O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Ikkinchi jahon urushi davrida irrigatsiya ishlari



Yüklə 252,28 Kb.
səhifə11/22
tarix07.01.2024
ölçüsü252,28 Kb.
#205972
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
“Qishloq xo’jaligi gidrotexnik melioratsiyasi” kafedrasi O’zbek-hozir.org (2)

Ikkinchi jahon urushi davrida irrigatsiya ishlari.
Urush davrida katta irrigatsion ob’ektlarda qurilish ishlari sekinlashdi yoki
mutlaqo to’xtadi.
1942 yil Toshkent oblasti dehqonlari Toshkent kanalining 2 - navbati
qurilishini boshladilar. Muhandis va texnik vazifalarini TIIIMSX va
Gidromeliorativ texnikumining studentlari rahbarlik qildi. Toshkent shahri ishchi
va xizmatchilari evakuatsiyadan kelgan xalqni oziq - ovqat bilan ta’minlash uchun
yangi yerlar o’zlashtirish kerak bo’ldi buning uchun Toshkent atrofida Shimoliy



51
Toshkent (30 km) va Yuqori shimoliy kanallaridan yangi yerlarni sug’orish


loyihalari tuzildi. Toshkent, Andijon, Namangan, Farg’ona, Samarqand va Buxoro
oblastlarida tezlashtirilgan xalq usuli bilan kanallar qurila boshlandi. Bu ishlarga
suv xo’jaligi narkomi R.A.Alimov rahbarlik qildi. Ko’p ishlar ko’lda bajarildi.
1942 yili Xisor kanali qurilishi davom etdi. 1942 yil qish oyida Kattaqo’rg’on suv
ombori suv bilan to’lg’azila boshlandi. Kosonsoy suv omborining qurilishi davom
etdi. Farxod GES ishga tushirildi. Ulug’ Vatan urushi davrida Chirchiq, Angren,
Keles daryolari havzasida sug’orishni rivojlantirishning kompleks sxemasi tuzildi.
Kolxozchi, ishchi va texnik xodimlarning kahramonona mehnati, davlat
yordami qishloq xo’jaligini, irrigatsion yuqori texnik holatdi ushlab turishga, front
va uning orqasini zarur oziq-ovqat, xom-ashyo bilan ta’minlashga imkon berdi.
Urush davrida va undan keyin O’zbekistonda irrigatsiyasi ahvoli Kompartiya
Markaziy Komiteti O’zSSRda irrigatsion qurilishga yuqori baho berdi va 1939
yilda (27 dekabr, «Paxtachilikni rivojlantirish choralari to’g’risida») qaror qabul
qildi. Unda 6 yil ichida go’za ekinlari maydoni 430 ming ga yetkazish ko’zda
tutildi. 1941-1943 yillarda Shimoliy Toshkent kanali qurildi. U 15 ming ga yerni
sug’orishga imkon berdi. Farxod GESi qurila boshlandi. 1944 yilda 10 ta yirik
irrigatsion inshootlar ekspluatatsiyaga topshirildi.
Urush davrida Chirchiq, Angren, Keles daryolari basseynida sug’orishni
rivojlantirishning yangi kompleks sxemasi tuzildi. Bu davrda mavjud gidrotexnik
inshootlar holati yuqori texnik darajada saqlab turildi. To’g’ri texnik ekspluatatsiya
ta’minlandi, qishloq xo’jaligi front va front orqasini mahsulot bilan ta’minlab turdi.
1944 yil 6 ta GES ishga topshirildi, qo’shimcha 9 tasi qurila boshlandi. 1944 -
1945 yillar O’zbekistonda sug’oriladigan yerlarni kengaytirish ishlari rivojlana
boshlandi, chunki urush yillari sug’oriladigan maydonlar va ekinlarning
hosildorligi juda pasayib ketgan edi. Masalan: paxtaning hosildorligi 1944 yil 11,3
s/ga bo’lsa, 1943 yilda 7,2 s/ga edi, 1945 yil undan ham pasayib ketdi.



52


Yüklə 252,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin