O’zbеkiston rеspublikasi oliyva o’rtamaxsus ta’limvazirligi


-  bob: BOLALARDA XAVOTIRLANISh HOLATLARINI TUZATISh



Yüklə 428,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix21.03.2023
ölçüsü428,8 Kb.
#88967
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Kurs ishi tasdiqlangan

2- 
bob: BOLALARDA XAVOTIRLANISh HOLATLARINI TUZATISh 
METODIKALARI 
2.1. 
Artterapiya usuli yordamida bolalardagi xavotir holatini tuzatish 
Uslubning umumiy xarakteristikasi. Artterapiya asrimizning 30-yillarida 
kelib chiqqan. Artterapiyaning 1-darslari 2-jahon urushi davrida Germaniyadan 
AQShga emigratsiya qilingan bolalarning shaxsiy emotsional muamolarini hal 
qilishdek urunishlarga bag`ishlangan. 
Artterapiyaning qo`llanishidagi 1-urunishlar asrimizning 30-yillardagi 
shaxsning shakllanishidagi qiyinchiliklarga to`g`ri kelgan. Artterapiya uslublari nemis 
fashist lagerlardagi bolalarning ruhiy siqilishdan kelib chiqqan muammolarni hal 
qilishdek ishlarda foyda bergan. Shundan buyon artterapiya mustaqil, boshqa 
uslublarni to`ldiruvchi uslub sifatida keng quloch yoydi, artterapiya (san`at bilan 
davolash) atamasi (1938) Adrian Xill tamonidan davolash maskanlarida sil 
kassallarini davolash deb nomlangan ishlarida yoritilgan va muomalaga kiritilgan. Bu 
so`z birikmasidan ruhiy sog`lomlashtirish markazlarida o`tkazilgan barcha san`at 
mashg`ulotlarida foydalanilgan. 
Bu psixoterapiyaning ixtisoslashtirilgan ko`rinishi bo`lib, san`atning tasviriy 
va ijodiy faoliyatiga asoslangan. Artterapiyaning birlamchi ko`rinishi Z.Freyd va 
K.G.Yungning nazariy qarashlarida, keyinchalik esa K.Rodjers (1951) va A.Maslou 
(1956)larning gumanitar qarashlarida namoyon bo`lgan. 
Artterapiyaning asosiy maqsadi ongli va ongsiz «men»ning orasida tenglikni 
keltirib chiqarishidir. Artterapiyaning ta`sir texnikasi - bu xayol faolligi, onglilik va 
ongsizlikning yuzma-yuz kelishi demakdir. 
Artterapiyaning o`zining rivojlangan boshida psixoanalitik qarashlarni aks 
ettiradi, bular mijozning ijodiy faoliyating mahsulidir, (bu rasm, surat va haykal 
bo`lishi mumkin). Artterapiya yetarlicha keng tarqalgan: 1960 yilda Amerikada, 
Amerika artterapiya assotsiatsiyasi, Angliya, Yaponiya, Gollandiyada ham tashkil 
etilgan. Necha-necha yuzlab professional artterapevtlar ruhiy va oddiy kasalxonalar, 
klinikalar, maktab, turli universitetlarda ishlashadi. 


21 
Artterapiyadan asosiy va yordamchi uslublar sirasida ham foydalanish 
mumkin. Psixologik-korrektsion ta`sirchanlikning 2-ta asosiy mexanizmi bor, bu 
artterapiyaning bo`limlaridir: 
1- 
mexanizm: San`at-ramziy ma`noda muammoli, shikastlantiruvchi holatni qayta 
tiklay oladigan sohadir. Bunda sub`ektning qobiliyati yetakchi o`rini o`tadi. 
2- 
mexanizm: Estetik reaktsiyaning tabiatiga bog`liq, bu harakat va jarayonlarni 
qiynoqga soluvchi holatidan bahram olishdek holatga o`zgartiradi (L.S.Vigotskiy, 
1987). 
Artterapiyaning maqsadi

Jahl va yoqimsiz hislarni chiqarib yuborish (rasm chizish, xaykal yasash, surat 
ishlashdek xavfsiz usullar bilan); 

Davolanish jarayonini yengillashtirish. Tushinib bo`lmas, ichki to`qnashuvlar 
va toqatsizlanishlarni tasviriy ishlar yordamida yetkazib berish, ularni so`zlab 
berishdan ko`ra osonroq va foydaliroqdir; 

Tashxisni, xulosani to`g`ri qo’yish uchun yetarli ma`lumotlar to`plash. Ijodiy 
faoliyat mahsuli abadiydir va mijoz buni inkor eta olmaydi. Ijodiy ishlarning 
mazmuni va uslubi mijoz haqida ma`lumot to`plashga yordam beradi; 

Mijoz doyim ichida saqlab kelgan tuyg`ular va fikirlarni ishlab chiqish; 

Mijoz va ruhshunos orasidagi munosabatni silliqlash. Ijodiy ishdan ularning 
orasini yaqinlashtirish; 

Ichki boshqaruv tuyg`ularini nazorat qilish. Rasm, suratlarni bilan ishlash 
rang va shakllarni tartibga soladi; 

Sezgi va tuyg`ularda diqqatni jamlash. Ta`sviriy sa`nat mashg`ulotlari ko`rish 
hislarini anglash, idrok etish hislari bilan uyg`unlashtirishga yordamberadi; 

Ijodiy qobiliyatlarni shakllatirish va o`z-o`zini baholashni kuchaytirish. 
Artterapiyaning mahsuli - bu yashirin talantlarini yuzaga chiqarish va 
shakllantirish natijasidagi lazzatlanish xislaridir. Artterapiyaning yelimlarini 
guruhlarda qo`llash qo’shimcha natijalarni beradi, bu muammolarni yechish va guruh 
a`zolari bilan munosabatlarni yo`lga quyish. San’at xursandchilik keltiradi, bu juda 
muhim, u o`zini boshqa narsalar bilan ovuntira olishdanmi, yoki boshqa narsadanmi, 


22 
buning farqiyo`q. 
Artterapiya mashg`ulotlarida asosiy mahsulotlar bu – bo’yoq, loy, elim va 
bo`rdir. Artterapiyani ham yakka, ham guruhda qo`llash mumkin. Ijodda o`zini 
ochish jarayonida ayrim mijozlar kechinmalarida portlashlar bo`ladi, agar bu vaqtda 
qattiq qo`l boshqaruvchi bo`lmasa, yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. 
Shuning uchun bu usuldan foydalanganda ruhshunosga alohida talablar qo`yiladi. 
Ayrim mijozlarda bu uso`l ularni qoniqtirib, yaxshi tomonga olib borsa, ayrimlarda 
esa bunga nisbatdan kuchli qarshilik ko`rsatiladi. 
Artterapiyaning 2-ta formasi mavjud: sust va faol. Sust formada mijoz 
boshqalarning ijod mahsulidan foydalanadi. Kuy eshitadi, rasmlarni tomosho qiladi, 
kitob o`qiydi. Faol formada esa mijoz o`zi mahsulot yaratadi: rasm chizadi, loydan 
yasaydi va hokazo. 
Artterapiya 
mashg`ulotlari 
tizimli 
va 
tizimsiz 
bo`ladi. 
Tizimli 
mashg`ulotlarda mijozga mavzu psixolog tamonidan beriladi va oxirida muhokama 
qilinadi. Tizimsiz mashg`ulotlarda mijoz mavzuni o`zi tanlaydi, o`zi mahsulot
asboblarni tanlaydi. 
Artterapiya usulini qo`llashda turli variantlari mavjud: 

tayyor san`at asarlaridan foydalanish; 

mijozlarni mustaqil ijodga yo`naltirish; 

tayyor san`at asaridan foydalanib, mijozlarni mustaqil ijodga yo`naltirish. 

ruhshunosning ijodi (lepka, chizish) mijozning istagiga binoan. 
Artterapiyaning asosiy yo`nalishlari: 
1. Dinamik-mo’ljaldagi artterapiya, psixoanalizdan boshlanib, insoning eng chuqur 
o`y va hislarini anglashga asoslanadi. Har bir inson o`z muammolarini vizual 
shakllarda ko`rsatib tura oladi. U shunda gina o`z kechinmalarini tushuntirib bera 
oladi. 
AQShda san`atdan davolash maqsadida foydalanishni birinchilardan bo`lib 
aytib bera olgan tadqiqotchi, ayol kishi M.Xamburg (1986) edi. Uning ishlari 

Yüklə 428,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin