinishi. Boshqacha aytganda, semema leksemaning ichki 
jihati. 
Birorta leksemaning sememasi ikkinchi leksemaning sememasiga aynan 
o‗xshash bo‗lmaydi. Boshqacha aytganda, bir xil sememaga ega ikkita leksema 
yo‗q. Bunga ikkita sinonim leksemaning sememasini qiyoslash asosida amin 
bo‗lishimiz mumkin: 
[yuz] - inson boshi old tomonining peshanadan iyakkacha bo‗lgan qismining 
uslubiy betaraf ifodasi. 
[bet] - inson boshi old tomonining peshanadan iyakkacha bo‗lgan qismining 
so‗zlashuv uslubiga xos ifodasi. 
Ko‗rinadiki, birinchi sememadagi «uslubiy betaraf» unsuri ikkinchi 
sememada, ikkinchi sememadagi «so‗zlashuv uslubiga xos» unsuri birinchi 
sememada yo‗q. 
Agar semema aynan bo‗lib qolsa, demak, bu ular tavsifida noqislik mavjud 
deyishga asos bo‗ladi. Semema mukammal tavsiflanganda, bu tavsifdanoq ushbu 
tilni eng nozik jihatlarigacha puxta bilgan kishi so‗z qaysi leksema haqida 
ketayotganligini ravshan anglaydi. 
Har qanday butunlik bo‗lakdan tashkil topganligi kabi, semema ham tarkibiy 
qismdan iborat bo‗ladi. Masalan, leksema butunlik sifatida nomema va sememadan 
tashkil topadi. 
Nomema butunligini tovush hosil qiladi. Tilshunoslikda sememani tashkil 
etuvchi unsur sifatida sema ajratiladi. Masalan, [kitob] leksemasi ikki sememali 
bo‗lib, uning bir sememasi «varaqdan tashkil topgan, muqovalangan, bosma yoki 
qo‗lyozma holdagi davriy bo‗lmagan o‗quv vositasi» bo‗lib, u quyidagi tarkibiy 
qismlardan iborat: 


 1) ―varaqlardan tashkil topgan‖; 
2) ―o‗quv vositasi‖; 
3) ―davriy bo‗lmagan‖; 
4― bosma yoki qo‗lyozma holdagi‖; 
5) ―muqovalangan‖. 
Sememada bir sema almashtirilishi bilan u butunlay boshqa sememaga aylanib 
ketishi mumkin. Masalan, yuqoridagi «davriy bo‗lmagan» semasini «davriy 
bo‗lgan» semasiga almashtirsak, u o‗z-o‗zidan [jurnal] leksemasining sememasi 
bÿlib qoladi. 
Leksemaning semamasini aniqlashda u paradigmadoshi bilan munosabatda 
tekshiriladi. Deylik, [yuz] leksemasi sememasi ochilayotganda, u [bet], [aft], 
[chehra], [oraz], [turq], [bashara] va hokazo leksema qurshovida o‗rganiladi. 
[Kelmoq] leksemasi sememasini [bormoq], [ketmoq] va boshqa leksema 
sememalarisiz aniqlab bo‗lmaydi. 
Sememaning gap, matnda namoyon bo‗ladigan ko‗rinishi nutqiy lug‗aviy 
ma‘no deyiladi. Semema va nutqiy ma‘no munosabati, albatta, boshqa lisoniy 
birlikda bo‗lgani kabi, dialektikaning umumiylik-xususiylik, mohiyat va hodisa, 
imkoniyat va voqelik, sabab va oqibat, umuman olganda, zot va tajalli 
dialektikasini o‗zida aks ettiradi. SHuningdek, barcha lisoniy birlik va ularning 
nutqiy voqelanishida kuzatilgan tayyor - tayyor emas, ijtimoiy-individual, 
cheklangan-cheksiz, barqaror-beqaror, takror- betakror umumnisbatli belgisi 
semema va nutqiy ma‘no munosabatida o‗ziga xos tarzda tajallilanadi. Masalan, 
[yaxshi] leksemasining sememasi ―umumiy ijobiy baho‖ bo‗lib, bu semema yaxshi 
qiz so‗z birikmasida odobli, yaxshi kitob so‗z birikmasida qiziqarli, yaxshi pichoq 
so‗z birikmasida o‗tkir, yaxshi o‗qituvchi birikmasida mahoratli degan nutqiy 
ma‘nolar sifatida yuzaga chiqqan. [Yaxshi] leksemasining ―umumiy ijobiy baho‖ 
sememasi tayyorlik, takrorlanuvchanlik, barqarorlik, ijtimoiylik belgilariga ega 
bo‗lsa, bu leksemaning nutqiy ma‘nolari tayyor emaslik, betakrorlik, o‗tkinchilik, 
individuallik xususiyatiga ega. Nutqiy ma‘no qanchalik cheksizlik kasb etmasin, 
uning asosidagi semema bittaligicha qolaveradi.
Sema turlari. Semema tarkibidagi sema bir xil emas. Sema mohiyatiga ko‗ra uch 
xil bo‗ladi: 
1) atash semasi (denotativ sema); 
2) ifoda semasi (konnotativ sema); 


3) vazifa semasi (funktsional sema). 
Atash semasi borliq bilan, ifoda semasi so‗zlovchining munosabati bilan, vazifa 
semasi esa leksemaning lison va nutqdagi roli bilan belgilanadi. 
Atash semasi leksemaning borliqdagi harakat-holatlik, narsa-predmetlik, 
miqdorlik, belgilik xususiyatini atovchi, nomlovchi semadir. Ular borliq, 
tushuncha va sememani bir-biriga bog‗lab turadi. Masalan, yuqorida keltirilgan 
[kitob] leksemasining barcha semasi – atash semasi.
Bir xil yoki o‗xshash tushunchani ifodalaganligi sababli leksemada ko‗p 
holda atash semasi bir xil bo‗ladi. Masalan, [yaxshi], [tuzuk], [durust], [ajoyib] 
yoki [yuz], [chehra], [oraz], [turq], [aft], [bet] ma‘nodoshlik qatoridagi barcha 
leksemalarning atash semasi bir xil. [Yaxshi], [tuzuk], [durust], [ajoyib] 
leksemalarining atash semalari quyidagilar: 1)«belgi»; 2)«barqaror belgi»; 3)«sifat 
belgi»; 4)«shaxsiy baho»; 5)«ijobiy»; 6)«ichki-tashqi». SHu bilan birgalikda, bu 
leksemalarda farqlanuvchi atash semalari ham mavjud bo‗lib, ular [tuzuk] 
leksemasida «me‘yordan bir pog‗ona pastlik», [yaxshi] leksemasida 
«me‘yordalik», [ajoyib] leksemasida «me‘yordan bir pog‗ona yu-qorilik» 
semalaridir. [yuz], [chehra], [oraz], [turq], [aft], [bet] leksemalarida esa: 1) «in-son 
boshi old tomoniga xos»; 2) «peshanadan iyakkacha bo‗lgan qism» semasi atash 
semasi. 
Aytilganidek, sememani semaga ajratishda, semaning tabiatini belgilashda 
leksema paradigmada o‗z korrelyanti bilan tekshirilishi lozim. Aks holda 
leksemaning relevant (muhim) va irrelevant (muhim bo‗lmagan) semasini 
farqlashning imkoni bo‗lmaydi. Masalan, ingliz tilidagi [brother] leksemasining 
sememasi «qarindosh», «qon-qarindosh», «bevosita» atash semalariga ega. O‗zbek 
tilidagi [aka] leksemasida esa bu sema bilan birgalikda «mendan katta» relevant 
semasi ham bor. CHunki [aka] leksemasi shu semasi bilan [uka] leksemasiga 
qarama-qarshi turadi. [Brother] leksemasiga shu sema bilan qarshilanuvchi birlik 
yo‗q, shu boisdan unda noaniq tabiatli «mendan katta/mendan kichik» semasi 
mavjud bo‗lib, u noaniq bo‗lganligi sababli irrelevantdir. Rus tilidagi [kobila] 
leksemasida «urg‗ochi» semasi muhim bo‗lib, u o‗zbek tilidagi [baytal] 
leksemasining ham, [biya] leksemasining ham muqobili bo‗la oladi. Biroq [baytal] 
va [biya] zidlanishida «urg‗ochi» semasi emas, «qulunli» ([biya] leksemasida) va 
«qulunsiz» ([baytal] leksemasida) semasi relevant (muhim).
Ko‗rinadiki, leksema sememasi tarkibida atash semalari eng muhim, 
belgilovchi hisoblanadi va borliq parchasiga muvofiq keladi.


Ifoda semasi deganda semema tarkibida turli qo‗shimcha ma‘no (uslubiy 
bo‗yoq, shaxsiy munosabat, qo‗llanish doirasi va davri)ni atovchi sema 
tushuniladi. Atash semasi kabi ifoda semasi ham leksema sememani farqlash 
quvvatiga ega bo‗lgan sema bo‗lib, ular ham leksik paradigmada aniqlanadi. 
Masalan, [yuz] va [bet] leksemasining ifoda semasi o‗zaro qiyosda ochiladi: 
- [yuz] - inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‗lgan 
qismining uslubiy betaraf ifodasi. 
- [bet] - inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‗lgan 
qismining so‗zlashuv uslubiga xos ifodasi. 
Bu sememalardagi «uslubiy betaraf» ([yuz] leksemasidagi) va «so‗zlashuv 
uslubiga xos» ([bet] leksemasidagi) semalari uslubiy bo‗yoqni ko‗rsatuvchi ifoda 
semasidir. 
[Turq] leksemasidagi «salbiy», [jamol] leksemasidagi «ijobiy» semasi 
shaxsiy munosabatni ko‗rsatuvchi ifoda semasi bo‗lsa, [aeroplan] leksemasidagi 
«arxaik», [komp‘yuter] leksemasidagi «neologizm», [xarseb] leksemasidagi 
«shevaga xos» semasi qo‗llanish davri va doirasini ko‗rsatuvchi ifoda semasi. 
Ifoda semasi ham muhim yoki muhim bo‗lmagan turga ajratiladi. SHu 
boisdan farqlovchi, muhim ifoda semalari ingerent konnotativ sema va muhim 
bo‗lmagan ifoda semalari adgerent konnotativ sema deyiladi. 
Vazifa semasi 
leksemaning birikuv-biriktiruv (valentlik) imkoniyatini, 
lisoniy qolipda qanday o‗rinni egallashini bildiruvchi semadir. Masalan, [kitob], 
[daftar], [maktab], [bormoq] kabi leksemalarning valentlik imkoniyati o‗ta keng va 
shu boisdan gapda turli gap bo‗laklari vazifasida keladi. [Qat`iy], [keskin], 
[moviy], [qizg‗ish] leksemalarining vazifa semasi tor va shu boisdan aniq. Ular 
ayrim so‗zlar bilan birika oladi, xolos. 
Semema semalari o‗zaro dialektik munosabatda va teskari mutanosiblikka 
ega. Sememani uchburchakka qiyoslasak, har bir turga mansub sema uning bir 
burchagini 
tashkil 
qiladi. 
Uchburchakda 
bir 
burchakning 
kattalashishi 
boshqalarining kichrayishi hisobiga yuz berganligi kabi sememadagi bir semaning 
kuchayishi boshqa semaning kuchsizlanishi evaziga sodir bÿladi. Masalan, 
mustaqil leksemada atash semasi kuchaysa, ifoda semasi kuchsizlashadi. Ifoda 
semasi kuchaysa, atash semasi kuchsizlanadi. Masalan, ko‗chma ma‘noli 
leksemada atash semasi kuchsizlanib, ifoda semasi kuchaygan. Leksema nutqda 
voqelanganda ham uning atash semasi o‗z o‗rnini ma‘lum darajada ifoda semasi 
voqelanishiga bo‗shatib beradi. Masalan, [bo‗ri] leksemasi odamga nisbatan 


qo‗llanganda undagi «hayvon», «itsimonlar oilasiga mansub», «yovvoyi» atash 
semalari kuchsizlanib, «yirtqich», «vahshiy», «qonxo‗r» ifoda semalari kuchaygan 
holda yuzaga chiqadi. 
Mustaqil leksema yordamchi so‗z vazifasida qo‗llanganda undagi atash va 
ifoda semasi kuchsizlanib, vazifa semasi esa kuchayib voqelanadi. 
Semaning darajasiga ko‗ra turi. Sema darajasiga ko‗ra birlashtiruvchi 
(integral) va farqlovchi (differentsial) semaga ajratiladi. Birlashtiruvchi sema 
birdan ortiq leksemadagi o‗xshash, bir xil semadir. Farqlovchi sema esa o‗xshash, 
ma‘noviy yaqin leksemalardagi farqlanuvchi semalardir. Masalan, [ota], [ona], 
[aka], [opa], [uka], [singil] leksemasidagi «qarindosh», «qon-qarindosh», 
«bevosita» semasi integral sema bo‗lsa, «mendan katta» semasi [ota], [ona], [aka], 
[opa] leksemalarini o‗zaro birlashtiruvchi, ammo [uka], [singil] leksemalaridan 
farqlovchi semalardir. «mendan kichik» semasi [uka] va [singil] leksemasini 
o‗zaro birlashtiruvchi, biroq oldingi leksemadan farqlovchi sema. Ko‗rinadiki, bir 
sema leksemani bir vaqtning o‗zida nima bilandir birlashtiruvchi, nima bilandir 
farqlovchi qarama-qarshi tabiatli mohiyatga ega. Birlashtiruvchi sema sistema 
hosil qiluvchanlik, sistemaga asos bo‗luvchi, farqlovchi sema esa sistemada 
tug‗iluvchi, paydo bo‗luvchanlik xossasiga ega.
Leksemani semaga ajratish tilshunoslikda komponent yoki uzvli tahlil yoxud 
semik tahlil deb yuritiladi. Sememani semaga ajratish moddani atomga ajratishga, 
boshqacha aytganda, sema ximiyaviy elementga o‗xshaydi. Borliqda ximiyaviy 
element turi sanoqli bo‗lganligi va ularning har xil kombinatsiyasidan behad ko‗p 
modda hosil qilinganligi kabi, cheklangan miqdordagi semaning turli xil 
kombinatsiyasidan ham ko‗plab semema vujudga keladi. 
2. Atash ma‘nosi va qo‗shimcha ma‘no. So‗zning borliqdagi biror harakat-holat, 
narsa-predmet, miqdor, belgi-xususiyatni atovchi, nomlovchi ma‘nosi atash 
ma‘nosi deyiladi. Atash ma‘nosi atash semalarining yigindisidan tashkil topadi. 
Masalan, [kitob] so‗zining atash ma‘nosi «varaqdan tashkil topgan, muqovalangan, 
bosma yoki qo‗lyozma holdagi davriy bo‗lmagan o‗quv vositasi»dir. Atash 
ma‘nosi tilshunoslikda denotativ ma‘no ham deyiladi. 
So‗zning atash ma‘nosiga qo‗shimcha tarzda kishining his-tuyg‗u, kayfiyati, turli 
munosabati va so‗zning turli uslubda qo‗llana olishini ifodalovchi ma‘no so‗zning 
qo‗shimcha ma‘nosi deyiladi. Masalan, yuz, bashara, chehra sinonimik qatorida 
atash ma‘nosi bitta – ―inson boshi old tomonining peshonadan iyakkacha bo‗lgan 
qismi‖. Biroq bu so‗zlarning qo‗shimcha ma‘nosi har xil. Yuz so‗zidagi ―betaraf‖, 
bashara so‗zidagi ―salbiy‖, chehra so‗zidagi ―ijobiy‖ ma‘no qirrasi – qo‗shimcha 


ma‘nodir. Qo‗shimcha ma‘no tilshunoslikda konnotativ ma‘no, qo‗shimcha otten-
ka, emotsional-ekspressiv bo‗yoq, stilistik belgi kabi atamalar bilan ham yuritiladi. 
Qo‗shimcha ma‘no asosan ikki xil: 
a) hissiy ma‘no (emotsional-ekspressiv); 
b) uslubiy ma‘no (stilistik).
So‗zlovchining his-tuyg‗u, kayfiyati, turli munosabatini bildiruvchi ma‘no hissiy 
ma‘no deyiladi. Hissiy ma‘no ham o‗z navbatida so‗zlovchining qanday 
munosabatini ko‗rsatishiga ko‗ra ikki xil bo‗ladi: 
a) ijobiy; 
b) salbiy. 
Masalan, chehra so‗zi yuzni ijobiy ma'no bialn ifodalaydi. Bashara so‗zi salbiy 
munosabatni ifodalaydi. 
Uslubiy ma‘no so‗zning nutq uslubidan biriga mansubligini ko‗rsatuvchi, uni 
nutq uslubiga ko‗ra tavsiflovchi xususiyatidir. Masalan, osh, non, yuz, chiroyli, 
osmon so‗zlari uslubiy betaraf bo‗lib, samo, jamol, suluv, beshak, bashar, ko‗klam, 
sabo so‗zlari badiiy uslubga, ketvorgan, obdon, bop, qittay, maza, urmoq, 
tushirmoq (yemoq ma‘nosida) so‗zlari so‗zlashuv uslubiga , integral, hujayra, 
galaktika, kesim, kosinius kabi so‗zlar ilmiy uslubga xos. Uslubiy betaraf so‗zni 
har qanday nutq uslubida qo‗llash mumkin. Uslubiy xoslangan so‗z ma‘lum bir 
nutq uslubida qo‗llanadi. 
Leksik ma‘no deganda so‗z ifoda etadigan tushuncha, hissiy-ta‘siriy bo‗yoq va 
uslubiy belgilar yig‗indisi tushuniladi. Demak, tushuncha, hissiy-ta‘siriy bo‗yoq, 
uslubiy belgi leksik ma‘no komponentlari deyiladi. 
3. O‗z va ko‗chma ma‘no. So‗z nutqda o‗z va ko‗chma ma‘noda qo‗llanishi 
mum-kin. So‗zning nutqdagi ma‘nosi uning sememasiga mos kelsa, bu o‗z ma‘no 
deyiladi. Masalan, oltin so‗zining sememasi ―sariq rangli qimmatbaho metall‖. 
Quyidagi gapda oltin so‗zi o‗z ma‘nosida qo‗llangan: O‗zbekistonda yuqori sifatli 
oltin qazib olinadi.
So‗zning o‗zi anglatgan tushunchadan boshqa tushunchani obrazli, ta‘sirli tarzda 
ifodalashi so‗zning ko‗chma ma‘nosi deyiladi. Quyidagi gapda oltin so‗zi ko‗chma 
ma‘noda qo‗llangan: Yurtimizga oltin kuz kirib keldi. Bu gapda oltin so‗zi ―to‗kin-
sochin, farovon‖ degan ma‘noni obrazli, ta‘sirchan ifodalagan. Gapdagi oltin 
so‗zini to‗kin-sochin so‗zi bilan almashtirsak, gapdagi obrazlilik yo‗qoladi. 


Ko‗chma ma‘no obrazlilik xususiyatiga ega bo‗lganligi bois badiiy nutqda ko‗p 
ishlatiladi: 
Bahor to‗kib soldi bor bisotini, 
Yashil yaproqlarda, gullarda bahor. 
Tiniq ko‗k, sof havo, oltin nurlarda, 
Kumush suv, mayin yel, dillarda bahor. (Uyg‗un) 
She‘rdagi ajratib ko‗rsatilgan so‗zlar ko‗chma ma‘noda qo‗llangan. 
4. Zohiriy va botiniy-ramziy ma‘no. So‗zning hamma uchun tushunarli, ko‗zga 
ko‗rinadigan, oddiy, sodda ma‘nosi zohiriy ma‘no deyiladi. Masalan, suv so‗zining 
―tiniq, rangsiz ichiladigan suyqlik‖ ma‘nosi zohiriy ma‘no hisoblanadi. 
So‗zning hamma uchun tushunarli bo‗lmagan, maxsus ma‘noda qo‗llanishi 
botiniy-ramziy ma‘no deyiladi. Lutfiy, Navoiy, Bobur, Mashrab kabi o‗zbek, 
Hofiz, Sa‘diy, Jomiy, Umar Xayyom kabi fors-tojik mumtoz adabiyoti 
namoyondalari o‗z g‗azal va dostonlarida so‗zning zohiriy ma‘nolari bilan birga 
ramziy, ishorali ma‘nolaridan ham foydalanganlar. Ularning asarlarida 
uchraydigan yor, mahbuba, suyukli, oshiq, gul, bulbul, tikan, soqiy, rind, sharob, 
may, mayxona kabi ko‗pgina so‗zlarda islom dini va falsafasi asosida boshqa xil – 
botiniy-ramziy, ishorali ma‘nolar yashiringan. Bu so‗zlarning botiniy-ramziy 
ma‘nolari Haqqi mutlaq, yagona va yakka Ollohga ishora qilish, borliqni yaratish 
sababchisining sifatlarini ramziy timsollar orqali vositasida ifodalashga xizmat 
qilgan. Ular go‗zal yor va ma‘shuqa deganda Haqning o‗zini, gul deganda uning 
go‗zalligini, may, sharob deganda Haqni topish vositalari – xudoga muhabbat, 
yaxshilik qilish, o‗zni tiyishni tushunganlar. Oshiq, bulbul, majnun kabi so‗lar 
Haqni topishga intiluvchi Haq toliblariga, Haqtalablarga ramziy ishora qilib turadi.
So‗zlarning botiniy ma‘nolarini bilish ma‘rifat, ya‘ni bilag‗onlik, donolik 
hisoblanadi. Mumtoz adiblarimiz g‗azallariga botiniy-ramziy ma‘nolar asosida 
yondashsak, g‗azalning oddiy, ishqiy ma‘nosi tamoman boshqacha – falsafiy, diniy 
mazmun kashf etadi. Misol tariqasida Boborahim Mashrabning bir baytini shu 
nuqtayi nazardan tahlil qilamiz: 
Yorsiz ham bodasiz Makkaga bormoq ne kerak? 


Ibrohimdan qolgan ul eski do‗konni na qilay? 
Bu baytdagi so‗zlarni zohiriy ma‘noda tushunsak, Mashrab bizni aysh-ishratga 
chorlayotgan, kufr so‗zlarni aytayotgan bo‗lib chiqadi. Chunki yor so‗zining 
zohiriy ma‘nosi ―sevgili, ma‘shuqa, go‗zal ayol‖, boda so‗ziniki esa ―may, ichkilik, 
sharob‖dir. Biroq baytdagi yor, boda so‗zlari botiniy-ramziy ma‘noda qo‗llangan 
bo‗lib, yor Haqni, boda esa xudoga muhabbat, e‘tiqodni bildirib kelgan. Demak, 
Mashrab bu baytda: ―Ko‗nglingda xudoga muhabbat, e‘tiqod bo‗lmasa, Makkaga, 
ya‘ni haj ziyoratiga borishingdan foyda yo‗q‖ degan ma‘rifiy fikrni ifodalagan.
Bir ma‘noli va ko‗p ma‘noli so‗zlar 
Tildagi so‗zlar bir ma‘noli va ko‗p ma‘noli bo‗ladi.Gap ichida ham, gapdan 
tashqarida ham aynan bir ma‘noni ifoda etuvchi o‗zlar bir ma‘noli so‗zlar18 
deyiladi. Masalan, kompas, marmar, morfologiya, taassurot, xulosa, gigiena, g‗ 
oya, mimika, qobiliyat, fonema va b. 
So‗zlar ba‘zan alohida holatda, nutqdan tashqarida bir xil ma‘noni, gap tarkibida 
boshqa so‗zlar bilan bog‗liq holda boshqa bir ma‘no anglatishi mumkin. Masalan, 
pasaymoq so‗zi gapdan tashqarida olinganda erga tomon yaqinlashmoq ma‘nosini 
bildiradi. Gap tarkibida esa bilimi pasaydi, ko‗rish sezgisi pasaydi kabi boshqa 
ma‘nolarni bildiradi. 
Bu so‗zlar birdan ortiq leksik ma‘no ifodalayotgani uchun ko‗p ma‘noli so‗z 
sanaladi. 
Demak, nutqdan tashqarida bir ma‘no, nutq tarkibida boshqa so‗zlar bilan 
bog‗liq holda yana boshqa ma‘no ifodalovchi so‗zlar ko‗p ma‘noli so‗zlar19 
deyiladi. 
Ko‗p ma‘nolilik til taraqqiyoti davomida kelib chiqadi. Tildagi har qanday 
so‗z, avvalo biror narsa yoki hodisani atash tufayli paydo bo‗ladi, ya‘ni bir 
ma‘nonigina ifodalaydi. Keyinchalik esa shu so‗z taraqqiyoti ma‘no tufayli ko‗p 
ma‘noli so‗zga aylanishi mumkin. Ko‗p ma‘noli so‗zlarda 2 xil ma‘no farqlanadi: 
1) bosh (asl, o‗z) ma‘no; 2) yasama (ko‗chma) ma‘no. Bosh ma‘no so‗zning 
nutqdan tashqarida ifodalagan ma‘nosi bo‗lib, u boshqa ma‘nolarning kelib 
chiqishiga asos bo‗ladi. Yasama ma‘no bosh ma‘noning taraqqiyoti bilan yuzaga 
keladi. Masalan, og‗iz so‗zining bosh ma‘nosi insonning tana a‘zosi, g‗ orning 
18 Bir ma’nolilik – monosemantizm (gr. monos – «bir», sementikos – «belgi», «ma’no») deb yuritiladi. 
19 Ko‘p ma’nolilik – «polisemantizm» (gr. poli – «ko‘p», sementikos – «belgi», «ma’no») deb yuritiladi. 


og‗zi, qopning og‗zi yasama ma‘no. So‗zning yasama ma‘nosi gapdagi boshqa 
so‗zlar bilan bog‗liq holda anglashiladi. 
So‗z ma‘nosining ko‗chishi besh xil bo‗lib, ular quyidagilar: 1) metafora; 2) 
metonimiya; 3) sinekdoxa; 4) kinoya; 5) vazifadoshlik yo‗li bilan ko‗chish. 
Metafora (grekcha metaphora – «ko‗chirma») narsa va hodisalar orasidagi 
o‗xshashlik asosida ulardan birining ifodasi bo‗lgan so‗zni ikkinchisini ifodalash 
uchun qo‗llashdir, metaforada shakliy o‗xshashlik: belgi-xususiyat, harakat-holat 
nazarda tutiladi. SHu tufayli ot, sifat va fe‘l turkumlarida metafora yo‗li bilan 
ko‗chish hodisasi mavjud. Masalan, tish, engil, pasaydi so‗zlarining ma‘nosini 
kuzating: Tish: 1) odamning tishi (bosh ma‘no); 
2) arraning tishi (yasama ma‘no). Yengil: 1) yengil eshik (bosh ma‘no); 2) 
yengil ta‘zim (yasama ma‘no). Pasaydi: 1) samolyot pasaydi (bosh ma‘no); 2) 
bilimi pasaydi (yasama ma‘no). 
Metaforaga quyidagilar asos bo‗ladi: 
1) odamning tana a‘zolari nomlari: bet, yuz, burun, quloq, ko‗z, lab, tish, 
elka, oyoq, og‗iz kabi; 
2) kiyimlar va ularning biror qismini nomlari: etak, yoqa kabi; 
3) hayvon, parranda va hasharotlarning biror a‘zosining nomi: qanot, dum, 
tumshuq; 
4) o‗simlik va uning bir qismi nomi: tomir, ildiz; 
5) qurol nomi: nayza, pichoq; 
6) turli belgi, harakat nomlari bo‗lgan so‗zlar: baland, past, olmoq, chaqmoq 
kabi. 
Metonimiya – narsa, belgi va harakatlar o‗rtasidagi aloqadorlik asosida 
ma‘no ko‗chish hodisasi. Bu aloqadorlik o‗rin va vaqt jihatdan bo‗ladi. 
Metonimiyada bir predmet bilan ikkinchi predmet orasida doimiy real aloqa 
mavjud bo‗ladi. Quyidagi gaplardagi so‗zlarning ma‘no munosabatini kuzating: 
Sinekdoxa. Narsa yoki shaxs qismati nomini aytish bilan o‗zini (butunni) 
yoki narsaning nomini aytish bilan uning qismini tushunishga asoslangan ma‘no 
ko‗chish hodisasidir. Masalan: Besh qo‗l barobar emas (butun nomi bilan qismni 
anglash). Dunyoda o‗zimizdan qoladigan tuyog‗imiz... (A.Qodiriy) 


Sinekdoxa qism nomini butunni ifodalash uchun (oqsoqol, oqsoch, jigar, 
tirnoq, tomir), kiyim nomini odam yoki boshqa biror tirik mavjudotni ifodalash 
uchun (qizilishton), qurol nomini shu qurolni ishlatadigan kishini ifodalash uchun 
(nayza, qilich, tig‗ , ketmon – «jangchi» ma‘nosida), hayvonlarning biror a‘zosi 
nomini o‗sha hayvonni ifodalash uchun (bosh, tuyoq), meva nomini shu mevani 
beradigan daraxtni anglatish uchun (yong‗ oq, olma, nok, uzum) qo‗llash yoki, 
aksincha, butun nomini qismni anglatish uchun (qo‗l so‗zini «barmoq» ma‘nosida) 
qo‗llash kabi miqdor munosabatlariga asoslanadi. 
Kinoya – so‗zlarning aks ma‘noda qo‗llash hodisasi. Bunday ko‗chishlar 
yozuvda qo‗shtirnoqqa olinadi. Masalan: Shunaqa «do‗stlar»ning kamroq bo‗lgani 
ma‘qul. 
Vazifadoshlik asosida ma‘no ko‗chishi – narsalarning bajaradigan 
vazifasining o‗xshashligi asosida ma‘no ko‗chish hodisasidir. Ma‘noning bunday 
ko‗chishi metaforadagi kabi o‗xshashlikka asoslanadi. Leksik metaforada 
predmetning sezgi organlariga ta‘sir qiladigan material tomoniga – rangi, shakli, 
harakati kabi belgilariga asoslaniladi. Vazifadoshlik asosida ma‘no ko‗chishida 
predmetning hayotda bajaradigan vazifasi nazarda tutiladi. Masalan, o‗q, siyoh, 
qalam kabi so‗zlarning ma‘nolaridagi ko‗chish ular dastlab ifodalagan 
tushunchalar bilan hozirgilari orasida bajaradigan vazifa jihatdan o‗xshashlikka 
asoslangan. 
Ilgari parranda patidan yoki qamishdan yasalgan yozuv qurolini qalam deb 
ataganlar. Grafitli yozuv quroli paydo bo‗lgandan so‗ng, uni karandash qalam deb, 
keyin esa to‗g‗ ridan to‗g‗ ri qalam deb atay berganlar. 
O‗q - yoy o‗qi; o‗q - miltiq o‗qi (bular shakl jihatdan emas, balki vazifasi 
jihatdan o‗xshashdir. 
Siyoh so‗zi tojik tilida «qora» degan ma‘noni bildiradi. YOzuv quroli 
sifatida ishlatilgan suyuqlik qora rangda bo‗lgani uchun siyoh deb nomlangan. 
Hozirgi kunda yozuv uchun qo‗llanadigan turli rangdagi suyuqliklar (qizil, ko‗k, 
yashil) ham vazifasining o‗xshashligi asosida siyoh deb atalmoqda: qizil siyoh (asl 
ma‘nosi qizil qora), ko‗k siyoh (asl ma‘nosi ko‗k qora). 
Metafora va metonimiya mahsuldor ko‗chish yo‗li, sinekdoxa, kinoya, vazifadosh 
asosida ma‘no ko‗chishi kam mahsul hodisalardir. 
Leksik birliklar lisonda turli semantik munosabat asosida har xil paradigma hosil 
qilgan holda mavjud bo‗ladi. Sinonimik, antonimik, graduonimik, partonimik, 
giponimik munosabat ana shunday lisoniy munosabat. 


Sinonimiya. Shaklan har xil, ammo bir tushunchani turli bo‗yoq va ottenka 
bilan ifodalaydigan leksemalar sinonim deyiladi. Sinonim leksema orasidagi 
munosabat sinonimiya yoki sinonimik munosabat deb yuritiladi. 
Sinonim leksema sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo‗lib, 
ifoda semasi farqlanadi. Misol sifatida [yuz]-[bet]-[aft]-[bashara]-[turq] qatorini 
keltirish maqsadga muvofiq. Ma‘nodoshlik qatoridagi mazkur leksemalarning 
barchasida atash semalari bir xil: «odam boshi old tomoni», «peshonadan 
iyakkacha». Ammo ifoda semalari har bir leksemada o‗ziga xos. Aniqrog‗i, 
«shaxsiy munosabat» har bir leksemada boshqa-boshqa namoyon bo‗lgan. U [yuz] 
leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‗rinishida bo‗lsa, [turq] leksemasida 
«o‗ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat» tarzida. 
Ma‘nodoshlik qatoridagi leksemalarning ifoda semasi turli-tuman. Ulardan 
ayrimlari quyidagilar: 
1) ijobiy yoki salbiy baho yoxud munosabat sema;
2) leksemaning qo‗llanish davrini ko‗rsatuvchi sema: «eskirgan», «yangi», «o‗ta 
yangi», «arxaik», «tarixiy». 
3) leksemaning qo‗llanilish doirasini ko‗rsatuvchi sema: «shevaga xos», 
«so‗zlashuvga xos», «kitobiy», «ko‗tarinkilik» va h. 
Ma‘nodoshlik qatoridagi leksemaning bittasi dominanta (bosh) leksema 
bo‗lib, boshqalari shu leksema atrofida birlashadi, ma‘nodoshlik qurshovi hosil 
qiladi. Dominanta leksemaning yuqorida sanalgan barcha ifoda semasi neytral, 
betaraf. Masalan, [katta]-[ulkan]-[bahaybat] sinonimik qatori «kitobiylik», 
«ko‗tarinkilik» ifoda semalari asosida tashkil topgan. Qatordagi katta leksemasida 
bu sema belgilanmagan (neytral), [ulkan] va [katta] leksemalarida ifodalangan, 
oydinlashtirilgan. 
Ma‘nodoshlik qatoridagi dominanta leksemaning bir qancha o‗ziga xos 
xususiyati bor: 
1) dominanta leksemaning mazmuni boshqa leksemalarnikiga nisbatan 
«kambag‗alroq» bo‗ladi. Qiyoslang: [chiroyli], [go‗zal] va [suluv]. Qatordagi 
[chiroyli] leksemasida [go‗zal] va [suluv] leksemasidagi ko‗tarinkilik bo‗yog‗i 
yo‗q;
2) dominanta leksemaning qo‗llanish doirasi va miqdori boshqa 
ma‘nodoshlarnikiga nisbatan keng va ko‗p bo‗ladi; 


3) dominanta leksema belgilanmagan ifoda semasiga ega bo‗lganligi bois 
istalgan vaqtda o‗z ma‘nodoshlarini almashtira oladi; 
4) ma‘nodoshlik qatori mansub bo‗lgan katta tizimga faqat dominanta 
leksema kiradi. Masalan, «kishi tanasi a‘zolari» lug‗aviy ma‘noviy guruhiga [yuz] 
dominanta leksemasi kirib, [quloq], [burun], [lab], [qosh], [peshona] leksemalari 
bilan paradigma hosil qiladi. Boshqa ifoda semasi belgilangan leksema «betaraf» 
bo‗lolmaganligi bois yuqori paradigmaga kira olmaydi va uning betaraf vakili bu 
huquqqa ega bo‗la oladi, xolos. 
Ma‘nodoshlik paradigmasi doimo ochiq. Jamiyat, davr talabi asosida 
keraksizi iste‘moldan chiqib, qator yangilari bilan boyib boraveradi. Nutqda 
ma‘nodoshlik qatorlari nutqning atash birliklari, iboralar, mustaqil leksema 
sememalarining turi, yasama so‗z, so‗z birikmasi, nutqiy ko‗chma so‗z bilan to‗lib, 
kengayib boradi. Bular kontekstual sinonim sifatida nutqning go‗zalligi va 
boyligini ta‘minlovchi vosita sanaladi. 
Antonimiya leksemalar orasidagi zidlik munosabatidir: [katta]-[kichik], 
[yosh]-[qari], [mitti]-[ulkan], [oq]-[qora] va hokazo. Antonim leksemalarning 
umumiy, birlashtiruvchi semasi bilan bir qatorda, qarama-qarshi semasi ham 
bo‗lishi lozim. Masalan, [katta] va [kichik] leksemalari umumiy - «sifat», 
«ko‗lam» semasi bilan birga, qarama-qarshi - «nisbatan ortiq» ([katta]) va 
«nisbatan katta bo‗lmagan» ([kichik]) semasiga ham ega. YOki [qish] - «yilning 
eng sovuq fasli», [yoz] - «yilning eng issiq fasli», [kirmoq] - «ichkariga 
harakatlanmoq», [chiqmoq] - «tashqariga harakatlanmoq». Antonim leksemalar 
asosida borliqdagi qarama-qarshi hodisaning in`ikosi bo‗lgan qarama-qarshi 
tushuncha yotadi. Antonim leksemalar bir turga kiruvchi giponim leksemalar: 
[issiq]-[sovuq] (harakat), [katta]-[kichik] (hajm), [erkak]-[ayol] (jins) va hokazolar. 
Antonimlarning mantiqiy asosini ikki tur qarama-qarshilik tashkil etadi:
a) kontrar qarama-qarshilik;
b)komplementar qarama-qarshilik. 
Kontrar qarama-qarshilik – darajalanuvchi leksema qatoridagi tafovutning 
farqlarga, farqning ziddiyat, ya‘ni qarama-qarshilikka o‗sib borishi natijasida 
birinchi a‘zo bilan oxirgi a‘zoning antonimlashuvi. Masalan, [kichik]–[o‗rta]-
[katta], [yosh]-[o‗smir]-[o‗rta yosh]-[qari] kabi. Bunda [kichik] va [katta], [yosh] 
va [qari] leksemalari daraja qatorining ikki qarama-qarshi qatori a‘zolari o‗rtasida 
ikki antonim a‘zo belgilarini o‗zida mujassamlashtirgan bog‗lovchi bo‗g‗in. 
YUqoridagi [o‗rta] leksemasida [kichik] va [katta] leksemalarining qarama-


qarshiligi so‗nadi. Demak, leksemalarning kontrar qarama-qarshiligini ularning 
darajalanish (graduonimik) qatoridan izlash lozim. 
Komplementar antonimiyada qarama-qarshilik uchinchi, oraliq bo‗g‗insiz 
bo‗ladi: [rost]-[yolg‗on], [arzon]-[qimmat], [oson]-[qiyin]. Bu leksemalar orasida 
oraliq uchinchi leksema yo‗q. 
Antonimlar strukturasiga ko‗ra quyidagi turlarga bo‗linadi: 
har xil o‗zakli antonim: [katta]-[kichik], [kirmoq]-[chiqmoq], [muhabbat]-[nafrat]; 
bir xil o‗zakli antonim: [madaniyatli]-[madaniyatsiz], [aqlli]- [aqlsiz], [ongli]-
[ongsiz]. 
Fanda antonimlar asosan sifat va ravish turkumiga xos degan hamda har xil 
o‗zaklilarini tan olishdek tor tushunish ham mavjud.
Giponimiya. Leksemalararo semantik munosabatning yana bir turi giponimiya 
(aniqrog‗i, gipo-giperonimiya), ya‘ni tur-jins munosabati. Giponimik munosabatda 
giperonim (jins) va giponim farqlanadi. Giperonim jins belgisini bildirgan 
predmetning 
nomini 
ifodalovchi 
ko‗pgina ma‘noni semantik jihatdan 
umumlashtiruvchi mikrotizimning markaziy leksemasi, dominantasi sifatida 
namoyon bo‗luvchi lug‗aviy birlik. Giponim esa ma‘lum jins turining nomini 
hamda o‗zining semantik tarkibida implitsit tarzda jins ma‘nosini ham ifodalovchi, 
semantik jihatdan giperonimga nisbatan boy bo‗lgan lug‗aviy birlik. 
Giponim va giperonim orasidagi aloqa mantiqiy asosga ega. Bu esa ob`ektiv 
borliqdagi umumiylik tushunchasi bilan bog‗liq. Masalan, [daraxt] giperonimi jins 
ma‘nosini ifodalovchi leksema sifatida daraxtning barcha turini ifodalovchi 
leksemalarni leksik-semantik munosabat asosida birlashtirib, leksik-semantik 
guruh hosil qiladi. SHu boisdan [daraxt] leksemasi giperonim sifatida giponimi 
bilan leksik-semantik aloqaga kirisha oladi. Masalan, [daraxt]-[qayin], [daraxt]-
[terak], [daraxt]-[dub], [daraxt]-[ archa]. 
Giponimlar teng huquqli bo‗lib, giperonimga munosabati bir xil. O‗z 
navbatida, bu munosabat polisemiya va omonimiya hodisasi bilan ham bog‗lanadi. 
Masalan, o‗zbek tilidagi [daraxt] nomi dastlab ikki guruhga bo‗linadi: mevali 
daraxt va manzarali daraxt. Mevali daraxt o‗z mevasining nomi bilan ataladi. 
SHuning uchun bu leksema ko‗p ma‘noli bo‗lganligi bois bir tomondan [meva], 
ikkinchi tomondan [daraxt] giperonimi bilan semantik munosabatga kirishadi:
[Meva]: [olma]-[o‗rik]-[shaftoli]-[behi].
[Daraxt]: [olma]-[o‗rik]-[shaftoli]-[behi]. 


[Daraxt] giperonimi jins tushunchasini ifodalovchi leksema sifatida, birinchi 
navbatda, shu jinsning turini bildiruvchi so‗z bilan bog‗lanadi. [Daraxt] leksemasi 
uning turi nomi o‗rnida qo‗llanishi ham mumkin. Lekin giperonim giponim o‗rnida 
qo‗llanganda uning mohiyatini yorqin ifodalay olmaydi. SHu boisdan o‗z oldidan 
giponimni aniqlovchi sifatida qabul qiladi: o‗rik daraxti, shaftoli daraxti kabi. 
Giponim leksemaning sememasi giponim leksemalar uchun birlashtiruvchi 
sema bo‗lib xizmat qiladi. Masalan, [daraxt] giperonim leksemasining sememasi 
«tanasidan shoxlanuvchi o‗simlik» bo‗lib, «qizil, yashil, yoki sariq rangli 
yong‗oqdan piyolagacha bo‗lgan hajmdagi sersuv meva beruvchi daraxt» 
sememasiga ega [olma] leksemasining «daraxt» semasi [daraxt] giperonim 
leksemasi semasining sememalashgan ko‗rinishi. 
Giperonimning ma‘nosi giponim leksemanikiga nisbatan kengroq va 
«xiraroq» (noaniqroq), giponim leksemaning ma‘nosi esa giperonimnikiga 
nisbatan torroq va «yorqinroq». SHu boisdan, aytish mumkinki, giperonimning 
ma‘noviy mohiyati barcha giponimining ma‘noviy mohiyati yig‗indisiga teng. 
Aytilganidek, daraxt mevali va mevasiz daraxtga bo‗linadi. Demak, 
borliqdagi bu bo‗linish giponimiya hodisasi sifatida tilda ham aks etadi. Lekin 
daraxtning mevali va mevasiz turini ataydigan alohida leksema o‗zbek tilida yo‗q. 
Demak, giponimning o‗rni bo‗sh bo‗lib, ular leksik lakuna (bo‗sh xona) hosil 
qiladi. Leksik lakunani turli nutqiy nominativ birlik to‗ldiraverishi mumkin 
(Masalan: mevali daraxt va mevasiz daraxt so‗z birikmalari). 
Har bir gipo-giperonimik qator cheklanmagan miqdorda lug‗aviy lakunaga 
ega bo‗ladi. Bu bo‗sh xona ayni bir jinsning turli belgisi bilan chegaralanmagan 
miqdorda to‗lib borish imkoniyatiga ega. Masalan, 10 ta uzum nomini biluvchi 
odam uchun o‗zbek tilidagi 600 ta uzum navi nomining 590 tasi lug‗aviy lakuna 
hisoblanadi. Demak, lakunalar ijtimoiy ham («mevali daraxt» va «mevasiz daraxt» 
tushunchasini ifodalovchi leksemalar), individual ham (mavjud leksemani ma‘lum 
bir kishining bilmasligi) bo‗lishi mumkin. Graduonimiya. Lug‗aviy birliklar o‗zaro 
ma‘noviy munosabatiga ko‗ra ma‘lum bir darajalanish qatorini hosil etishi fanga 
qadimdan ma‘lum va uning eng yorqin namunasi - [o‗rta] so‗zini o‗z ichiga olgan 
so‗zlar qatori. Masalan: 
[Katta]-[o‗rta]-[kichik] 
[Yosh]-[o‗rta]-[qari] 
[Uzoq]-[o‗rta]-[yaqin] 
[Baland] –[o‗rta]-[past] 


[Uzun]-[o‗rta]-[qisqa]. 
Ma‘lumki [o‗rta] so‗zi bilan ifodalangan belgi-xususiyat tom ma‘noda o‗rtalik, 
oraliq, ya‘ni ikki bir-biriga zid belgi oralig‗idagi holatni ko‗rsatadi. [O‗rta] 
leksemasi antonimlar oralig‗idan o‗rin olsa, (katta-o‗rta-kichik) darajalanishi kam 
seziladi. Lekin [o‗rta] leksemali birliklarni zid belgi asosida emas, ma‘lum bir 
belgining kamayishi yoki o‗sishi asosida idrok etilsa, ma‘noviy darajalanish yaqqol 
anglashiladi. 
Darajalanish qatori a‘zolari kamida uchta bo‗ladi. 
Darajalanish munosabatlari bilan bog‗langan so‗zlar qatorini
a) g‗ayrilisoniy asos; 
b) sof lisoniy asosga 
tayanib ajratish mumkin. 
G‗ayrilisoniy omilning mohiyati shundaki, borliqdagi narsa, belgi-
xususiyatda sifat farqi bilan birga miqdor farqi ham mavjud. Masalan, inson 
go‗daklik, yoshlik, navqironlik, etuklik, qarilik holatini, o‗simlik navnihollik, 
ko‗chatlik, etilganlik, quriganlik davrini boshidan kechiradi - organizm o‗sadi. 
Tabiatdagi rang va boshqa belgilar shunchalik xilma-xilki, bo‗yoqchilar birgina 
qora rangning hatto o‗ndan ortiq turini ajratadilar. Insonning faol ongi ana shu 
miqdoriy va sifatiy farqni aks ettiradi. Til ongning ifodasi bo‗lganligi bois u 
ongdagi aks ettirilgan mana shunday miqdoriy farqlarni ham ifodalashi lozim. 
Bunday miqdoriy farq turli usul bilan, jumladan, alohida-alohida leksema bilan 
ham ifodalanadi. CHunonchi, [nihol]-[ko‗chat]-[daraxt], [ninni]-[chaqaloq], 
[go‗dak]-[bola], [buzoq]-[tana]-[g‗unajin]-[sigir] kabi. 
Graduonimik lug‗aviy qatorni ajratishning lisoniy omili quyidagilar: 
a) ma‘noviy omil;
b) so‗zlararo paradigmatik munosabat. 
Graduonimik qatorni ajratishdagi ma‘noviy omilning mohiyati shundaki, bir 
qator leksemalar sememasida ma‘lum bir belgining oz-ko‗pligi, turli xil 
darajalariga ishora mavjud. Masalan, darcha-eshik-darvoza leksemasining «O‗zbek 
tili izohli lug‗ati»dagi izohini kuzataylik: 
1. Darcha - ilgari vaqtlarda deraza vazifasini o‗tagan bir yoki qo‗sh tavaqali, 
eshik yoki devorga o‗rnatilgan kichkina eshikcha (O‗TIL, I, 212.)


2. eshik - uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishida o‗rnatilgan ochib-
yopib turiladigan moslama (O‗TIL, II, 457). 
3.Darvoza - hovli, qo‗rg‗on, qal`a, zavod va shu kabilarga kiriladigan, ochib-
yopiladigan katta eshik, qopqa (O‗TIL I, 209.) 
Ajratilgan so‗zlar miqdoriy ko‗rsatkichlarni ifodalovchi leksemalardir. Bu 
[darcha] leksemasi izohidagi (kichkina) va (eshikcha) so‗zlari, [darvoza] leksemasi 
izohidagi [katta] co‗zi.
Boshqa bir leksema qatorini olamiz: [gulobi]-[pushti]-[qizg‗ish]-[qizil]-[ol]-
[qirmizi]. 
Bu leksemalar qayd etilgan lug‗atda quyidagicha izohlangan: 
1. GULOBI - gulob rangli, pushti (O‗TIL, I, 197) 
2. PUSHTI - shaftoli guli rangidagi, och qizil (O‗TIL, II,608) 
3. QIZG‗ISH - qizilga moyil, qizilga yaqin rangdagi, qizg‗imtir (O‗TIL, II, 573) . 
4. QIZIL - qon rangidagi, qirmizi, olvali (O‗TIL, II, 570) 
5.OL - qizil, qirmizi (O‗TIL, II, 529) 
6. QIRMIZI - qizil rangli, qizil, ol (O‗TIL, II,581) 
Bu tavsif, albatta, mukammal emas. CHunki ular o‗zining graduonimik 
tizimidan uzib tavsiflangan. Agar ular bir sistema a‘zolari sifatida tahlil etilsa, 
quyidagi tavsiflarga ega bo‗lishar edi: 
1.GULOBI – gulob rangli, oqdan qizillikka, pushtiga moyil bo‗yoqli rang. 
2.PUSHTI – shaftoli guli rangidagi, och qizil, gulobidan to‗qroq. 
3.QIZG‗ISH – pushtidan to‗qroq, qizildan ochroq, qizg‗imtir rang. 
4.QIZIL – qon rang. 
5.OL - qizildan to‗qroq rangli. 
6.QIRMIZI – to‗q qizil rangli. 
Bu leksemalar denotativ ma‘nolaridagi rangning miqdoriy semasi asosida 
quyidagicha darajalanadi. 


«qizillik» 
-3 -2 -1 0 + 1 + 2 
[gulobi] [pushti] [qizg‗ish] [qizil] [ol] [qirmizi]
Demak, lug‗aviy graduonimik qatorni ajratish uchun ma‘noviy omil o‗zaro yaqin 
tushunchani ifodalovchilar sirasidagi har bir leksemada ma‘lum bir belgining 
turlicha darajalanishiga ishora mavjudligida namoyon bo‗ladi. SHu asosda 
ma‘noviy omilning o‗zi ikki turga bo‗linadi: 
1) bir-biriga yaqin va o‗xshash tushunchani ifodalashi; 
2) ayni bir belgining turli xil miqdoriga ishora qilishi. 
Graduonimik qator lug‗aviy paradigmaga qo‗yiladigan quyidagi talabning 
barchasiga javob berdi: 
1) lug‗aviy paradigmaning bitta etakchi leksema (dominanti) atrofida 
birlashishi; 
2) lug‗aviy paradigmaning ochiqligi; 
3) lug‗aviy paradigmaning boshqa kattaroq paradigma tarkibiga etakchi 
leksema bilangina kirishi; 
4) lug‗aviy paradigmadagi qurshov leksemaning dominant leksema bilan 
osonlikcha almashtirila olishi. 
Demak, leksemalararo lisoniy munosabat sanaluvchi graduonimiya hodisasi 
bir necha leksemaning ma‘lum bir belgining oz-ko‗pligiga qarab, lug‗aviy 
ma‘noviy qatorda, tizimda namoyon bÿlishi bo‗lib, bunda dominanta va qurshov 
leksemai farqlanadi. 
Lug‗aviy graduonimik qatorda dialektikaning eng umumiy qonunlari 
mavjud: 
a) graduonimik qatorda belgining darajalanib, oshib yoki kengayib borishida 
miqdor o‗zgarishining sifat o‗zgarishiga o‗tishi qonuni tajallilanadi; 


b) graduonimik zanjirning ikki chekka uchi ma‘lum bir belgining tasdig‗i 
bilan birga, bir-birini inkor etishida inkorni inkor qonuni namoyon bo‗ladi; 
v) bir-birini inkor etuvchi (antonimik munosabatda turgan) leksemalarning 
bir etakchi leksema (dominanta) atrofida birlashib, bir lug‗aviy ma‘noviy qatorni - 
paradigmani, butunlikni tashkil etishda qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni 
voqelanadi.
Tildagi so‗zlar shakl xususiyatiga ko‗ra ham o‗zaro turli munosabatda bo‗ladi. 
So‗zlarning ayrimlari shakl jihatdan, ayrimlari ma‘no jihatdan,ил, к(ган турли 
рангдаги сую ba‘zilari esa talaffuzi jihatidan o‗xshash bo‗ladi. Shu 
xususiyatlariga ko‗ra so‗zlar quyidagi guruhlarga bo‗linadi: 
1. Omonim so‗zlar. Shakli (yozilishi va aytilishi) bir xil, ma‘nosi har xil so‗zlar 
omonimlar deyiladi. Omonim so‗zi grekcha «bir xil» degan ma‘noni ifodalaydi. 
Masalan: ot - hayvon, ot - uloqtirmoq, ot - ism; og‗iz - insonning tana a‘zosi, og‗iz 
- yangi tuqqan sigir sutidan tayyorlanadigan taom; chang - to‗zon, gard, g‗ubor, 
chang – to‗rtburchak, yassi quti shaklidagi torlar tortilgan qo‗sh cho‗p bilan 
chalinadigan musiqa asbobi; qovoq - insonning tana a‘zosi, ot, qovoq - poliz ekini, 
ot. 
Omonim so‗zlar turkumiga (yuz – insonning tana a‘zosi, ot; yuz - miqdor 
bildiruvchi son) oid bo‗ladi. 
Omonimlar 2 turga ajratiladi: 1) lug‗aviy omonimlar; 2) grammatik omonimlar. 
Lug‗aviy omonimlar:
1) so‗zlar doirasida; 2) iboralar doirasida bo‗ladi. 
1.Omonimlik hodisasi so‗z bilan so‗z doirasida bo‗lsa, leksik omonim deyiladi. 
Masalan: kul (ot) – biror narsaning yonishi natijasida hosil bo‗ladigan kukun. U 
oshxona oldida turgan kul chelakni olishga buyurdi. (P.Tursun) Kul (fe‘l) - zavq 
shovqini, xursandchilik bildiruvchi tovushlar chiqarmoq. Nega Aziz bu qadar shod: 
Yuzi kuladi, ko‗zlari yonadi? (H.G‗ulom) 
2.Omonimlik hodisasi ibora bilan ibora doirasida bo‗lsa, frazeologik omonim 
deyiladi. Masalan: bosh ko‗tarmoq - qarshi qo‗zg‗ olon ko‗tarmoq, bosh ko‗tarmoq 
- tuzalmoq, sog‗aya boshlamoq. 
Grammatik omonimlar qo‗shimchalar doirasidagi shakliy tenglikdir. SHakli bir xil, 
ma‘nosi har xil qo‗shimchalarga grammatik omonimlar deyiladi. Masalan: -im 
qo‗shimchasi bilim – ot yasovchi qo‗shimcha, fe‘ldan ot yasaydi. Kitobim – I 


shaxs, birlik qo‗shimchasi; -ki (tepki) – ot yasovchi qo‗shimcha, -ki (kechki) – 
sifat yasovchi qo‗shimcha. 
Ba‘zi omonim so‗zlar qo‗shimchalar olganda ham omonimlik shaklini saqlab 
qoladi. Masalan, ter+im, ter+im. Birinchi so‗z –ter ot turkumiga oid so‗z bo‗lib, I 
shaxs, birlik egalik qo‗shimchasini olgan, ikkinchisi fe‘l turkumiga oid so‗z ot 
yasovchi –im qo‗shimchasini olgan. Bu so‗zlar bir xil shaklini saqlab qolgan. 
Qo‗shimchalar qo‗shilganda ham omonimlik shaklini saqlab qoladigan so‗zlar 
omoformalar deyiladi. Omoformalar bir xil so‗z turkumiga ham, boshqa-boshqa 
so‗z turkumiga ham oid bo‗ladi. Masalan, 1) bog‗ - mevazor (ot); 2) bog‗ - 
bog‗ich (ot). Ularning qo‗shimcha olgandan keyingi grammatik shakllari: 
1) bog‗ ni, bog‗ ning, bog‗ dan; 
2) bog‗ ni, bog‗ ning,bog‗ dan. 
Qiyoslang: oq (sifat)+ar – fe‘l yasovchi qo‗shimcha; 
oq (fe‘l)+ar – sifatdosh hosil qiluvchi qo‗shimcha. 
Omonimlar badiiy adabiyotda tuyuq janrida, og‗zaki so‗zlashuv nutqida so‗z 
o‗yinlari, askiyalarda qo‗llanadi. 
Omonimlar ko‗p ma‘noli so‗zlar ma‘nosidagi bog‗lanishning yo‗qolishi, 
so‗zlardagi fonetik o‗zgarishlar va boshqa tildan so‗z o‗zlashishi jarayonida yuzaga 
keladi. Masalan: 1) bog‗ (mevazor) tojik tilidan kirgan, bog‗ (bog‗ich) o‗zbekcha 
so‗z; 2) dam – nafas (o‗z ma‘nosi), dam - bosqon (ko‗chma ma‘no), dam - xordiq 
(ko‗chma ma‘no). 2-misolda polisemiya hodisasi yo‗qolib, omonimiya hodisasi 
yuzaga keldi. 
2. Paronim so‗zlar. Birdan ortiq so‗zning shakliy o‗xshashligi paronimiya 
deyiladi. Talaffuzi bir-biriga juda yaqin, ammo yozilishi va ma‘nosi har xil bo‗lgan 
so‗zlar paronim so‗zlar deyiladi. Masalan, asr va asir, afzal va abzal, sher va she‘r 
kabi so‗zlar talaffuzda bir xil aytisa-da, yozilishda farq qiladi. Ma‘nosi ham butkul 
boshqa-boshqa. Paronimni ikki xil yozilishga ega bo‗lgan, ammo ma‘nosi bir xil 
bo‗lgan dubletdan farqlash kerak: arava – aroba, shabada – shabboda, benihoya – 
benihoyat, gado – gadoy kabilar paronim emas, dublet, variantdosh so‗zlardir. 
Paronimlar talaffuz jihatdan o‗xshash bo‗lganligi uchun undan qofiya sifatida 
keng foydalaniladi. 
Paronimning uslubiy xususiyati. Paronimni to‗g‗ri qo‗llamaslik oqibatida 
xatolik yuz beradi: Chanoqdagi lo‗ppi ochilgan paxta quyoshda yarqirab, 


kumushdek toblanadi. Bu gapdagi toblanadi so‗zi o‗rnida tovlanadi so‗zi 
ishlatilishi kerak edi. 
Ma‘lumki, o‗zbek xalqi tarixiy davrlar mobaynida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, 
siyosiy, madaniy aloqada bo‗lib kelgan. Bu aloqalar o‗zaro aloqada bo‗lgan 
xalqning tiliga ma‘lum darajada o‗z ta‘sirini o‗tkazadi. O‗zaro ta‘sir natijasida 
tilning barcha bo‗limlarida: fonetika, leksika, grammatika kabilarda o‗zgarishlar 
yuz beradi. Tildagi o‗zgarish va rivojlanish tilning leksikasida kuchli bo‗ladi. 
O‗zbek xalqi qardosh bo‗lmagan tojiklar bilan qadimdan aloqada bo‗ldi. 
SHuning tarixiy sabablar bilan bog‗liq holda arab, ruslar bilan aloqada bo‗ldi. 
Hozirgi davrga kelib bir qancha xorijiy davlatlar bilan do‗stona aloqalar o‗rnatgan. 
Bular o‗zbek tili leksikasiga ko‗plab so‗zlarning o‗zlashishiga sabab bo‗lmoqda. 
Hozirgi o‗zbek tili leksikasi tarixiy jihatdan ikki qatlamga ajratiladi: 
1. O‗z qatlam. 
2. O‗zlashgan qatlam. 
O‗z qatlam. O‗z qatlamga umumturkiy so‗zlar va o‗zbekcha so‗zlar kiradi. 
1. Umumturkiy so‗zlar. Ko‗pchilik turkum xalqlar tilida qo‗llanadigan, barcha 
turkiy tillar uchun umumiy bo‗lgan so‗zlar umumturkiy so‗zlar deyiladi. Bu so‗zlar 
turkiy qabilalarning goh qo‗shilishi, goh ajralishi natijasida yuzaga kelgan, hozirda 
turkiy xalqlar deb nomlanadigan kishilar tiliga mansub so‗zlardir. Oltoy tillar 
oilasining turkiy guruhida (turkumida) 24 ta til: o‗zbek, qozoq, uyg‗ur, boshqird, 
qirg‗iz, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, no‗g‗ oy, tatar, chuvash, yoqut, tuva, 
shor, qoraim, qo‗miq, gagauz, xakas, balqar, oyrot, karagas, turk, qorachoy, oltoy 
turklari tillari mavjud. 
Umumturkiy so‗zlar hozirgi o‗zbek tili leksikasining asosiy qismini, deyarli 
yarmini tashkil qiladi. 
Umumturkiy so‗zlar turli sohalarga oid bo‗lib, ularga narsa-shaxs, belgi, miqdor, 
harakat, his-tuyg‗u bildiradigan so‗zlar kiradi: kishi, oyoq, qo‗l, bosh, ko‗z, qosh, 
qizil, ko‗k, yashil, oq, bir, ikki, uch, to‗rt, o‗n, kel, tur, yot, o‗tir, ol, ur, yaxshi, 
yomon, sen, u, biz, siz, ular, asta, sekin, tez kabi. 
2. O‗zbekcha so‗zlar. O‗zbek tili sharoitida o‗zbek tili va boshqa til elementlari 
asosida yaratilgan so‗zlar o‗zbekcha so‗zlar deyiladi. O‗zbekcha so‗zlar o‗zbek 
tilining o‗z ichki imkoniyatlari asosida, o‗z qonuniyatlari asosida yaratiladi. Bunda 
quyidagi holatlar kuzatiladi: 


1. Asli o‗zbekcha so‗zlarga shu tildagi so‗z yasovchi qo‗shimchalar yordamida 
hosil qilingan so‗zlar: ter+im+chi, bir+lash+ma, qo‗l+lan+ma, o‗t+kaz+gich, 
tur+g‗un, bola+larcha. 
2. Boshqa tildan o‗zlashgan so‗zlarga o‗zbek tilidagi yasovchi qo‗shimchalarni 
qo‗shish bilan yasalgan so‗zlar: a) tojikcha so‗zlardan yasalgan so‗zlar: mard+lik, 
jang+chi, do‗st+lik, pul+siz; b) arabcha so‗zlardan yasalgan so‗zlar: rahbar+lik, 
qimmat+li, shifo+la+moq, nifoq+chi, nomus+li; v) ruscha-internotsional 
so‗zlardan 
yasalgan 
so‗zlar: 
sport+chi, 
razvedka+chi, 
beton+la+moq, 
ekskavator+chi. 
3. Boshqa tillardan kirgan yasovchi qo‗shimchalar yordamida o‗z va o‗zlashma 
so‗zlardan hosil qilingan so‗zlar: til+shunos, mehnat+kash, chizma+kash, 
kitob+xon, ilm+iy, vagon+soz va boshqalar. 
O‗zlashgan qatlam. Hozirgi o‗zbek tilining lug‗at tarkibiga tarixiy sabablarga ko‗ra 
boshqa tillardan ko‗plab so‗zlar kirib kelgan. O‗zbek tiliga boshqa tillardan kirib 
kelgan so‗zlar o‗zlashgan so‗zlar (olinma so‗zlar) deb yuritiladi. O‗zlashgan 
so‗zlar uyg‗ur, tojik, arab, rus, nemis, frantsuz, ispan, ingliz va boshqa tillarga oid. 
O‗zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so‗zlarni quyidagi qatlamlarga bo‗lish 
mumkin: 
1. Tojikcha so‗zlar: osmon, oftob, bahor, baho, barg, daraxt, mirob, dasta, bemor, 
g‗isht, dasht, xonadon, shogird, xaridor, mard, kam, chala, balki, agar, ham kabi. 
2. Arab tilidan o‗zlashgan so‗zlar. Arabcha so‗zlar o‗zbek tiliga VII-VIII asrlardan 
boshlab kirgan. Bu hol arablarning Markaziy Osiyoni bosib olishi bilan bog‗liq. 
Kitob, maktab, xalq, maorif, shoir, ma‘no, ilhom, kasb, qassob, san‘at, asbob, bino, 
imorat, ovqat, g‗alla, fil, parranda, hasharot, inson, odam, oila, amma, xolla, 
dimog‗ , idora kabi. 
3. Ruscha-internotsional so‗zlar. XIX asrning 2-yarmidan Markaziy Osiyo, 
jumladan, O‗zbekiston chor Rossiyasining mustamlaka mamlakatiga aylandi. Rus 
tilining o‗zbek tiliga ta‘siri shu davrdan boshlandi. Rus tilidan, rus tili orqali 
boshqa tillardan ko‗plab so‗zlar o‗zlashdi. 
O‗zbek tiliga rus tilidan va rus tili orqali Evropa xalqlari tillaridan (frantsuz, 
italyan, nemis, ingliz, ispan) so‗z kirishi ikki tarixiy davrni o‗z ichiga oladi: 
1. XIX asrning 2-yarmidan XX asrning boshlarigacha bo‗lgan davr. 
2. 1917 yildan keyingi davr. 


Rus tilidan so‗zlar ikki yo‗l bilan o‗zlashdi: 
1. Rus ishchilari, ustalari, rus askarlari, chinovniklarining mahalliy aholi bilan turli 
xildagi aloqalari bilan og‗zaki nutq orqali: chilon (chlen), adbakat (advokat), apisor 
(ofitser), iskalat (sklad), axran (oxrana), choynay (choynak) kabi. 
2. Matbuot orqali: ayrapilan (aeroplan), pabrik (fabrika), po‗shta (pochta), zovut 
(zavod), uez (uezd), kridit (kredit), banka (bank), veksil (veksil) kabi. 
Rus tili orqali kirgan so‗zlarning ba‘zilari dunyodagi ko‗pgina xalqlarning tilida 
tovush tomoni deyarli o‗zgartirilmay ishlatiladigan xalqaro so‗zlardir. Ular, odatda, 
internotsional (baynalminal) so‗zlar deb yuritiladi. O‗zbek tiliga o‗zlashgan 
internotsional so‗zlar tarixiy jihatdan quyidagi tillarga mansub: 
1. Rus tiliga: sudya, samolyot, stol, stul, tok, ruchka kabi. 
2. Lotin tiliga: reviziya, nota, metall, refleks, rezina, general, kapital, kanal, plan, 
direktor, radio kabi. 
3. Grek tiliga: grammatika, pedagog, talant, tezis, kafedra, poeziya, poema, metr, 
neft, taktika, parallel kabi. 
4. Nemis tiliga: raketa, kran, shaxta, rolik, politsiya kabi. 
5. Ingliz tiliga: chempion, futbol, dollar kabi. 
6. Frantsuz tiliga: roman, palto, serjant, ministr, bank kabi. 
Rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan so‗zlar ijtimoiy-siyosiy hayotga, 
sanoat, qishloq xo‗jaligi, fan-texnika, madaniy-oqartuv, san‘at, savdo, sport, harbiy 
sohaga doir. 
Hozirgi Yevropa tillaridan so‗zlar bevosita aloqalar orqali o‗zlashmoqda. Masalan, 
o‗z navbatida so‗zlar o‗zbek tilidan rus tiliga ham o‗zlashmoqda: o‗rik, anjir, 
somsa (uryuk, injir, samsa) kabi. 
Xalqlar orasidagi turli xildagi aloqa tillarning lug‗at tarkibining boyib borishiga 
xizmat qiladi. 
O‗zbek tili leksikasi shu tilda gaplashuvchi kishilar tomonidan bir xilda 
qo‗llanmaydi. Ayrim so‗z keng jamoatchilik tilida qo‗llansa, ba‘zilari esa ma‘lum 
territoriyada yashovchi yoki ma‘lum kasb-hunar bilan shug‗ullanuvchi kishilar 
nutqida ishlatiladi. SHunga ko‗ra o‗zbek tilidagi so‗zlar ikki guruhga ajratiladi: 
1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksika. 


2. Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika. 
O‗zbek tili lug‗at tarkibining asosiy qismini ishlatilish doirasi chegaralanmagan 
leksika tashkil etadi. 
O‗zbek tilida gaplashuvchi barcha kishilar tilida qo‗llanadigan so‗zlar ishlatilish 
doirasi chegaralanmagan leksika deyiladi. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan 
leksikadan yashash joyi, kasbi, hunari, jinsi, madaniy saviyasidan qat‘iy nazar 
barcha o‗zbek millatiga mansub kishilar foydalanadi, shunga ko‗ra ular 
umumiste‘moldagi so‗zlar deb ham yuritiladi. Umumiste‘moldagi so‗zlarning 
ma‘nosi hammaga tushunarli bo‗ladi. Bu so‗zlar ijtimoiy hayotning barcha 
sohalariga, barcha so‗z turkumlariga oid bo‗ladi. Umumiste‘moldagi so‗zlarning 
ko‗p qismini umumturkiy so‗zlar va o‗zbekcha so‗zlar tashkil etadi. 
Boshqa tillardan kirgan so‗zlar ham o‗zbek xalqining barchasiga tushunarli bo‗lsa, 
ular ishlatilish doirasiga ko‗ra chegaralanmaydi. Masalan, arab tilidan o‗zlashgan 
shamol, soat, inoq, dohiy, mag‗ rur, hafa, maqol, hayot, millat, hikoya so‗zlari; 
tojik tilidan o‗zlashgan go‗sht, non, sozanda, suhbat, sabzavot, ombur kabi so‗zlar; 
rus tili va rus tili orqali boshqa tillardan kirgan traktor, kino, teatr, tsirk, kartoshka, 
fabrika, zavod kabi so‗zlar umumxalq tilida qo‗llanadi. 
Demak, ishlatilish doirasi chegaralanmagan so‗zlar o‗z qatlamga ham, o‗zlashgan 
qatlamga ham oid bo‗lishi mumkin. 
Ishlatilish doirasi chegaralangan leksika. Tildagi so‗zlarning umumxalq tomonidan 
ishlatilmaydigan qismi ishlatilish doirasi chegaralangan leksika deyiladi. Bunday 
so‗zlarning ishlatilishi ma‘lum sabablarga ko‗ra chegaralangan bo‗ladi. Ishlatilish 
darajasi chegaralangan leksikaga dialektal so‗zlar, atamalar, jargon va argolar 
kiradi. 
Dialektal leksika ishlatilish territoriyaga ko‗ra chegaralangan so‗zlar bo‗lib, ular 
adabiy tilga kirmaydi. Ma‘lum bir xududdagi kishilar nutqida qo‗llanib, ulargagina 
tushunarli bo‗lgan so‗zlar sheva so‗zlari deyiladi. SHeva so‗zlari yig‗indisi 
dialektizm deb yuritiladi. Dialektizm – grekcha so‗z bo‗lib, dialektos – «tilning 
mahalliy ko‗rinishi» demakdir. SHuning uchun dialektizm umumtilning mahalliy 
ko‗rinishi bo‗lgan dialektlarga xosdir. 
Misollar: qorinja (chumoli), g‗ o‗z (yong‗ oq), karvich (g‗isht) – Xorazm; norbon 
(narvon), bodrak (varrak), poku (ustara) – Buxoro; mishiq (mushuk) - Farg‗ ona; 
inak (sigir), mo‗rcha (chumoli), pishak (mushuk) - Samarqand shevasida. 
SHevadagi ba‘zi so‗zlar adabiy tilda ham bo‗lishi mumkin. Lekin ular boshqa-
boshqa ma‘nolarni bildiradi. Masalan: kosa so‗zi Xorazm shevasida «piyola» 


ma‘nosini, adabiy tilda «suyuq ovqat soladigan idish», lagan so‗zi Xorazm 
shevasida kir yuvadigan tog‗ ora, adabiy tilda «quyuq ovqatlarni soladigan idish» 
ma‘nosini bildiradi. 
Yozuvchilar badiiy asarda mahalliy koloritni berish, qahramonning nutqini 
individuallashtirish, uning qaerlik ekanini, tilidagi xususiyatlarni ko‗rsatish 
maqsadida sheva so‗zlardan foydalanadi. 
Kasb-hunar leksikasi. O‗zbek xalqi qadimdan turli kasb-hunar bilan shug‗ullanib 
keladi. SHuning uchun O‗zbekistonda kasb-hunar tarmoqlari taraqqiy etgan. 
Jumladan, kulochilik, qashshoqlik, kashtachilik, duradgorlik, terimchilik, ovchilik, 
chorvachilik, kosibchilik va hokazolar shular sirasiga kiradi. Turli kasb-hunarga 
doir so‗zlar kasb-hunar leksikasi deyiladi. Hozirgi o‗zbek tili leksik tarkibida kasb-
hunarga doir so‗zlarga boy. Masalan: kulolchilikda dog‗ chil (xum yasashda 
ishlatiladigan asbob), aspak yoki ob yog‗ och, bandak, bog‗ich (idish chetini 
tekislash uchun ishlatiladigan latta, charm yoki kigiz parchasi) kabi so‗zlar, 
suvoqchilik sohasida bozi (tokcha yoki), andava (asbob), loykash (kishi), mola 
gazcho‗p (asbob) kabi maxsus so‗zlar bor. Ular shu hunar egalari tilida qo‗llanadi 
va ular uchun tushunarlidir. 
Yozuvchilar badiiy asarlarda qahramonlarning mehnat faoliyatini ko‗rsatishda 
kasb-hunarga doir so‗zlardan foydalanadilar. 
Atamalar. Fan-texnika, xalq xo‗jaligi, qishloq xo‗jaligiga doir ilmiy tushunchalarni 
aniq ifodalaydigan so‗zlar atamalar deyiladi. Fan-texnika va ishlab chiqarish 
sohasida qo‗llanadigan terminlarning jami terminologiya (terminologik leksika) 
deb yuritiladi. Masalan: fonetika, leksika, morfologiya, morfemika, sintaksis – 
tilshunoslikka oid; kvadrat, ildiz, teorema – matematikaga doir; sifatlash, 
o‗xshatish, jonlantirish – adabiyotshunoslikka doir atamalardir. Hozirgi kunda 
dunyoda fanning 500 dan ortiq tarmoqlari bor, ular har tomonlama taraqqiy 
etmoqda. Bu tilda atamalarning boyib borishiga olib keladi. Atamalar ilmiy nutqda 
qo‗llanadi va ular bir ma‘noli bo‗ladi. 
Ba‘zi atamalar o‗zbek tilida so‗zlashuvchi barcha kishilar nutqda qo‗llanib 
ommalashib ketishi mumkin. Bunda ular ishlatilish doirasi chegaralanmagan 
umumxulq so‗ziga aylanadi. Masalan, o‗qituvchi, kitob, daftar, dars kabi. 
Jargon va argolar. O‗tmishda xalqni ekspluatatsiya qiladigan sinf vakillari, saroy 
ahllari, mansabdor shaxslar, savdogarlar, qalandar, maddohlar, xalqni aldab 
yuruvchi gadoylar, o‗g‗ rilar, firibgarlar o‗z niyatlarini xalqdan yashirish uchun 
o‗zlariga tushunarli so‗z va iboralardan foydalanganlar. 


Tilda sinfiy ayirmalikni ko‗rsatib turadigan bunday so‗zllar «sinfiy dialektning 
so‗zlari» - jargonlar deb yuritiladi. 
Ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan yaratilib, umumxalq tilidan farq qiladigan 
dabdabali so‗z va iboralar jargonlar deyiladi. Masalan, oftobi olam (podsho), 
husni mutlak (xudo), nishoni oliy mon, shoe‘ qiling (bildiring), mal huz emas 
(mulohaza qilingan emas), ne‘mati jannat (yor, mahbuba), shavaqqu‘ aylang (umid 
bilan kuting), tanzil (foyda). 
O‗g‗ rilar, qimorbozlar orasida qo‗llanadigan so‗zlar argolar deb yuritiladi; loy 
(pul), xit (militsioner), bedana (to‗pponcha), xitola (o‗g‗irla), zamri (jim tur), 
atamri (gapir), atanda (qoch) kabi.
Qadimda savdogarlarning, otarchilarning ham argolari bo‗lgan: yakan (pul), joyi 
(yo‗q), xasut (non), dax (yaxshi, durust) – otarchilar argosi; sar yoki sari piyoz 
(ming so‗m), saru nimsar (bir ming besh yuz so‗m), kapara (olti ming 
so‗m).Tilning tarixiy taraqqiyoti davomida uning barcha bo‗limlarida, jumladan, 
leksikasida ham o‗zgarishlar yuz beradi. Bunda tildagi ba‘zi so‗zlar eskirib, 
iste‘moldan-ishlatilishdan chiqib ketadi yoki yangi tushunchalarni nomlovchi 
so‗zlar paydo bo‗ladi. Bu hodisalar tilning leksik tarkibini 2 qatlamga ajratishni 
taqazo etadi: 
1. Zamonaviy qatlam (neytral qatlam). 
2. Eskirgan qatlam. 
3. Yangi qatlam. 
Zamonaviy qatlam. Bu qatlam o‗zbek tili leksikasining asosiy qatlami bo‗lib, uni 
umumxalq leksikasiga – ishlatilish doirasi chegaralanmagan leksikaga oid so‗zlar, 
shuningdek, atamalar, kasb-hunarga doir so‗zlar tashkil etadi. Bu qatlamdagi 
so‗zlar yangilik bo‗yog‗iga ham, eskilik bo‗yog‗iga ham ega bo‗lmaydi. 
Zamonaviy qatlamda so‗zlarning nutqda ko‗p yoki kam ishlatilishi, barcha 
kishilarning ishlatishi yoki ma‘lum guruh kishilari nutqidagina ishlatilishi asosga 
olinmaydi. 
Demak, yangilik va eskilik bo‗yog‗iga ega bo‗lmagan so‗zlar eskirgan qatlam. 
So‗z ifodalaydigan predmet yoki tushuncha hayotda yo‗qolishi, yoki ularning 
ma‘nosini ifodalaydigan boshqa so‗zlarning paydo bo‗lishi munosabati bilan ayrim 
so‗zlar asta-sekin qo‗llanilmay unutila boradi. Ular nutqda kam qo‗llanadi. 
Ularning ba‘zilarini tushunish mumkin, ayrimlarini ko‗pchilik tushunmaydi, ular 


badiiy va ilmiy adabiyotlarda qo‗llansa, izoh talab etadi. Eskilik bo‗yog‗iga ega 
bo‗lgan so‗zlar eskirgan leksika deyiladi. Eskirgan leksika 2 turga ajratiladi: 
1. Tarixiy so‗zlar yoki istorizmlar. 
2. Arxaik so‗zlar yoki arxaizmlar. 
Tarixiy so‗zlar o‗tmishdagi narsa va hodisalarning nomi bo‗lgan, ammo hozir 
eskirib qolgan so‗zlar tarixiy so‗zlar deyiladi. Tarixiy so‗zlar jamiyatda yo‗q bo‗lib 
ketgan narsalar, shaxslar haqida gap borganda qo‗llaniladi. Hozirgi tilda ularning 
sinonimii yo‗q. Masalan: foytun, yasovul, taxt, kanizak, dinor (tilla pul), chaqirim 
(1 km), tosh (8 chaqirim – 8 km), gaz (71 sm), botmon (176, 128 kg), misqol (4,25 
g.), miri (5 tiyin). 
Ba‘zi so‗zlar til taraqqiyoti davomida turli xil narsalarni ifodalaydigan bo‗lib 
qoladi. Bunday so‗zlarning bir ma‘nosi eskirsa, ikkinchi xil ma‘nosi zamonaviy 
qatlamda ishlatiladi. 
Masalan: boy so‗zining ma‘nosini qiyoslang: Boy Yo‗lchini zimdan kuzatdi 
(Oybek). Sen boy bo‗laman deb nima ishlarni qilmading, oqibati nima bo‗ldi? 
Arxaik so‗zlar. Hozir mavjud bo‗lgan narsa-hodisalarning eskirib qolgan nomlari 
arxaik so‗zlar deyiladi. Arxaik so‗zlar yig‗indisi arxaizmlar deyiladi. Arxaizm – 
grekcha so‗z bo‗lib, archaios – «qadimgi» degan ma‘noni bildiradi. 
Eskirgan so‗z ifoda etayotgan narsa-hodisalar hozirgi hayotda bor bo‗lgani uchun 
uning eskirgan nomini almashmay oladigan zamonaviy qatlamga oid so‗z mavjud 
bo‗ladi. Aslida bir narsaning birdan ortiq nomi bo‗lsa, ulardan til taraqqiyoti 
qonuniyatlariga javob bera oladigan tilda saqlanib qoladi, javob bera olmaydigani 
eskilik bo‗yog‗iga ega bo‗lib, ishlatilmay qolib ketadi. Masalan, sekretar – kotib, 
mirzo, kotiba. Ular ichidan kotib so‗zi hozirgi kunda kishilar tomonidan keng 
ko‗lamda qo‗llanilyapti. Sekretar so‗zi eskirib, arxaiklashib qolgan. Arxaik so‗zlar 
so‗zlovchining ko‗z oldida iste‘moldan chiqib ketayotgan so‗zlardir revolyutsiya 
(inqilob), tuman (rayon), viloyat (oblast), baynalmilal (internotsional). 
Masalan: bitik (kitob), ulus, budun (xalq), o‗miz (ko‗krak) kabi. 
So‗zlar butun holda arxaiklashishi yoki uning biror ma‘nosi arxaiklashishi 
mumkin. SHunga ko‗ra ular: a) leksik arxaizmlar; b) semantik arxaizmlar tarzida 
ikki xil bo‗ladi. 
Leksik arxaizmda so‗z eskiradi: gulgun, siymo (obraz). 


Semantik arxaizmda ma‘no eskiradi: chechak – «gul» ma‘nosida eskirgan, bekat – 
karvonlar to‗xtaydigan joy ma‘nosida eskirgan, bag‗ir – «jigar» ma‘nosida 
eskirgan, davlat – «boylik» ma‘nosida eskirgan. 
Arxaiklashish iboralarda ham, grammatik hodisalar doirasida ham yuz beradi. 
Iboralarning arxaiklashishi holati ko‗p, lekin grammatik hodisalarning 
arxaiklashishi ham uchraydi: dasti alif –lom qilib, gardonini ham qilib, yoqasini 
chop etmoq (iboralar); sifatdoshning –din, -mish shakllari, ravishdoshning –bon, -
ibon shakllari, -dur – kesimlikni ko‗rsatuvchi bog‗lama eskirgan grammatik 
shakllardir. 
Fonetik arxaizmlar ham mavjud bo‗lib, unda tovush eskiradi: sobun, qaboq kabi 
(sovun, qovoq). 
Neologizmlar. Kundalik hayotimizdagi angi narsalarni, ularning belgilarini, 
yangicha munosabatlarni, umuman yangi tushunchalarni ifoda etish ehtiyoji bilan 
yuzaga kelgan so‗zlar yoki yangi ma‘noda qo‗llangan eski so‗zlar neologizmlar 
deyiladi. Neologizm grekcha so‗z bo‗lib, neos – «yangi» degan ma‘noni bildiradi. 
Neologizm yangilik bo‗yog‗iga ega bo‗lgan so‗zlardir. Masalan: bakalavr, 
magistratura, komp‘yuter, komp‘yuter texnologiyasi, marketing, supermarket kabi. 
Neologizmlar yangi paydo bo‗lgan paytda, ishlatilish doirasiga ko‗ra 
chegaralangan leksikaga kiradi. Neologizmni ma‘nosi tushunarlilik kasb etsa, xalq 
orasida ommalashib ketishi mumkin. Bunda u yangilik bo‗yog‗ini yo‗qotadi va 
umumxalq so‗ziga aylanadi. Masalan: brigada, televizor, traktor, kosmos, 
kosmonavt va hokazo. 
Ba‘zi neologizmlar yangiligicha qolib ketishi, ishlatilish doirasi chegaralangan 
leksikadan o‗rin olib qolishi mumkin. Demak, neologizm – nisbiy tushuncha. 
CHunki har bir davr o‗z neologizmiga ega bo‗ladi. 
So‗z yoki so‗zning ma‘nosi neologizm bo‗lishi mumkin. 
So‗z neologizm bo‗lsa, leksik neologizm deb yuritiladi: broker, ... 
Leksik neologizmlar tamomila yangi, hali o‗zlashib ketmagan so‗zlardir. Bunday 
so‗zlar: 1) o‗zbek tilida avvaldan mavjud bo‗lgan so‗z va yasovchi qo‗shimchalar 
bilan yasalgan yangi so‗zlardir: etti yillik; 2) boshqa tildan kirgan hali umumxalq 
tiliga singib o‗zlashib ketmagan yangi so‗zlardir: magistr, bakalavr. 
Leksik ma‘nolardan biri yangi bo‗lsa, semantik neologizm deb yuritiladi. Masalan: 
Yo‗ldosh (yer yo‗ldoshi), payvandchi (metallni ulovchi).Til nafaqat axborot 
uzatish vazifasini, balki shu bilan birgalikda, axborot uzatuvchining axborotga 
hissiy munosabatini ham ifodalaydi. Lisoniy tizimda bu hissiy munosabatni 


tashuvchi turli vosita mavjud. Ulardan biri leksemadir. Ana shu jihatidan o‗zbek 
tili leksemalari bo‗yoqsiz va bo‗yoqdor qatlamga bo‗linadi.
Bo‗yoqsiz leksika. O‗zbek tili lug‗at tarkibidagi leksemaning ko‗pchiligi 
so‗zlovchining hissiy munosabatini ifodalovchi bo‗yoqdan xoli bo‗ladi. Bunday 
birlik bo‗yoqsiz leksema. Masalan, [bor], [yo‗q], [katta], [mazali], [daryo], 
[urmoq], [chiroyli], [tez], [husn] kabi leksemalar borliq hodisalarini boricha aks 
ettiradi va unga so‗zlovchining munosabatini ifodalamaydi. Boshqacha aytganda, 
bo‗yoqsiz leksemaning kishi hissiy munosabatini ifodalovchi ifoda semalari nol‘ 
darajada bo‗ladi. Biroq bu leksemaning bo‗yoqsizligi nisbiy, ya‘ni faqat lisonda. 
Nutqda har qanday bo‗yoqsiz leksema ham bo‗yoq kasb etishi mumkin. Masalan, 
[katta] leksemasining lisoniy mohiyati - sememasi bo‗yoqsiz. Biroq u nutqda 
boshqa nolug‗aviy tajallilar bilan qorishib, bo‗yoq kasb etadi. Dengiz k-a-tta edi 
gapida fonetik tajalli ta‘sirida [katta] leksemasi bo‗yoqdor nutqiy birlikka 
aylangan.
Bo‗yoqdor leksika. Bunday leksemaning kishi hissiy munosabatini 
ifodalovchi ifoda semasi bo‗rtib turadi: [ulkan], [badnafs], [qiltiriq], [oniy], 
[tashrif], [oraz], [yovqur], [mahliqo], [badbashara] va h. 
Bo‗yoqdor leksemaning ifodaviyligi ijobiy yoki salbiy bo‗lishi mumkin. 
SHunga ko‗ra bo‗yoqdor leksemalar ijobiy bo‗yoqdor leksema va salbiy bo‗yoqdor 
leksemaga bo‗linadi. 
Ijobiy bo‗yoqdor leksema so‗zlovchining borliq hodisasiga ijobiy 
munosabatini ifodalaydi va ular sememalarida tegishli ifoda semalari ijobiy 
bo‗ladi. Misollar: 1.Onam deganimda, oqsoch, jafokash munis va mehribon 
chehrang bo‗lar namoyon (G‗.G‗ul.). 2. U hamisha kulib, jilmayib turadigan 
mehribon chehrani ko‗rmadi (M.Ism.). 3.Orazin yopqoch, ko‗zimdan sochilur har 
lahza yosh (Nav.)
Salbiy bo‗yoqdor leksema borliq hodisasiga so‗zlovchining salbiy 
munosabatini ifodalaydi va ular sememasida salbiy munosabatni ifodalovchi sema 
bo‗rtib turadi. Misollar: 1. So‗ngra yakkam-dukkam iflos tishlarini yashirgan 
og‗zini katta ochib esnadi, go‗yo uning butun badburush yuzini og‗iz qopladi 
(Oyb.) 2. U bir ko‗ngli borib, muttaham qozining tumshug‗iga tushirgisi, yo iflos 
basharasiga tupurgisi keldi. (M.Ism.)
Ijobiy bo‗yoqdor leksema nutqda salbiy bo‗yoqdor leksema o‗rnida 
voqelanishi mumkin. 1. Jamolingizni (―basharangizni‖ ma‘nosida) boshqa 
ko‗rmay! 2. Rosa xursand qildingiz (―xafa qildingiz‖ ma‘nosida).


Leksemaning ijobiy va salbiy bo‗yog‗ini ijobiy va salbiy ma‘nodan farqlash 
kerak. Masalan, [yaxshi] leksemasi ijobiy ma‘noga ega, ammo uning ifoda semasi 
bo‗yoqdorlikni ko‗rsatmaydi, ya‘ni u bo‗yoqsizdir. [xunuk] salbiy ma‘noga ega 
bo‗yoqsiz leksema. 
Uslubiy xoslanganlik jihatidan o‗zbek tili leksikasi 
Leksema nutq uslubiga munosabatiga ko‗ra uslubiy betaraf va uslubiy xoslangan 
turlarga ajraladi. 
Uslubiy betaraf leksika. Uslubiy betaraf leksema barcha uslublarda birdek va 
bab-baravar ishlatilaveradi va uning ifoda semalarida uslubga munosabat «uslubiy 
betaraf» deb beriladi: [kel], [bor], [o‗t], [ket], [kitob], [qalam], [stol], [mashina], 
[oq], [qora], [tez], [sovuq], [faqat], [lekin] va h. Lekin nutqda ko‗chma ma‘noda 
ishlatilganda, bu ma‘nosi bilan ayrim uslubga xoslanib qoladi. Masalan, [sovuq] 
leksemasi «xunuk» ma‘nosida (sovuq rangli) faqat so‗zlashuv yoki badiiy uslubga 
xos. 
Uslubiy xoslangan leksika. Uslubiy xoslangan leksikani uchga bo‗lish 
mumkin: a) kitobiy leksika; b) badiiy leksika; v) so‗zlashuv leksikasi. 
Ilmiy, rasmiy va publitsistik leksikaga mansub birliklar umumlashtirilib, 
kitobiy leksika deb yuritiladi:
ilmiy leksikaga oid birlik: [integral], [meridian], [tangens], [olmosh], [bo‗lish], 
[ko‗paytirish];
rasmiy leksikaga oid birlik: [bayonnoma], [buyruq], [farmon], [qo‗mita], [sessiya], 
[tashkilot]; 
publitsistik leksikaga oid birlik: [jangovar], [mafkura], [ilg‗or], [ittifoq], [jahon], 
[afkor].
Bunday leksemaning uslubga xoslikni ko‗rsatuvchi ifoda semasi «ilmiy 
nutqqa xos», «rasmiy nutqqa xos», «publitsistik nutqqa xos» deb belgilanadi. 
Badiiy leksikaga ifoda semalari sirasida «badiiy nutqqa xos» semasi mavjud, 
badiiylik bo‗yog‗iga ega bo‗lgan leksik birliklar kiradi: Mehnat bilan topadi iqbol
(YO.Mirz.). Uning odobida, uning xulqida, insoniy kamolot mavjud, barqaror
(Uyg‗.). Tabiatan serzavq va har narsaga qiziquvchi bo‗lgan Sodiq uchun har hunar 
zavq baxsh etar, ko‗nglini ko‗tarar, sog‗lig‗ini saqlardi (SHuhr.). Kundan kunga 
yashnamoqda ko‗rking, jamoling. (/ayr.) Bahorning fikri bulut bosgan osmonday 
qorong‗ilashdi-yu, ko‗z oldini tuman chulg‗adi (SH.Rash.). YAxshi qoling, sevgan 
yurtu diyorim (Hamz.). 


Badiiy nutqda ilmiy, rasmiy, publitsistik va so‗zlashuv uslubiga xos birlik 
ham bemalol ishlatilaveradi.
So‗zlashuv leksikasiga oddiy so‗zlashuv nutqiga xos, erkin muomalada 
qo‗llaniladigan, adabiy til uchun me‘yor bo‗lmagan leksema kiradi: [ketvorgan], 
[po‗rim], [qitday], [mullajiring] kabi. Misollar: O‗ylab ko‗rsam, sarkotib odamga 
shundan bop sovg‗a yo‗q ekan. Ruchkaning poshshaxoni, perosi oltindan (N.Saf.). 
SHomahdievning qilig‗i ma‘lum: jahli chiqib bir sannab ketsa, uning chakagini 
bosish asov tuyani cho‗ktirishdek mashaqqat (A.Muhid.). Qizlaringizni jerkiysiz, 
so‗kasiz... Xo‗sh, nima uchun To‗lani yumshoq paxtaga o‗rab papalaysiz?! 
(M.Ism.) Jillaqursa juvoldiz bilan qarashay dedim (Oyb.). enang besh-o‗n tanga 
pul so‗rab yubordi. Bo‗lsa, chiqarib ber, boyoqishlar chaynab tursin. (Oyb.) Maza 
qilib kartoshkani tushirib tursang... (Say.) 
So‗zlashuv leksikasiga kiradigan leksemaning tegishli ifoda semasi 
«so‗zlashuv nutqiga xos» deb yuritiladi. 
Leksemaning uslubiy xoslanganligi ularning boshqa bir uslubda 
qo‗llanmasligidan dalolat bermaydi. Masalan, so‗zlashuv uslubi erkin uslub 
sanaladi va unda boshqa uslub unsurini bemalol ishlatish mumkin. Ammo 
leksemani ma‘lum bir uslubda qo‗llash nutq me‘yoriga muvofiq bo‗lishi lozim. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin