O`zbekiston Respublikasi
Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti
“Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqaruv” kafedrasi
“Boshqaruv ob’ektlarni identifikatsiyalash asoslari”
fanidan
amaliy mashg`ulotlarni o`tkazish bo`yicha
Metodik ko`rsatma
Toshkent – 2012
Ushbu metodik ko`rsatma institut Ilmiy-metodik kengashining 11 iyul 2012 yilda bo`lib o`tgan 11-sonli majlisida ko`rib chiqildi va chop etishga tavsiya etildi
Metodik ko`rsatmalar 5521800 – Avtomatlashtirish va boshqaruv mutaxassisligi talabalari uchun mo`ljallangan. Ko`rsatmalar static va dinamik boshqarish ob’ektlarni idetifikatsiyalash bilan birga ba’zi masalarni yechish yo`llarini aks etadi. Boshqarish ob’ektlarni identifikatsiyalash asoslari kursi bo`yicha ma’ruzalarda talabalar olgan bilimlarini mustaxkamlashga yo`naltirilgan.
Tuzuvchi: H.N. Ismatullaev t.f.n., k.i.h.
Taqrizchilar: G’.Q.Ishonxodjaev “Algoritm Injiniring” ilmiy tekshirish instituti laboratoriya mudiri, t.f.d.
M.A.Tadjiev t.f.n., dotsent.
© Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti, 2012 yil
Kirish
Ushbu metodik ko`rsatmalarning maqsadi talabalarning umumnazariy bilimlarini amaliy masalalarni yechishda qo`llashga o`rgatish, ularda boshqaruv ob’ektlarini identifikatsiyalash ko`nikmalarini rivojlantirishdir.
Ixtiyoriy ob’ekt uchun boshqarish tizimini qurish, shu ob’ektni boshqarish maqsadiga mos keladigan ravishda o`rganib chiqishni nazarda tutadi. Bunday o`rganish jarayoni yoki tizim qurilishidan oldin amalgam oshiriladi, unda aprior informatsiyaga ega bo’linadi, yoki boshqarish tizimining ishi davomida tashkil qilinadi, bu holda aposterior informatsiya qo`lga kiritiladi. Odatda ikkala informatsiya ham matematik modellar ko`rinishida qo`llaniladi.
Matematik modellar sifatida ko`pincha ob’ektning chiqish va shu chiqish qiymatini belgilovchi kirishlari o`rtasidagi bog`lanishlar qabul qilinadi. Bunday bog`lanishlar odatda static yoki dinamik tenglamalar ko`rinishida bo`ladi. Ko`p amaliy hollarda shunday tenglamalarga tayinlik kiritish uchun identifikatsiylash jarayonida ularning koeffitsientlarini topish lozim bo`ladi. Modellar chizqli yoki nochiziq, determinik yoki staxostik, bir o`lchamli yoki ko`p o`lchamli bo`lishi mumkin.
Eksperiment o`tkazish va natijalarni o`lchab olish sharoitlari ham turlicha bo`lishi mumkin. Xususan, o`lchashlar bexato yoki tasodifiy xatolik bilan bajarilishi mumkin. Bular hammasi masala soddaroq yoki murakkabroq bo`lishini belgilab beradi.
Topshiriqlar eng soda hollardan boshlanib, asta sekin murakablariga o`tadi. Har bir amaliy mashg`ulotda shu mavzuga tegishli umumiy ma`lumotlar va topshiriq berilgan, hamda shunday topshiriq bajarilgan misol keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |