a = ^^, bu formuladan keyingi tezlik v ni topsak
v = v0 + at. Harakat tezlanuvchan bo 'Iganda a musbat ishora bilan, sekinla-nuvchan bo'Iganda manfly ishora bilan olinadi. To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatda o'rtacha tezlik v&t boshlang'ich v0va oxirgi v tezliklarning o'rtacha arifmetik yig'indisi kabi topilishi mumkin:
Tezlik grafigi. To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatda tezlik grafigini chizish uchun ordinata o'qiga tezlik, abssissa o'qiga vaqtni joylashtiramiz. boshlang'ich tezligi nolga teng bo'l-gan harakatning tezlik grafigi ko'rsatilgan. v0 = 0 da (6.3) ifoda quyidagi ko'rinishni oladi.
Agar boshlang'ich tezlik noldan farqli bo'lsa, unda tezlik grafigni olishi mumkin. Shuni qayd etish kerakki, tezlik grafigi o'rab turgan yuzaning son qiymati o'tilgan yolning kattaligini ko'rsatadi.
Yo'l formulasi. To'g'ri chiziqli tekis harakatda yo'l formulasini topaylik. shtrixlangan yuza v tezlikli moddiy nuqtaning t vaqtda o'tgan yo'lini ifodalaydi. Uchburchakning yuzini topish formulasidan
s= lv.t= iat2 Endi boshlang'ich tezlik noldan farqli bo'lgan hoi uchun yo'lni hisoblaylik. Yo'l OABD trapetsiyaning yuziga teng bo'ladi. Bu yuza o'z navbatida, OACD to'rtburchak va ABC uchburchaklar yuzalarining yig'indisiga teng, ya'ni
S=Sto’rt+Such=v0t+1\2at2 Demak, s = v0t + at2\2 Bu ifodaga tekis o'zgaruvchan harakatda yo'l formulasi deyiladi. Yo'l grafigi. Yo'l grafigini aniqlash uchun ordinata o'qiga yo'l s ni, abssissa o'qiga vaqt t ni qo'yamiz.
Yo'l formulasi kvadrat (t ning ikkinchi darajasi ishtirok etgan) tenglamadir. Matematika kursidan ma'lumki, kvadrat kiglamaning grafigi paraboladan iborat bo'ladi. Biz t >_ 0 holni qaraymiz. ko'rinib turibdiki, to'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatda yo'l grafigi parabolalar oilasidan iborat bo'lar ekan. Ular v0va
a larning qiymatlari bilan farq qiladi.
To'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatga tabiatdan misol: .Jismning erkin tushishi va yuqoriga tik otilgan jismning harakati to'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatga oddiy misol bo'la oladi.
Italiyalik olim G.Galiley ko'plab tajribalar yordamida bu harakatlarni o'rgangan va ularning tekis o'zgaruvchan harakat ekanligiga ishonch hosil qilgan. U tajribada jismlar yer markazi tomon tik yo'nalgan va kattaligi o'zgarmas g = 9,81 m/s2bo'lgan tez-lanish bilan harakat qilishini aniqlagan. Bu tezlanishga jismlarning erkin tushish tezlanishi deyiladi. Erkin tushish. Erkin tushish deb, jismning faqat og'irlik kuchi ta'sirida bo'ladigan harakatiga aytiladi. Shuning uchun ham bunday harakatda tezlik va yo'l formulalari to'g'ri chiziqli tekis tezlanuvchan harakat tenglamalari