Kurs ishining tadqiqotning metodologik asoslari quyidagilardan
iborat: didaktika (ta`lim nazariyasi), uning asosiy tamoyillari va kategoriyalari;
bilish nazariyasi, psixologiyaning asosiy tamoyillari va kategoriyalari: jumladan,
determenizm tamoyili, ong va faoliyatning birligi tamoyili, nazariya va amaliyotning
bog`liqligi tamoyili, ta`lim-tarbiyadagi shaxsiy yo`naltirilganlik tamoyili, ta`lim-
tarbiya haqidagi gumanistik psixologiyaning qonuniyatlari, L.S.Vigotskiyning
madaniy-tarixiy kontseptsiyasi, A.N.Leont`ev, V.A.Petrovskiy va boshqalarning
shaxs nazariyalari, shuningdek, bolalar psixologiyasi, pedagogik psixologiya
xususiyatlari muammosini tadqiq qilishgan yetakchi rus va o`zbek olimlarining
g`oyalari. Shuningdek, biz kurs ishimizda yosh avlodni tarbiyalashda Sharq
mutaffakirlarining falsafiy va pedagogik qarashlariga, O`zbekiston Respublikasi
Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning har tamonlama barkamol, komil insonni
tarbiyalash haqidagi fikrlariga suyangan holda ish olib bordik.
Kurs ishining nazariy ahamiyati: Olingan ma`lumotlar va xulosalar hozirgi
zamon pedagogika va psixologiya fanlaridagi mavjud bo`lgan maktabgacha va
kichik maktab yoshi bolalar tarbiyasiga oid tadqiqotlar haqidagi tushuncha va
nazariyalarni yanada to`liqtiradi va chuqurlashtiradi
Kurs ishining tarkibi va xajmi. Kurs ishi: kirish bo`limi ikkita bobdan,
yakuniy bo`limi, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. Ko`lami 32 bet.
7
I-bob: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda psixologik
xavotirlanish holatlarining namoyon bo‘lishi
1.1. Xavotirlanish emotsional sferaning ko`rinishi ekanligi
Kishi idrok etish, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib
qolmay, balki shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga qanday bo`lmasin
munosabat bildiradi. Unda ularga nisbatan u yoki bu tarzda xis-tuyg`u paydo bo`ladi.
Bunday ichki shaxsiy munosabatning manbai faoliyat va munosabat jarayonlari
bo`lib, u ana shunday jarayonlarda ro`y beradi, o`zgaradi, barqaror tus oladi yoki
yo`qoladi (vatanparvarlik, nafratlanish, bar lahzalik, mamnunlik).
Xis-tuyg`ular – kishining o`z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni
bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg`ul bo`layotganiga nisbatan o`zicha turli
xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
Xis-tuyg`uni boshdan kechirishning turli shakllari – emotsiya, affekt, kayfiyat,
turli hayajonlanish (stress holati) mavjud. Ehtiros, va nihoyat, tor ma`nodagi so`z
bilan aytganda, xis-tuyg`ular – shaxsning emotsional sohasini tashkil etadiki, ular
kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manba, odamlar o`rtasidagi
murakkab va ko`pqirrali munosabatlarning ifodasi bo`lib hisoblanadi.
Xis-tuyg`ular ba`zan har qanday psixik jarayonning faqat yoqimli, yoqimsiz
yoki aralash asorati tarzida boshdan kechiriladi. Bu o`rinda ular o`z xolicha
anglayvermaydi, aksincha, narsa va harakatlarning xususiyati tarzida anglaniladi va
biz yoqimli kishi, yoqimsiz ta`m, kulgili ifoda, nafis mato, quvnoq sayr va hokazolar
deb gapiramiz. Ko`pincha bunday hissiy tus oldingi kuchli kechinmalarning oqibati,
o`tmish tajribaning aks-sadosi bo`lib chiqadi.
Ba`zan u narsaning kishini qanoatlantirishi yoki qanoatlantirmasligi, uning
faoliyati muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz o`tayotganligi belgisi sifatida xizmat
qiladi.
Xis-tuyg`ular shaxs ehtiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab olishga
yordam beradi va ularning qondirilishiga qaratilgan faoliyatga omil baxsh etadi.
8
Ehtiyojlarning qondirilishi yoki qondirilmasligi kishida turli xil shaklni kasb
etadigan o`ziga xos kechinmalarni hosil qiladi.
Emotsiyalar – “hissiyot” (“emotsiya”) va “xis-tuyg`u” so`zlari ko`pincha
sinonimlar sifatida qo`llaniladi. “Emotsiya” so`zini o`zbek tiliga aniq tarjima
qilinganda, u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma`noni anglatadi.
Hissiyot deb, masalan, kishining musiqaviy asarga nisbatan o`rnashib qolgan
xususiyati sifatidagi muhabbat tuyg`usining o`zini emas, balki kontsert paytida
yaxshi musiqiy asarni eshitayotib, boshidan kechirgan lazzatlanish, zavqlanish
holatiga aytiladi. Musiqiy asarning yomon ijro etilganini eshitganda hosil bo`ladigan
xuddi shunday xis-tuyg`u nafratlanish kabi salbiy xissiyot sifatida boshdan
kechiriladi.
Affektlar (hissiy portlashlar) – kishini tez chulg`ab oladigan va shiddat bilan
o`tib ketadigan jarayonlar affektlar deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada
o`zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o`zini
o`zi idrok qila olmasligi, shuningdek uning butun hayoti va faoliyati o`zgarib
qolganligi bilan ajralib turadi. Affektlar birdaniga katta kuch sarf qilinishiga sabab
bo`lgani uchun ham qisqa muddatli bo`ladi: ular xis-tuyg`ularning bamisoli birdan
lov etib yonib ketishiga, portlashiga, bir zumda hamma yoqni to`s-to`polon qilgan
shamolga o`xshaydi. Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayojonlanishini ifoda etsa, u
holda affekt bo`rondir.
Kayfiyatlar - ancha vaqt davomida kishining butun xatti-harakatiga tus berib
turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi. Kayfiyat shodu xurramlik yoki
qayg`uli, tetiklik yoki lanjlik, hayajonli yoki ma`yuslik, jiddiy yoki engiltaklik,
jizzakilik yoki muloyimlik va hokazo tarzda bo`ladi.
Kuchli hayajonlanish (stress) holatlari. Psixologik ta`rifga ko`ra affektiv
holatga yaqin turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomliligiga ko`ra
kayfiyatlarga yaqin bo`lgan xis-tuyg`ular boshdan kechirilishining alohida shakli
kuchli hayajonlanish (stress) holati (inglizchada stress – taziyq ko`rsatish, zo`riqish
degan so`zdan olingan)dan, yohud hissiy zo`riqishdan iboratdir. Hissiy zo`riqish
xavf-xatar tug`ilgan, kishi xafa bo`lgan, uyalgan taqdirda ostida qolib ketgan va shu
9
kabi vaziyatlarda ro`y beradi.
Asosiy hissiy holatlar va ularning tashqi ifodasi. Xis-tuyg`ularning hissiyotlar,
kayfiyatlar, kuchli hayajonlanish tarzida boshdan kechirilishi chog`ida ma`lum
darajada seziladigan tashqi belgilarga ham ega. Yuzlarning ifodali harakatlari
(mimika), qo`l va gavdaning ma`noli harakatlari, ohang, ko`z qorachig`larining
kengayishi va torayishi kabilar shular jumlasiga kiradi.
Har biri o`zining psixologik ta`riflari va tashqi ko`rinishlariga ega bo`lgan
quyidagicha asosiy hissiy holatlarni alohida ajratib ko`rsatish mumkin: qiziqish,
quvonch, hayratlanish, iztirob chekish, g`azablanish, nafratlanish, jirkanish, xavotir,
xavotirlanish, uyalish va hokazo.
Qiziqish – malaka va ko`nikmalarning rivojlanishiga, ta`lim olishga moyillik
tug`diradigan bilimlarni egallashga yordam beradigan ijobiy hissiy holatdir.
Quvonch – xali-veri qondirilishi mumkin bo`lmagan yoki har holda qondirilishi
noaniq bo`lgan dolzarb ehtiyojning yetarli darajada to`la qondirilgan bo`lishi
mumkinligi bilan bog`liq ijobiy hissiy holatdir.
Xavotir – odamning o`ziga yoki yaqin kishilariga taalluqli bo`lgan haqiqiy yoki
xayoliy xavf-xatarga nisbatan qaytaradigan emotsional reaktsiyasi, salbiy hissiy
holatdir. Xavotir yuzning oqarishi, badanning titrashi va boshqa bir qancha
ixtiyorsiz tovushlar, harakatlar bilan ifodalanadi. Xavotir xavf-xatardan qochish
yoki harakatsiz holatda turib qolish shaklida ro`y beradi.
Dostları ilə paylaş: |