30
XULOSALAR VA TAVSIYALAR
Shunday kilib, kurs ishi tadqiqot ishimizga yakun yasaylik.
“Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e`lon
qilingan 2021 yilda O`zbekistonda yoshlarga davlat, jamiyat va oilaning sog`lom
zurriyot tarbiyasi uchun e`tibor va g`amxo`rligini oshirish, yoshlarni sog`lom,
barkamol insonlar qilib tarbiyalash borasida katta ishlar qilinmoqda.
Ma`lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev
tomonidan joriy yilni
mamlakatimizda “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligini
mustahkamlash yili» deb e`lon qilinishini xalqimiz zo`r mamnuniyat bilan kutib
oldi. Bu boshlangan ishlarni oxiriga yetkazish, hayrli tashabbuslarni amalga oshirish
imkonini beradi. Oila, jamiyat, mamlakat hayotining kelajagi farzandlarga,
avlodlarga bog`liq. Kelajak sog`lom,
ishonchli, erkin va barqaror bo`lishi uchun
farzandlar ham sog`lom, jismoniy, ma`naviy, intellektual jihatdan barkamol
bo`lishlari zarur.
Darhaqiqat,
har
birimizning,
shu
jumladan,
maktabgacha
ta`lim
muassasalaridagi xodimlarning va boshlang`ich maktab pedagog-o`qituvchilarning
zimmasidagi
vazifalar
ham
nihoyatda
mas`uliyatlilidir.
Yurtboshimiz
ta`qidlaganidek «.. . bolani go`daklikidan
ham jismoniy, ham ma`naviy jihatdan
to`g`ri tarbiyalashni, bu davrda zamonaviy meditsina,
pedagogika, psixologiya
fanlari tavsiyalarini har qaysi oilada va ta`lim muassasasida joriy qilish ayniqsa
zarurligini tushunib olishimiz lozim».
Hozirgi kunda maktabgacha ta`lim va boshlang`ich maktab – kelajak avlod
kamoli uchun poydevor hisoblanadi. Tarbiyachi va o`qituvchiga
alohida bilim,
fidoyilik lozim. Qolaversa, bu dargohlardagi butun jarayon davlatimiz tomonidan
qo`llab-qo`vvatlanadi. «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun, «Kadrlar tayerlash milliy
dasturi», «Uchinchi mingyillikning bolasi» dasturi asosida olib borilayotgan ishlarni
butun jahon e`tirof etmoqda.
Albatta, eng avallo pedagoglar o`z ishida
har bir bolaning ruhiyati, qizikishi,
qobiliyati, irodasi, zehnini, va ayniqsa, uning xissiyotlarini aniqlab bilishi zarur.