1-amaliy mashg`ulot Boshqarish ob’ektini ta’riflash
1. Mashg`ulot mavzusiga doir umumiy ma’lumotlar Boshqaruv ob’ektini ta’riflash deganda ob’ektni hayolan uning muhitidan ajratib olib, boshqarish maqsadga muvofiq ravishda , chiqich hamda boshqaruvchi va g`alayonlantiruvchi kirishlarni belgilab olish tushuniladi. Bu masalani har qanday boshqarish yoki identifikatsiyalash tizimlarni qurish va hattoki muhokama qilishdan oldin qandaydir darajada hal qilishga to`g`ri keladi. Chiqish sifatida tanlangan ob’ekt uchun mumkin bo`lgan barcha chiqishlar ichidan boshqarish maqsadi bilan bog`liq bo`lganlari tanlab olinadi. Kirish sifatida esa, ob’ektning chiqish qiymatlarini belgilovchi ta’sirlar tanlab olinadi. Kirishlar, bevosita o`zgartirish mumkin yoki mumkin emasligiga qarab, boshqaruvchi va g`alayonlantiruvchilarga ajratiladi. Bu masalaning yechilish natijalariga asoslanib modellashtirishning analitik (nazariy) yoki eksperimental (tajribaviy) usuli tanlanishi mumkin. Eksperimental usul tanlangan holda aktiv yoki passiv tajriba o`tkazish lozimligi haqida biror qarorga kelinadi.
2. Topshiriq Hayot, turmush, ishlab chiqarish va hokazolarda uchraydigan boshqarish ob’ekti tanlansin. Boshqarish maqsadi belgilansin. Boshqarish ob’ektning chiqishi ta’riflansin. Boshqaruvchi va g`alayonlantiruvchi kirish ta’sirlari aniqlansin.
3. Misol Boshqarish ob’ekti – b’ef. Boshqarish maqsadi – b’efdagi suv sathini belgilangan qiymat atrofida ushlab turish. Ob’ektning chiqishi – satx, uning o`lchov birligi [m]. Ob’ektning boshqaruvchi kirishlari:
1) b’efga kiritilayotgan suv hajmi; 2) b’efdan chiqarib yuborilayotgan suv hajmi. G’alayonlantiruvchi kirishlar: 1) b’efdan bo`g`lanib ketayotgan suv hajmi (f1); 2) b’efga yuqori b’efdan yer osti yo`llari orqali (masalan filtratsiya tufayli) kirib kelayotgan suv hajmi (f2); 3) b’efdan pastki b’efga yer osti yo`llari orqali chiqib kelayotgan suv hajmi (f3); 4) nazoratsiz b’efga kiritilayotgan suv hajmi (f4); 5) nazoratsiz b’efdan oqizib chiqarilayotgan suv hajmi (f5); 6) yomg`irgarchilik tufayli b’efga kelib tushayotgan suv hajmi (f6). Barsha kirish ta’sirlarning o`lcham birliklari [m3/S]. Boshqarish ob’ektining shartli chizmasi rasmda keltirilgan.