O’zbеkiston rеspublikasi oliyva o’rtamaxsus ta’limvazirligi


Mavzuning o’rganilganligi



Yüklə 428,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/16
tarix21.03.2023
ölçüsü428,8 Kb.
#88967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Kurs ishi tasdiqlangan

Mavzuning o’rganilganligi: Kichik bolalardagi xavotirlanish hodisasi 
muammosi bilan qator olimlar shug`ullanganlar. Masalan, Boulbi o`zining 
asarlarida bolalardagi xavotir holati sabablarini keng ochib berganlar, jumladan, 
uning fikricha, xavotirning muhim va teran sabablarining biri–bu yolg`izlik. Xavotir 
holati muammosiga Rechmen o`zlarini ko`p vaqtlarini ajratganlar. Uning 
ta’limotiga binoan og`riqni paydo qiladigan holatlar yoki voqealar bolada, hattoki u 
usha og`riqni sezmagan holatda ham xavotirni keltirib chiqarishi mumkin ekan. 
Cheryasvort xavotirning indikatorlar ro`yxatini taqdim qilganlar. Uning fikricha



xavotir biron bir narsaning oqibati bo`lishi, yoki uning izida ehtiyotli izlanish, 
hattoki iljayish ham bo`lishi mumkin. A.M.Prixojan tomonidan kichik maktab 
o`quvchilarida xavotirlanishni bartaraf etish bo’yicha qator usul va metodlar ishlab 
chiqilgan. 
Kurs ishi predmeti – bolalardagi xavotirlanish emotsional holatlari. 
Kurs ishi ob`ekti – maktabgacha va kichik maktab yosh davri bolalari. 
Kurs ishining maqsadi – maktabgacha va kichik maktab yosh davri 
bolalarning psixologik xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, ulardagi xavotirlanish 
muammosini, ayniqsa, ushbu holatlarni tuzatish metodikalarni tahlil qilish va 
tegishli tavsiyalar ishlabchiqish. 
Kurs ishining vazifalari

muammo bo’yicha psixologik-pedagogik manbalarni, adabiyotlarni va 
ma`lumotlarning nazariy tahlilini tavsiya etish; 

maktabgacha hamda kichik maktab yosh davri bolalarida xavotirlanish 
holatlarini aniqlash maqsadida: xavotirlanish emotsional sferaning ko`rinishi 
ekanligi; maktabgacha yosh davridagi bolalarning xususiyatlari; maktabgacha 
yosh davri bolalarida xavotirlanish holatlarini paydo qiladigan muammolar; 
kichik maktab yoshi davri bolalarning xususiyatlari; kichik maktab yoshi 
bolalarida xavotirlanish holatlarini paydo qiladigan muammolar haqida to`liq 
tushunchalarni berish va mulohazalar yuritish; 

bolalarda xavotirlanish holatlarini tuzatish metodikalarini taqdim etish 
maqsadida: psixogimnastika usuli yordamida bolalardagi xavotir holatini 
tuzatish; artterapiya usuli yordamida bolalardagi xavotir holatini tuzatish; 
musiqaterapiya usuli yordamida bolalardagi xavotir holatini tuzatish; rasm 
yordamida bolalardagi xavotir holatini tuzatish metodikalarini tahlil qilish va 
amaliy tavsiyalar berish; 

bolalarda xavotirlanish muammosini eksperimental o`rganish tajriybalarini 
ko`rsatish maqsadida: eksperiment bosqichlari va natijalari; kichik maktab 
yoshi bolalar rasmlari tahlilini taqdim etish; 

Kurs ishining mavzusiga bog`liq taqdimot materiallarini tayyorlash; 




Kurs ishi bo’yicha xulosalar chiqarish. 

Yüklə 428,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin