O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘limi vazirligi


- mavzu. Gramatika.Punkuatsiya. Uslubiyat



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129094
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta‘limi vazirligi

7- mavzu. Gramatika.Punkuatsiya. Uslubiyat 
Reja: 
1. Gramatika haqida. 
2. Punkuatsiya. Uslubiyat
Grammatika (grekcha: harf, oʻqish va yozish san'ati) tilshunoslik fanining 
bir qismi boʻlib, tilning grammatik qurilishini tekshiradi. 
Grammatika (m-s) soʻzlarning oʻzgarishi va gapda soʻzlarning birikuvi 
haqidagi qoidalar yigʻindisidir. 
Grammatika soʻzlarning qoʻshimchalar vositasi bilan oʻzgarishini, 
soʻzlarning oʻzaro bogʻlanib gap boʻlib kelishini, gapni toʻgʻri, savodli tuzish 
qoidalarini ham oʻrgatadi, 
Lugʻat tarkibidagi soʻzlar oʻz holicha fikr mazmunini ifodalamaydi. Chunki 
soʻzlar faqat ma‘no (tushuncha) bildiradi. Soʻzlar, iboralar grammatika qonun-
qoidalar asosida tegishli qoʻshimchalar yoki yordamchi vositalar bilan oʻzaro 
ma‘lum tartibda birikib kelgan taqdirdagina fikr ifodalovchi gaplar shakllanadi: 
Bolalarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishida oʻqituvchilarning ham roli 
kattadir. 
Agar biz yuqorida keltirilgan gapdagi soʻzlarni lugʻatdagi holatida, ya‘ni 
grammatik jihatdan uyushmagan tarzda keltirsak (bola, Vatan, muhabbat, ruh, 
tarbiyalash, ish, oʻqituvchi, ham, rol, katta deb aytsak), biror fikr kelib chiqmaydi. 
Demak, soʻzlar vositasi bilan fikrni maqsadga muvofiq ifoda etishda, mazmunli 
nutqni vujudga keltirishda grammatika va grammatik formalarning ahamiyati 
gʻoyat muhimdir, 
Oʻrganish obyekti, materiali va vazifasi nuqtayi nazaridan grammatikaning 
bir necha tipi farqlanadi: 1) tarixiy grammatika, 2) tasviriy grammatika, 3) qiyosiy 
grammatika. Biz bu kursda tasviriy grammatikani oʻrganamiz. 
Har bir tilning oʻziga xosligini uning fonetik, leksik va grammatik 
strukturalari aks ettiradi. Bu strukturalarning hammasi bir butun sistemani hosil 
qiladi. Demak, tilning grammatik qurilishi uning fonetik qurilishi hamda leksik 
sistemasi bilan uzviy bogʻliqdir. Grammatika soʻzlarni shakllantiradi, biriktiradi
ularning fikr anglatish vositasi sistemasidagi vazifasini roʻyobga chiqaradi. Bu 
ma‘lum qoidalar, normalar asosida boʻladi: Bola yugurdi. qiz kuyladi. Bedana 
sayradi. gaplarining hammasi bir yagona qoida – model asosida tuzilgan gaplardir. 
Koʻpgina tillarning grammatik qurilishida oʻxshashlik va farqlar mavjud. 
Tillarning grammatik qurilishidagi oʻxshashlik nisbatan sintaksisda kuchli 
(ayniqsa, qoʻshma gaplar strukturasida), farqlanish esa soʻz formalarida kuchlidir. 


Tilning grammatik va tovush tomoni oʻzaro yaqin munosabatda. Har bir 
grammatik hodisaning tovush bilan ifodalanishi grammatikaning fonetika bilan 
munosabatini koʻrsatadi. qiyoslang: gapning xarakterli belgilaridan biri — 
intonatsiyadir. Yoki soʻz urgʻusining turli boʻgʻinlarga tushishi uning turkumini 
oʻzgartiradi: qushcha - ot, kichraytish, qushcha ravish, -day, -dek shakli. Hozir — 
tayyor, hozir payt ma‘nosida — ravish. 
Tilning grammatik qurilishi va lugʻat tarkibi oʻzaro munosabatda. Soʻzning 
morfologik va sintaktik xususiyatlari haqidagi ta‘limot grammatikaning asosidir. 
Soʻzning leksik-grammatik xususiyatlari jihatidan oʻxshashliklari ot, sifat fe'l kabi 
soʻz turkumlarning ajralishiga asos boʻladi. Soʻz ma‘lum shaklga kiradi va boshqa 
soʻzlar bilan munosabatga kirishadi. 
Grammatikaning asosini soʻz turkumlari va gap haqidagi ta‘limot tashkil 
qiladi. Bu grammatikaning ikki qismdan — morfologiya va sintaksisdan iborat 
ekanligini koʻrsatadi. 
Morfologiya (grekcha: morfe — shakl va logos—soʻz, ta‘limot) soʻzning 
grammatik 
shakllari 
haqidagi 
ta‘limotdir. 
Morfologiyada 
soʻzlarning 
turkumlanishi, grammatik oʻzgarishi, soʻz formalarining hosil boʻlish yoʻllari 
oʻrganiladi. Fonetikaning asosini unli-undosh, jarangli-jarangsiz kabi fonetik 
oppozitsiyalar tashkil qilganidek, morfologiyaning asosini bir-biriga zid, lekin 
oʻzaro bogʻlangan, shartlangan grammatik oppozitsiyalar tashkil qiladi (birlik - 
koʻplik, boʻlishli - boʻlishsizlik kabi). 
Morfologiya va sintaksis bir-biri bilan uzviy bogʻliqdir. 
Sintaksis (grekcha: sintaksis — tuzish, qurish) soʻzlarning birikishini, gap va 
uning tuzilishini hamda turlarini tekshiradi. Tilning qurilishi yaxlit bir sistema 
boʻlib, u morfologik va sintaktik hodisalarning oʻzaro bir butun sistemani hosil 
qilishdan tashkil topadi. Chogʻishtiring: soʻzlar oʻzaro bogʻlanish talabi bilan
demak, sintaktik xususiyat natijasida, turli formalarga kiradi: teatrning binosi, 
teatrga bordik kabi. Gap boʻlaklari bilan soʻz turkumlari orasida bogʻlanish bor. 
Jumladan, soʻz oʻzgartuvchi qoʻshimchalarning vazifasi sintaktikdir. Soʻzlarni ot, 
sifat, fe'l turkumlariga ajratishda bir asos sintaktik funksiyadir. 
Grammatik ma‘no 
Demak, soʻz fonetikada ham, leksikologiyada ham tekshirilar ekan. 
Leksikologiyada, asosan, soʻzning leksik ma‘nosi, grammatikada soʻzning 
grammatik ma‘nolari oʻrganiladi. 


Soʻzning ob'yektiv borliq (narsa, belgi, harakat kabilar) haqidagi 
tushunchani anglatishi uning leksik ma‘nosidir. 
Grammatik ma‘no deganda nima tushuniladi? 
Grammatik ma‘no deganda har bir tilning qurilish tizimi nutqda 
ifodalanishini zaruriy va majburiy deb talab etadigan va turli xil shakliy 
koʻrinishlar bilan beriladigan umumlashgan ma‘nolar tushuniladi. 
Chunonchi, "Bolalar qiziqarli kitobni oʻqiydi" gapini olsak, "Bolalar" 
soʻzida 2 xil ma‘no ajralib turadi: 1) lugʻaviy ma‘no - ya‘ni bu soʻzning borliqdagi 
odam jinsiga mansub boʻlgan, yosh jihatdan voyaga yetmagan shaxsni yoki voyaga 
yetgan kimsaning farzandi, avlodini atab kelish; 2) koʻplik sonda, bosh kelishikda, 
gapda ega vazifasida kelgan turdosh ot. Bu ma‘nolardan birinchisi lugʻaviy, leksik 
ma‘no boʻlsa, ikkinchisi grammatik umumlashgan ma‘nodir. Grammatik ma‘nolar 
har bir tilda oʻziga xos boʻladi va rang-barang shakliy usullar bilan ifodalanadi.
Tabiatan agglyutinativ va sintetik boʻlgan oʻzbek tilida qoʻshimchalardan 
aloqa-munosabat qoʻshimchalari va lugʻaviy shakl hosil qiluvchi qoʻshimchalar, 
asosan, grammatik ma‘no ifodalaydi. Masalan, kitobi soʻz shakliga e'tibor bersak. 
Bu shakidagi -i qoʻshimchasi kitobning qandaydir uchinchi bir shaxsga 
tegishliligini ifodalasa, "Oʻlgan kimlar" kitobi" birikmasida tur va jins norhini 
oʻzaro bogʻlab birikma hosil qilyapti. Shu ma‘nolar -i qoʻshimchasida 
mujassamlangan va shu ma‘no ushbu qoʻshimcha morfema orqali yuzaga 
chiqmoqda. 
Kelishik qoʻshimchalari grammatik ma‘no ifodalaydi. Masalan, "Javondagi 
kitoblardan oldi" gapida -dan qoʻshimchasi ma‘lum bir manbadan biror narsa 
ajralayotganini ifodalasa, "Vijdondan qoʻrqing" gapida -dan vijdon va "qoʻrqmoq 
soʻzlarini bir-biriga bogʻlashga xizmat qilyapti, ―Anvar uydan chiqdi" gapida esa 
Anvar degan shaxsning chiqish joyini koʻrsatmoqda. Yuqorida keltirgan 
misollarimizdan shunday xulosaga kelish mumkinki, grammatik ma‘no lisoniy va 
nolisoniy munosabatlarning muayyan shakl (qolip)da mujassainlangan mavhum 
in'ikosidir. Chunki, yuqoridagi kitobi soʻzidagi -i qoʻshimchasida, "Javondagi 
kitoblardan oldi" gapidagi -dan qoʻshimchasida nolisoniy munosabat yotsa, 
"Oʻtgan kimlar" kitobi" birikmasidagi -i va "Vijdondan qoʻrqing" gapidagi -dan 
qoʻshimchasida sof lisoniy munosabat mujassamlangan. Shuning uchun grammatik 
ma‘no tarkiban murakkab boʻlib, lisoniy va nolisoniy munosabatlar in'ikosirling 
birikishidan iboratdir. 
Fe'l zamonlari ham grammatik ma‘no ifodafaydi. Bu zamonlar faqat 
nutqdagi, matndagi soʻzlarning qaysi zamonga oid ekanini koʻrsatish bilan 
chegaralanmay, balki tashqi dunyoda sodir boʻladigan voqea va hodisalarning 


qachon boʻlib oʻtganini, ya‘ni aynan gapirilayotgan vaqtda yoki gapirilayotgan 
vaqtdan oidin yo keyin sodir boʻlayotganligini ifodaiash uchun ham xizmat qiladi: 
Lola oʻqidi; Lola oʻqiydi; Lola oʻqiyotir. 
Sifat darajalari ham grammatik ma‘no anglaladi. Ular narsa, predmet, 
hodisalarning borliqdagi nisbiy farqini aks ettiradi: 
tor/ torroq /eng tor; goʻzal/ goʻzalroq/ eng goʻzal. 
Mana shunday ma‘lum bir shaklda mujassamlangan va tilda ifodalanishi 
zarur be'lgan umumlashgan, lugʻaviy ma`no ustidagi ustama ma`no grammatik 
ma‘no sanaladi.
Grammatik shakl (soʻz formasi) 
Soʻzning ma‘lum bir grammatik ma‘no ifodalovchi shakli (koʻrinishi) 
soʻzning grammatik formasi deyiladi.
Grammatik ma‘no aytib oʻtganimizdek, rang barang usullar bilan 
ifodalanadi. Oʻzbek tilida, jumladan, grammatik ma‘nolar quyidagi usullar bilan 
ifodalanadi: 
1. Affiksatsiya. 
2. Yordamchi soʻzlar. 
3. Soʻz tartibi. 
4. Takror. 
5. Ohang. 
6. Juftlash. 
7. Ichki fleksiya.
8. Urgʻu. 
9. Suppletivizm. 
Biz bu usullarni tilimizda tarqalganlik doirasiga koʻra joylashtirdik. Usullar 
mohiyati sizga "Tilshunoslikka kirish" kursidan ma‘lum. 
1. Affiksatsiya tilimizda grammatik ma‘noni ifodalashning eng keng 
tarqalgan usuli boʻlib, tilimizga xos boʻlgan grammatik ma‘nolarning deyarli 


barchasi son, egalik, kelishik, hurmat, shaxsiy munosabat, belgi darajasi, harakat, 
nisbat, tarz (harakatning sodir boʻlish usuli), boʻlishli-boʻlishsizlik (tasdiq-inkor), 
mayl-zamon, shaxs-son affikslar-qoʻshimchalar yordamida ifodalanadi. Oʻzbek 
tilida, asosan, suffikslar, ya‘ni oʻzak yoki asosdan keyin qoʻshiladigan 
qoʻshimchalar ishlatiladi. Tilimizda eroniy tillardan kirgan bir qator be-, bo-, ser-, 
no-, ba- kabi prefikslar-oʻzak va asosdan oldin keladigan qoʻshimchalar ham 
oʻzlashib qolgan. Lugʻaviy shakl va aloqa- munosabat qoʻshimchalari vositasida 
yasaladigan shakllar tilshunoslikda s i n t e t i k shakllar deb aytiladi. 
Chunonchi, kitoblar, akamga, uylarimizda, kelmasaydingiz, yaxshiroq, oʻnta kabi 
shakllar sintetik shakl sanaladi. 
2. Yordamchi soʻzlar. Bular ham grammatik ma‘no-ifoda qilish uchun 
qoʻllaniladi. Koʻmakchi otlar, ma‘nosi toraygan soʻzlar bilan birga ketib, oʻzi 
aloqador boʻlgan soʻzni boshqa soʻz bilan munosabatga kiritadi: Biz kelajakka 
ishonch bilan qaraymiz (A.q.) – holat ma‘nosi voqelangan; Telefon orqali 
gaplashdim – vosita ma‘nosi voqelangan; Doʻstlik biz uchun hamisha ilhom va 
kuch-quvvat manbai bolib kelgan (Oʻ.U.) – atalgahlik ma‘nosi voqelangan. Oʻzbek 
tilida yordamchi soʻzlar juda katta guruhni tashkil etib, koʻmakchi, bogʻlovchi va 
yuklamalarning yarim bogʻlovchi, yarim koʻmakchi, yarim yuklama kabi turlari 
mavjud boʻlib, bunday soʻzlar ham mustaqil, ham yordamchi ma‘noga ega. 
Chunonchi, Ishning boshida Abdurahim turar edi. 
Yordamchi soʻzlar sifatida oʻzbek tilida juda, eng, bagʻoyat, nihoyatda, oʻta, 
sal, birmuncha kabi ravishlar ham, olmoq, bernoq, qolmoq, oʻtirmoq, chiqmoq, 
ketmoq, boshlamoq, bolmoq kabi 40 dan ortiq fe'llar ham keng qoʻllaniladi. 
Yordamchi soʻzlar vositasida yasalgan shakllar analitik shakllar deb ataladi. 
Tilimizda juda koʻp holatlarda ayni bir grammatik ma‘no sintetik shakl bilan ham, 
analitik shakl bilan ham ifodalanishi mumkin. Chunonchi, Kitobni akamga (akam 
uchun / akamga deb / akamga atab / akamga moʻljallab / ...) oldim. 
3. Takror (reduplikatsiya) - bir soʻzni aynan ikki marta takrorlash sanalib, 
bunda ham turli grammatik ma‘nolar hosil qilinadi: predmetning koʻpligi, 
belgining oshirilishi, ma‘noning kuchayishi, harakatning takrorlanishi hamda uzoq 
davom etishi va boshqalar. Chunonchi, 
etak-etak paxta- miqdoriy koʻplik; 
ayta- ayta charchamoq- harakat davomiyligi. 
Tilimizda bu usulning toʻliq takror (etak- etak paxla) va qisman takror (qip- 
qizil, koʻm- koʻk, yam-yashil) va tilimizgagina xos boʻlib, fanda "sadodosh 
takror" (slovo-exo) deb atalgan koʻrinishi ham keng tarqalgan (mayda-chuyda, 
she'r-pe'r, kitob-mitob, koʻk-moʻk, qizil-pizil). 


4. Soʻz tartibi - grammatik ma‘no anglatishning yana bir vositasi. 
Soʻzlarning gapda ma‘lum tartibda oldinma - keyin joylashtirilishi ham grammatik 
ma‘no ifodalash uchun xizmat qiladi. Tilimizda ba‘zan shu vosita orqali soʻzning 
qaysi kelishikda ekanligi aniqlanishi mumkin. Masalan, bunday holatlar xususan 
poetik nutqda keng uchraydi. Soʻz tartibi soʻz birikmalari hosil qilishda yetakchi 
omillardan biri sanaladi. Chunonchi, keng dalalar (soʻz birikmasi) - Dalalar keng 
(gap). Soʻz tartibi grammatik omili nutqda hamisha ohang bilan birga ish koʻradi. 
Shuning uchun yuqoridagi hosilalarning ohangi bir-biridan tubdan farq qiladi. 
Chunonchi, bir, ikki kitob va bir- ikki kitob birikmalarining ohangi har xildir. 
5. Ohang ham grammatik ma‘no ifodalashga xizmat qiladi. Bu vosita 
yordamida 
a) gapning turini ajratish mumkin: Imtihon topshirdi. Imtihon topshirdi? 
Imtihon topshirdi! 
b) gap boʻlaklarini ajratish mumkin: 
Gulnora, singlim keldi. Gulnora, singlim keldi! Gulnora singlim keldi. 
Birinchi gapda "Gulnora "va "singlim" soʻzlari uyushib kelgan boʻlsa, ikkinchi 
gapda "Gulnora" soʻzi undalma vazifasida kelgan, uchinchi gapda esa ism 
ma‘nosida kelgan. Ohangning soʻz tartibi, soʻzlarni bir-biriga bogʻlash bilan uzviy 
aloqa¬dor¬likda voqelanishini takroran eslatib oʻtish joiz. Yuqoridagilar buning 
yorqin dalilidir. 
6. Juftlash har xil soʻzlarni - ma‘nodoshlarni (baxt-saodat), zid ma‘nolilarni 
(yaxshi-yomori), giponimlarni ulov (ot-eshak), darajalanuvchilarni (qoy-qoʻzi), 
umumiste'mol soʻz va arxaizmlarni (bola-chaqa, choʻpon-choliq) oʻzaro qoʻshish 
orqali har xil grammatik ma`nolarni ifodalash ham tilimizda anchagina. 
Yuqorida sanalgan olti usul tilimizning ichki qurilishiga xos boʻlgan 
grammatik ma`nolarni ifodalashning yetakchi usulidir. Shular bilan birga tilimizda 
juda kam qoʻllaniladigan suppletivizmlar, chunonchi, (men-biz, sen-siz; eski 
oʻzbek tilida u- alar, anga, anda, ani, aning), arabcha soʻzlar orqali oʻzlashgan ichki 
fleksiya usullari mavjud: 
Kitob -kutubxona 
xabar -axbor fikr -afkor 
ilm -ulum 
taraf-atrof va boshqalar. 
Hozirgi tilshunoslikda grammatik ma‘noni alohida til hodisasi sifatida 
oʻrganish endi boshlandi. Shu kungacha grammatik ma‘no grammatik shaklning 


bir tomoni sifatida oʻrganilib kelindi. Grammatik ma‘noni ifodalashning rang -
barang usullarini koʻrib oʻtgach, biz ayta olamizki. ayni bir grammatik ma‘no 
xilma- xil vositalar bilan ifodalanishi mumkin. 
Chunonchi, son ma‘nosi oʻzbek tilida affiksatsiya a/-lar, ya‘ni birlik/koʻplik 
son shakllari paradigmasi doirasida koʻrib chiqilgan. Son shakllarining ma‘nosi 
deganda mana shu ikki morfema nazarda tutligan. Tilimizda son ma‘nosining 
ifodalanishi yana boshqa vositalar orqali roʻyobga chiqadi. Chunonchi, koʻplik 
ma‘nosi takror, juft soʻzlar bilan ham, birlik ma‘nosi juz'iy reduplikatsiya (takror) 
yoki soʻz-soʻzsimon (kitoh-mitob, non-pon, meva-cheva) bilan ham ifodalanishi 
mumkin. 
Hozirgi fanimizda son ma‘nolarining oʻxshashlik va farqli tomonlari, 
shuningdek, "Kitobni akam uchun oldim" va "Kitobni akamga deb / atab oldim" 
kabi hosilalar orasidagi ma‘no farqlari deyarli oʻrganlimagan. Ya‘ni ayni bir 
ma‘noni turli xil vositalar bilan ifodalash yoʻllari fanimizning oʻrganilmagan, 
muammolari sirasiga kiradi. Bularni tadqiq qilish bugungi kunning vazifasidir. 
Soʻzning morfologik strukturasi 
Soʻzning morfologik strukturasi soʻzning forma yasalishi uchun asos 
boʻladigan komponenti bilan shakl yasovchi komponentlaridan iborat 
strukturasidir: paxta+lar, paxtakor+lar+ra. Paxta — forma yasalish asosi, -lar 
koʻplik shakli, paxtakor — forma yasalish asosi, -lar, -ga koʻplik va joʻnalish 
kelishigi shakllari. 
Soʻz formasining asosi tub, yasama, qoʻshma soʻz boʻlishi hatto soʻz 
birikmasiga teng boʻlishi ham mumkin: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida. 
Bir soʻzda birdan ortiq shakl yasovchi ishtirok etishi mumkin: 
temirchi+lar+ni Bunda tushum kelishigi uchun shakl yasovchi asos temirchilardir. 
Koʻplik uchun asos temirchidir. 
Grammatik kategoriya. Grammatik kategoriyalar tasnifi 
Grammatik kategoriya (GK) va grammatik shakl masalasi grammatika 
fanida koʻp tilshunoslarni oʻylovga qoʻygan masalalardandir. GK mohiyati 
nimadan iborat? Bu savolga tilshunoslar turlicha javob beradi. Buning mohiyalini 
bilish uchun dastlab kategoriya atamasining oʻzi nimaligi haqida fikr yuritaylik. Bu 
atama falsafadan tilshunoslikka kirib kelgan boʻlib, falsafada bu tushuncha 


quyidagicha izohlanadi: "...ob'yektiv borliq va bilishdagi mohiyatan koʻproq 
qonuniy aloqa va munosabatlarni aks ettiruvchi umumiy tushuncha". 
Falsafada ham, tilshunoslikda ham kategoriya bir xil narsani ataydi, ya‘ni 
kategoriya uchun juftlik va yakkalik mavjud bolishi shart va zarur. Falsafada 
juftlikni sabab-natija, mohiyat-hodisa, butun-qism; yakkalikni borliq, miqdor, 
makon tashkli etsa, tilshunoslikda kategoriya atamasi ostida qat'iy zidlangan ikkilik 
(son kategoriyasi) yoki koʻplik (kelishik kategoriyasi) tushuniladi. 
GK boʻlishi uchun aloqa va aloqaga tushuvchi birliklar zarur. Muayyan 
ma‘no umumiyligi asosida birlashgan va oʻzaro zidlanuvchi shakllar sistemasi GK 
hisoblanadi. GK deganda, asosan, morfologik kategoriyalar (MK) anglahsiladi. 
GK grammatik shakllarning oddiy arifmetik yigʻindisi emas, balki ma‘lum 
turdagi formalarning barqaror munosabatlari tizmasidan iborat boʻlgan yangi bir 
butunlikdir. Shuning uchun grammatik kategoriya oʻzi uchun xos boʻlgan umumiy 
ma‘noga ega, bu ma‘no shu kategoriya shakllarida ma‘lum koʻrinishlarda, turlarda 
parchalanib, aniqlanib voqelanadi. Shuning uchun kategoriya UGMsi bilan shu 
kategoriya birliklari shakllari XGMlari oʻzaro tur-jins munosabatlarida turadi. 
Masalan, oʻzbek tilida ravishdoshlarning UGMsi " fe'lni fe'l bilan aloqaga kiritish" 
sifatida tavsiflanadi. Lekin ravishdoshlarning xususiy koʻrinishlari quyidagi 
paradigmani hosil qiladi:
I. 1. -gach - boshqa bir harakatning boshlanish chegarasini koʻrsatish; 
2. -guncha - boshqa bir harakatning tugallanish chegarasini ifodalash; 
3. -ganda - boshqa bir harakat sodir boʻlish fonini ifodalash; 
II. 4. -b/-ib - davomli va davomsiz harakatni fe'l bilan bogʻlash; 
5. -a/-y -davomli harakatni fe'l bilan bogʻlash;
III. 6.-gani/-gali - maqsad ma‘noli harakatni boshqa harakat bilan bogʻ lash. 
Yuqorida koʻrsatilgan barcha ravishdoshlarda ravishdoshning umumiy 
ma‘nosi mavjud: fe'lni fe`lga bogʻlaydi. Lekin bu uch qatorning xususiy ma‘nolari 
ham bor: birinchi qatorda payt-zamon, ikkinchi qatorda davomli-davomsizlik, 
uchinchi qatorda sabab-maqsad UGMlari mujassamlangan. Keyingi tadqiqot 
ishlarida (qarang: Mengliyev B. Morfologik vositalarning ma‘noviy xususiyatlari 
va sintaktik imkoniyatlari. ND. Buxoro, 1994) yuqorida koʻrsatib oʻtilgan (-gach,- 
guncha, -ganda, -b/-ib,-a/-y, -gani/-gali) shakllar ravishdoshlarning turli zamon 
yoki tarz formalari emas, balki har xil zamon va tarz kategoriyalarining 
ravishdoshlarda koʻrinishi sifatida talqin qilingan. Boshqacha qilib aytganda, 
zamon ma‘nolari ravishdoshlarga va ravishdoshlik vazifasi zamon ichiga singib 


ketgan. Bunday hodisalarni oʻrganish bugungi tilshunosligimiz oldiga koʻndalang 
qilib qoʻyilgan. 
Sh.Shahobiddinova morfologik kategoriyalarni oʻrganar ekan, oʻzbek tilida 
ularning quyidagi turlarini beradi: 
1. Son kategoriyasi - 0: -lar
2. Egalik kategoriyasi - 0: -i/m:-i/ng... 
3. Kelishik kategoriyasi -0: -ning:-ni:... 
4. Subyektiv munosabat kategoriyasi - 0: -jon:-xon... 
5. qiyoslash kategoriyasi -0:-roq... 
6. Nisbat kategoriyasi -0:-t/-dir:-il...
7. Oʻzgalovchi kategoriyasi -0:-ish:-i/b:-gan... 
8. Kesimlik kategoriyasi - 0 aniqlik, buyruq, shart mayli...
Ushbu grammatik kategoriyalar bir necha jihatdan tasnif qilinadi: 
1. Kategoriyadagi shakllarning ma‘noviy tarkibiga koʻra. 
2. Morfologik kategoriya (MK)larning soʻz turkumlari yoki gap boʻlaklariga 
xosligi jihatidan. 
3. MK sintaktik qobiliyatlarining yoʻnalishlariga koʻra. 
Endi shular ustida qisqacha toʻxtab oʻtaylik. Birinchi tasnifga koʻra 
kategoriyalar sodda va murakkab kategoriyalarga ajratiladi. Son, qiyoslash, 
kelishik, nisbat, sub'yektiv munosabat kategoriyalari sodda kategoriyalar 
jumlasidandir. Chunki ularda ma‘no sodda boʻlib, faqat bir kategoriyaga mansub 
boʻlgan ma‘noni ajratamiz. Chunonchi, son kategoliyasining ma‘nosi miqdoriy va 
sifatiy belgilarning ma‘lum yigʻindisidan iborat boʻlsa, kelishik kategoriyasi 
tobelikni ifodalaydi. qiyoslash kategoriyasi belgining qiyosan ekanligini koʻrsatsa, 
nisbat kategoriyasi fe'l anglatgan bajaruvchining tavsifini ifodalaydi. 
Murakkab kategoriyalarning formalarida ma‘no murakkab boʻlib, ularda bir 
necha kategoriyalarga mansub boʻlgan ma`nolarni ajratish mumkin. Murakkab 
kategoriyalar sirasiga egalik, oʻzgalovchi, kesimlik kategoriyalarini kiritish 
mumkin. Masalan, egalik kategoriyasida uch xil ma‘no mujassamlangan boʻiadi: 
a) lisoniy va nolisoniy munosabatni ifodalash (egalik kategoriyasi uchun 
kategorial ma‘no); 


b) shaxs ma‘nosi (nokategorial ma‘no);
d) son ma‘nosi (nokategorial ma‘no). 
Kesimlik kategoriyasi ham murakkab boʻlib, unda tasdiq-inkor, mayl-
zamon, shaxs-son ma‘nolari birlashgan boʻlib, ular bitta qoʻshimchada yoki bir 
necha qoʻshimchada roʻyobga chiqadi. Masalan," Olmani ol" gapida "ol" 
soʻzshakli tasdiq, buyruq mayli, hozirgi zamon, ikkinchi shaxs, birlik son 
ma‘nolarini voqelantirib kelmoqda va bu ma‘nolar 0 bilan ifodalanmoqda. 
"Kitobni olmadingiz" gapida inkor ma‘nosi -ma qoʻshimchasi bilan, ma‘yl, zamon 
ma‘nosi -di bilan, koʻplik ma‘nosi -iz bilan ifodalanmoqda. 
Oʻzgalovchi kategoriya ham murakkab boʻlib, unda ravishdosh, sifatdosh va 
harakat nomi shakllari ma‘nolari bir butunlikni hosil qiladi. 
Morfologik kategoriyalarning soʻz turkumlari yoki gap boʻlaklariga xosligi 
jihatidan tasnifiga koʻra MKlar ikkiga boʻlinadi: leksik-morfologik va funksional - 
morfologik. Leksik-morfologik kategoriyalar soʻzlarning ayrim guruhlari - 
turkumlariga xos. Bular sirasiga son, subyektiv munosabat, qiyoslash, daraja, 
nisbat, oʻzgalovchi kategoriyalari kiradi. Chunki son kategoriyasi, asosan, ot, 
olmoshlarga, qiyosiash, daraja kategoriyalari sifatlarga, nisbat, oʻzgalovchi 
kategoriyalari fe'llarga xos leksik -morfologik kategoriyalar sifatida ajratiladi. 
Funksional - grammatik kategoriyalarga kelishik, egalik, kesimlik 
kategoriyasi kiradi. Chunki kesimlik kategoriyasi gap markazi - kesimni 
shakllantirsa, kelishik uning boshqa boʻlaklarini shakllantiradi. Egalik kategoriyasi 
esa soʻz birikmasi qurilishini ta‘minlash uchun xizmat qiladi. 
MKlar sintaktik qobiliyatlarining yoʻnalishlariga koʻra tasnifida "birin 
ketinlik", ya‘ni grammatik kategoriyalarning sintaktik qobiliyatlarining "oldingisi 
bilan‖ va "keyingisi bilan" sifatida belgilanishi nazarda tutiladi. Masalan, 
"kitobning" so"z shaklidagi \-ning\ oʻzidan keyin egalik shaklini olgan ot kelishi 
shartligini, "kitobi‖ soʻzidagi \-i\ bu soʻzshaklidan oldin qandaydir qaratqich 
aniqlovchi boʻlishi zarurligini koʻrsatadi. 
Oʻzbek tilida egalik, nisbat, kesimlik, qiyoslash, son kalegoriyalari 
soʻzshaklning "oldingisi bilan" aloqalarini koʻrsatsa, kelishik kategoriyasi 
soʻzshaklning "keyingisi bilan" aloqasini koʻrsatadi. Shaxsiy baho shakllari bu 
jihatdan moʻtadildir. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin