Buxoro oblastida:
Qumqo’rg’on kanali qurilib (32 m
3
/s suv sarfi, uzunligi 76 km) Kumqo’rg’on
cho’li sug’orila boshlandi.
Sug’orish ishlarini muvaffaqiyatli o’tkazish uchun 900 ta har xil gidrotexnik
inshootlari, 15 temir yo’l va 23 ta ko’priklar quriladi. 1300 km har xil kanallar va
5000 km mayda suv tarmoqlari quriladi. Hammasi bo’lib 115 ming ga yangi yerlar
o’zlashtiriladi.
Paxtachilikni
rivojlantirishda
suvdan
planli
foydalanish
O’zbekistonning hamma sug’orish sistemasida katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Bu rayonlararo va suvdan foydalanuvchilar orasida suvni to’g’ri taqsimlash
ishlari yaxshilandi, eski sug’orish tarmoqlari yangidan tuzilib, ular gidrotexnik
inshootlari bilan jihozlandi, mayda sug’orish uchastkalari va dalalari o’zaro
birlashtirilib, katta yirik dalalar tashkil qilinadi.
Birinchi besh yillikda irrigatsion-meliorativ qurilishlarini o’tkazish uchun
keng darajada loyiha ishlari rivoj topdi. Yangi suv tarmoqlarini qurish va ularni
ishlatish uchun ko’p mikdorda yangi yuqori malakali mutaxasislar kerak bo’lardi.
Shu talablarni qanoatlantirish uchun sug’orish tarmoqlari boshqarmalari qoshida
gidrotexnik, gidrometrik, suv nazoratchilari, suv qorovullari va inshootlarni
rostlovchilar tayyorlaydigan kurslar tashkil etildi.
44
O’tkazilgan tadbirlar natijasida 1-besh yillikning oxirida 1932 yilda
sug’oriladigan paxta maydoni 1027 ming ga ga yetdi yoki 1928 yilga nisbatan 1,7
marta oshdi. Paxtadan 1932 yilda 804 ming tonna hosil olindi yoki 1928 yilga
nisbatan 1,5 marta oshdi. Mamlakatning chetdan keladigan paxta qismi 1932 yil
faqat 5,2 % ni tashkil qildi.
1932-1937 yillarda Gidroproekt O’rta Osiyo bulim loyihalari O’rta Osiyo suv
– eenergetika sxemasini ishlab chiqdi. Vaxshda Nurek GESi, Amudaryoda
Tuyamuyun, Norinda To’xtagul, Sirdaryoda Farxod Chirchiqda Charvoq GESi
kabi yirik va boshqa kichik GES lar kurish loyihalandi. Lekin loyihalarda ayrim
kamchiliklar ham bor edi. Irrigatsiya talablarini kompleks hisobga olish, ishlab
chiqarish, kommunal, shahar va aholi punktlarining suvga extiyojlari e’tiborga
olinmagan edi.
Ikkinchi jahon urushigacha bo’lgan davrlarda ayniqsa, xashar yo’li bilan xalq
irrigatsion qurilishi avj oldi. bu davrlarda (1938 yil) Langar (Pop rayonida) – 9 km
1000 kolxozchi, Lagan (Farg’onada) 32 km 17 kunda qurilish 13000 kolxozchi)
Ravat – 18 km Farg’onada, Taqachibuqa – 29 km Toshkentda, Orjonikidze kolxozi
10 - kollektor, Buxoroda Zandana kanali – 19 km, Samarqandda katta Zarafshon
kanali, Qoraqalpog’istonda Moyyab kanali va boshqa inshootlar xalq harakati
xashar yo’li bilan barpo etildi. Bularga tashkilotchilik qilishda U.Yusupov,
Y.Oxunboboev tashabbuskor bo’ldilar.
Paxtachilik sohasida 1-chi besh yillikda ishlab chiqarish yutuqlari asosan ekin
maydonlarini kengaytirish hisobiga bo’ldi, lekin hosildorlik juda past edi. 1931
yilda 7,4 sentner, 1932 yilda 7,9 sentner edi. Shuning uchun qishloq xo’jaligi
oldida muhim muammo tug’ildi - paxtaning hosildorligini oshirish. Bu masala
1932 yil dekabr oyida Leningradda o’tkazilgan Ittifoq fanlar Akademiyasi
konferensiyasida ko’riladi. 2-besh yillikda (1933-37 yillar) O’zbekiston suv
xo’jaligi oldida quyilgan masalalarni yechish uchun quyidagi ishlarni bajarish
ko’zda tutildi: mavjud bo’lgan suv tarmoqlarini yangidan ko’rib texnik
ko’rsatkichlari darajasini paxta-beda kompleksining suv bilan ta’minlanishni
45
yaxshilash va boshqa o’simliklarning hosildorligini oshirish, sug’oriladigan
yerlarning zaxini qochirib ularning sho’rlanishini to’xtatish uchun kollektor-zovur
tarmoqlarini kurish ishlarini rejalashtirish maqulandi, suvi kam bo’lgan
tarmoqlarni suvi ko’p bo’lgan manbalardan o’tkazish. Ushbu muammolarni
yechish uchun Toshkent, Samarqand, Farg’ona, Buxoro va Xorazm oblastlarida
katta ishlar o’tkazildi.
2-chi besh yillikda suv xo’jaligi ishlari 204 ta ob’ektlarda o’tkazildi.
Gidroproektning O’rta Osiyo bo’limi tomonidan O’rta Osiyo uchun suv-energetik
sxema tuzildi. Shu sxemaga muvofiq O’zbekistonda yirik gidrostansiyalarning
loyihasini tuzish masalalari ko’zda tutildi. (Chorvoq GES-Chirchiq daryosida,
Sirdaryoda-Farxod, Amudaryoda-Tuyamuyun GESlari). Bu GESlar mashina
yordamida sug’orish ishlarini rivojlantirish imkoniyatini berdi GESlar oldida
qurilgan suv omborlari esa yangi yerlarni o’zlashtirish imkonini berdi. Amalda
ushbu rejalarni bajarish imkoniyati faqat bir qancha 10 yillardan keyin tug’ildi.
1936 yil dekabr oyida O’zbekiston safiga Qoraqalpog’istonASSR qushildi
(maydoni 15,8 million ga, shundan 2 million ga qishloq xo’jaligi yer mulki va 300
ming ga yerlar suv tarmoqlari bilan jixozlangan). Sug’oriladigan yerlar maydoni
150 ming ga shu hisobdan paxta yerlari 54 ming ga, hosildorligi 14 s/ga. 1933-37
yillarda paxta ekiladigan maydon: 1933 yilda 989 ming ga, 1937 yilda 974 ming
ga, hosildorlik 1933 yilda 8,7 s/ga, 1937 yilda 16,1 s/ga edi.
Yalpi paxta terimi 1933 yilda 860 ming t, 1937 yilda 1562 ming t bo’ldi.
O’zbekistonda paxtachilik keskin yuksalishidan keyin yangi xalq xo’jaligini
rivojlantirish 5 yillik plani qabul qilindi. Bu planning asosiy maqsadi:
•
Ayrim suv tarmoqlarining va rayonlarining suv ta’minotini oshirish;
•
Yangi o’zlashtirilgan yerlarda sug’orish va kollektor - zovur tarmoqlarini
qurish;
1938 yil bahorida Pop rayonining dehqonlari o’z tashabbuslari bilan qo’lda 9
km lik Langar kanalini qurdilar. Bu kanal 100 ga yerni sug’orish imkonini berdi.
Bundan o’rnak olgan Farg’ona oblasti Marg’ilon rayonining dehqonlari sersuv
46
Isfarasoy daryosiga kam suvli Shohimardon daryosini ulash uchun Lagan kanalini
qurishga qaror qildilar. Bu kanal uzunligi 32 km bo’lgan, 17 kunda qurilgan, 338
ming m
3
tuproq ishlari bajarilgan.
Loyiha avtori A.I. Klyuchkov, qurilish rahbarlari Teshaboy Mirzaev Andijon
oblasti kolxoz raisi, bosh muhandisi I.F.Fedoseev. Qurilishni tashkil etgan
rahbarlaridan biri O’zbekiston Oliy Sovet raisi Y.Oxunboboev edi. Qurilishga har
kuni 13-14 ming kolxozchilar qatnashgan.
Bu tashabbusdan faxrlanib Farg’ona, Toshkent, Buxoro, Xorazm,
Qoraqalpog’iston dehqonlari ham ancha katta sug’orish inshootlarini xalq xashari
usuli bilan qisqa vaqt ichida qurdilar. Faqat 1939 yil birinchi yarmida 46 ta,
umumiy uzunligi 454 km bo’lgan kanal qurildi va 600 km uzunlikdagi kanal
qaytadan qurildi, ko’p suv o’tkazgich gidrotexnik inshootlar qurildi. Bu
o’tkazilgan tadbirlar 1939 yilda 20 ming ga xo’jaliklar ichidagi bo’z yerlarni
o’zlashtirish imkonini berdi. Bu suv uchun bo’lgan xalq harakatlarining yutuqlari
O’zbekiston dehqonlarini ruxlantirdi va irrigatsion qurilish sur’ati kuchayib ketdi.
Farg’ona dehqonlarining iltimosiga muvofiq o’z kuchi va o’z mablag’lariga 1939
yil 6 iyunda Katta Farg’ona kanalini (KFK) qurishga ruxsat etildi. «Sazgiprovod»
tresti ishlab chiqarish muhandislari: I.P.Lebedev, A.N.Askochenskiy va
V.V.Poslavskiylar rahbarligida bajarildi. Qurilish boshlig’ining yordamchisi va
qurilish bosh muhandisi etib B.D.Korjavin tayinlandi, loyiha ishlari bo’yicha bosh
muhandis A.N.Askochenskiy, gidrotexnik inshootlar bo’yicha V.V.Poslavskiy, yer
ishlari bo’yicha I.F.Fedoseev.
Hamma ishlarga rahbarlik kiluvchi Qishloq xo’jaligining Narkomi
S.A.Azizov edi. Qurilishga U.Yusupov va Y.Oxunboboev rahbarlik qildi. Bu
qurilishda 160 ming dehqon qatnashdi. KFK 45 kun ichida qazildi. Jami tuproq
ishlari-18,2 million m
3
ni tashkil qildi, shundan 9% - 1,7 million m
3
ni mexanizm
va portlash usullarida bajarildi. Kanalda 48 ta katta va 275 kichik gidrotexnik
inshootlar temir yul va ot arava o’tadigan ko’priklar qurildi. Jami tuproq ishlari
hajmi 1 million m
3
. 42,2 ming m
3
beton va temir beton ishlari, 8,1 m
3
yog’och
47
qurilishlari, 1,1 ming m
3
temirdan bo’lgan ko’targich to’siqlar va boshqa temir
ustunlar, 22,3 ming m
3
tosh mahkamlash ishlari bajarildi. Inshootlar 4 oyda qurildi.
1939 yil 25 dekabr akademik A.N.Kostyakov raisligidagi davlat komisiyasi
kanalni ishlatishga qabul qildilar. KFK 500 ming ga yerni qo’shimcha suv bilan
ta’minladi va 63 ming ga yangi o’zlashtirilgan yerlarga suv yetkazib berdi.
Farg’ona dehqonlarining tashabbusini boshqa oblastlarda ham quvvatladilar.
Samarqand oblastida Katta Zarafshon Kanali, Buxoro oblastida Shoxrud sug’orish
tarmog’i, Xorazm oblastida sug’orish tarmoqlarini qaytadan kurish ishlari bajarildi.
1939 yil O’zbekistonning tarixida unutilmas yil bo’ldi, respublika eng yuqori
hosildorlikka erishdi. Respublikaning tashkil bo’lganidan beri birinchi marotaba
1609 ming t paxta tayorlangan va eng yuqori hosildorlik-17,2 s/ga bo’lgan. 1939
yil 22 dekabrda Davlat qaroriga muvofiq yaqin 6 yil ichida 430 ming ga
o’zlashtirish ko’zda tutildi, suv xo’jaligida katta qurilish ishlari rejalashtirildi. 1940
yildan boshlab juda ko’p xalq qurilishlari boshlandi. Ulardan asosiylari :
1. Shimoliy Farg’ona kanali (ShFK) - Norin daryosida, uzunligi 166 km, shu
jumladan, O’zbekistonda 133 km, Tojikistonning Asht rayonida 33 km,
boshidagi sarf-103 m
3
/s. Loyiha bosh muhandisi –V.N.Simonov, qurilish bosh
muhandisi D.K.Tersitskiy, sug’oriladigan maydon-66,7 ming ga .
2. Janubiy Farg’ona Kanali (JFK) Shahrixonsoy daryosidan-103 km suv sarfi-
49,3 m
3
/s. Loyiha bosh muhandisi –B.A.Mixelson, qurilish bosh muhandisi-
A.I.Ronkin, 66 ming ga maydonda suv ta’minoti yaxshilandi (62 dan 98
foizga), 7,0 ming ga yangi yer o’zlashtirildi.
3. Toshkent kanali Chirchiq daryosi havzasida Qorasuvning chap qirg’og’idan
suv oladi (109 km, Q=110m
3
/s). Loyiha muhandisi – D.F.Sosedko, qurilish
muhandisi-B.P.Kurbatov. Kanaldan 5,2 ming ga Oxangaron yerlari, Yangi
qo’shilgan sug’oriladigan yer maydoni 30 ming ga.
4. 1939 yil 22 dekabrda qaror qabul qilindi. O’zbekiston qismida - Mirzacho’lda
60 ming ga, Qozog’iston qismida 50 ming ga yangi yerlar xalq qurilish usuli
bilan o’zlashtirish belgilandi. Toshkent oblasti dehqonlari (35000 kishi) Kirov
48
nomidagi Shimoliy Mirzacho’l kanali (ShMK) ni kengaytirish ishlarida
qatnashib, ShMKning suv o’tkazish qobiliyatini 110 m
3
/s gacha yetkazildi.
O’ng tomonidagi suv sarfi 29 m
3
/s gacha yetkazildi. Toshkent oblasti,
Mirzacho’l va Sirdaryo rayonlarida yangidan 25 ming ga yer o’zlashtirildi.
5. 1940 yili Samarqand oblastida Zarafshon daryosida suv ta’minotini
yaxshilash uchun Kattaqo’rg’on suv omborining 1- navbatdagi qurilishi
boshlandi.
6. Tojikistondagi Dushanba daryosining suvidan to’liq foydalanish uchun
Surxondaryo daryosidagi sug’orish tarmoqlarining suv ta’minotlarini
yaxshilash maqsadida Tojikiston hukumati O’zbekiston dehqonlarining kuchi
va mablag’lari hisobiga davlat yordamida Katta Xisor kanali 1-navbati
qurildi. Bu kanal Dushanbadan Surxondaryoga quyiluvchi Qoratog’ daryosiga
suv
quyadi.
Natijada
Surxondaryoga,
Dushanba-Qoratog’
kanaliga
qo’shimcha 25 m
3
/s suv olib keldi, suv ta’minoti yaxshilandi va yangi yerlar
o’zlashtirish imkonini berdi.
7. Toshsaqa kanali Gurlan shaxobi Xorazm oblastida (1939 yil)1940 yil
bahoridan Toshsaqa bosh kanali Gurlan shaxobining va Shovot kanalining
Toshsaqa bilan qushish ishlarini 2-navbati boshlandi. Bunda eng katta
qurilgan inshootlar: suv bo’luvchi Toshsaqaning 34 km da Polvon, Shovot,
Polvon-G’azovot, Shovot kovlama o’zani oxirida suv tushirgich, suv
taqsimlovchi Qilichboy-Gurlan tarmog’i va boshqalar qurildi. Natijada
Toshsaqa kanalining sarfi 203 m
3
/s tashkil etadi. Loyiha avtori muhandis
G.O.Xorst, natijada Xorazmda sug’orish maydoni 49 ming ga ga oshdi va
umuman 238 ming ga ni tashkil etdi, suv olish xajmi 500 ming m
3
ga yetdi.
Kanallarga loyqalarning kirishi 400 million m
3
ga kamaydi. Kanallarni
yangidan qurish natijasida 86 ming ga chig’irda va nasos yordamida suv
chiqariladigan maydonlar o’zi oqar usuliga aylantirildi.
8. QQASRda Lenin nomli kanali qurildi. Xo’jayli va Qo’ng’irot rayonlaridagi
sug’orish tarmoqlariga qarashli bo’lgan yerlar Amudaryo suv toshqini vaqtida
49
suv olib, bir necha bosh kanallar orqali sug’orilar edi. Daryoda bahorda suv
satxi past bo’lganda yerlarga suv kam olinardi, yozda suv satxi ko’tarilganda
oshikcha xajmda suv olinib ko’p, joylar botqoqga aylanardi. Shu
kamchiliklarni oldini olish uchun birlashtiruvchi kanal qurildi (1940 yil).
Kanalning Amudaryodan suv oladigan joyida, Taxiatosh burinida
muhandislik inshooti qurildi. Bu qurilishlar 40 kunda bajarildi. Natijada kanal
55 m
3
/s suv o’tkazib, 50 ming ga yerni sug’orish qobiliyatiga ega bo’lindi.
Loyiha avtorlari muhandislar: I.A.Gerardi va A.P.Uspenskiy. bu katta
qurilishlardan tashqari, O’zbekistonda juda ko’p mayda suv xo’jaligida ham
qurilish ishlari olib borildi va natijada 70 ming ga ga yaqin yangi yerlar
o’zlashtirildi. Suv xo’jaligida 1941 yilda ham qurilish ishlari olib borildi.
Masalan: shu yillari Farg’ona vodiysidagi Kosonsoy daryosida Pop va Chust
rayonlaridagi suv ta’minotini yaxshilash uchun tog’ qismida suv ombori
qurildi.
9. Davlat hisobidan Kampirravot suv olgich tuguni qurilib, katta bosh kanallar-
Shahrixonsoy, Andijonsoy va Savaylarga suv olish imkoniyati yaxshilanib,
175 ming ga yerga suv berish yaxshilandi.
Suv xo’jaligida qurilish ishlari xajmi kattalashib ketishi sababli va
sug’oriladigan maydonlar kengayishi bilan 1940 yil O’zbekiston suv xo’jaligi
qo’mitasi tashkil topdi. 1941 yilda «Uzvodproizstroy» tresti tuzildi. Shu yillari
O’zbekiston hududida bo’lgan kanal, zax qochirish inshootlari, gidrotexnik
inshootlar va boshqa hamma inshootlar hisobga olinib, pasportlari tuzildi. Bu
xujjatlar suv xo’jaligida kelgusida qurilish ta’mirlash ishlarini rejalashda katta
yordam beradi. 1940 yil qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish qonuni ishlab
chiqarildi va 1941 yil 24 martda Oliy Kengash Sessiyasida tasdiqlanadi.
1939 yilda kolxozchilar kuchi bilan 46 irrigatsion inshoot, 454 km kanal, 25
mln. m
3
yer ishlari bajarildi.
50
Yirik katta Farg’ona kanali 45 kun ichida (boshi 1 avgust 1939 yil) 344 km
uzunlikda (270 km – O’zbekiston, 74 km - Toshkent), 160 000 kolxozchi yer
ishlarini bajardi.
4 oy ichida 46 yirik va 275 kichik GTI qurildi, shu jumladan, Kuyganyor
to’g’oni
(Qoradaryo).
Texnik
rahbarlari
B.D.Korjavin,
A.V.Moiseev,
Kravchenkolar edi.
U. Yusupov, Y.Oxunboboev boshchilik qildi. Hukumat 20 mln.so’m, 200
avtomashina, 60 traktor, 15 ming m
3
yogoch, sement, temir ajratdi.
1939 yilda jami O’zbekistonda 1332 km kanal, 55 irrigatsion ob’ekt xalq
harakati qurilishi bilan qurildi. 1938 – 1939 yillarda Respublikada sug’orilgan
yerlar 160 ming gektarga ko’paydi. Xalq qurilishi tashabbusi boshqa
respublikalarga, sohalarga ham yoyildi.
1939 yil O’zbekistonda 6 yil ichida 43 ming ga maydonda sug’orishni
kengaytirish to’g’risida qaror qabul qilindi.
1940 yilda ham ko’p kanallar xalq harakati bilan qurildi.
Keyinchalik 1940 yilda Shimoliy Farg’ona kanali (166 km, 67 000 ga, 103
m
3
/sek.), Janubiy Farg’ona kanali (103 km, 66 ming ga, 55 m
3
/sek), Toshkent
kanali (110 km, 56 ming ga, 72 m
3
/sek). Damxo’ja gidrouzeli qurildi. 1941 yilda
Tashsaka kanali (203 m
3
/sek, 117 ming ga), Lenin (QQASSR) kanali (55 m
3
/sek,
50 ming ga) Kosonsoy suv ombori birinchi navbati qurildi.
Dostları ilə paylaş: |