Vertushka metodi
Bu treningda guruhlarga material tarqatiladi va har bir guruh yakka holda to‘g‘ri
javobni belgilaydi. Keyin bu materiallar guruhlarga aralashtirib beriladi, yana
belgilanadi. Guruhlar soniga qarab aylangandan keyin o‘qituvchi va talabalar bilan
umumiy to‘g‘ri javob belgilanadi.
O‘tkazuvchi bog‘lam
xillari
Yopiq
kollateral
bog‘lam
Ochiq
kollateral
bog‘lam
Ochiq
bikollateral
bog‘lam
Radial
bog‘lam
Konsentrik
bog‘lam
1. Floema ksilemaning
atrofini
o‘rab
oladi,
ba'zan ksilema floemani
atrofini o‘rab oladi
2.
Ksilemaning
ikki
tomonida
floema
joylashgan bo‘ladi
3. Floema ksilema bilan
yonma-yon
joylashib
turadi
4.
Ksilema
markazda
radial nurlar hosil qilib
joylashadi, nurlar orasida
floema joylashadi.
5. Prokambiyning bir
qismi kambiyga aylanib,
floema
bilan
ksilema
o‘rtasida
joylashgan
bo‘lsa
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar va ishlash tartibi.
Obyektlarni
o‘rganish:
O‘tkazuvchi
to‘qimalar,
ksilema
va
floema
elementlari va o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari
1-tajriba: - Oshqovoq poyasidan ko‘ndalangiga kesib, preparat tayyorlanadi.
Bir nechta qirqib olingan poyadan eng yupqasini ajratib olib, safronin reaktividan
tomiziladi va qoplag‘ich oyna bilan yopiladi. Mikroskopning kichik obyektivida
poyaning umumiy ko‘rinishi kuzatiladi. Bunda katta va kichik o‘tkazuvchi to‘qima
bog‘lamini ko‘rish mumkin. Barcha yog‘ochlangan hujayralar qizil rangga bo‘yalib
ko‘riladi. Poyaning hamma qismi, poya epidermisi va undan chiqqan hujayrali tuklar,
epidermis ostidagi burchakli kollenxima va sklerenxima halqasi ko‘zdan kechiriladi.
Asosiy to‘qima bilan o‘ralgan o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari ko‘riladi. O‘tkazuvchi
49
to‘qima bog‘lamlari doira bo‘yicha tartibli ravishda joylashgan. Bu preparatdan bitta
o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami o‘rganiladi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami bikollateral
ravishda tuzilgan (ksilemaning har ikkala tomoniga floema joylashgan, ya'ni tashqi va
ichki floema) va ochiq (tashqi floema bilan ksilema o‘rtasida kambiy bor) bog‘lam
bo‘ladi.
2-tajriba: - Makkajo‘xori poyasidan ko‘ndalangiga kesib preparat tayyorlanadi.
Qilinadigan ishlar oshqovoq poyasidagiga o‘xshash bajariladi. Poya tashqi tomonidan
epidermis bilan qoplangan. Epidermis tagida qizil rangga bo‘yalgan sklerenxima
halqasi joylashgan. So‘ngra hamma tomoni asosiy to‘qima bilan o‘ralgan holda
joylashgan o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari ko‘rinadi. O‘tkazuvchi to‘qima
bog‘lamlari sinchiklab ko‘riladi. U kollateral (ksilemaning bir tomoniga floema
joylashgan) va ochiq (floema bilan ksilema o‘rtasida kambiy bo‘ladi) bog‘lam ekanligi
aniqlanadi.
3-tajriba: - Kungaboqarning uzunasiga kesilgan tayyor preparatidan
foydalaniladi. Mikroskopning kichik obyektida qizil rangga bo‘yalgan suv naylar va
traxeidlar ko‘riladi. Eng yirik suv naylaridan to‘rsimon, teshiksimon, halqasimon,
narvonsimon suv naylari hamda sklerenxima va elaksimon naylar mikroskop ostida
ko‘riladi.
4-tajriba: - Makkajo‘xori poyasining uzunasiga kesilgan tayyor preparati
mikroskop ostida ko‘riladi. Shu bilan birga oshqovoq uzunasiga kesilgan poyasi bilan
taqqoslanadi. Makkajo‘xori poyasida suv naylari bor yo‘qligi aniqlanadi.
5-tajriba: - Orlyak qirqqulog‘ining ildizpoyasidan kesilgan tayyor prepatidan
foydalaniladi. Bu preparatdan konsentrik holda joylashgan o‘tkazuvchi to‘qima
bog‘lamlari ko‘riladi. Yuqorida ko‘rsatilgan preparatlarni o‘rganish davrida
to‘qimalarni joylanishi hamda alohida o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari rasmi
chiziladi.
6-tajriba: - Tayyor preparat: gulsafsar ildizining ko‘ndalang kesimi. Radial
o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamiga ahamiyat bering.
Topshiriqlar: - Ksilema va uning elementlari, floema va uning elementlari.
O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlarini, to‘qimalarni ildizpoyalarda joylanishini chizib
oling.
7. Kutiladigan natijalar
O‘qituvchi
a) Mavzu bo‘yicha maqsadni
tushuntirish
b) Talabalarda qiziqish uyg‘otish
v) Yangi texnologik usullarni qo‘llash
Talaba
a) Mavzu bo‘yicha to‘la ma'lumot
olishi
b) Talabalar bilimini shakllantirish
v) Talabalar qiziqish bilan qabul
qilishi
50
8.Kelgusi rejalar
a) O‘qituvchi internetdan yangi
material olish uchun
foydalanishni mukammallashtirish
b) Yangilash va joriy etish
v) Kasbiy tayyorgarlikni
insonparvarlashtirish
a) Talaba ushbu materiallarni
o‘zlashtirish, konspekt
yozish, mustaqil
ishlashi
b) Adabiyotlar bilan ishlash
v) Yangi texnologiyada yondashuv
51
Laboratoriya mashg‘ulot-8
Mavzu: ―Asosiy va ajratuvchi to‘qimalar, bezlar va ularning xillari. Smola
yo‘llari.‖
1.Darsning mazmuni:
Asosiy to‗qimalar birlamchi va ikkilamchi meristemalardan hosil bo‗ladi va
o‗simliklarning yosh poyalari hamda ildizlarida katta qismini egallaydi. Bu
to‗qimaning hujayralari yupqa po‗stli yirik hujayralar bo‗lib, ular asosan modda
almashinuv jarayonida faol ishtirok etib asosiy to‘qimalar deb ataladi.
Asosiy to‗qimalar o‗simliklar organizmida har xil va muhim hayotiy vazifalarni
bajaradi. Bu to‗qimalar joylashishiga va bajaradigan vazifasiga ko‗ra quyidagi
guruhlarga bo‗linadi. Assimilyatsion to‗qima (xlorenxima). Xlorofillga boy bo‗lgan
to‗qima assimilyasion tuqima (xlorenxima) deb ataladi. Assimilyatsion to‘qima
fotosintez jarayonini amalga oshiradi. G‗amlovchi to‗qima. Bu to‗qima hujayralarida
fotosintez va moddalar almashinuvi jarayoni natijasida oqsillar, uglevodlar, moylar
hosil bo‗ladi va to‗planadi. Oziq moddalar o‗simlikning urug‗larida, mevalarida, ko‗p
yillik o‗simliklarning ildizi, poyasi, ildizpoyasi, tuganagi, ildizmevasi va
piyozboshlarida oziq moddalar to‗planadi va o‗simlikning keyingi taraqqiyot davrida
urug‗ning unib chiqishida, o‗simlikning rivojlanishiga sarflanadi. Shamollatuvchi
to‗qima (aerenxima). Hujayra oraliqlari yaxshi taraqqiy etgan parenximani
aerenxima deb ataladi (latincha
«aer» — havo demakdir). Shamollatuvchi to‗qima
o‗simlikning hamma organlariga havo, ya‘ni nafas olish uchun kerak bo‗lgan
kislorodni yetkazib beradi. Aerenxima o‗simlikning hamma organlarida: poya, yer osti
poya, ildiz, barg bandlari va plastinkasi, gul bandlarida bo‗ladi va ayniqsa suvda va
botqoqlikda o‗sadigan o‗simliklarda taraqqiy etgan. So‗ruvchi to‗qima rizoderma
(ildiz)ning so‗rish zonasida joylashgan bo‗lib, u ildiz tuklari va birlamchi
po‗stloqning yosh parenxima hujayralaridan iborat. Ildiz tuklari orqali shimilgan suv
va unda erigan mineral moddalarni ildizning markaziy silindrdagi o‗tkazuvchi
to‗qimaga uzatib boradi. Vellamen epifitlar o‗simliklarning havo ildizlarida
uchraydigan ko‗p qavatli suv shimuvchi ilma-teshik o‗lik hujayralardan tashkil topgan.
Solabdoshlar, kuchaladoshlar oilasi o‗simliklarning havo ildizlarini misol qilishimiz
mumkin.
Ajratuvchi to‘qimalar
Moddalar almashinuvi jarayonida o‘simliklar o‘zidan har xil moddalarni ajratib
chiqaradi. Ajratuvchi to‘qimaning ikki turi: ichki va tashqi sekretsiya to‘qimalari
mavjud. Ichki sekretsiya to‘qimalariga sxizogen va lizigen yo‘llar deb ataluvchi
to‘qimalar, maxsus idioblastlar va qismlarga ajralgan murakkab sut naychalari yoki
sutdonlar kiradi. Bu to‘qimalarda ko‘pincha oshlovchi moddalar, smolalar, efir
moylari va kristallar to‘planadi. Sut naychalari o‘simliklar tanasida tarmoqlanib ketgan
kanallar sistemasidan iborat. Ular ayrim parenxima hujayralardan yoki bir qancha
hujayralarning birlashib ketishidan hosil bo‘ladi. Sut naychalari doimo tirik bo‘lib,
unda kauchuk, smola tomchilari, kraxmal donachalari va alkaloidlar mavjud. Sutsimon
shira ko‘knori, sachratqi, qoqi o‘ti kabi o‘simlik organlarida uchraydi.
52
Murakkab yoki qismlarga ajralgan sutdonlar murtak rivojlanayotgan paytda
gipokotilda va urug‘ pallalarida hosil bo‘la boshlaydi. Apikal meristemaning
differensiatsiyallanishi natijasida yangi sutdon yo‘llar hosil bo‘ladi, keyinchalik ular
birlamchi sutdon yo‘llari bilan qo‘shilib, umumiy murakkab sutdon yo‘llari
sistemasini tashkil qiladi. Astraguldoshlar, ko‘knoridoshlar oilasiga mansub
o‘simliklarda bu xildagi sutdon uchratiladi.
Oddiy yoki qismlarga ajralmagan sutdon yo‘llari murtakdagi boshlang‘ich ildizga va
urug‘ palla o‘rtasida joylashgan bitta yoki bir necha xil hujayralarning kengayib
rivojlanishi natijasida paydo bo‗ladi. Bunday sutdonlarning ba'zilari tarmoqlanmasdan
silindrsimon ko‘rinishni oladi. Chayon o‘ti va nashada sutdonlar kuchli tarmoqlangan,
ya'ni ular o‘simlik tanasi bo‘ylab tarqalgandir.
Sxizogen va lizigen bo‘shliqlar.
Sxizogen yo‘llar to‘qimalardagi hujayralararo bo‘shliqlarning kengayishi natijasida
hosil bo‘ladi. Bu xildagi bo‘shliqlar suv o‘tlaridan laminariyada uchraydi. Lizigen
bo‘shliqlarning kelib chiqishi biroz boshqacharoq ular to‘qimalardagi guruh
hujayralarning erib ketishi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday bo‘shliqlar sitrus
o‘simliklarida, qarag‘aylarda esa smola yo‘llari shaklida ko‘rinadi.
Organlarda smola yo‘llari vertikal va gorizantal joylashgan bo‘lishi mumkin.
Tashqi sekretsiya to‘qimalarga o‘simlikning vegetativ va generativ organlarining
sirtida joylashgan har xil bezli tuklar hamda guldagi nektar bezlari kiradi. Bu
to‘qimalar efir moylari, nektar va suv ajratib turadi.
Epiderma hujayralaridan hosil bo‘lgan bezli tuklar (trixomalar) o‘zlarida
to‘planadigan smola va efir moylarini qattiq, suyuq yoki gaz holatda tashqi muhitga
ajratib turadi. Shu sababli ham ular ajratuvchi tuklar deyiladi. Xashoratxo‘r
o‘simliklarda bunday tuklar yopishqoq pepsin va tripsin moddalarni ajratib turadi.
Gidatodalar suv ustitsalari (og‘izchalari) bo‘lib, eng faol ajratuvchi organlardan biridir.
Ular orqali suv tashqariga tomchilab turadi. Masalan: ko‘zacha bargli koloxaziya
o‘simlik bargidagi gidatodalar 1 minutda 180 tomchiga yaqin suv ajratishi mumkin.
Nektar bezlari bir va ikki pallali o‘simliklar gullarida bo‘lib nektar ajratib turadi.
2.Darsning maqsadi:
Asosiy va ajratuvchi to‘qimalarning tuzilishi, organlarda joylashuvi, ayrim
o‘simliklarda o‘ziga xos bezlar uchrashi va ularda to‘planadigan moddalar haqida
tushuncha berish.
3. O‘quv jarayonining mazmuni:
1. Asosiy to‘qima vazifasi, uning xillari
2. Assimilyatsion (xlorenxima) to‘qima
3. G‘amlovchi to‘qima
4. Shamollatuvchi (aerenxima) to‘qima
5. So‘ruvchi to‘qima
6. Vellamen – suv shimuvchi to‘qima
7. Ajratuvchi to'qima vazifasi, uning xillari
53
8. Tashqi chiqaruvchi to‘qimalar:
a) bezchali tuklar (trixomalar)
b) o‘smalar (emergentlar)
v) nektardonlar
g) gidatodalar
d) hazm bezlari
e) osmaforalar
9. Ichki chiqaruvchi to‘qimalar:
a) idioblastlar
b) sxizogen bo‘shliq
v) lizigen bo‘shliq
g) efir moy kanallari
d) smola yo‘llari
10. Sut naylari:
a) bo‘g‘imli sut naylari
b) bo‘g‘imsiz sut naylari
4. O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma (shakl), vosita,
usul, nazorat, baholash)
a) Darsning turi – suhbat
b) Metod – Vertushka
v) Forma – (shakl) guruh
g) Vosita – doska, tarqatma material, mikroskop, tayyor preparatlar, tablitsa
d) Usul - nutqli
e) Nazorat – kuzatish (ko‘rish)
j) Baholash – o‘z-o‘zini va umumiy baholash
5. Metod – Vertushka, Klaster
54
Vertushka metodi
Bu treningda 3 ta yoki 5 ta guruhga material tarqatiladi va har bir guruh yakka
holda belgilaydi. Keyin bu material guruhlarga aralashtirib beriladi, yana belgilanadi, 3
yoki 5 marta aylangandan keyin o‘qituvchi va talabalar bilan umumiy to‘g‘ri javob
o‘rtoqlashiladi.
№ Asosiy to‘qima xillari Xlorenxi
ma
G‘am-
lovchi
So‘ruv-
chi
Aeren-
xima
Vellam
en
Urug‘-
murtakda
n
so‘ruvchi
qatlam
1 Ildizning so‘rish
zonasida
joylashib,
markaziy o‘tkazuvchi
to‘qimaga
yetkazib
beradi
2 Bu
parenxima
hujay-ralarida
oziq
modda to‘planadi
3 Xloroplastlari bo‘lgan
parenxima hujayralar
4 Hujayrlararo
bo‘shliqlari bo‘lgan
parenxima
5 Hujayralarda
suv
to‘playdigan
parenxim hujayralar
6 Urug‘murtak
qalqonida bo‘ladigan
asosiy to‘qima
55
Vertushka metodi
Bu treningda 3 ta yoki 5 ta guruhga material tarqatiladi va har bir guruh yakka
holda belgilaydi. Keyin bu material guruhlarga aralashtirib beriladi, yana belgilanadi, 3
yoki 5 marta aylangandan keyin o‘qituvchi va talabalar bilan umumiy to‘g‘ri javob
o‘rtoqlashiladi.
№ Tashqi chiqaruvchi
to‘qima
Bezcha
-li
tuklar
O‘sma-
lar
Nektar-
donlar
Gidato-
dalar
Hazm
bezlari
Osmafo
-ralar
1 Fermentlar
va
kis-lotalar yordamida
hashorotlarni
tutib
oziqlanadi
2 O‘simlikning gulida
bo‘lib,
qandsimon
suyuqlik ajratadi
3 Bezchalarning
hosil
bo‘lishida parenxim
hujayralari
ishtirok
etgan, osonlik bilan
sinadigan
o‘yuvchi
moddasi bo‘lgan
4 Suv
tomchilatib
tura-digan to‘qima
5 O‘simlik
guli
tojbarg-larida
uchuvchan
efir
moylari
ajratib
turadi-gan to‘qima
6 Epiderma
hujayralari-dan hosil
bo‘ladigan, sekretlar
(suyuqliklar) bo‗lgan
kutikula qavat
56
Asosiy to‘qima mavzusi bo‘yicha klaster
Asosiy
to‘qima
Assimilyatsion
to‘qima
G‘amlovchi
to‘qima
Shamollatuv-c
hi to‘qima
So‘ruvchi
to‘qima
Vеllamеn
Urug‘murtak
qalqonchasida
gi so‘ruvchi
qatlam
fotosintеz
Oziq modda
to‘plash
Suv shimuvchi
hujayralar
Havo ildizlarda
uchraydi
Solabdoshlar,
kuchaladoshlar
G‘alladoshlar
Erimaydigan
moddalar
Eriydigan
moddalar
Glyukoza,
Alkaloid,
Glikozidlar
Sabzi, qovun,
lavlagi, uzum
Kraxmal
Alеyron
donachalari
Kislorod
tashish
Qamish
Yaqan,
ko‘zacha
Ildiz tuklari
Yosh
parеnxima
hujayralari
Suv va unda
erigan
moddalarni
so‘rish
57
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar va ishlash tartibi.
Obyektlarni o‘rganish : Asosiy to‘qima. Ajratuvchi to‘qimalar.
Kerakli jihozlar: 1. O‘simlik organidan tayyorlangan fiksirlangan material.
2.Safronin, flyuroglyutsin bo‘yog‘i, Sudan III eritmasi va konsentrik xlorid kislota.
1-tajriba: - Qoqi o‘tni ildizdan uzunasiga yupqa qilib kesib preparat tayyorlanadi.
Mikroskop ostida sut naylari ko‘riladi.
2-tajriba: - Tayyor preparat: qarag‘ay novdasidan tayyorlangan preparatdan
sxizogenli to‘qimalarni ko‘ring.
3-tajriba: - Mandarin, apelsin yoki limon bargidan (tayyorlangan preparatdan)
lizigenli chiqaruvchi to‘qimalarni ko‘ring.
4-tajriba: - Bezli tuki bo‘lgan o‘simliklarni bargini epidermisidan preparat tayyorlab,
bezli va bezsiz tuklarni aniqlash (geran, jiyda, kampirchopon barglari ko‘riladi).
Topshiriqlar: - Sut naylari, tashqi va ichki ajratuvchi to‘qimalar, tuklar, bezli tuklarni
rasmi chiziladi.
7.Kutiladigan natijalar
O‘qituvchi
a) Mavzu bo‘yicha maqsadni
tushuntirish
b) Talabalarda qiziqish uyg‘otish
v) Yangi texnologik usullarni qo‘llash
Talaba
a) Mavzu bo‘yicha to‘la ma'lumot
olishi
b) Talabalar bilimini shakllantirish
v) Talabalar qiziqish bilan qabul
qilishi
8.Kelgusi rejalar
a) O‘qituvchi internetdan yangi
material olish uchun foydalanishni
mukammallashtirish
b) Yangilash va joriy etish
v) Kasbiy tayyorgarlikni
insonparvarlashtirish
a) Talaba ushbu materiallarni
o‘zlashtirish, konspekt
yozish, mustaqil ishlashi
b) Adabiyotlar bilan ishlash
v) Yangi texnologiyada yondashuv
58
Laboratoriya mashg‘ulot-9
Mavzu: “Birlamchi va ikkilamchi Ildizning ichki tuzilishi. Kambiy hosil
bo’lishi.”
1.Darsning mazmuni:
Evolyutsion taraqqiyot davrida ildiz poya va bargdan keyin paydo bo‘lgan,
shuning uchun suv o‘tlar, zamburug‘lar, moxlarda ildiz bo‘lmaydi. Ularda ildiz o‘rnida
bir yoki ko‘p xujayrali tuklar mavjud bo‘lib, ular rizoidlar deyiladi. Ular ildiz
vazifasini bajaradi. Ildiz poyadan barg kurtagining yo‘qligi, ammo uchki
meristemasida ildiz qini mavjudligi bilan farqlanadi.
Ildizlar uchida ayrim vazifalarni bajaruvchi organlar ildiz zo‘nalari deyiladi.
Ular ildiz qini, bo‘linish zo‘nasi, o‘sish zo‘nasi, so‘rish zo‘nalaridir. So‘rish
zo‘nasining boshlang‘ich qismida hujayralar differentsiyaga uchrab, uchta zo‘na hosil
qiladi: epiblema, birlamchi po‘stloq va markaziy silindir.
Ildizning tuzilishi ildiz tukchalari bo‘lgan so‘rish zo‘nasida o‘rganiladi, chunki bu
zo‘nada to‘qimalar differentsiyasi tugallangan. Birlamchi po‘stloq ekzoderma,
mezoderma, endoderma qavatlaridan iborat.
Ochiq urug‘li va ikki pallali o‘simliklarda floema va ksilema orasidagi meristema
hujayralar prokambiyni bo‘linishi natijasida ikkilamchi tuzilishga o‘tadi. Ildizning
markziy silindirda ksilema va floema oralig‘idagi parenxima hujayralari meristematik
xususiyatga ega bo‘lib, bo‘linish natijasida bir qator tirik parenxima hujayralaridan
tashkil topgan yoysimon kambiy hosil qiladi. E k z o d e r m a - y u p q a s e l l u l o z a
p o ‗ s t l i , k o ‗ p q i r r a l i , y i r i k p a r e n x i m a h u j a y r a l a r d a n t u z i l g a n .
E k z o d e r m a e piblema nobud bo‗lgandan keyin himoya funksiyasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |