O’zbеkiston rеspublikasi oliyva o’rtamaxsus ta’limvazirligi


 Maktabgacha yosh davri bolalarida xavotirlanish holatlarini paydo



Yüklə 428,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix21.03.2023
ölçüsü428,8 Kb.
#88967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Kurs ishi tasdiqlangan

1.3. Maktabgacha yosh davri bolalarida xavotirlanish holatlarini paydo 
qiladigan muammolar 
 
Bola faoliyati, atrof olamni va o`zini bilishi, kattalar va tengdoshlar bilan 
bo`lgan munosabat jarayonida xilma-xil emotsiyalar hamda xissiyotlarni o`zidan 
o’tkazadi. Emotsiya va xissiyotlarning ontogenezdagi rivoji muayyan o`z 
qonunlariga ega. 
Dastlab, ontogenezda oddiy kechinmalarni ifodalovchi emotsiyalar paydo 
bo`ladi. Bu kechinmalar tabiyi extiyojlarning qondirilishiga bog`liq ravishda 
vujudga keladi (qondirilsa – ijobiy, qondirilmasa – salbiy emotsiyalar vujudga 
keladi). Bunday emotsiyalar hayvonlarda ham mavjud. Biroq bolalardagi eng oddiy 
emotsiyalarni hayvonlardagi eng oddiy emotsiyalaridan farqlash kerak. Chunki 
emotsiyalarning namoyon bo`lish shakli insonda ijtimoyi xarakterga ega. Ikki 
yoshdan boshlab bola uchun bolalarning shodlik, xursandchilik, umuman ijobiy 
emotsiyalarni ifodalovchi reaktsiyalarni eng informativ (ko`p axborot beradigan) 
bo`lib hisoblanadi. Shubhasiz, ijobiy emotsiyalar maktabgacha yoshdagi bolaning 
psixik va jismoniy taraqqiyotiga ijobiy tasir ko`rsatadi. 


18 
Emotsiyalarning rivojlanishi ularning differentsiatsiyasi, kechinmalarning 
boyib borishi singari ro`y beradi. Maktabgacha yoshdagi bolada salbiy kechinmalar 
- xavotir, xavotirlanish, jahl, jirkanish; ijobiy kechinmalar - shodlik, bola mehrining 
atrofdagilarga tovlanib ketishi, ota-onasiga qalban, yaqinlashishi ko`rinishlarida 
namoyon bo`lishi mumkin. 
Bolalar 
xissiyotlarini 
rivojlanishi 
muayyan 
ob`ektga 
yo`naltirilgan 
emotsiyalarning umumlashgan sifatida ro`y beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar 
emotsional sohasining rivojlanishi davomida emotsional kechinmalarni uyg`otuvchi 
ob`ektdan munosabatdagi sub`ektgacha ajralib boradi. Maktabgacha yoshdagi 
bolada emotsiya va xissiyotlarning dinamik va mazmuniy tomonlari rivojtopadi. 
Bola emotsiyalarining rivojlanishi muayyan ijtimoyi vaziyatlar bilan bog`liq. 
Bolaning vaziyatni tushunishi, vaziyatni va undagi o`zgarishlarni boshidan 
kechirishi muayyan emotsional holatni xosil qiladi. 
Maktabgacha (bog`cha) yoshidagi bolalarning keng tarqalgan muammolari 
quydagilardir: 

Bola psixik taraqqiyoti darajasining yosh normasiga mosligi, ya`ni nutqta 
rivojlanishidagi qiyinchiliklar, xotira, diqqatining yomonligi va boshqalar; 

Maktabda o`qishga tayyorgarlik. Bu erda muammo ota - onaning bolani 6- 
yoshdan o`qitishga qaror qilinganligi va bu bilan bog`liq bola maktabda 
yaxshi o`qib, keta oladimi yoki yo`qmi; 

Shaxsiy rivojlanishning salbiy 
ko`rinishlari 
va 
odamlarga kirishib, 
ketishlik muammolari; 

Bolaning o`z harakatlarini rejalashtira, boshqara va baholay olmasligi. Ota - 
onaning bola bilan nizolashishi; 

Bolaning bolalar muassasasiga ko`nikishi. 
Yuqoridagi keng tarqalgan muammolarni tuzatish masalalariga to`xtalsak 
agar, unda bog`cha yoshidagi shaxsni mukammal o`rganishimiz kerak. Chunki 
bog`cha yoshidagi bolalarning aqliy taraqqiyotini korrektsiya qilish sezgi va idrok 
qobiliyatlarini rivojlantirish vazifalarini o`z ichiga oladi. Bolalarning sezish 
qobiliyatlarini tuzatishda idrok operatsiyalarini rivojlantirish va sezgi namunalarini 


19 
o`zlashtirish sifatida amalga oshiriladi. Barcha bolalar uchun rasm chizish, 
plastilindan har xil narsalar yasash, applikatsiya va qo`rilish faoliyatlari keng 
qo`llaniladi. Bog`cha yoshidagi bolalarning tafakkurini tuzatishda bilish motivlarini 
rivojlantirish, obrazli tafakkurini rivojlantirishda esa syujetli, rolli o`yinlar, qoidali 
o`yinlar muhim rol o`ynaydi. 
Shunday qilib, «Maktabgacha hamda kıchık maktab yosh davrı bolalarıda 
xavotırlanısh holatları» mavzudagi kurs ishi mizning ushbu bobida quyidagi 
masalalar tadqiq qilindi va aniqlandi: 

Xavotirlanish emotsional sferaning ko`rinishi ekanligi 

Maktabgacha yosh davridagi bolalarning xususiyatlari 

Maktabgacha yosh davri bolalarida xavotirlanish holatlarini paydo qiladigan 
muammolar 


20 

Yüklə 428,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin