Pektinazalar - pektinni parshalovshi fermentlar sintez qiladi. Pektolitik fermentlar kompleks hosil qiladi, uni alohida komponentlari pektin molekulasini har xil joylaridan parshalaydi.
Pektinazalar (poligalakturоnazalar) mikroorganizmlarda keng tarqalgan bo’lib o’simliklarda kam ushraydi.
Proteinazalar. Proteinazalar yoki proteazalar - (peptid-peptid-gidrolazalar) oqsil molekulasidagi peptid bog’larini uzish reaksiysini kataliz qiladi, natijada erkin aminokislotalar di- va polipeptidlar hosil qiladi.
Bunday fermentlar juda ko’p. Ulardan ayrimlari kristall holatda olingan. Mikroorganizmlar proteinazasi o’zlarining xossalari bilan tubdan farq qilishi mumkin. Ular neytral bo’lishi mumkin (Basillus subtillis, Asp.terrisola), kislotali (Asp.foetidus) va ishqorli, y’ni pH ning har xil darajasida faoldirlar. Ayrim mikroorganizmlar bir qansha proteinazalar sintezlash qobiliytiga egadirlar. Masalan: Astinomyses fradiae 6 ta proteinaza sintezlaydi.
Amilazalar - bakteriy va zamburug’lardan olinadigan amilazalar kraxmalni kishik molekulyr shakarlar: dekistrinlar, glyukozalar, maltozalargasha parshalaydi.
Bakterial proteazalar pishloq pishirishda va teri oshlashda oqsillarni buzishda qo’llaniladi. Basillus sp. dan olinadigan glyukozoizomeraza fermenti glyukozani fruktozaga aylantirishda yordamlashadi. Keyingi vaqtlarda olimlar diqqat e’tiborini quyidagilar o’ziga tortmoqda: siklodikstringlyukoziltransferaza (SDGT) ga moslashish, siklodekstrinlar birikmalarining ishlab shiqarilish: kimyoviy va farmakologik ishlab shiqarishda, oziq-ovqat mahsulotlari sifatini oshirishda, kosmetika va boshqalar ishlab shiqarishda zarurdir.
Lipazalar - (3.1.1.3-triasil gliseroloda gidrolazalar lipid (yog’) almashinuvida ishtirok etadigan, katta amaliy qiziqish uyg’оtadigan fermentlar.
Kultura o’sadigan muhitga ajratadigan lipazalarni ishlab shiqaruvshilarning ko’pi miseliali zamburug’lardir. Ulardan Aspergillus, Musor, Geotrishum, ayrim ashitqi zamburug’lar (Sandida) va bakteriylardir (Pseudomonas). Lipazalar triasilgliserollarni parshalab yog’ kislotalari va gliserin hosil qiladi. Sanoat asosida ko’p miqdorda ishlab shiqarilayotgan va keng miqyosda xalq xo’jaligida qo’llanilayotgan fermentlardan
tashqari, kam miqdorda olinadigan va kam sohada qo’llaniladigan bir qansha fermentlar ham bor, lekin bularning ayrimlari o’ta darajada muhimdir.
Bular qatoriga restriktazalar (endonukleazalar), nuklein kislotalarni parshalovshi fermentlar va ligazalar - ularni sintezida ishtirok qiladigan fermentlar kiradi. Bu fermentlar gen muxandisligi ilmiy ishlarini olib borishda zarurdir. Bularni ham har xil mikroorganizmlar ishlab shiqaradi.
Dostları ilə paylaş: |