O’zbеkiston rеspublikasi oliyva o’rtamaxsus ta’limvazirligi



Yüklə 428,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix21.03.2023
ölçüsü428,8 Kb.
#88967
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Kurs ishi tasdiqlangan

E.L.Yakovleva tomonidan taklif etilgan tuzatish dasturini xavola qilamiz. Yozilgan 
so`zlarni tahlil qilish, ulardagi harflarni ko`rish uchun bolalarga diqqat qilish 
o`yinlari taklif qilinadi. Bu o`yin asosida sanash, tuzatish testi yotadi. Buning uchun 
katta shrift harflarida bosilgan eski ertak kitoblari olinadi. Bolalarga 5 daqiqa 
davomida uchragan –a- harfini chizish taklif etiladi. Bunda bola 4 va undan ortiq -
a- harfini qoldirsa yutkazadilar, agar kam qoldirsa yutadilar degan shart qo`yiladi. 
Yutganlar rag`batlantiriladi. 
O`yinni har kuni o`ynagan ma`qul, yutuklar natijasi esa, bir xaftada bir marta 
e`lon qilinadi va g`olib taqdirlanadi. Topshiriqni bir-biriga qo`shni bolalarning 
o`zlari tekshiradilar. Chunki bu yoshdagi bolalar o`z ishlaridan kura o`zgalar ishiga 
juda qiziqadilar. Shunga kura ular sezmay qoldirgan xatolarga kura ularning bir 
necha daqiqa davomida diqqat-e`tiborlarini to`plagan holatlari juda ahamiyatlidir. 
Natijalar tahlili shuni ko`rsatadiki, 4 - haftadan so`ng o`qituvchining «Diqqat - 
e`tiborli bo`l» degan shiori bolalarda diqqatning to`planishiga xizmat qiladi. 
O`yin bilan bir vaqtda bolada ona tili darsligidan o`qish ko`rsatmasi beriladi. 
Bu usul bilan so`z qanday yoziladi va qanday o`qilishi haqida qiyosiy tushunchaga 
ega bo`ladi. Hammamiz bilamizki, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi, 
diqqatni rivojlanishiga doir mashg`ulotlar bo`lib, ular o`quvchilarning o`ziga xos 
xususiyatlarini, ya`ni ularni diqqat-e`tiborli bo`lishga, bilimlarni mustahkamlashga 
va barcha topshiriqlarni bajarishga o`rgatadi. U mashg`ulotlar quydagilar: 
«Aylanalar», «Kvadratlar», «Uchbo`rchaklar» aniq, lekin ko`tilmagan o`yini, 
«Sabablar tizimini tuzish», «Muammoni izlashda ziyraklik va hokazolar». 
Masalan, «Aylanalar» mashg`uloti. Mashg`ulot maqsadi: o`quvchilarda 
ijodiy tafakkurning tezligi, o`zgaruvchanligi va o`ziga xosligini shakllantirishdir. 
Mashg`ulot uchun zarur material oq qog`oz, qalam o`quvchilarga qo`yiladigan 
talab, ya`ni beriladigan topshiriq quyidagicha: qo`lingizdagi qog`ozning qismiga 
ismi-sharifinngiz, sinfingizni yozing. Sizning vazifangiz - qog`ozga aylanalar 
chizib, ularning ichiga iloji boricha ko`proq rasmlar chizishdan iborat. Bunda 
chizgan rasmingizning tagiga nomini yozib qo`ying. O`quvchilar topshiriq bilan 
tanishtirilgandan so`ng, mashg`ulotni olib boruvchi doskada bir ikkita aylanani 


29 
chizib ularni ichiga rasm chizadi va tagida nomini yozib kursatadilar. Masalan: 
olma, soat, mashina. Sungra bolalar topshiriqni bajarishga kirishadilar va olingan 
natijalar qaytaishlanadi. 

Yüklə 428,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin