15
rivojlanganini bildiradi.
Bog`cha yoshidagi bolalarda ayrim psixik jarayonlarning rivojlanishi bilan
birga ularning shaxsi va shaxsiy xislatlari ham tarkib topa boshlaydi. Bolaning tashqi
muhitdagi narsa va xodisalar hamda o`ziga nisbatan bo`lgan to`g`ri, oqilona
munosabatlarining asosi xuddi shu davrda yuzaga keladi. Bundan tashqari, bog`cha
yoshidagi davrda bolaning qobiliyatlari tez rivojlanib, yangi-yangi ehtiyojlar va
qiziqishlari xosil bo`ladi. Bola shaxsining ana shunday rivojlanib borishi natijasida
uning xarakteriga oid xislatlar namoyon bo`la boshlaydi. Bog`cha
yoshidagi davrda
bolada qanday xarakter xislatlari tarbiyalansa, bu xislatlar bolaning maktab
yoshidagi davrida va xatto katta odam bo`lib yetishganida ham namoyon bo`ladi.
Shuning uchun bog`cha yoshdagi davrida bolada ijobiy shaxsiy xislatlarning tarkib
topishiga alohida ahamiyat berish zarur. Bolalar bog`cha yoshidan boshlab xulq-
atvorining axloqiy normalari va qoidalarini intensiv ravishda o`zgartira boshlaydilar.
Ular o`zlarining u yoki bu xatti- harakatlariga kattalar tomonidan beriladigan
baholarga zo`r qiziqish bilan qaraydilar. Shuning uchun ular hamisha nima yaxshi-
yu, nima yomonligini, qanday harakat to`g`ri-yu, qanday harakat noto`g`riligini
aniqlashga intiladilar. Bunday ishda bolalarga
hamisha yordam berish kerak,
ularning bunday harakatlarini qo`llab-quvvatlash lozim.
Lekin, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, axloqiy norma va qoidalarni amalda
kattalar hamda o`z tengdoshlari bilan bo`lgan munosabatlarida qo`llay olish
tajribasiga ega bo`lishi kerak. Shundagina bu axloqiy norma va qoidalarni singdira
oladi. Ana shuni nazarda tutib, bolalar bilan bo`lgan munosabatda axloq normalari
va qoidalaridan mutloqo chetga chiqmay, bu sohada ularga namunalar ko`rsatishi
kerak. Shunday qilib, yuqorida aytib o`tganimizdek, bolaning bog`cha yoshidagi
davrida uning faqat psixik jarayonlarigina emas, balki shaxsi hamda shaxsiy sifatlari
ham kamol topadi.
Maktabga borish bolalarning hayotida juda katta voqeadir. Maktab hayoti
bolalarga
yangi bir dunyoni ochib beradi, maktab davrida bolalarning asosiy
faoliyatlari o`zgaradi. Maktab yoshidan boshlab bolalarning asosiy faoliyatlari,
asosiy vazifalari o`qish, fan asoslarini puxta o`zlashtirish bo`lib qoladi. yetti yoshli
16
bolalar uchun yangi faoliyat bo`lgan o`qish ulardan yangi sifat, yangi xususiyatlarga
ega bo`lishlarini talab qiladi. O`qish faoliyati uchun bolalarda barqaror diqqat, o`tkir
zehn, mustahkam xotira, bir qadar tafakkur, yaxshi nutq, iroda va shuning bilan birga
mustaqillik, batartiblik xislari bo`lishi kerak.
Bolalarning maktabga o`tishlari murakkab bosqichdir. Shuni ham nazarda
to`tish lozimki, bolalar maktabga o`tishlari natijasida ularning ijtimoiy holatlarida
ham o`zgarishlar yuz beradi.
Masalan: yetti yoshga yaqinlashgan bolalar bog`chada
«katta», ya`ni katta guruh bolalari deb hisoblanar edilar. Maktabga o`tishlari bilan
yana «eng kichiklar» qatoriga tushib qoladila . Yetti yoshdagi bolalarning maktabga
o`tishlari bilan yuzaga keladigan ana shunday jiddiy o`zgarishlarni nazarda to`tib,
ularni maktabdagi yangi hayotga har tomonlama tayyorlash kerak.
Shuni alohida ta`qidlab utish lozimki, bolalarni maktabdagi o`qish jarayoniga
tayyorlashda ularning nutqini o`stirish
juda zaruriy shartlardandir. Bu masalani o`z
davrida mashhur rus pedagogi
K.D.Ushinskiy ham ta’kidlab o`tgan edi.
K.D.Ushinskiyning ko`rsatishicha, bolalarning nutqni egallashlari ularning
maktabdagi o`qishga tayyor ekanliklarini ko`rsatuvchi eng ishonchli dalildir.
Shuning uchun maktabdagi o`qishga tayyorlashda ularning o`z ona
tillarini yaxshi,
puxta o`rganishlariga, ya`ni so`z boyligini orttirishga, to`g`ri talaffuz qilishlariga va
tula hamda to`g`ri jumla tuza olishlariga ahamiyat berish kerak.
Lekin ijtimoiy taraqqiyotning bunday yetuklik bosqichiga bola o`z-o`zidan
ko`tarilmaydi. Uni bu bosqichga bog`chadagi va oiladagi butun ta`lim-tarbiya ishi
ko`taradi. Bola yetti yoshga to`lganda, u jismoniy jihatdan ancha o`sadi, o`zini idora
qilishga, nojo’ya xatti-harakatlardan o`zini tiyishga, xulq-atvor qoidalarini
o`zlashtirishga harakat qiladi. U o`zini bemalol eplaydigan bo`ladi, o`z ko`chiga
yarasha mehnat qila oladi, jamoada yashashga ko`nika boshlaydi. Bu davrda
bolaning turmush tajribasi anchagina ortadi, ko`p narsalarni
nomini va ulardan
qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va tasavvurlari o`sib, ko`pgina she`r va
hiqoyalarni yoddan bilib oladi. yetti yoshli bolaning nutqi ma`lum darajada
rivojalanib, so`z zahiralari ko`payadi, natijada u o`z o’rtoqlari va kattalar bilan erkin
suhbat qiladigan bo`ladi. Yetti yoshga to`lgan bolalarda harakatlar ham
17
mustahkamlanadi. U qaychi, igna, qalam, ruchka kabi qurollardan foydalanish
malakasini egallay boshlaydi. Biroq bu davrda ham bolada beixtiyor faollik ham
ustunlik qiladi. Shu sababli bolani qiziqtiradigan yoki unga ko`chli ta`sir
qiladigan
narsalar uning diqqatini o`ziga jalb qiladi.
Shuningdek, ta`lim uchun psixik o`sish darajasidan tashqari bolaning
turmushi va faoliyatining tafovutlari, sharoitlari, o`ziga xosligi, uning sihat-
salomatligi, oddiy ko`nikmalarni o`zlashtirgani kabi omillar bolaning maktab
ta`limiga psixologik jihatdan tayyorligining ob`ektiv tomonini belgilaydi. Sub`ektiv
tomoni - bolaning maktabda o`qish xohishi, intilishi, ba`zi bolalar maktabga butun
vujudi
bilan talpinadi, o`qishga qancha kun qolganini sanaydi, o`quv ashyolarini
oldindan tayyorlab qo’yadi. Boshqa bolalar esa maktabga umuman borg`isi
kelmaydi - bu ko`pincha kattalarning qo`rqitishlari natijasi bo`lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: