O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus



Yüklə 472 Kb.
səhifə13/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Tezlik
v = gt
balandlik
h=gt2\2 ; h=v2\2g
tezlik
v=√2gh
bo'ladi. Keltirilgan formulalar yordamida erkin tushayotgan jismning istalgan nuqtadagi tezligini va istalgan paytdagi balandligini hisoblab topish mumkin.
Yuqoriga tik otilgan jismning harakati Yuqoriga tik otilgan jismning boshlang'ich tezligini v0, ko'tarilish vaqtini t, balandligini h, keyingi tezJikni v bilan belgilasak quyidagi formulalar o'rinli bo'ladi.
Eng yuqori nuqtada v= 0 bo'lganligidan v0 = &,yoki jismning ko'tarilish vaqti va ko'tarilish balandligi.
Agar erkin tushishda hmax = у ekanligini eslasak, v0 - v, ya'ni jismning erkin tushishdagi oxirgi tezligi v yuqoriga otilgandagi boshlang'ich tezligi v0 gateng bo'ladi. Shunga asosan qayta yozsak, jismning erkin tushish vaqti ko'tarilish vaqtiga teng bo'ilshiga ishonch hosil qilamiz:
Erkin tushish tezlanishi. Erkin tushish tezlanishi hamma jismlar uchun bir xilmi? Erkin tushish tezlanishi hamma jismlar uchun birxil. Yertortish maydoni uchun uning qiymati g = 9,81 m/s2. Shuni qayd etish kerakki, Yerning qat'iy shar shaklida emasligi natijasida uning qiymati g = 9,780 m/s2 dan (ekvatorda) g = 9,832 m/s2 gacha (qutblarda) o'zgaradi. Ammo hisob-kitoblarda uning qiymatini 9,81 m/s2 deb olishga kelishilgan.
Egri chiziqli harakat va uni xarakteriovchi kattaliklar
Mazmuni: burchak tezlik va burchak tezlanish; to'g'ri chiziqli va egri chiziqli harakatlarni xaraktlovchi kattaliklar orasidagi bog'lanish; aylanish chastotasi va davri.
Yuqorida aytib o'tganimizdek, istalgan harakatga ikki xil: ham ilgarilanma, ham aylanma harakatlarning yig'indisi sifatida qarash mumkin. Biz ilgarilanma harakat bilan batafsil tanishib o'tdik. Endi navbat aylanma harakatga keldi. Bu harakatlarni xarakatlovchi katta­liklar bir-biriga juda o'xshash bo'lmog'i kerak.
Burchak tezlik. Moddiy nuqtaning biror R radiusli aylana bo'ylab harakatini ko'raylik .
Moddiy nuqta aylana bo'ylab harakati davomida ma'lum nuqtadan takror-takror o'taveradi. Demak, ko'chish va yo'l kabi kattaliklar moddiy nuqtaning aylana bo'ylab harakatini tavsiflovchi asosiy kat­taliklar bo'la olmaydi. Bunday kattalik vazifasini moddiy nuqtaning Δt vaqtda burilish burchagi Δγ o'tashi mumkin. Juda kichik burilish burchagiga vektor sifatida qarash mumkin. Yo'nalishi aylana yo'nalishi bilan bog'liq bo'lgan bunday vektorlarga psevdovektorlar yoki aksial vektorlar deyiladi. Δγ vektorning moduli burilish burchagidek, yo'nalishi esa dastasining aylanma harakati moddiy nuqtaning harakati bilan mos keladigan parmaning ilgarilanma harakati yo'nalishidek bo'ladi. Demak, ilgarilanma harakatda ko'chish Ar ga o'xshash kattalik aylanma harakatda burilish burchagi Δγ, yo’l Δs ga o'xshash kattalik esa Δγ bo'ladi. Unda burchak tezlik moddiy nuqtaning burilish burchagidan vaqt bo'yicha olingan birinchi tartibli hosiladek aniqlanadigan vektor kattalikdir.
Amifoda yordamida aniqlanadi. Aylana bo'ylab tekis harakatda ham bur­chak tezlik shu ifoda yordamida aniqlanadi.
Aylana bo'ylab harakatlanayotgan moddiy nuqtaning vaqt birligida burilish burchagiga burchak tezlik deyiladi.
Bu yerda ko'pincha radianning o'rniga bir qo'yilishi e'tiborga olingan. Shunday qilib, SI da burchak tezlikning birligi sifatida 1 sekundda 1 radian burchakka buriladigan moddiy nuqtaning aylanma harakat burchak tezligi qabul qilingan.
Chiziqli va burchak tezliklar orasidagi bogianishni aniqlash maqsadida Δs ni aniqlab olaylik. Matematika kursidan ma'lumki, Δs yoyning uzunligi burilish burchagi Δγ va radiusi R ning ko'paytmasiga teng, ya'ni

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin