B’efni boshqarish ob’ekti sifatida ifodalovchi chizma
4. Nazorat so`roqlari
1) Boshqaruv ob’ekt chiqishlarining tanlangan tarkibini asoslab bering.
2) Boshqaruvchi kirishlarning tarkibini asoslab bering.
3) G’alayonlantiruvchi kirishlarning tarkibini asoslab bering.
4) Boshqarish maqsadi o`zgarsa chiqish va kirishlarning tarkiblari o`zgarishi mumkinmi?
2 – amaliy mashg`ulot
Bir o`lchamli chiziqli statik ob’ektning koeffitsientlarini topish
1. Mashg`ulot mavzusuga doir umumiy ma’lumotlar
Statik chiziqli bir o`lchamli modellar amaliyotda ko`p qo`llaniladi va o`ta soddaligi tufayli identifikatsiyalashning mohiyatini chuqurroq anglab olishga xizmat qiladi. Ular chiziqli algebraik tenglama ko`rinishda qo`llaniladi va quyidagicha ifodalanadi:
a) y=au +b yoki
b) y=au.
Bu yerda y - ob’ektning chiqishi; u - ob’ektning kirishi.
Birinchi ko`rinishdagi model ikki noma’lum (a, b) koeffitsientlarga ega, ularni qiymatlarini topish uchun, o`lchash aniq bajarilganida, ikkita tajriba o`tkazish kifoyadir. U holda qidirilayotgan koeffitsientlar quyidagi tenglamalar tizimidan topiladi:
au1+b=y1
au2+b=y2
Bu yerda {u1, y1} – birinchi tajribada, {u2, y2} – ikkinchi tajribada o`lchab olingan kirish va chiqish qiymatlari.
Agar
det
bo`lsa, bu tenglamalar tizimi yechimga ega, va (a, b) koeffitsientlar chiziqli algebra usullari yordamida hisoblab topilishi mumkin.
Ikkinchi modelda noma’lum koeffitsient bitta, bu modelning statik tavsifi koordinata boshidan o’tishi ma’lum. Shuning uchun, o`lchashlar aniq bajarilganida, bir dona tajriba o`tkazish yetarlidir. Tajribada o`lchab olingan chiqish va kirish qiymatlari {u1, y1} bo`lsa, “a” noma’lum koeffitsientning qiymati bitta tenglamadan topiladi
y1=ax1;
Agar x10 bo’lsa,
a=y1/x1.
Bu modelning tavsifi koordinata boshidan o’tgan, og’ishi a qiymat bilan belgilanadigan to`g`ri chiziq bo`ladi.
2. Topshiriq
Berilgan eksperiment natijalari asosida, o`lchash bexato bajarilgan deb hisoblab, bir o`lchamli chiziqli statik ob’ektning koeffitsientlari topilsin. Topilgan model ifodasi yozilsin va uning tavsifining chizmasi qurilsin.
3. Misol
Ekperimentda o`lchab olingan kirish va chiqish qiymatlari quyidagicha
Tartib son
|
1
|
2
|
u
|
2
|
3
|
y
|
5
|
11
|
Modelning umumiy ko`rinishi quyidagicha
y=au+b.
O`lchash natijalari quyidagi tenglamalarni qanoatlantirishi kerak
.
Bu tenglamalar tizimini yechib, qidirilayotgan koeffitsientlarning baholari topiladi. Ikkinchi tenglamalardan birinchisini ayrib tashlansa
chiqadi. Bu qiymat tenglamalarning ixtiyorisiga, masalan birinchisiga, qo’yilsa
Bundan
Modelning ko`rinishi:
S tatik tavsifning chizmasi rasmda keltilirilgan.
Ob’ektning statik tavsifi
Dostları ilə paylaş: |