O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘limi vazirligi


Qoʻshimchalar sinonimiyasi



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#129094
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
O zbekiston respublikasi oliy va o rta maxsus ta‘limi vazirligi

Qoʻshimchalar sinonimiyasi. Shaklan har xil, umumiy ma‘nosi bir-biriga yaqin 
boʻlgan qoʻshimchalar sinonim qoʻshimcha deyiladi: -yap, -yotir, -moqda qoʻshimchalari 
hozirgi zamon davom fe'lini yasaydi. -li va -dor qoʻshimchalari egalikni ifodalaydi: 
homilali, homilador. -giz, -dir qoʻshimchalari fe'lning orttirma nisbatini yasaydi: oldir – 
olgʻiz, kiydir – kiygiz kabi. 
Sinonim absolyut tenglikka ega emas. Ular ma‘nosi, uslubiy boʻyogʻi, qoʻllanish 
doirasi bilan oʻzaro farqlanib turadi. Bu farqlarga e'tibor qilish orqali mazmunni ochiq, 
nozik ottenkalarni hamda emotsiyalarni aniq berishga, umuman, uslubiy jihatdan savodli 
boʻlishga erishiladi. 
Sinonim qoʻshimchalar boshqa tillardan, shevalardan qoʻshimchalar olish yoʻli 
bilan hosil boʻladi. 
Sinonim qoʻshimchalar soʻz yasovchilarda ham (unumli, unumdor), shakl 
yasovchilarda ham (oqish, oqimtir, aytingiz, aytinglar) uchraydi. 


Sinonim qoʻshimchalarning oʻziga xos xususiyatlari Y.Tojiyev tomonidan maxsus 
tadqiq etilgan. 
Qoʻshimchalar antonimiyasi. qarama-qarshi ma‘no bildiruvchi qoʻshimchalar 
antonim qoʻshimcha deyiladi. qoʻshimchalar antonimiyasi, asosan, soʻz yasovchi 
qoʻshimchalar doirasida uchraydi: -li, -siz: aqlli, aqlsiz; -li, be-: suvli, besuv; be-, ba-: 
bedavlat, badavlat.
qoʻshimchalar antonimiyasining oʻziga xos xususiyatlari B.Isabekov tomonidan 
ilmiy tekshirilgan. 
Qoʻshimchalar polisemiyasi. Birdan ortiq leksik yoki grammatik ma‘noni hosil 
qiluvchi qoʻshimcha koʻp ma‘noli qoʻshimcha deyiladi. Masalan, -chilik qoʻshimchasi 
quyidagi ma‘nodagi otlar yasaydi: 
1. Asosdan anglashilgan narsani yetishtiradigan sohani ifodalovchi ot: paxtachilik, 
uzumchilik, urugʻchilik. 2. Asosdan anglashilgan narsa-hodisaning borlik holatini 
bildiradi: pishiqchylik, arzonchilik. 3. Asosdan anglashilgan tushuncha bilan bogʻliq 
boʻlgan ishni anglatadi: ulfatchilik, oʻrtoqchilik. 
Joʻnalish kelishigi shakli -ga: 1. Harakat yoʻnaltirilgan tomonni ifodalaydi: uyga. 
2. Atalganlik ma‘nosini anglatadi: ukamga oldim. 3. Payt ma‘nosini bildiradi: yozga 
chiqdi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin