Qashqadaryo oblasti:
1963 yil Chimqo’rg’on suv omborining (500 million m
3
) qurilishi tugatilib
ishga topshirildi va Pachkamar suv omborining (Guzor daryoda, xajmi 280 million
m
3
) qurilishi boshlandi (loyiha avtori K.K.Pisarchik, qurilish boshligi
A.Ya.Sherbakov). Qashqadaryo daryosida Qarshi suv ta’minlovchi tuguni, 515
m
3
/s suv o’tkazgichi qurildi 1962 yil «Sredazgidrovodxlopok» tomonidan Qarshi
cho’lida bo’z yerlarni sug’orishga va o’zlashtirishga qaratilgan bosh sxema tuzildi,
sug’orish ishlari 1033 ming ga maydonda o’tkazilishi rejalandi.
59
1963 yildan boshlab Qarshi cho’lida 1-navbat sug’orish va o’zlashtirish
ishlari boshlandi. Kanalning salt qismini va suv olgich inshootini «Gidroproekt»
ning Kuybishev filiali loyihaladi, ish qismini «Sredazgidrovodxlopok»ning maxsus
bulimi (T.A.Smirnova, L.A.Om) Suv olgich inshootlar Pulizindon balandligining
tubida loyihalangan bo’lib, Qiziloyoq gidrouzeli qurilishi mo’ljallandi.
Sug’oriladigan maydonga 6 ta katta nasoslar (200 m
3
/s) bilan Amudaryo suvini
140 m balandlika ko’tarib berish ko’zda tutilgan.
Surxondaryo oblasti:
1962 yilda Janubiy Surxon (400 million m
3
hajmli) suv omborining birinchi
navbati topshirildi. 1965 yilda Sherobod mashina kanali ishga topshirildi.
Qoraqalpog’iston ASSR:
1963 yil Taxiatash suv olgich gidrotexnik inshootlari tuguni qurilishi
boshlandi. Bu inshootdan Leninyap va Sovetyap kanallari chap qirg’oqqa va
Kizketken - o’ng qirg’oqqa suv oldi. Taxiatash inshooti 9 ming ga maydonga suv
yetkazib berishni ta’minlaydi va shundan 300 ming ga sholi ekish imkonini beradi.
Sho’r yerlarni yuvishni ta’minlash maqsadida, ayniqsa daryoda suv kam vaqtlari
asosiy kanal boshida nasos qurildi:
•
Lenin kanali boshida 1300 kvt kuchga ega, Q = 50 m
3
/s
•
Bekyap - 4500 kvt, Q = 63m
3
/s
•
Kizketgen kanalida nasos 3120 kvt, Q = 60 m
3
/s
•
Paxtaarna kanali uchun Nayman nasosi 30 m
3
/s
•
Amudaryodan 220 dona nasos sug’oriladigan yerlarga suv yetkazib beradi.
Xo’jayli KS-1, KS-3, KS-4,Kungirot kolektorlari qurila boshlandi.
Ko’p sug’orish tizimlarini avtomatlash, telemexanizatsiyalash, elektrlash
ishlari olib borildi. (KFK, Shimoliy Mirzacho’l kanali, KMK, Janubiy Mirzacho’l
kanali va boshqalar). 1961-65 yil ichida sug’oriladigan paxta maydoni 175 ming ga
ga oshdi, hosildorlik 1,2 s/ga ga oshdi.
1966 yil may Plenumida «Erlarni melioratsiyalashni keng rivojlantirish
to’g’risida» qaror qabul qilindi. Unda 1966 – 1970 yillarga O’zbekistonda 500
60
ming ga yangi yerni sug’orish, 1 mln. ga da sug’orish tizimlarini rekonstruksiya
qilish va suv bilan ta’minlanishni oshirish, 500 ming ga sho’rlangan va
botqoqlashgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, 500 ming ga yerni
tekislash, 3,5 mln. ga yangi yaylovlarga suv chiqarish, 3,7 mln. ga yaylovlarda suv
xo’jalik inshootlarini rekonstruksiya qilish, 5 yilda suv xo’jalik qurilishiga 15-30
mln. so’m, qishloq xo’jalik qurilishiga 144 mln. so’m, uy-joy kommunal
qurilishiga 63 mln. so’m, boshqa ishlarga 39 mln. so’m, undan tashqari
Mirzacho’l, Jizzax, Qarshi cho’llarini kompleks o’zlashtirishga 936 mln.so’m
mablag’ ko’zda tutildi. 1 ming km kanalni betonlashtirish rejalashtirildi. 1970 yilda
4,18 mln. t paxta hosili ko’zda tutildi.
Davlat qabul qilgan 8- besh yillik rejasiga muvofiq O’zbekistonda 500 ming
ga yangi yerlar o’zlashtirish ko’rsatilgan. Mirzacho’l va Qarshi cho’llarida va
Surxon, Sherobod vodiysida yangi yerlar o’zlashtirish kuzda tutilgan
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlariga ayniqsa e’tibor
berildi. Rejalangan 500 ming ga yangi yerlarni o’zlashtirishdan tashqari 1 million
ga maydonda suv ta’minotini yaxshilash va yangidan kurish ishlari o’tkazilishi
kuzda tutilgan. 500 ming ga sho’rlangan va zax bosgan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash, 3500 ming ga yaylovlarni suv bilan ta’minlash, oldin
suvlantirilgan 3,7 million ga maydonda suv xo’jaligi inshootlarini ta’mirlash va
yangidan kurish ishlarini o’tkazish rejalangan, extiyot yem xashak zahiralarini
ta’minlash uchun va cho’ponlarni va ularning oilalarini sabzavot, poliz ekinlari
bilan ta’minlash uchun yer osti suvlaridan foydalanib, 6,2 ming ga maydonni
sug’orish ishlari rejalandi 8- besh yillikda oldin boshlab quyilgan qurilishlar
hamma oblastlarda va Qorakalpog’istonda davom ettirildi:
1. Farg’ona vodiysi ishlayotgan sug’orish tizimlari qaytadan qurildi, Kosonsoy
va Karkidon suv omborlari asosida 44 ming ga yangi yerlar o’zlashtirildi.
Uchqo’rg’on qishlog’i yonida Norin daryosida Uchqo’rg’on suv taqsimlash
tuguni qurildi
61
2. Farg’ona vodiysining sug’oriladigan yerlarini suv bilan ta’minlashni
yaxshilash maqsadida va sug’orishni kengaytirish uchun katta Andijon bosh
kanali (KAK) qurilib ishga topshirildi (Q=200m
3
/s, loyiha muhandisi
M.M.Shakirov). KFK, KAK va boshqalar ancha ko’p kichik daryolar atrofida
o’rnashgan sug’oriladigan yerlarni suv ta’minotini yaxshilash uchun Andijon
suv ombori qurildi (xajmi 1750million m
3
)
3. Katta Namangan kanali (KNK) 1970 yil qurila boshlandi (
l
=162km,
Q=61m
3
/s.) Suv olish nuktasi Uchqo’rg’on GESining yuqori b’efida Norin
daryosida mo’ljallandi.
4. Toshkent oblastida yangi yerlarni o’zlashtirish ishlari va qaytadan qurish
ishlari davom etdi. Oxangaron daryosida suv taqsimlovchi inshoot qurildi.
Oblastda nasoslarni ta’mirlash, gidrometrik uskunalarni remont qiladigan
zavod qurildi.
5. Sirdaryo oblastida sug’oriladigan va yangi o’zlashtirilgan yerlarda meliorativ
holatini yaxshilash ishlari bajarildi. 7850 km zovurlar qurildi. Sug’orish
uchun lotoklar keng qo’llandi (2500 km), asbestsement quvurlardan yopiq suv
o’tkazgich tizimlar qurildi-(500 km), Sanzar daryosida Jizzax suv ombori (80
million m
3
) qurildi.
6. Zarafshon vodiysida 20 ming ga yangi yerlar o’zlashtirildi. Zarafshon
daryosida Akkara daryo suv taqsimlovchi inshoot qurildi. Shofirkon suv
taqsimlovchi tuguni qurilib ishga topshirildi. Natijada G’ijduvon, Vobkent va
Romiton rayonlarida suv ta’minoti yaxshilandi (66 ming ga)
Amu-Buxoro kanali qurilishining 2-navbati boshlandi. Katta bosh
kollektorlarning qurilishi boshlandi: Bosh Qorako’l kollektori nasosi bilan
Dengizko’l suv bo’shlig’igacha, G’arbiy Romitan, Shimoliy temiryo’l va boshqa
kollektorlar, 47 ta vertikal drenaj qurildi.
Qashqadaryo oblasti Pachkamar suv ombori (V=280 million m
3
) G’uzor
daryosida qurib bitkazildi va ishga topshirildi. Shundan keyin G’uzor daryosining
iqtisodi mutlako yaxshilani6 qoldi, chunki faqat paxtaning hosildorligi 12 s/ga dan
62
26 s/ga ga oshdi, 15 ming yangi yer o’zlashtirildi. Qarshi cho’lini o’zlashtirish
ishlari boshlandi. Tolimarjon posyolkasi qurildi, Samarqand-Qarshi (150 km) temir
yo’li ishga topshirildi va hokazo.
Surxondaryo oblasti Surxon-Sherobod massivining yer o’zlashtirish ishlari
olib borildi. Janubiy Surxon suv omborining xajmi oshirilib 800 million m
3
ga
yetkazildi. Surxon-Sherobod bosh kanali qurildi, Sherobod nasos stansiyasi (110
m
3
/s) ishga tushirildi.
Xorazm oblastida ishlayotgan bosh kanallarni yangidan qurish, ularning suv
o’tkazish qobiliyatini yaxshilash ishlari o’tkazildi. Besh yillikning oxirida
Tuyamuyun suv ombori qurila boshlandi. (7,2 milliard m
3
) Tuyamuyun to’g’oni
tugunida: temir beton to’g’oni, tuproqdan o’tgan to’g’on uchta suv omborlarida
qurilgan.
1969 yil davlat tomonidan qabul qilingan qarorga binoan Tuyamuyun
inshootlari tuguni qurila boshlandi-13,4 ming m
3
/s. suv o’tkazish qobiliyatiga ega.
Qorakalpog’istonda Taxiatash suv taqsimlash tugunining qurilishi davom etdi
va keng suratda sholi ekiladigan maydonlarni kengaytirish rejasiga muvofiq va 60
ming ga ga yetkazish masalasi quyildi.
Suv xo’jaligi oldida yangi masalalarni yechish muammolari paydo bo’lishi
bilan va ish xajmining oshishi bilan O’zbekiston suv xo’jaligi vazirligi
melioratsiya va suv xo’jaligi vazirligiga o’zgartirildi.
Obl.UOSlar qaramog’ida loyiha-qidiruv guruxlari va qurilish montaj birlashmalari
tashkil topdi. Natijada:
•
Sug’oriladigan maydon 240 ming ga ga oshdi va paxta maydoni 1715 ming
ga ni tashkil qildi(1970yil);
•
436 ming ga sho’rlangan yerlarning melioratsiya holati yaxshilandi;
•
650 ming ga da suv ta’minoti yaxshilandi.
9-besh yillikda (1971-1975yil) O’zbekistonda irrigatsion qurilish ishlariga
muvofiq qilinadigan ishlar turi va xajmi shulardan iborat edi:
•
515 ming ga yangi yerlar o’zlashtirish;
63
•
610 ming ga maydonda meliorativ holatini yaxshilash;
•
230 ming ga yerda tekislash ishlarini bajarish;
•
250 ming ga sug’orish tarmoqlari yangidan tuzish va suv ta’minotini
yaxshilash.
Bularni bajarish uchun ancha xajmda qurilish ishlari bajarilishi rejalandi:
•
Andijon suv ombori (Qoradaryodan ) (V=1milliard 750 million m
3
);
•
Chodaksoyda Chodak suv ombori (80 million m
3
);
•
Tovoqsoy suv ombori (80 million m
3
);
•
Oxangaron daryosida Oxangaron suv ombori (350 million m
3
);
•
Oqsuv daryosida Xisor suv ombori (190 million m
3
);
•
Norin daryosida Katta Namangan kanali (L=162km, Q=61m
3
/s);
•
mashina yordamida suv chiqaruvchi Amu-Buxoro kanali 2-navbati
(234km, Q=110m
3
/s, suv ko’tarish balandligi 150 m).
Dostları ilə paylaş: |