Mexanik to‘qima
Mexanik to‘qima o‘simlikka mustahkamlik beradi. Bu to‘qimalarning
uch xili mavjud: kollenxima, sklerenxima, sklereidlar.
Kollenxima-to‘qimasi tirik parenxima hujayralaridan iborat. Ularda
protoplazma, yadro va xlorofill donachalari bo‘ladi. Hujayra po‘sti
sellyulozadan tashkil topgan. Kollenxima toqima hujayralarining devorlari
har xil qalinlashishi mumkin. Hujayra burchaklari qalinlashgan bo‘lsa, buni
burchakli kollenxima deyiladi. Hujayraning tangental devorlari qalinlashib,
radial devorlari yupqaligicha qolsa, plastinkali kollenxima, qalinlashgan
hujayra devorlari orasida hujayralararo bo‘shliq bo‘lsa yumshoq kollenxima
deb ataladi. Kollenxima to‘qimasi ikki pallali o‗simliklarning yosh poyalari
va barg bandida uchraydi.
Sklerenxima.Bu to‘qima poya epidermasining ostida hamda o‘tkazuvchi
bog‘lamlar atrofida joylashadi. Hosil bo‘lishiga ko‘ra birlamchi va ikkilamchi
sklerenxima mavjud. Birlamchi sklerenxima prokambiy va peritsikldan iborat,
ikkilamchi sklerenxima kambiydan hosil bo‘ladi. Sklerenxima- poyaning
po‗stloq qismida uchrasa, lub tololalari yoki stereid deb ataladi. Agar
sklerenxima o‘simlikning yog‘ochlik qismida uchrab, kambiydan hosil bo‘lsa,
yog‘ochlik tolasi yoki libriform deyiladi. Ba'zi libriform hujayralar
bo‘shlig‘ida to‘siqlar libriform deyiladi. Bunday hujayralar tok va shu kabi
o‘simliklarda uchraydi.
Sklereid. Bu hujayralarning po‘sti qalinlashgan va yog‘ochlan-
gan.Sklereidlar o‘lik hujayralar hisoblanadi. Bular o‘simliklarning turli
organlarida: o‘simlik poyasi va bargida, nok va behi mevasining etida,
shaftoli, o‘rik danagida, yong‘oq po‘chog‘ida uchraydi.
35
2.Darsning maqsadi:
Birlamchi va ikkilamchi qoplovchi to‘qimalar,ularning bajaradigan
vazifalari, mexanik to‘qima xillari, ularning vazifalari, uchraydigan joylarini
va axamiyatini o‘rganish.
3.O‘quv jarayonining mazmuni:
1.Qoplovchi to‘qimaning vazifasi va uning xillari.
2.Birlamchi qoplovchi to‘qima-epidermisning hosil bo‘lishi
3.Epiderma hujayralarning tuzilishi
4.Og‘izchaning tuzilishi va vazifasi
5.Epiderma hujayralaridagi tuklar va ularning xillari
6.Ikkilamchi qoplovchi to‘qima-peridermaning hosil bo‘lishi
7.Periderma (fellema,fellogen,felloderma) hujayralarining tuzilishi va
vazifasi
8.Yasmiqchaning tuzilishi va vazifasi
9.Uchlamchi qoplovchi to‘qima- quruq po‘stloq, uning hosil bo‘lishi,
vazifasi
10.Mexanik to‘qima xillari va vazifasi
11. Kollenximaning qalinlanishi,xillari uchraydigan joyi
12.Sklerenximaning tuzilishi, xillari uchraydigan joyi
13. Sklereidlar tuzilishi, uchraydigan joyi
4.O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma (shakl),
vosita usul, nazorat, baholash)
a) Darsning turi-suhbat
b) Metod-Bumerang,Vertushka
v) Forma (shakl) – guruh
g) Vosita-doska, mikroskop, tarqatma material, tayyor preparatlar
d) Usul-nutqli
e) Nazorat-kuzatish (ko‘rish)
j) Baholash-o‘z-o‘zini va umumiy baxolash
5.Metod-Bumerang, Vertushka, Klaster.
Bumerang treningi
Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi va vazifa yozilgan material
tarqatiladi. Har bir guruh o‘z fikrini bayon qiladi va guruhlar orasida
savol-javob ketadi.
36
1-guruhga beriladigan vazifa
1. Qoplovchi to‘qima, paydo bo‘lishi va vazifasi
2. Birlamchi qoplovchi to‘qima-epiderma
3. Epiderma hujayralaridagi og‘izcha va tukchalar
2-guruhga beriladigan vazifa
1. Periderma, tuzilishi, uchraydigan joyi
2. Fellema, fellogen, fellodermaning tuzilishi, vazifasi
3. Yasmiqchaning paydo bo‘lishi, vazifasi
3-guruhga beriladigan vazifa
1. Uchlamchi qoplovchi to‘qima-quruq po‘stloq paydo bo‘lishi, tuzilishi
2. Mexanik to‘qima vazifasi, xillari
3. Kollenximaning tuzilishi, xillari
4-guruhga beriladigan vazifa
1. Sklerenxim, tuzilishi, xillari
2. Sklereidlar tuzilishi, uchraydigan joyi
3. Mexanik to‘qimalarning ahamiyati
37
Vertushka metodi
Bu treningda 3 ta yoki 5 ta guruhga material tarqatiladi va har bir guruh
yakka holda belgilaydi. Keyin bu material guruhlarga aralashtirilib beriladi,
yana belgilanadi, 3 yoki 5 marta aylangandan keyin o‘qituvchi va talabalar
bilan umumiy to‘g‘ri javob o‘rtoqlashiladi.
№
Qoplovchi to‘qima
xillari va tuzilishi
Epi
d
ermis
F
ello
g
en
F
ell
ema
F
ello
d
erma
Q
uru
q
p
o‘
stlo
q
1
2
3
4
5
Hujayra
po‘sti
sellyulozalangan
tirik
parenximatik hujayra
Ko‘p qavatli, bir-biriga zich
joylashgan
hujayralararo
bo‘shliq bo‘lmaydigan o‘lik
xujayralardan tashkil topgan.
O‘simliklarning barg va yosh
novdalarini tashqi tomondan
o‘rab turuvchi bir qavat zich
joylashgan tirik parenximatik
hujayralar
Bir qator tangental cho‘zilgan
doimo bo‘linish xususiyatiga
ega bo‘lgan hujayralar
Hujayralari o‘lgan to‘qima lar
yig‘indisi
38
Vertushka metodi
№
Mexanik to‘qima xillari
tuzilishi
Plas
tin
ka
li
kol
le
nx
im
a
Burcha
kli
ko
ll
enx
im
a
Yumsh
o
q
ko
ll
enx
im
a
Skl
er
enx
ima
Lubt
ol
a
Yo
g‘
ochl
ik
to
la
si
Skl
eroid
1
2
3
4
5
6
7
Poyaning po‘stloq qismida
joylashgan, ingichka uchli
cho‘zininchoq
hujayra-
lardan
tashkil
topgan,
hujayra qobig‘i selyulozali
bo‘lib,
o‘t
o‘simliklar
poyasida uchraydi.
Xujayralari tirik xujayra,
po‘sti selyulozali, qalin,
epiderma ostidagi birlamchi
po‘stloqning
parenxima
xu-jayralaridan
paydo
bo‗lgan xujayra po‘stining
burchak-lari qalinlashgan.
Qobig‘i
juda
qalin
yog‘o-chlashgan
po‘stli,
radial
kanalchalar
shaklidagi
ing-ichka
teshikchalari bo‘lgan o‘lik
parenxim
hujayralar-dan
tuzilgan.
Kambiydan hosil bo‘lgan va
yog‘ochlik
(ksilema)
qismida
joylashgan
mexa-nik to‘qima
Poyaning po‘stloq qismida
joylashgan sklerenxima turi
Hujayraning
tangental
devorlari
qalinlashgan
mexanik to‘qima
Hujayra devorlari orasida
bo‘shliq bo‘lgan mexanik
to‘qima
39
Qoplovchi to‘qimalar uchun klaster tuzish.
Qoplovchi to‘qima
Kеlib chiqish va
joylashishiga ko‘ra
.
Birlamchi qoplovchi to‘qima
Ikkilamchi qoplovchi to‘qima
Uchlamchi qoplovchi to‘qima
тўқима
Epidеrma, Epiblеma
Pеridеrma
Qobiq
Fеllеma
Fеllogеn
Fеllodеrma
40
Mexanik to‘qimalar uchun klaster tuzish.
Mеxanik to‘qima
Kollеnxima
Sklеrеnxima
Sklеrеid
Hujayra dеvorini qalinlashishiga
qarab
Tola
Tosh hujayralar
Lub tolasi
Stеrеid
Yog‘ochlik tolasi
Libriform
Burchakli
Plastinkali
Yumshoq
41
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar va ishlash tartibi.
1-tajriba. Bir pallali o‘simliklar bargining epidermis tuzilishi. Gulsafsar
bargining pastki tomonidan shilib, mikroskopik preparat tayyorlang va
mikroskopning katta ob'ektivida ko‘rib, quyidagilarga e'tibor bering:
1.Epidermis hujayrasi. 2.Og‘izchaning tutashtiruvchi hujayralari xloroplastlari
bilan, og‘izcha teshigi, og‘izcha atrofidagi hujayralar. Bir pallali o‗simliklar
epidermis hujayralarining shakliga e'tibor bering.
2-tajriba.Ikki pallali o‘simlik bargi epidermisining tuzilishi. Bu tajribani
marjon (buzina) daraxti bargida ko‘riladi. Bu preparatni xuddi 1- tajriba kabi
tayyorlanadi. Bir va ikki pallali o‘simlik epidermisini solishtirib ko‘ring.
3-tajriba.
Epidermis ko‘ndalang kesiminining tuzilishi. Tayyor
preparatdan gulsafsar o‘simligi bargining ko‘ndalang kesimining tuzilishini
mikroskopning katta ob'ektivida ko‘rib preparatni o‘rganing. 1. Epidermisning
hujayrasi. 2. Og‘izcha. 3. Tutashtiruvchi hujayralarning. 4. Og‘izcha teshigi. 5.
Havo bo‘shlig‘i. 6. Bargning mezofill qismi, hujayra tuzilishi (assimilyatsion
to‘qima).
4-tajriba.Tuklarni yorongul (geran) o‘simligi bargining epidermasidan
tayyorlangan tayyor preparatdan ko‘ring.
5-tajriba.Ikkilamchi qoplovchi to‘qimani (peridermani) marjon (buzina)
daraxtining novdasida aniqlaydi. Preparatni tashqi tomondan fellema
(probkani), fellogen (probka kambiysini) va fellodermani aniqlanadi.
Yasmiqchani aniqlang. Marjon daraxtining o‘rtasidagi kambiy qavatini
aniqlang.
6-tajriba. Oshqovoqning poyasidan ko‘ndalangiga bir necha yupqa qilib
kesing. Tayorlangan preparatga safranin reaktividan tomizing. Bo‘yalgan
preparatdan qoplovchi va mexanik to‘qimalarni joylanishini, tuzilishini
ko‘ring.
To‘qimalarni quyidagi ranglarda belgilang:
1. Qoplovchi to‘qimalar-qora rangda
2. Kollenxima –ko‘k rangda
7-tajriba. Kungaboqar poyasining uzunasiga kesimidan to‘qimalarni
joylashishini ko‘ring.
8-tajriba. Toshsimon hujayralarni nok va behi mevasidan tayorlangan
preparatga safranin reaktivdan tomizib, mikroskop orqali ko‘ring.
Topshiriqlar.Birlamchi va ikkilamchi qoplovchi to‘qimalar, mexanik
to‘qimalarning xillari: burchakli, plastinkali kollenxima, sklerenxima,
sklereidlarning rasmlarini chizing.
42
7. Kutiladigan natijalar
O’qituvchi
a)Mavzu bo‘yicha maqsadni
tushintirish
b)Talabalarda qiziqish
uyg‘otish
v)Yangi texnologik
usullarni qo‘llash
Talaba
a)Talabalar mavzu bo‘yicha
to‘la ma'lumot olishi
b)Talabalar bilimini
shakllantirish
v) Talabalar qiziqish
bilan qabul qilishi
8. Kelgusi rejalar
a) O‘qituvchi internetdan
yangi material olish uchun
foydalanishni
mukammalashtirish.
b) Yangilash va joriy etish.
v) Kasbiy tayyorgarlikni
insonparvarlashtirish
a)Talabalar ushbu materialni
o‘zlashtirish,kanspekt yozishi,
mustaqil ishlashi
b) Adabiyotlar bilan ishlash
v) Yangi texnologiyaga
yondoshuvchi
44
Laboratoriya mashg‘ulot-7
Mavzu: ―O‘tkazuvchi to‘qimalar. O‘tkazuvchi to‘qima ksilema va floema
elementlari, bog‘lamlari va ularning bajaradigan vazifasi.‖
1.Darsning mazmuni:
O‗simliklarning hayot faoliyati uchun turli xil oziq moddalar va ko‗p
miqdorda suv kerak bo‗ladi. Suvda erigan moddalar o‗simlik tanasi bo‗ylab
o‗tkazuvchi to‗qimalar orqali amalga oshadi.
Tuproqdagi erigan moddalar ildiz orqali shimilib poya va bargga uzatiladi, ya‘ni
bu yuqoriga ko‘tariluvchi oqimdir. Barglarda fotosintez natijasida hosil bo‗lgan
organik moddalar poya va u orqali ildiz tomon harakat qiladi. Bunga pastga tushuvchi
oqim deb ataladi. Bu moddalarning harakati o‗tkazuvchi to‗qimalar orqali sodir
bo‗ladi. Bu o‗tkazuvchi to‗qimalar ksilema va floema deb ataladi. Ksilema
yuqoriga ko‗tariluvchi to‗qimalardan tashkil topgan bo‗lib: suv kanali —
traxeya, traxeidlar, ksilema tolasi — libriform va ksilema parenximasidan iborat.
Libriform bu mexanik to‗qima bo‗lib o‗lik hujayradan, ksilema parenximasi esa
tirik hujayradan iborat. Ochiq urug‗li o‗simliklar va qirqquloqlarda o‗tkazuvchi
to‗qimasi traxeidlardan tashkil topgan. Ular ham traxeyalar singari o‗tkazuvchi
vazifasini bajaradilar. Assimilyatsiyaning birlamchi mahsulotlari barglardan
o‗simliklarning boshqa organlariga tushuvchi oqim floema to‗qimasi orqali amalga
oshadi. U quyidagi to‗qimalardan tashkil topgan: elaksimon naylar, yo‗ldosh
hujayralar, floema tolasi — stereid va floema parenximalar. Floema tolasi, ya‘ni
stereid mexanik to‗qima, asosan o‗lik, floema parenximasi tirik bo‗ladi.
O‘tkazuvchi to‘qimaning barcha elementlari qo‘shilib, o‘tkazuvchi bog‘lamni
hosil qiladi. Har bir o‘tkazuvchi bog‘lam keng ovalsimon yoki tuxumsimon bo‘lib turli
xil to‘qimalardan tuzilgan.
Daraxt o‘simliklarda floema daraxtning po‘stloq qismida, ksilema yog‘ochlik
qismida joylashib, o‘tkazuvchanlik vazifasini bajaradi. O‘t o‘simliklarning po‘stloq va
yog‘ochlik qismi yaxshi rivojlanmagan. Shuning uchun floema va ksilema bog‘lam
hosil qiladi. Bu bog‘lamlar orqali moddalar harakatda bo‘ladi.
1.Floema va ksilemaning joylashishiga qarab o‘tkazuvchi bog‘lamlar
quyidagicha bo‘ladi.
2.Yopiq kollateral bog‘lamda prokambiy to‘liq sarflanib, floema bilan
ksilema yonma – yon joylashadi ( masalan makkajo‘xorida).
3.Ochiq kollateral bog‘lamda prokambiyning bir qismi kambiyga aylanib
floema bilan ksilema o‘rtasida joylashgan bo‘ladi (ikki pallali o‘simliklarda uchraydi).
4.Ochiq bikollateral bog‘lamlarda, floema ksilemaning ikki tomonida, floema
bilan ksilema o‘rtasida kambiy joylashgan bo‘ladi. (masalan qovoq poyasida).
5.Kontsentrik bog‘lamlarda floema ksilemani batamom o‘rab olgan bo‘ladi yoki
aksincha ksilema floemani o‘rab oladi. (bunday bog‘lam ildizpoyalarda uchraydi).
6.Radial o‘tkazuvchi bog‘lamlarning asosiy qismini ksilema tashkil qilib, radial
nur shaklida joylashadi. Radial nurlar orasida floema joylashadi. (bu bog‘lam
birlamchi ildiz tuzilishiga ega bo‘lgan o‘simliklarda uchraydi).
45
3. Darsning maqsadi:
O‘tkazuvchi to‘qima,ularning xillari, vazifasi, bog‘lamlari, uchraydigan joylari
haqida tushuncha berish
4. O‘quv jarayonining mazmuni:
1. O‘tkazuvchi to‘qimaning vazifasi
2. Yuqoriga ko‘tariluvchi va pastga tushuvchi oqim
3. Floema va uning elementlari
4. Ksilema va uning elementlari
5. O‘tli o‘simliklar va daraxtli o‘simliklarda o‘tkazuvchi sistemaning joylanishi
6. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari va uning xillari
7. Yopiq kollateral bog‘lam
8. Ochiq kollateral bog‘lam
9. Ochiq bikollateral bog‘lam
10.Radial bog‘lam
11.Konsentrik bog‘lam
12.Bu bog‘lamlar qanday o‘simliklarda va qaysi organlarda uchrashi
4. O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod,forma (shakl), vosita,
usul, nazorat, baholash).
a) Darsning turi – suhbat
b) Metod – Bumerang, Vertushka
v) Forma – (shakl) guruh
g) Vosita – doska, tarqatma material, mikroskop, tayyor preparatlar, fiksirlangan
material, tablitsa
d) Usul – nutqli
e) Nazorat – kuzatish (ko‘rish)
j) Baholash – o‘z-o‘zini va umumiy baholash
5. Metod – Bumerang, Vertushka, Klaster
Bumerang metodi
Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi va vazifa yozilgan material tarqatiladi. har
bitta guruh o‘z fikrlarini bayon qiladi va guruhlar orasida savol-javob
1-guruhga beriladigan vazifa
1. O‘tkazuvchi to‘qimalarning vazifasi
2. Yuqoriga ko‘tariluvchi oqim
3. Pastga tushuvchi oqim
46
2-guruhga beriladigan vazifa
1. Floema va uning elementlari
a) elaksimon nay
b) yo‘ldosh hujayra
v) floema parenximasi
g) lub tolasi – stereid
3-guruhga beriladigan vazifa
1. Ksilema va uning elementlari
a) traxeya
b) traxeidlar
v) yog‘ochlik parenximasi
g) yog‘ochlik tolasi – libriform
4- guruhga beriladigan vazifa
1. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari
a) Yopiq kollateral
b) Ochiq bikollateral
v) Konsentrik
g) Radial
|