3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O`zbekiston
Respublikasi mustaqilligi, ijtimoiy
hayotimizdagi o`zgarishlar, mamlakatimizdagi demokratiyaning tantanasi, huquqiy
davlat tuzimiga intilish psixologiya fanining qonuniyatlari va ilmiy materiallarini
o`rganish hamda ulardan turmushda foydalanishni talab qiladi.
Jamiyatimizda
ta`lim-tarbiya tizimini sog`lom insonparvarlik yo`nalishida qayta tashkil etish, uni
zamon talablari darajasiga ko`tarish, barkamol, ma`naviy dunyosi boy, axloqiy pok,
mard va jasur komil insonlarni tarbiyalash kechiktirib bo`lmaydigan, davlat
ahamiyatiga molik vazifa bo`lib turibdi.
«Psixologiya, degan edi
L.S.Vigotskiy, – birinchidan, konkret, amaliy bo`lib
– ta`lim va tarbiya, bolaning rivojlanishi, mehnat faoliyati haqidagi fan bo`lmog`i
lozim. Faqat shu vazifagina psixologiyani tirik va kerakli fanga aylantirishi
mumkin».
Bizga ma`lum, psixologiya fanining mavzu
baxsi - umuman ruhiyatning,
xususan, inson ruhiyatining namoyon bo`lishi, rivojlanishini o`rganuvchi sohadir.
Psixologiya ongli sub`ekt – insonning ichki dunyosini o`rganadi. Psixologiya
atamasi «psyuxe» – qalb (ruh), «logos» – taliymot (o`qish) so`z ma`nosini bildiradi.
Ammo bu qisqa jumla inson ruhiyati haqida yetarli ma`lumot bermaydi. Psixologiya
fanining mavzu bahsini, ruhiyatni to`laroq
tasavvur qilish uchun ruhiy
jarayonlarning kechish mohiyatini, ichki kechinmalarning (sezgilar, fikrlar,
hissiyotlar) namoyon bo`lish qonuniyatlarini tushunish lozim. Biz so`z yuritmoqchi
bo`lgan mavzu – bu, bolalardagi va xavotirlanish emotsional holatlari.
Ma`lumki, xavotir
barcha xissiyotlar ichida eng xavflilardan biri hisoblanadi.
Unga bag`ishlangan bugungi kundagi qator tadqiqotlar ushbu ahamiyatli xissiyotni
bundan buyon tushunish uchun juda yaxshi zamin yaratmoqta.
Bu masala bo’yicha maxsus adabiyotlar unchalik ko`p emas. Shunday bo`lsa
ham, maktabgacha va kichik maktab yoshi davridagi
bolalardagi xavotirlanish
muammosi bugungi kunda ancha darajada dolzarb bo`lib kelmoqda. Shuningdek,
ta`qidlash lozimki, xavotirlanish muammosi bog`cha va boshlang`ich maktab
4
amaliyotida yetarsiz darajada e`tiborga olinmoqta. Lekin bolalardagi xavotirlanish
holatini vujudga kelishining o`zi, albatta, birinchi galda ana shu maktabga borishi
bilan bog`liq bo`lmoqda.
Shu bois, bolalar hali bog`cha davridayoq
xavotirlanishning maxsus psixodiagnostik testlaridan hamda korrektsion
mashqlardan o`tkan bo`lib, o`zlarining ongida qo`rquv holati to`sig`ini zabt etishlari
kerak.
Ma`lumki, xavotir soya singari insonni qadim
zamonlardan buyon iziga
ergashib quvib kelmoqda. U doyim xavf ostida yurgan qadimgi odamda ham
bo`lgan. Biroq uning xavotiri instinktiv tabiatiga ega bo`lib, uning o`zi hamda
tevarak-atrofidagi yaqinlarining hayotiga bevosita xavf holatida bo`lgan. Xavotir
– insoniyat evolyutsiyasining ajralmas qismi. Chunki u hayot uchun g`oyat xavfli
bo`lgan bemani va impul`siv harakatlarini oldini olgan.
Bola hayotining
ilk yillarida barcha yangi, begona narsalardan qo`rqadi,
narsalar va ertaktagi personajlarni jonlandiradi, notanish hayvonatlardan cho`chiydi
hamda ota-onasini mangu yashashiga ishonadi. Kichik bolalarda hamma narsa real
bo`ladi, demak, ularning xavotir holatlari ham real xarakterga ega bo`ladi.
Misol
uchun, Yolmog`iz-kampir, u yaqin joyda yashaydigan bir jonli mavjudot. Faqat vaqt
o`tishi bilan bolalarda tushunchalarning ob`ektiv xarakteri paydo bo`ladi. Ular
o`zidagi sezgilarni ajratishni o`rganadi, o`z hissiyotlarini nazorat qilishadi.
Psixologlar fikricha, xavotirlar
yoshga bog`lik hamda
nevrotik turlaridabo`ladi.
Shunday qilib, yuqorida aytilganlarning hammasi, o`ylaymizki, biz tanlagan
kurs ishi ishining dolzarbligin va ahamiyatliligin
ko`rsatadi.
Dostları ilə paylaş: