4. Nazorat so`roqlari
1) Qanday holda modelning koeffitsientlarini aniqlab bo`lmaydi?
2) y=au+b modeli uchun uchta, to`rtta eksperiment o`tkazish mumkinmi? Bittachi? Javoblarni izoxlab bering.
3) Modeldagi a koeffitsientning qiymati nimani belgilab beradi?
4) Modeldagi b koeffitsientning qiymati nimani belgilaydi?
5) Modelda b koeffitsientning qimati nolga teng bo`lishi nimani bildiradi?
3 – amaliy mashg`ulot
Ikki kirish bir chiqishli chiziqli statik ob’ektning koeffitsientlarini topish
1. Mashg`ulot mavzusiga doir umumiy ma’lumotlar
Bu holda boshqarish ob’ektining tenglamasi quyidagi ko`rinishlarga ega
a)y=a1u1+a2u2, yoki
b) y=a1u1+a2u2+b
Statik tavsifning chizmasi sirt ko`rinishida bo`ladi. Birinchi model uchun bu sirt koordinata boshidan o`tadi. Noma’lum koeffitsientlarni topish uchun birinchi model tanlansa kamida ikkita, ikkinchi model qabul qilingan holda esa kamida uchta eksperiment o`tkazilishi shart. Bunda o`lchash bexato bajariladi deb faraz qilinadi. Masalan, ikkinchi model uchun eksperiment natijalari {u11, u21,y1}, {u12, u22, y2}, {u13, u23, y3} ko`rinishdagi uchliklardan iborat bo`ladi. Bu yerda ikkinchi indekslar eksperimentning tartib sonini bildiradi. Har bir tajriba natijasi model tenglamasini qanoatlantirishi kerak, shuning uchun yozish mumkin
Agar
det
bo`lsa, keltirilgan tenglamalar tizimi yechimga ega bo`ladi. Bunday holda, keltirilgan tenglamalar tizimining yechimi qidirilayotgan koeffitsientlarni bahosini beradi.
Birinchi ko`rinishdagi model qo`llanilsa ikki tenglama tizimiga ega bo`linadi
Yechim mavjud bo`lishi uchun det
sharti bajalishi kerak. Tenglamalar tizimlari chiziqli algebra usullari qo`llangan holda yechiladi.
Dostları ilə paylaş: |