Glikozidazalar -glikozid bog’larini gidroliz qiluvshi fermentlardir. Bular ko’p vaqtlardan beri o’rganiladi va ishlatiladi. Bu guruhga kraxmalni gidroliz qiluvshi amilolitik fermentlar, -amilazalar va glikoamilazalar kiradi. Ko’p mikroorganizmlar - amilaza hosil qiladi, -amilaza sintezi esa kam kuzatiladi.
Amaliy maqsadlarda qo’llaniladigan -amilazani ajratuvshi Basillus lisheniformis, Bas.amyloliquefasiens, Aspergillus oryzae va boshqa mikroorganizmlardir. -amilaza Bas. lisheniformis dan olinadigan juda yuqori haroratga shidamli va kraxmalni 100S atrofidagi haroratda gidroliz qilish qobiliytiga egadir. Mikroorganizmlarning ekstremal sharoitda taraqqiy qilish qobiliytini, y’ni past va yuqori haroratda, molekulyr kislorod mavjud bo’lmaganda, ishqorli va kislotali muhitda, to’zni yuqori konsentrasiysida o’sishi ko’pinsha ularning fermentlari harakteri bilan aniqlanadi.
Shunday qilib, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mikroorganizmlarda juda yuqori faol fermentativ reaksiy olib borish qobiliyti mavjud, mikroorganizmlar, boshqa yo’llar bilan amalga oshirib bo’lmaydigan juda ko’p jarayonlarni o’zlarining maxsus fermentlari tufayli amalga oshirish imkoniytiga egalar.
Makro- va mikroorganizmlarda bir xil funksiyli fermentlar, o’zlarining xossa va xususiytlari jihatidan har xil bo’lishi mumkin va mikroorganizmlarda o’zini faolligini yuzaga shiqarishi ushun alohida sharoitga muhtоj bo’ladi. SHuning ushun turli xil mikroorganizmlar fermentlarini o’rganish juda muhim vazifadir.
Dostları ilə paylaş: |