9
Arid iqlimi sharoitlarida suv eng katta boylik hisoblanadi va undan unumli
foydalanish o’lkaning taqdirini belgilaydi.
Juda qadim zamonlardan boshlab inson suvdan foydalanishga o’rgangan,
tabiiy suv oqimlarini yer nishabligi bo’ylab o’zanlar orqali unumdor yerlarni
sun’iy sug’orish bilan barqaror hosil olishga odatlangan. Irrigatsiya kanallari
atroflarida vohalar paydo bo’lib qishloqlar tashkil topgan, xayot gurkirab ketgan.
O’rta Osiyoda iqlim o’ta mo’’tadil va qurg’oqchil bo’lib, yozi juda issiq va
bulutsiz, qishi esa, izg’irin ayozli va sovuq.
Yog’ingarchilik kam, yiliga 100-200 mm gacha, ba’zi tog’ oldi yerlarida 300-
400 mm gacha bo’ladi. Uning asosiy qismi erta bahorga, qishga va kech kuzga
to’g’ri keladi.
Yer yuzasidan va o’simliklar orqali bug’lanish juda katta bo’lib, uning yillik
miqdori 1400-1500 mm gacha yetadi.
Tekisliklarining yer yuzasi sathi okean sathi yuzasidan har xil balandliklardan
joylashgan, ko’pchilik qismi 200-400 m balandlikda yotadi.
Okean sathidan
Sariqamish tovoqsoyining tubi 45 m, Oqchako’l chuqurligining tubi 92 m, Qoragol
chuqurligi tubi 132 m pastda joylashgan. Tog’liklari yassi, qurama tizmali va
yuksak cho’qqilidir. Ko’pchilik holda tizmalar 4000-5000 m balandlikka, ayrim
cho’qqilari esa 7000 va undan oshiq balandliklarga ega.
O’rta Osiyodagi tog’lar juda qadimgi abadiy muzliklar bilan qoplangan.
Tog’lar orasidagi past tekisliklar havzalari 1000-2000 m balandliklardan yastanib
yotadi va sug’orma dehqonchilik qilinadi.
O’rta Osiyoning iqlimi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bahor fevral oyidan
kira
boshlaydi, tog’li joylarda u kechikib keladi, yoqqan yomg’irlar va havoning
isishi natijasida o’simliklar tezda uygonadi va gullay boshlaydi, yer yuzasi rang-
barang gullarga burkanadi. O’rta Osiyo janubida gullash fevraldan boshlanadi,
fevral
oxirida kumush rang terak, qayrag’och, bodom, martda o’rik, olxo’ri, nok,
olma, gilos gullaydi. Shahar va qishloqlar ko’kalamzorlarga burkanadi. Pastki
tog’larda qor erib, daryolardagi suv satxilari ko’tarila boshlaydi. Bahor qisqa
10
davrda tugab, apreldan boshlab kun isib ketadi va may oyidan yoz davri
boshlanadi. Bu davrda dalalarda gullar yo’qolib ketadi, mevalar pisha boshlaydi,
tog’ oldi
yon bagirlari tirila boshlaydi, tog’larda bahor avjiga chiqadi. Mayda
sekin-asta yomg’irlar to’xtaydi.
Qishloq xo’jalik ishlari oldin janubda martdan, keyin shimolda apreldan
boshlanadi. Lekin, aprel ba’zan may oylaridan sovuqlar qaytarilib turadi va manfiy
harorat, qor ham kuzatilishi mumkin. Bunday iqlimning keskin sovishi uzum va
mevali daraxtlarning gullashiga, shuningdek, yosh go’zaning rivojlanishiga salbiy
ta’sir ko’rsatadi, xatto hosilning nobud bo’lishiga sababchi bo’ladi.
Yozi bulutsiz, quruq, changli va issiq bo’ladi, tog’larda
esa momaqaldiroq
bo’lib yomg’ir ko’p yog’adi. Qor va muzliklarning jadal erishi daryolarning
toshishi va suv satxining keskin ko’tarilishiga olib keladi. Yoz uzoq davom etadi.
May, iyun oylaridanok kez kuzgacha har xil mevalar pishib yetiladi. May oyida
qulupnay, gilos, undan keyin, o’rik, tut, ertapishar sabzavotlar yetiladi. Iyul-avgust
oylarida shaftoli, olxo’ri, nok, olma, uzum pishadi.
Kuz oktyabr oyidan kelgani bilinadi. Quyoshli, issik haroratli havo, ba’zan
bulutli, shamolli,
salqin havo bilan almashadi, yomg’ir tomchilaydi. O’simlik
barglari sarg’ayib to’kila boshlaydi. Dalalarda qishloq xo’jalik ekinlar hosilini
yig’ib olish va shudgorlash qishgacha davom etadi. Noyabr oyidan kunlar ayozli,
kechalari sovuq bo’ladi. Yomg’ir, ba’zan qor yog’adi.
Qishda juda qattiq sovuq bo’lib, suv va yer muzlaydi. Janubiy rayonlardan
qish iliq va yumshoq kechadi.