O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


43 
IV BOB. INFLYATSIYA VA AKSIINFLYATSIYA SIYOSATI 
4.1. Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari 
 
Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo‗rtish, taranglashish) 

ma‘lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‗rtacha (umumiy) 
darajasining barqaror o‗sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli 
pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi 
omillari jumlasiga kiradi, uning sur‘ati qanchalik yuqori bo‗lsa, 
iqtisodiyotga xavfli ta‘siri shunchalik katta bo‗ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy 
tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o‗tayotgan mamlakatlarda 
inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta‘siri ancha xavfli. Chunki, bu davr 
narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi 
keskin oshib ketishi bilan bog‗liq. 
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham 
oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo‗lib tursa, ba‘zilariniki esa 
tushishi mumkin.
―Inflyatsiya‖ atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 
yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo‗llanildi. Inflyatsiyaning atamasi 
muomaladagi qog‗oz pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan 
haddan ziyod ko‗payib ketishi holatini izohlangan. . Ammo 
inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini 
ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi 
qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning 
buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. 
Keynschilar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning
sababi to‗liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‗lishida deb 
bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish 
darajasi past bo‗lsa byudjet taqchilligi va qo‗shimcha pul chiqarish yo‗li 
bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko‗paytirish 
inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi. 
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab 
chiqarishning haddan ziyod o‗sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining 
ko‗payishida deb bilishadi. Demak keynschilar inflyatsiyaga talab 
tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.


44 
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga 
nisbatan sekinroq o‗ssa, yoki yalpi talab ko‗paygani holda 
o‗zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining ko‗tarilishi 
orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi 
va milliy iqtisodiyotning qo‗shimcha pul massasiga ehtiyoji paydo 
bo‗ladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun 
takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy 
buzilishlar natijasidir. Baholarning o‗sishi, pul birligi xarid 
qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon bo‗lishining 
quyidagi uch belgisi ham bor. Bular: 
1)
valyuta kurslarining o‗zgarishi; 
2)
kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining 
qisqarishi tomon o‗zgarishi; 
3)
kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste‘mol savati bahosining 
o‗sishi.
Inflyatsiya baho indekslari - deflyator va iste‘mol narxlar indeksi 
yordamida aniqlanadi.
Baholar o‗rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o‗zgarishi 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin