Eramizdan keyingi davrlarda O’rta Osiyoda
irrigatsiya va melioratsiyaning rivojlanish tarixi
Eramizning I asrlarida Xorazmda Tuproqqal’a kanalidan katta tarmoqli kanal
qurilgan, G’aznobod-Chermen-yab kanalidan sug’oriladigan yerlar kengaytirilgan.
III asrda G’arbiy Kyot kanali qurilgan IV asrda Guldursun va Burgutqa’la
kanallari atrofidagi vohalarda sug’orma dehqonchilik qayta tiklangan.
Asrimizning V-VII asrlarda O’rta Osiyoning janubiy sharqiy va shimoliy
qismlarida mustaqil va yarim mustaqil mamlakatlar mavjud bo’lgan: Xorazm
So’g’d, Tohariston. Ularning har qaysi bir necha o’lkalardan tuzilgan bo’lgan.
O’lkalarning yirik zamindorlar va suv zahiralarining xo’jayinlari boshqargan. Ular
suv taqsimotida qatnashganlar. Albatta ular birinchi qatorda o’zlarining yerlariga
suv ajratish masalasini yechadilar. Ma’lumki shu davrda dehqonchilik madaniyati
16
rivoj topgan, kichik va katta kanallar suv tanqis vaqtida yer osti kanallari - korizlar
qurila boshlagan, VIII asrda arablar O’rta Osiyoni bosib olgandan keyin bu yerda
yetarli rivojlangan sug’orish tarmoqlarini uchratadi. Ular O’rta Osiyodan
Arabistonga eng yaxshi irrigatorlarni ko’chirib ketadilar. Makka atrofida
irrigatsion inshootlar qurish uchun VIII-X asrlarda somoniylar hukmdorlik qilgan
davrda Movarounnahrda O’rta Osiyo xalqlari 100 yil mobaynida xech qanday
tashqi bosqinchilar tomonidan jabr ko’rmaganlar. Natijada arablar tomonidan xalos
bo’lgan xalqlar rivoj topgan: dehqonchilik ishlari tobora yuksala boshlaydi,
donchilik, arpachilik, makka, paxta ekinlari maydonlari kengayadi. Kuchli
somoniylar davlatida qishloq xo’jaligini rivojlanishiga asosan irrigatsiya va
irigatsiyaning usullari rivojlanishi sabab bo’ladi.
VIII asrda O’rta Osiyoni arablar ishg’ol qilgan, bu davrda ular irrigatsiyaning
gurkiraganini guvohi bo’lgan va usta irrigatorlarni Makka va boshqa tomonlarga
irrigatsion inshootlar qurishga olib ketishgan. Xalq qo’zg’olonlari oqibatida Arab
xalifatiga barham berilgan va Xurosonda
(shimoliy Eron) Toxiriylar,
Movaraunnahrda (Amudaryo va Sirdaryo oralig’i) Somoniylar davlati barpo
bo’lgan (100 yil). Bu davrlarda inqirozga uchragan irrigatsiya yana tiklangan va
qishloq xo’jaligi rivojlangan.
IX asrda Gurganj (ko’na - O’rganch) Amudaryo quyi qismlarida irrigatsion
o’zlashtirishlar boshlanadi, G’aznobod (Madra) kanallari quyi qismida
dehqonchilik qayta tiklanadi, shu davrlarda Shovot (Shoxobod) va Buva kanallari
quriladi, X asrda esa Amudaryo chap qirg’og’ida Xaykanis (Xiva) kanalidan 2
kanal chiqaziladi. XII-XIII asrlarda, Xorazmda irrigatsiyaning to’planishi
kuzatiladi. G’aznobod kanali Shoxsanamgacha Cherman-yab yetkaziladi, Gire
kanali esa Qavatqal’a rayonigacha qurib boriladi.
Keyinchalik inshootlarning buzilishi natijasida bu rayonlarda suvsiz hayot
to’xtaydi, kanallar qum bilan to’lib qoladi.
Ularning ayrimlari Shovot, Polvon, G’azovot hozirgacha yetib kelgan va
ishlab kelmoqda.
17
XI-XII asrda O’rta Osiyoda turklar sulolasi qoraxoniylar va saljuqiylar
o’rtasidagi uzoq kurashlar natijasida qishloq xo’jaligi va irrigatsion tarmoqlar
izdan chiqdi.
XII asr oxiri va XIII asr boshlarida O’rta Osiyoda Xorazmshoxlar sulolasi
hukmronlik qilgan davlat tarqoqlashgan, markazlashmagan holda bo’lgan. XIII asr
boshlarida mo’g’illar O’rta Osiyoga bostirib kirgan va Urganch, Buxoro,
Samarqand va Termizni ishg’ol qilgan. Ular shaharlarda erkaklarni qirib
tashlashgan, ayol va bolalarni asrga olgan, unumdor yerlarni, irrigatsion
inshootlarni vayron qilgan. XIV asr o’rtalarida mug’illar soliq, o’lpon undirish
maqsadida qishloq xo’jaligiga, savdo va xunarmandchilikni rivojlantirishga imkon
bergan.
XIV asrning II yarmida Temur Kesh (Shahrisabz)ni egallab, 1370 yilda
Movarounnahr hukmroni bo’ladi. U 35 yil davomida yirik imperiya barpo qiladi.
Unga Xorazm, Kaspiy oldi viloyatlari, Afg’oniston, Eron, Hindiston, Janubiy
Kavkaz, Osiyoning qator mamlakatlari qaram bo’lgan. Bu davrda madaniyat,
qishloq xo’jaligi, savdo, irrigatsiya gurkiragan, yirik irrigatsion kanallar, inshootlar
barpo qilingan.
Keyingi 3 asr davomida O’rta Osiyo mayda xonliklarga bo’linib ketgan va
o’zaro urushlar natijasida aholi inqirozga uchragan. Irrigatsion inshootlar buzilgan,
dehqonchilik izdan chiqqan.
XVI asr boshlarida ko’chmanchi qabilalar Muhammad Shayboniy
boshchiligida Temuriylar davlatini egallaydi. U 1585 yilda temuriylar davrida
deyarlik barcha viloyatlarni o’ziga qaram qilib oldi va o’zbeklar davlatini barpo
qiladi. Uning Markazi Buxoro shahri bo’ladi.
Abdullaxon davrida yana hunarmandchilik, savdo qishloq xo’jaligi
rivojlanadi. Machitlar, rabotlar, hammomlar, ko’priklar, yopiq suv havzalari-
sardobalar, qator kanallar, suv saqlovchi inshootli karvon-saroylar quriladi.
18
XVII va XVIII asrda O’rta Osiyoda Ashtarxoniylar sulolasi hukmronlik
qiladi. Bu davrda o’zaro nizo, urushlar tez-tez bo’lib yana madaniyat, qishloq
xo’jalik inqirozga uchraydi.
XVIII asr oxirida Buxoro xonligida Amir Shoxmurod davrida markaziy
hokimiyat kuchayadi. Bunga u ba’zi reformalar, soliqlarni kamaytirish oqibatida
erishadi. Dehqonchilik qayta tiklanadi, kanallar qurilib yangi yerlar o’zlashtiriladi
va ko’chmanchi o’zbeklar o’troqlashadi. Keyingi davrlarda Buxoro, Xorazm
(Xiva), Qo’qon, Shahrisabz xonliklari orasida yana o’zaro urushlar kuchayadi.
Qo’qon xonligida Farg’onada Yangi ariq (1818 yil), Ulug’nor (1868 yil) kanallari
quriladi.
Asrlar davomida xalq ustalari maxsus ilmiy bilimlarga ega bo’lmasdan,
gidravlika qonunlarini bilmasdan, moslama va murakkab qurollarsiz, malaka
tajriba asosida sug’orish kanallari irrigatsion sistemalari qurdilar va ajoyib
gidrotexnik inshootlar yaratdilar. Ular kanalni bosh qismini daryodan maxalliy
relefga loyiq va balandliklarni yonlama holda yassi qiyaliklar bo’yicha tuproqli
o’zandan sun’iy inshootlarsiz suvni oqim bo’yicha o’ng yoki chap tomonga
beradigan qilib qo’rganlar. Shuningdek, ya’ni daryodan joyning eng yuqori
nuqtalari bo’ylab kanallar chiqarilgan, suv taqsimlovchi tarmoqqa ikki tomonlama
chiqarilgan, kanallarga suvni yer osti galereyalari, tunnellar (“teshiktosh”) va
korizlar orqali o’tkazilgan.
1878 yilda Farg’ona vodiysini tekshirgan Peterburg akademiyasi a’zosi
Minddendorf yozgan edi: “Bu irrigatsion inshootlar bizda yana katta xayratlanish
uyg’otadi. Texnik jihatdan taraqqiy etmagan xalq o’z dalalariga tik cho’qqili, tog’li
joylarda tog’ va vodiylarni yoqalab uzoq masofalarga suvni olib borishgan, yana
biz shundan ko’p xayratga tushamizki, bu ishlarni xech qanday nivelirlash
bilimlarisiz, asboblarsiz bajarilgan”.
Boshqa yirik sun’iy sug’orish rayoni Xorazmda sayyohlarni suvni vohaning
ichkarisiga uzoq masofalargacha olib boruvchi kanallarning kattaligi lol qoldirgan.
Daryolarga o’xshash bu katta kanallar yerlarni sug’orish uchungina emas, balki
19
yana vohaning ichki rayonlariga yuklarni tashish uchun suv magstrallari o’rnini
ham bosgan. Turkiston haqidagi kitobida V.I.Masalskiy Xorazm magistral
kanallari to’g’risida quyidagicha yozadi: “Ko’p o’nlab km masofalarga xayotbaxsh
suv eltuvchi bu juda kuchli oqimlarni ko’rganda texnik bilimlarga ega,
holsizlantiruvchi quyosh nurlari ostida mashaqqatli mehnat hisobiga mamlakatni
yoppasiga sug’orish arteriyalari turi bilan qoplagan xalqqa chuqur hurmat bilan
boqasan”.
Suv uchun ming yillik kurashlar, avloddan avlodga o’tuvchi irrigatsion
qurilmalar bo’yicha amaliy tajriba bilimlari sug’orish ishida eng yuqori darajadagi
takomillashgan mahorat traditsiyasini yaratdi.
O’tgan davrlarda xalq gidrotexniklari uchun suv olish sistemasi eng qiyin
masala edi, chunki kanal quruvchilar suv manbaining rejimiga moslashishilari
zarur edi.
Suv olishning eng arzon, qulay usuli daryodan ochiq usulda o’zi oquvchan
holda suv olish bo’lgan. Xalqning ko’p asrlik tajribasi shuni taqozo qilganki,
daryodan kanalga 1 dan 7 gacha qo’shimcha suv o’tkazuvchi kanallar qurilgan.
Bunday kanallar yana tashlash kanallari ham bo’lgan. Kanalga oshiqcha suvni
o’tkazmaslik uchun daryo bilan kanal o’zani tutashgan joyda bo’g’iq qismlar,
bo’g’gichlar qurilgan. Ular qamish, o’t va shox-shabbalardan, katta kanallarda
ichida toshli qilib qurilgan. Suv sathi pasayganda bu bo’g’gichlar olib quyilgan.
Ko’pchilik O’rta Osiyo daryolari o’zani, satxi, o’zgaruvchandir. Bular esa
kanallarga suv olishni juda qiyinlashtirgan. Shuning uchun suv olishda ko’p asrlik
tajriba yaratilgan, bunda oddiy suv oluvchi inshootlar “Toshto’g’on” (toshli, shox-
shabbali) va “sepoya” shporalar, damba va to’g’onlar qo’llangan. “Sepoya”
shporalar yordamida kanalga kerakli suv tushirish to’g’rilangan. Hozir ham
“sepoya” shporalar qo’llanilmoqda.
Dambalarni yuvilib ketishidan saqlash uchun, kanal buzilgan joylarini
to’xtatish uchun daryo qirg’oqlarini himoyalash uchun og’ir fashinalar (qorabura
va ulyuqlar) ishlab chiqarilgan. Qorabura 4-6 m uzunlikda, 1-2 m diametrli, arqon
20
bilan 2 marta o’ralgan, ichiga tosh va shox-shabba tiqilgan tuzilishda bo’lgan.
Sug’orish tarmoqlari qadim zamonlardan oddiy tipdagi har xil inshootlar bilan
ta’minlangan - chim, qoziq, shox-shabba, yog’och va sopol quvurlar, yog’och va
g’isht bo’g’otlar qo’llanilgan.
Bo’zsuv kanalida Chirchiq daryosidan suv olishda sopol quvurlar (kuburlar)
ishlatilgan (XI-XII asr). Kanallarni jarlikdan o’tkazishda novlar, qoziqli yog’och
quvurlar, keyinchalik tosh va g’ishtdan yog’ochli arkali ishlatilgan. Ularning
qoldig’i hozirgacha saqlangan.
Korizlar chuqurligi 40 m ga yetgan. 921 yilda Umar Axmad o’g’li
boshchiligida tog’lar orqali vodiyga Magiandaryo suvlari koriz orqali olib
chiqarilgan. Bu “Koriz” 500 yil ishlab turgan. Uni 1872 yilda qayta tiklangan.
Tog’lardagi suvlar cho’qqilar orasidan toshlarni yorib (teshik-tosh) tunnellar orqali
vodiylarga chiqarilgan.
Irrigatsion texnika rivojlanishi bilan suvni tepaga ko’taruvchi mexanizmlar
paydo bo’la boshlagan. O’rta Osiyoda oyoqda ishlaydigan “Nova”, suvdan
harakatlanuvchi va tortib ishlatuvchi chig’irlar ko’p tarqalgan. “Nova” – terak ichi
o’yilgan, bir uchi suv havzasiga, ikkinchi uchi yuqoridan sug’orish tarmog’iga
o’rnatilgan. Maxsus suv xaydovchi mexanizm suvni havzadan kanalga xaydagan.
U oyoq va qo’l kuchi ta’sirida harakatlanib, tebranib suvni xaydagan.
Chig’irni suv oqimi aylantirgan va suvni yuqoridagi kanalga tashlagan. (4 m
gacha). Ot, xachir, tuya yordamida aylantirib harakatga keltirgan chig’irlar ham
bo’lgan, ular chuqur ariqlardan suv chiqarishga mo’ljallangan.
Amudaryoda quyi qismida Rossiya bosib olguncha 60000 chig’ir ishlab
turgan. Ular eramizning 30 yillarigacha ishlab turgan. XIX asrning birinchi
yarmida Buxoro va Xiva xonligida ayrim irrigatsion ishlar bajarilgan. O’rta Osiyo
irrigatsiya tarixi shuni ko’rsatadiki, katta davlatlar paydo bo’lganda u rivojlangan,
mayda xonliklarga bo’linib ketgach esa u tushkunlikka tushgan.
Farg’ona vodiysida Qo’qon xonligida kanallar qurish ishlari kuchayib, 1881
yil Yangi-ariq quriladi. U Norindaryodan (Sirdaryoning irmogi) suv oladi. 1868 yil
21
Ulug’nor arigi qurilib Qoradaryodan bosh inshoot orqali suv oladi va Yozyovon
cho’liga suv olib keldi. XIX asrning birinchi yarmida bir qancha irrigatsion ishlar
Buxoro va Xiva xonliklarida ham o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |