O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127
Psixologiya

 Psixologiya fanining tarixi
va rivojlanish bosqichlari. 
Psixologiya tarixida psixikaning paydo bo‟lishi haqida yana bir qancha turli-
tuman fikrlar bor. Uzoq asrlar davomida psixika va uning paydo bo‟lishi, taraqqiyoti 
masalalariga har xil nuqtai nazardan yondashib kelindi.
Psixologiyani ruh to‟g‟risidagi fan sifatida shakllanishida quyidagi 4 asosiy 
bosqichni ajratish mumkin: 
1. 
Psixologiya ruh to‟g‟risidagi fan – 2,5 ming yil avval inson hayotidagi mavhum 
xossalarini ruh orqali tushuntirishga harakat qilganlar. 
2. 
Psixologiya ong to‟g‟risidagi fan sifatida XVII asr. Fikrlash, his qilish, istaklar 
ong deyilgan. O‟rganish metodlari - introspeksiya (o‟z-o‟zini kuzatish). 
3. 
Psixologiya xulq-atvor to‟g‟risidagi fan sifatida – XX asr boshlari. Ko‟rish 
mumkin bo‟lgan hodisalar kuzatilgan – xulq-atvor harakatlari, Reaksiyalar. 
Motivlar hisobga olinmagan. 
4. 
Psixologiya psixik qonunlar, mexanizmlarni o‟rganadigan fan sifatida - 
zamonaviy bosqich.
Psixikaning taraqqiyoti, uning harakati - o‟zgarishidir. Qadimgi faylasuflar ruhiy 
hodisalarning rivojlanishini turlicha talqin etib keldilar, uni ilohiy kuchga bog‟lab 
tushuntirishga harakat qiladilar. Masalan, grek filosofi Fales (eradan avvalgi 624-547 
yillar) odamning ruhiy hayotini bug‟ shaklida tasavvur qilgan va uning asosida suv 
yotadi degan. Anaksimen esa (eradan avvalgi 588-525 yillar) ruhiy hayotning manbai 
havodir deb ta‟lim bergan. Geraklit (eradan avvalgi 544-488 yillar) ruhiy hayotning 
manbaini olov deb targ‟ib qilgan. 
Qadimgi falsafaning mashhur namoyandalari Suqrot (eradan avvalgi 469-399) va 
Platon (eradan avvalgi 427-347 yillar) ham inson psixikasi, ruhiy hayoti haqida 
butunlay boshqacha nazariyani olg‟a surganlar. Ularning fikricha, tana va jon boshqa-
boshqa qismlardir. Go`yoki jon inson tanasiga “ideal” dunyodan kiradi-yu, ma‟lum 
vaqtdan so‟ng yana o‟sha dunyoga qaytib ketadi. 
Mashhur faylasuf Demokrit esa (eramizdan avvalgi 460-370 yillar) inson 
organizmi atomlardan tashkil topgan, uning ruhi mayda atomlardan iborat degan fikrni 
olga suradi. 
Psixologiya tarixida psixika va uning taraqqiyoti haqida turli-tuman fikrlar 
yuqoridagilardan tashqari ham juda ko‟p. Psixik hodisalarni materialistik nuqtai 
nazardan talqin etishda mashhur grek faylasufi Aristotelning (eramizdan avvalgi 384-
322 yillar) xizmati kattadir. Aristotel qadimgi faylasuflardan birinchi bo‟lib 
psixologiyani alohida fan sifatida qaradi, psixik hodisalarga materialistik nuqtai 
nazardan yondashdi. Uning “Etika”, “Ritorika”, “Metafizika”, “Hayvonlar tarixi” kabi 
asarlarida turli psixik hodisalarga oid fikrlar juda ko‟p. Psixologiya bo‟yicha birinchi 
ilmiy asar Aristotelning «Ruh to‟g‟risida» traktati hisoblanadi. 
Aristotel o‟zigacha bo‟lgan faylasuflarning, jumladan, o‟z ustozi Platonning 
psixologik qarashlarini tahlil qildi. Aristotelning psixologik ta‟limotida ruh va tananing 
o‟zaro munosabati muammosi muhim o‟rin tutadi.


10 
Geraklit, Demokrit, Aflotun, Aristotellarning ta‟limotlari keyingi asrlarda 
psixologik g‟oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta, asos bo‟ldi. Asta-sekin ruh haqidagi 
tushuncha hozir biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo‟llanila boshladi. 
Psixika kategoriyasi zamirida ong haqidagi tushuncha maydonga keldi. Kishi faqat 
idrok va tafakkurga ega bo‟lib qolmasdan, ularni unga mansubligini e‟tirof etishga 
ixtiyoriy harakatlar qilibgina qolmasdan, balki bu harakatlarni uni o‟zi qilayotganini 
bilishga ham qodirdir.
XVII asr biologik va psixologik bilimlar taraqqiyotida yangi davrni ochib berdi. 
Fransuz olimi Dekart (1596-1650) xulq-atvorning reflektor tabiati haqidagi ta‟limotini 
yaratdi. Ingliz olimi Gobes (1588-1679), Fransuz olimi Spinoza (1632-1677) olamning 
bir butunligini, tana va jon to‟g‟risidagi ta‟limotni yaratdilar. Ingliz olimi Jon Lokk 
(1632-1704) empirik (tajriba) asosidagi ta‟limotni empirik psixologiyani yaratdi, 
shundan keyin rus olimlari I.M.Sechenov, I.P.P avlov, I.E.Vvedenskiy, A.A.Uxtomskiy
inikos nazariyalarini yaratdilar. Refleks haqidagi tushuncha organizmning tashqi 
ta‟sirga qonuniy javob reaksiyasi sifatida paydo bo‟ldi. I.M.Sechenov (1829-1905) 
«Bosh miya reflekslari» (1963) asarida «ongli va ongsiz hayotning barcha harakatlari 
ro‟y berish usuliga ko‟ra reflekslardan iboratdir», degan xulosaga kelgan 
edi. I.M.Sechenov psixikaning reflektorligi va faoliyatning psixik jihatdan 
boshqarilishi g‟oyasini ilgari surdi. Bu muhim nazariy qoidalari I.P.Pavlov (1849-
1939) tomonidan tajriba yo‟li bilan tasdiqlandi va aniqlashtirildi. U hayvonlarni 
shuningdek, odamning tashqi muhit bilan o‟zaro harakati miya tomonidan boshqarilishi 
qonuniyatlarini kashf etdi. I.P.Pavlovning ushbu qonuniyatlarga nisbatan barcha 
qarashlari odatda ikki xil signal sistemasi haqidagi ta‟limot deb aytiladi. 
O‟rta Osiyo xalqlari boshqa dunyoviy fanlar qatori psixologiya fani sohasida 
ham boy merosga ega. Xalqimizning buyuk namoyandalari, butun dunyoda nomi 
tarqalgan mutafakkirlar, olimlar va shoirlar inson ruhiy jarayonlarini talqin etishda o‟z 
zamonasi uchun ilg‟or fikrlarni olg‟a surdilar. Ularning psixologiya sohasidagi fikrlari, 
milliy psixologiya tarixi va hozirgi mustaqillik davri uchun g‟oyat katta ahamiyatga 
egadir. IX - XI asrlarda ijod etgan mutafakkirlarimiz hayoti O‟rta Osiyo, umuman 
yaqin va O‟rta Sharqda iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar kuchaygan, har xil ijtimoiy 
tabaqalar o‟rtasida kurashlar avjiga chiqqan, turli-tuman g‟oyaviy oqimlar orasida 
keskin 
kurashlar 
boshlangan 
bir 
davrga 
to‟g‟ri 
keldi. 
Shu davrda ijtimoiy hayotning boshqa sohalaridagi kabi inson ruhi (psixikasi)ni talqin 
qilish borasida ham turli yo‟nalishlar va oqimlar o‟rtasida keskin kurash ketar edi. 
O‟rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy ijodi materialistik yo‟nalishni yanada 
rivojlantirish, mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etdi. O‟rta asr psixologik 
qarashlarida O‟rta Osiyolik mashhur mutafakkirlar Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr 
Forobiy, Abu Rayhon Beruniylarning psixologiya sohasidagi fikrlari muhim 
ahamiyatga egadir. 
Sharq mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy (870-950-951), Abu Rayhon Beruniy 
(973-1048) Abu Ali ibn Sino (980-1037), Umar Xayyom (1048-1131), Mirzo Ulug‟bek 


11 
(1394-1449) inson psixikasi, yosh avlodni tarbiyalashda o‟z fikr –mulohazalarini boy 
meros qilib qoldirganlar. 
Forobiyning ruhiy jarayonlar haqidagi ta‟limoti, ya‟ni psixologiya ilmining 
rivojlanishiga qo‟shgan hissalari uning falsafiy ta‟limoti bilan uzviy bog‟langan. 
Forobiyning inson va insonning ruhiy jarayonlari to‟g‟risidagi fikrlari uning 
dunyoqarashi sistemasida diqqatga sazovor bo‟lgan progressiv fikrlardandir. U 
insondagi ruhiy jarayonlarni sanab o‟tish bilangina chegaralanmay, balki bu 
jarayonlarning kelib chiqishi, tartibi, har birining roli to‟g‟risida ham mulohaza yuritdi, 
inson ruhiy quvvatlari - psixik jarayonlari uning asarlarida anchagina keng yoritiladi. 
Forobiy hozirgi psixologiya ilmi tomonidan o‟rganiladigan va insonda mavjud 
bo‟lgan deyarli barcha ruhiy jarayonlar to‟g‟risida o‟z zamonasi uchun anchagina 
mukammal tasavvurga ega bo‟lgan va ularni asosan turini talqin etgan.
Abu Ali ibn Sinoning psixologiya masalalari bilan shug‟ullanishiga, o‟zidan 
ilgari o‟tgan Sharq mamlakatlari olimlari tomonidan yozib qoldirilgan asarlarni 
o‟rganib, fanning bu sohasi bo‟yicha ham o‟zining fikrlarini bildirish, antik dunyo 
olim, faylasuflarining ta‟siri ham katta rol o‟ynadi. Xususan Aristotel Ibn Sinoning 
falsafada “birinchi o‟qituvchisi” edi. U Aristotelning “Jon haqida”gi asari bilan yaxshi 
tanish edi, olimning meditsina sohasidagi olib borgan ishlarida odam anatomiyasi, 
fiziologiyasi va nerv sistemasini yaxshi o‟rganish va shu asosda har xil kasalliklarni 
davolash jarayonida kishilarning psixik xususiyatlarini bilish zarur edi.
Ibn Sino Forobiyning sezgilar to‟g‟risidagi ta‟limotini rivojlantirib, insonda 
beshta sezgi (ko‟rish, eshitish, hid bilish, maza va teri-tuyg‟u) mavjud ekanligini, 
sezgilar orqali, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning ta‟siriga javob qaytarilishi, 
ularning xususiyatlari va ahamiyati haqida to‟xtalib, har qaysi sezgining bosh miyada 
alohida boshqarib boradigan markazi bor ekanligini ishonch bilan bayon etadi. Ibn Sino 
insonning fikrlash qobiliyatiga, hayol xotirasi va iroda sifatlariga yuksak baho beradi 
va bu psixik jarayonlarning bir-birlari bilan mustahkam bog‟liq ekanligini anglaydi. 
Ayniqsa, Ibn Sinoning temperament (mijozlar) to‟g‟risidagi fikrlari tabiiy-ilmiy 
jihatdan diqqatga sazovordir. Bu sohadagi ta‟limot qadimgi Gretsiya olimi 
Gippokratning (miloddan avvalgi V asr) nazariyasiga asoslanadi. Ibn Sino ham 
Gippokrat kabi odam tanasida to‟rt xil modda (safro, qon, qora o‟t, balg‟am) bor, shu 
moddalardan birortasi organizmda ko‟proq bo‟lsa, bu odam mijozining (temperamenti) 
tipini belgilaydi.
XIX asr oxirlarida, aniqrog‟i, 1879-yilda nemis olimi Vilgelm Vundt Leybnis 
universitetida dunyoda birinchi eksperimental psixologik laboratoriyaga asos soldiki, 
unda o‟tkazilgan yuzlab tajribalar va eksperimentlar psixologiyaning ham alohida fan 
sifatida o‟zini ko‟rsatishga haqli ekanligini isbotladi. 

Psixologiyaning otasi” 
hisoblangan Vilgelm Vundt esa xuddi ana shu tadqiqotga asoslangan ma‟lumotlar 
to‟plashga o‟z diqqatini qaratdi.


12 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin