1.2. Maktabgacha yosh davridagi bolalarning xususiyatlari
Bolaning 3 yoshdan - 7 yoshgacha bo`lgan maktabgacha (bog`cha) yoshi
bolalik davrining katta bir qismini tashkil topadi. Asosan mana shu davrdan boshlab
bolaning mustaqil faoliyatlari rivojlanadi hamda shaxsiy individual xususiyatlari
(insoniy fazilatlari) tarkib topa boshlaydi. Mashhur rus pedagogi P.F.Lesgaftning
fikricha, insonning bog`cha yoshidagi davri shunday bir davrki, ana shu davr
mobaynida kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo`lishi belgilanadi va
axloqiy sifatlarining asoslari yuzagakeladi.
Maktabgacha yosh (bog`cha yoshi) davrining eng muhim xususiyati - uning
10
mustaqil faoliyati bilan shug`ullanishi, faoliyat doirasi kengayishi, maxsus
pedagoglar tomonidan muayyan dastur asosida tarbiya beriladi. Shaxs tarbiyasida
bog`cha davri muhim ahamiyatga ega. Bu davrda bosh miya yarim sharlari
pushtidagi nerv xujayralari tobora murakkablashib boradi, shohchalar o`sib chiqadi,
va muvafaqt nerv bog`lanishlari xosil bo`lish imkoniyati yaratiladi.
Bola bog`cha yoshiga yetgach, uning psixik taraqqiyotida jiddiy o`zgarishlar
yuzaga keladi. Chunki xuddi ana shu davrdan boshlab bolaning mustaqil faoliyati
anchagina kuchaya boshlaydi. Bog`cha yoshidagi bola mustaqil faoliyatda bo`la
olishi uchun zarur bo`lgan ikkita qudratli ko`chga ega. Birinchidan, ma`lum darajada
o`ziga bo`ysundirilgan harakat apparatiga, ikkinchidan esa, atrofidagi katta odamlar
va o`z tengdoshlari bilan bir qadar erkin munosabatda bo`la oladigan nutqqa ega.
Mana shuning uchun bu yoshdagi bolalarning xulq-atvorlari, xatti-harakatlari,
qizikish va ehtiyojlari bog`chaga tarbiya yoshidagi bolalarnikidan keskin fark qiladi.
Bu esa, o`z navbatida, bog`cha yoshidagi bolalar bilan bog`chagacha tarbiya
yoshidagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga ham yetarlicha munosabatda bo`lishni taqozo
qiladi.
Bog`cha yoshidagi davrda bolaning barcha psixik jarayonlari jadal rivojlana
borib, uning tashki muhit bilan bo`lgan munosabatlarida anchagina o`zgarishlarni
yuzaga keltiradi. Bir tomondan, bola bog`cha yoshiga yetgach, kattalarning doimiy
yordamlaridan ancha ozod bo`lib, ulardan bir qadar uzoqlashadi, ikkinchi tomondan,
kattalar bilan bo`lgan munosabatlari murakkab, ko`p tomonlama xarakter kasb eta
boshlaydi. Shu narsa xarakterliki, kichik bog`cha yoshidagi bola doimiy yordam va
g`amxo`rlik talab qiladigan ob`ektdan sekin-astalik bilan oila xilida bog`cha bolalar
guruhining faol a`zosiga aylana boshlaydi. Demak, bu davrdan boshlab,
muhtojlikdan qo`tilib, o`zi ham boshqalarga ma`lum darajada yordam bera oladigan,
o`zining burchi, vazifalari, qiziqishlari hamda hilma-hil ehtiyojlariga ega bo`lgan
shaxsga, jamoa a`zosiga aylana boshlaydi.
Bog`cha yoshidagi bolalarning psixik jixatdan rivojlanishlarida ularda paydo
bo`ladigan xilma-xil ehtiyoj va qiziqishlar bolalarni u yoki bu harakatga undovchi,
ularni ishga soluvchi (omil) hisoblanadi. Bog`cha yoshidagi bolalarda ijtimoiy,
11
intellektual va axloqiy ehtiyojlar yaqqol ko`rina boshlaydi.
Bolaning psixik rivojlanishida unda paydo bo`ladigan ehtiyojlar va qiziqishlar
katta ahamiyatga ega. Ular bolani u yoki bu harakatka undovchi omil hisoblanadi,
bola qiziqqan narsasi bilan uzoq vaqt shug`ullana oladi. Bu esa uning diqqati,
irodasini rivojlantirishga yordam beradi. Bog`chada to`g`ri yo`lga qo’yilgan
tarbiyaviy ishlar bolalarda mehnat faoliyatining dastlabki belgilari hamda qiziqishini
tarkib toptiradi. Bog`cha hayotining ko`p qirrali va sermazmunligi bolalar bilish
faoliyatlarining kengayishiga va chuqo`rlashishiga yordam beradi, bu esa o`z
navbatida idrok, tasavvur, xotira, tafakkur kabi jarayonlarni rivojlantiradi.
Bog`chadagi tartib intizom va ta`limiy mashg`ulotlar yuksak ijtimoiy, intellektual,
axloqiy va gigiyenik ehtiyojlarning yuzaga oshishiga sharoit yaratadi.
Bog`cha yoshidagi bolalar tabiatlariga xos bo`lgan kuchli ehtiyojlardan yana
biri - har narsani bilib olishga bo`lgan ehtiyojdir. Bolaning faoliyat doirasi
kengaygan sari atrofidagi narsalarni bilishga qaratilgan ehtiyojlari ham orta boradi.
Bunga sabab bolada turmush tajribasining ozligidir. Har bir narsa bola uchun
yangilik bo`lib tuyuladi va bola uni har tomonlama bilib olishga intila beradi.
Shuning uchun ham ular juda ko`p savollar beradi.
Bog`cha yoshidagi bolalarning psixik jixatdan rivojlanishlarida bog`cha
muhiti juda katta rol` o`ynaydi. Bog`chadagi tartib, intizom va turli-tuman ta`limiy
mashg`ulotlar bolalarda yuksak ijtimoiy, intellektual, axloqiy va gigienik
ehtiyojlarning garmonik ravishda yuzaga kelish uchun sharoit to`g`diradi.
Psixologiya nuqtai nazaridan qaraganda, odatlar o`z mohiyati jihatidan ehtiyojga
yaqin narsalardir. Boshqacha qilib aytganda, turlicha odatlar kundalik xayotda
takrorlanaverishi natijasida vujudimizga juda singib ketib, ehtiyojga aylanib qoladi.
Shuning uchun bolalarda ijobiy va foydali ehtiyojlarni tarbiyalash deganda ularda
ijobiy va foydali odatlarni hosil qilishni tushunamiz. Bog`cha yoshidagi davrda xosil
qilingan mustahkam ijobiy odatlar (ehtiyojlar) kishining butun umri davomida
saqlanib qoladi.
Bog`cha yoshidagi bolalarning psixik jihatdan rivojlanishlarida qiziqishning
ham roli g`oyat kattadir. Qiziqish, xuddi ehtiyoj kabi, bolani biron faoliyatga
12
undovchi (harakatga soluvchi) omillardan biridir. Qiziqish deganda, biz voqeliqdagi
narsa va xodisalarni birmuncha chuqurroq bilishga qaratilgan maxsus intilishni
tushunamiz. Demak, qiziqish bilish jarayoni bilan bog`lik bo`lgan har bir shaxsning
murakkab sifatidir. Bog`cha yoshidagi bolalar hamma narsalarga birdek
qiziqavermaydilar. Ular ayrim narsalarga ko`proq, boshqa bir narsalarga kamroq
qiziqadilar. Lekin bog`cha yoshidagi bolalarning qiziqishlari katta odamlardagi kabi
bir narsaga nisbatan qat`iy hamda mustahkam bo`lmay, bir narsadan ikkinchi bir
narsaga tez-tez o`tib turadi. Bundan tashqari, bog`cha yoshidagi bolalarning
qiziqishlari juda tarqoq va yuzaki bo`ladi. Ular narsa va xodisalarning mohiyati yoki
natijalariga emas, balki shu narsa va hodisalarning o`zigagina qiziqadilar. Shu
sababli bog`cha yoshidagi bolalarda asosan beqarorva bevosita qiziqishlar ustun
turadi. Tarbiyachi bog`chada turli mashg`ulotlar, ekskursiyalar, suhbatlar o`tkazish
va kitoblar o`qib berish bilan bolalarda markazlashgan barqaror qiziqishlarni yuzaga
keltirishga harakat qilishlari lozim.
Bola psixologiyasining rivojlanishida qiziqshning ahamiyati shundaki, bola
qiziqqan narsasining mumkin qadar chuqurroq bilishga tirishadi. Binobarin, uzoq
vaqt davomida qiziqqan narsasi bilan shug’ullanishdan zerikmaydi. Bu esa, o`z
navbatida, bolaning diqqati, irodasi kabi muhim psixik jarayonlarini rivojlantirish
hamda mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarda biror sohaga nisbatan barvaqt
yuzaga kelgan qiziqish kelajakda ularning shu sohasini yaxshi egallashlari uchun
qandaydir tayyorgarlik rolini o`ynaydi.
Bog`chada bolalarning birgalikda ta`lim-tarbiya olishlari, birgalikda
o`ynashlari va birgalikda ovqatlanishlari ularda jamoa tuyg`usini yuzaga keltira
boshlaydi. Ko`pchilik bo`lib bir o`yinni o`ynash yoki biron vazifani bajarishda o`z
xatti-harakatlarini kelishib olish, rollarni taqsimlash va bir-birlariga yordam berish
kabi jamoa hayotiga oid fazilatlar namoyon bo`la boshlaydi. Biroq bog`cha
yoshidagi davrda bolalar jamoasi endigina tarkib topa boshlayotganini unutmaslik
lozim. Bolalar jamoasini mustahkamlashda ularning jamoasidagi endigina yuzaga
kelayotgan o`zaro murakkab munosabatlari, ya`ni bir-biriga bo`ysunish, bir-biriga
yon bosish kabi munosabatlar katta ro’l o`ynaydi hamda bolalarning psixik
13
taraqqiyotiga yordam beradi.
Bolalarning bunday o`yinlarida pala-partishlik, tartibsizlik yo`q. Chunonchi,
ular qo`g`irchoqlarini yuvintiradilar, kiyintiradilar, ovqatlantiradilar so`ngra
bog`chaga olib boradilar, uxlatadilar va bunday qat`iy tartib bilan amalga oshiriladi.
Ana shunday tartibli, tizimli faoliyatda bo`lishga odatlanish bog`cha yoshidagi
bolalar shaxsiy xislatlarining tarkib topishi uchun katta ahamiyatga ega. Bog`cha
yoshidagi bolalar jismoniy va psixik jihatdan ham yetarli darajada rivojlanganliklari
tufayli ular oddiygina mehnat topshiriqlarini bajara oladilar. Bolalarning ijodiy
harakatlari
asosan
o`yin
hamda
tasviriy
san`at
faoliyatida
(rasm
chizish,loyishi,qog`ozdan har narsalar yasash kabi) namoyon bo`ladi. Bolalar
o`zlarining o`yin va tasviriy faoliyatlarida kattalarning mehnatlarini tanqidiy tarzda
qayta tiklab, mehnat hayotini faol ravishda o`zlashtira boshlaydilar. Bu ularning
mehnat faoliyatiga tayyorlanishlarida katta ahamiyatga egadir.
Bog`cha yoshidagi bolalarning o`z xatti-harakatlarini ma`lum vazifalarni ado
etishga bo`ysundira olishlari, tobora kuchayib borayotgan qiziqish va erishgan aqliy
taraqqiyot darajalari ularni ma`lum ta`limiy dastur asosida tarbiyalash imkonini
beradi. Bog`chada to`g`ri yo`lga qo`yilgan tarbiyaviy ishlar bolalarda mehnat
faoliyatining dastlabki belgilari hamda bilimga qiziqishni tarkib toptiradi.
Bog`cha hayotining ko`p qirrali va sermazmunligi bolalar bilish
faoliyatlarining kengayishiga hamda chuqurlashishiga yordam beradi. Bu esa asosiy
bilish jarayonlari bo`lmish - idrok, tasavvur, xotira va tafakkur kabi jarayonlarning
xarakterini o`zgartirib yuboradi. Bog`chagacha tarbiya yoshidagi bolalarda bu
jarayonlar ularning o`yin yoki biron amaliy faoliyatlari bilan birga namoyon bo`ladi.
Masalan, kichik yoshdagi bolalar biron narsa bilan mashg`ul bo`lib turganlarida uni
idrok qiladilar, ilgari ham shu narsa bilan mashg`ul bo`lganlarini eslaydilar va uni
analiz va sintez qilib ko`radilar. Bog`cha yoshidagi bolalarda esa bu asosiy bilish
jarayonlari bir-biridan differentsiyalashgan (ajratilgan) bo`ladi. Bog`cha yoshidagi
bola biron o`yin faoliyati yoki biron narsa bilan mashg`ul bo`lishi jarayonidagina
emas, balki bunday amaliy faoliyatdan tashqari ham biror narsa yoki xodisani idrok
qilishi, tasavvur etishi, esida olib qolishi, esiga tushurishi hamda oddiy tarzda
14
tafakkur qilishi mumkin. Shuning uchun bolaning bog`cha yoshidagi davrida ana
shu asosiy psixik jarayonlari, va xususan, tafakkur hamda nutq jarayonlari jadal
rivojlanadi. Bolalar kattalar bilan bo`lgan munosabatlarida narsa va xodisalar haqida
elementar tushunchalar tizimini egallab olib, tafakkur qilishga o`rgana boshlaydilar.
Kichik va bog`cha yoshidagi bolalarga xos bo`lgan «nimaga?», «nima qiladi?»,
«nima keragi bor?» kabi ko`p savollar ularni narsa va xodisalarning sabablari haqida
fikr yurita boshlayotganliklaridan darak beradi.
Bog`cha yoshidagi bolalarning his-tuyg`ulari nihoyatda kuchli bo`ladi.
Ularning barcha xatti-harakatlari ko`tarinki hissiy holatda utadi. Bundan tashqari,
bog`cha yoshidagi bolalarning his-tuyg`ulari chuqur va mustahkam bo`la boshlaydi.
Bolalarda bog`cha yoshidan boshlab axloqiy, intellektual va estetik hissiyotlarning
eng sodda turlari yuzaga kela boshlaydi. Bog`cha yoshidan boshlab bolalarda iroda
va irodaviy sifatlar ham tez rivojlana boshlaydi. Ularda o`zining butun xatti-
harakatlarini ongli ravishda qo`yilgan umumiy bir maqsadga bo`ysundirish o`quvi
yuzaga kela boshlaydi.
Emotsional-irodaviy
xislatlarning
shakllanishida
o`yin,
mehnat
faoliyatlarining, ta`limiy mashg`ulotlarning ta`siri katta. Mashhur olim L.S.
Dostları ilə paylaş: |