Etioplastlar va geronoplastlar.
Ba‘zi gulli o‗simliklarda tilakoidlarning hosil bo‗lishning oxirgi bosqichi
yorug‗likka bog‗liq. Bu o‗simliklarning plastidalar yorug‗lik etishmaganda
etioplastlarga aylanadi. Etioplastlar-xloroplastlar biogenezining o‗ziga xos
shaklidir. Etioplastlarda tillakoid membranalarining komponentlari yoki
ularning davomchisi prolomellyar tanachalar shaklida to‗planadi. Etioplastlar
karatinoidlar ishtirokida och-sariq rangga bo‗yaladi. Misol uchun qorong‗uda
saqlangan kartoshkaning unib chiqqan yosh novdalari anashu rangga bo‗yalgan
bo‗ladi. Qadimda xloroplastlar deganda hamma plastidalarning yig‗indisi
tushunilgan, garchi ularda xlorofill saqlanmagan va fotosintez jarayonida
ishtirok etmagan bo‗lsada. Ammo ularda karatinoidlar mavjud bo‗lib, ular
sariq, qizil va zarg‗aldoq ranglar bergan. Karatinoidlar ulushining ko‗payishini
kuzgi barlarning plastidalarida xromoplastlarning qariyotganini kuzatishimiz
mumkin. Keyinchalik kuzga barglar plastidalarini geronoplastlar deb
yuritiladi.
2.Darsning vazifasi:
Hujayraning turgor, plazmoliz va deplazmoliz holatini kuzatish,
plastidlarni aniqlash.
3. O‘quv jarayonining mazmuni.
1. Hujayraning osmotik bosimi
2. Hujayraning turgor holati
3. Hujayraning plazmoliz va deplazmoliz holati
4. Plastidalar - hujayra organoidi
5. Plastidalarning shakllari
6. Plastidalarning xillari
7. Xloroplastlarning uchraydigan organlari, vazifasi va biologik
ahamiyati
8. Xromoplastning uchraydigan organlari va vazifasi
9. Leykoplastning uchraydigan organlari, vazifasi
4.O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma
(shakl), vosita,usul, nazorat, baxolash).
a) Darsning turi - suhbat
b) Metod: - Bumerang, Blits o‘yin
v) Forma (shakl) - guruh
g) Vosita - doska, tarqatma material, tablitsa, tayyor preparat, mikroskop
d) Usul - nutqli
e) Nazorat — kuzatish (ko‘rish)
j) Baxolash - o‘z-o‘zini va umumiy baxolash
16
5. Metod - Bumerang, Blits o‘yin.
Bumerang treningi
Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi va vazifa yozilgan material
tarqatiladi. har 1 ta guruh o‘z fikrini bayon qiladi va guruhlar orasida
savol-javob ketadi.
1 - guruhga beriladigan vazifa
1. Hujayradagi osmotik bosim holati
2. Hujayraning turgor holati
3. Hujayraning plazmoliz va deplazmoliz holati
2- guruhga beriladigan vazifa
1. Plastidalar qanday organoidlar va ularning shakllari
2. Plastidalar rangiga qarab necha xil bo‘ladi
3. Plastidalarning uchraydigan joylari
3- guruhga beriladigan vazifa
1. Xloroplast - uchraydigan organlari, vazifasi, biologik ahamiyati.
2. Xromoplast - uchraydigan organlari, vazifasi va biologik ahamiyati
3. Leykoplast - uchraydigan organlari, vazifasi va biologik ahamiyati
Blits-o‘yin
Bu metodni o‘tkazilish tartibi. har bir guruh talabalariga yuqorida
ko‘rsatilgan vazifa tarqatiladi. Talabalar to‘g‘ri deb hisoblagan raqamni "yakka
baxo" qatoriga yozib chiqishadi. O‘qituvchi to‘g‘ri javob e'lon qilgandan keyin,
har bir guruh o‘z xatolarini "gurux xatosi" qatoriga yozadi. Natijada to‘gri,
noto‘g‘ri javoblar solishtirilib, guruh baxosi hisoblab chiqiladi.
Guruh
baxosi
Guruh
xatosi
To‘g‘ri
javob
Yakka
xato
Yakka
baxo
Gurux
ichidan
chetlatish
Hujayraning turgor,
plazmoliz va deplazmoliz
holati
1.Filtr qogoz qoplag‘ich
oyna ostidagi suvning
bir qismini shimib olgach
uning o‘rniga eritma
kiradi va hujayralarda
asta sekin plazmoliz xo-
17
disasi yuz beradi. Bunda
xlorofill donachalari
bir -biriga yopishib hu-
jayraning o‘rtasiga to‘p-
lanadi.
2. Valisneriya hujayra-
sining turgor holati
tekshiriladi.
3. Preparatni qo‘zg‘atmas-
dan turib qoplag‘ich oyna
ostidagi suvni to‘yingan
osh tuzi bilan
almashtiriladi. Buning
uchun qoplagich oynaga
taqab fil'tr qog‘oz
tekkiziladi.
4. Valisneriya bargidan
ozgina olib buyum oynasi-
dagi suv tomchisiga qo‘yib
yopqich oyna yopiladi.
5. Preparatdan osh tuzi
eritmasini suvga almash-
tirilsa deplazmoliz ho-
disasi sodir bo‘ladi.
6. Turgor holatida xlo-
rofill donachasi hujay-
raning po‘stiga yaqin joyda
harakat qiladi. Bu bilan
hujayra
sitoplazmasining
harakati turgor holat va
xlorofill
donachasi
kuzatiladi.
18
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar
1.Topshiriq: hujayraning turgor, plazmoliz va deplazmoliz xolatini kuzatish,
plastidlarni aniqlash.
Ob'ektlar: valisneriya, pamidor, marjon daraxtining bargi
1- tajriba: Turgor va plazmoliz holatini kuzatish uchun valisneriya
o‘simligidan preparat tayyorlash.
2- tajriba: Xromoplastni aniqlash uchun buyum oynasiga pamidorni
yumshoq etidan ozgina solib suv tomizib, qoplag‘ich oyna bilan yopib
kuzating.
3 - tajriba: Marjon daraxtining bargini epidermisi shilinib, mikroskopning
katta ob'ektivida kuzatilganda - leykoplastlar yadro atrofida yaltillab ko‘rinadi.
Topshiriq: Hujayradagi turgor va plazmoliz xolati, plastidalarning xilllari
rasmini chizib nomini yozing.
7. Kutiladigan natijalar
O‘qituvchi
a) Mavzu bo‘yicha maqsadni
tushuntirish
b) Talabalarda qiziqish
uyg‘otish
v) Yangi texnologik usullarni
qo‘llash
Talaba
a) Mavzu bo‘yicha to‘la malumot
olishi
b) Talabalar bilimini shakllantirishi
v) Talabalar qiziqish bilan qabul
qilishi
8. Kelgusi rejalar
a) Talaba ushbu materiallarni
o‘zlashtirish, konspekt yozish,
mustaqil ishlashi
b) Adabiyotlar bilan ishlashi
v) Yangi texnologiyaga yondashuvi
a) O‘qituvchi internetdan yangi
material olish uchun foydalanishni
mukammallashtirish
b) Yangilash va joriy etish
v) Kasbiy tayyorgarlikni
insonparvarlashtirish
19
Laboratoriya mashg‘ulot—3
Mavzu: Xujayradagi zahira oziq moddalar.
1.Darsning mazmuni:
Xujayradagi zahira moddalar.
Hujayrada o‘simlikning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan organik
moddalar zahira vujudga kelib turadi. Bunday zahira moddalar o‘simlik ildizi,
ildizpoyasi, kartoshkasi, piyozi, mevasi va urug‘idagi parenxima xujayralarida
to‘planadi.
Sitoplazmadagi zahira moddalarga: uglevodlar, oqsil va yog‘lardan
iborat organik moddalar kiradi.
Uglevodlar. Sitoplazmada kraxmal shaklida vujudga keladi. Kraxmal
dumaloq, tuxumsimon shakldagi donachalardan iborat bo‘lib, u assimilyatsion
yoki birlamchi va zahira kraxmal yoki ikkilamchi kraxmal holida vujudga
keladi.
Birlamchi kraxmal barglarda assimilyatsiya tufayli hosil bo‘ladi. U
diastaza fermenti ta'sirida shakarga aylanadi. Shakar suvda yaxshi erib,
o‘simlik tanasi bo‘ylab harakat qilib urug‘, ildiz, tuganakga borib amilaza
fermenti ta'sirida ikkilamchi kraxmalga aylanadi.
Kraxmal donachalari tuzilishi jihatidan oddiy va murakkab bo‘ladi.
Oddiy donachalarni hosil etuvchi markaz bitta bo‘ladi. Oddiy
kraxmallarni hosil qiluvchi markaz hujayraning o‘rtasida bo‘lsa kontsentrik,
chekkasida bo‘lsa ekstsentrik kraxmal deyiladi.
Murakkab kraxmal donachalarning har biri bir necha donachalardan
iborat bo‘lib, o‘zaro zich qo‘shilgan, ammo bir - biridan osongina ajraladigan
bo‘ladi.
Yarim murakkab donachalarda - kraxmal donachasining hosil etish
markazi bir nechta bo‘lib, ular o‘ziga xos umumiy qavat bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Oksillar.
Oqsillar oziqa moddalar sifatida o‘simliklar urug‘ida oddiy va murakkab
aleyron yoki protein donachasi holida to‘planadi.
Aleyron donachalar yumaloq yoki oval shaklida bo‘lib, hujayra
shirasining qurib quyuqlashishidan xosil bo‘ladi.
Mayda aleyron donachalari oddiy aleyron donachalari deyilib, uning
tarkibida boshqa qo‘shilmalar bo‘lmaydi.
Murakkab aleyron donachalar yirik va murakkab tuzilishga ega bo‘lib
ularning tarkibida glaboid va kristalloidlar mavjud bo‘ladi.
Yog‘lar.
Yog‘ yumaloq, tiniq tomchi shaklida bo‘lib, o‘simliklarning mevasi va
urug‘ida to‘planadi. Suvda erimaydi, ammo efir va benzin kabi organik
erituvchilarda eriydi.
20
2.Darsning vazifasi:
Hujayralardagi zahira oziqli moddalar va ularni aniqlash reaktsiyalarini
o‘rganish.
3.O‘quv jarayonining mazmuni.
1. Zahira oziq moddalarning ahamiyati
2. Zahira oziq moddalarning turlari
3. Oqsillar - tuzilishi, uchraydigan joyi
4. Yog‘lar - tuzilishi, uchraydigan joyi
5. Uglevodlar - tuzilishi, uchraydigan joyi
6. Oziqli moddalarni mikroreaktsiyalar bilan aniqlash usullari
4. O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma (shakl),
vosita,usul, nazorat, baxolash).
a) Darsning turi - suhbat
b) Metod: - Bumerang vertushka
v) Forma (shakl) - guruh
g) Vosita - doska, tarqatma material, tablitsa, tayyor preparat,
mikroskop
d) Usul - nutqli
e) Nazorat — kuzatish (ko‘rish)
j) Baxolash - o‘z-o‘zini va umumiy baxolash
5. Metod - Bumerang, Vertushka, Baliq skeleti.
Bumerang treningi
Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi va vazifa yozilgan material
tarqatiladi. Har 1 ta guruh o‘z fikrini bayon qiladi va guruhlar orasida
savol-javob ketadi.
1 - guruhga beriladigan vazifa
1. Zahira oziq moddalar o‘simlikning qaysi organidagi hujayralarida
to‘planadi
2. Zahira oziq moddalarning vazifasi
3. Zahira oziq moddalarning xillari
21
2 - guruhga beriladigan vazifa
1. Uglevodlarning tuzilishi va ularni aniqlash usuli
2. Oqsillarning tuzilishi va ularni aniqlash usuli
3. Yog‘larning tuzilishi va ularni aniqlash usuli
Vertushka metodi.
Bu treningda guruhlarga material tarqatiladi va har bir guruh yakka
xolda to‘g‘ri javobni belgilaydi. Keyin bu materiallar guruhlarga aralashtirib
beriladi, yana belgilanadi. Guruhlar soniga qarab aylangandan keyin o‘qituvchi
va talabalar bilan umumiy to‘g‘ri javob belgilaniladi.
№
Hujayradagi
zapas oziq
moddalar va
plastidalar
Sudan
III
Lyugol
Yashil
Sariq
Oq
(rangsiz)
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Kraxmal
donachalari
ko‘kimtir binafsha
rangga bo‘yaladi.
Yog‘ tomchisi
qizil rangga
bo‘yaladi
Oqsil donachalari
tilla sariq rangga
bo‘yaladi.
Xloroplast
Leykoplast
Xromoplast
22
―Baliq skeleti‖ chizmasi
―Baliq skeleti‖ chizmasi bir qator muammolarni tasvirlash va uni echish imkonini beradi. Tizimli fikrlash, tuzilmaga
keltirish, tahlil qilish ko‗nikmalarini rivojlantiradi. Talabalar chizmani chizish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik
guruhlarda yuqori ―suyagida‖ kichik muammoni, pastda esa, ushbu kichik muammolar mavjudligini tasdiqlovchi dalillar yoziladi.
Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o‗zlarini chizmalarini to‗ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar. Ish natijalarini
taqdimoti.
Hujayradagi
zahira oziq
moddalarni va
plastidalarni
aniqlash
23
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar
Topshiriq: Hujayradagi zahira oziq moddalarni aniqlash.
Ob'ektlar: kanakunjut urug‘i, kartoshka tuganagi.
1- tajriba: - Kartoshka tuganagidan ozroq qirib olib buyum oynasiga
qo‘yiladi va uning ustiga Lyugol eritmasi tomizib, qoplag‘ich oyna bilan yopib
mikroskopda ko‘riladi. Bunda kraxmal donachalari ko‘kimtir binafsha rangga
bo‘yalgani kuzatiladi.
2-tajriba: - Kanakunjut urug‘ining qattiq po‘sti olib tashlanib, mag‘izi
buyum oynasiga surtiladi. Uning ustiga Sudan III eritmasi tomizib
qizdiriladi. So‘ng bir tomchi suv tomizib, qoplag‘ich oyna bilan yopib
mikroskopda ko‘riladi. Bunda yog‘ tomchilarining qizil rangga bo‘yalganligi
kuzatiladi.
3-tajriba: - Yana kanakunjut urug‘ining mag‘izi buyum oynasiga surtiladi.
Uning ustiga Lyugol eritmasidan tomizilib qoplag‘ich oyna bilan yopib
mikroskopda ko‘riladi. Bunda oqsil donachalari tilla sariq rangga buyalgani
kuzatiladi.
Topshiriq: Hujayradagi kraxmal, oqsil va yog‘ tomchilarining rasmini chizib
nomini yozing.
7. Kutiladigan natijalar
O‘qituvchi
a) Mavzu bo‘yicha maqsadni
tushuntirish
b) Talabalarda qiziqish
uyg‘otish
v) Yangi texnologik usullarni
qo‘llash
Talaba
a) Mavzu bo‘yicha to‘la ma'lumot
olishi
b) Talabalar bilimini
shakllantirishi
v) Talabalar qiziqish bilan qabul
qilishi
8. Kelgusi rejalar
a) Talaba ushbu materiallarni
o‘zlashtirish, konspekt yozish,
mustaqil ishlashi
b) Adabiyotlar bilan ishlashi
v) Yangi texnologiyaga yondashuvi
a) O‘qituvchi internetdan yangi
material olish uchun foydalanishni
mukammallashtirishi
b) Yangilash va joriy etish
v) Kasbiy tayyorgarlikni
insonparvarlashtirish
24
Laboratoriya mashg‘ulot — 4
Mavzu: Kristallar va ularning tuzilishi. Vakuola, xujayra po‘sti va ularni
aniqlash reaksiyalari.
1. Darsning mazmuni:
Hujayraning markaziy qismida vakuolalar deb ataladigan pufakchalar
yoki bo‘shliqlar bo‘ladi. Yoshroq hujayralarda vakuolalar hujayra sitoplazmasi
orasida tarqoq xolda joylashgan bo‘lib, hujayra voyaga etishi bilan ular
kattalashib boradi. Vakuolalar turli organik va mineral moddalarning suvli
eritmasi bo‘lgan hujayra bo‘ladi.
Hujayra shirasi - yopishqoq suyuqlik bo‘lib, tarkibida shakar, har xil
organik kislotalar, inulin, oshlovchi moddalar, alkaloidlar, glyukozalar, efir
moylari va boshqa moddalar ham uchraydi.
Hujayra shirasida ikki xil pigment (bo‘yovchi modda): antotsian va
antoxlor bo‘ladi. Hujayra shirasining muxiti ishqoriy va nordon bo‘lishi
mumkin. Hujayra shirasi nordon reaktsiyada bo‘lsa, antotsian uni qizartiradi.
Ishqoriy bo‘lsa - moviy tusga kiritadi. Antoxlor gul va mevalarni sariq tusga
kiritadi. Shu pigmentlar tufayli gullar rang- barang bo‘lib, xashoratlarni o‘ziga
jalb etadi.
Hujayra shirasidagi erigan moddalarning ayrimlari zahira holda
to‘plansa, boshqalari chiqindi moddalar bo‘lib, ular hujayra hayotida muhim
ahamiyatga ega.
Chiqindi moddalar.
O‘simliklarning hujayra shirasida ko‘pincha chiqindi moddalar hosil
bo‘ladi.
Chiqindi moddalar kristallar holida uchraydi. Bu kristallar oksalat
kislotaning kaltsiy tuzidan iborat bo‘lib, o‘simlikni xayvon va hashoratlarning
yoyishidan saqlaydi.
O‘simlik hujayrasida uch xil kristallar ko‘proq uchraydi
1. Yakka kristallar - uch burchak, to‘rt burchak, kubik, prizma, romb
shakllarida bo‘ladi. Yakka kristallar piyoz qobig‘ida to‘planadi.
2.
Druzlar
-
yulduz
shaklidagi
qirrali
kristallar
bo‘lib,
bangidevona,g‘o‘za kabi o‘simliklarda to‘planadi.
3. Rafidlar - ignasimon, ikki uchi o‘tkir kristallardir. Ular
marvaridgulda uchraydi.
Ba'zi o‘simliklarda qumli xaltachalar, shingil shaklidagi-sistolitlar, fikus,
gazanda o‘t bargida to‘planadi.
Hujayra po‘sti.
Hujayra po‘sti protoplastning mahsuli hisoblanadi. Hujayra po‘sti
xujayralarni bir biridan ajratib, ularni ma'lum shaklga kiritib, protoplastni
tashqi noqulay ta'sirotlardan saqlaydi.
Hujayra po‘stida teshikchalar bo‘lib, shu teshikchalar orqali hujayralar
o‘zaro munosabatda bo‘ladi; bunda yonma - yon joylashgan ikkita hujayra
25
teshikchalari bir - biriga qaragan bo‘ladi.
Hujayra po‘stining kimyoviy tarkibi o‘simlik turiga qarab har xil bo‘ladi.
U asosan sellyuloza, gemitsellyuloza va pektindan iborat bo‘ladi.
Zamburug‘ va bakteriyaning xujayra po‘sti azot va xitin moddasidan
tuzilgan.
Ko‘k yashil suv o‘tlarida esa pektin moddalaridan tarkib topgan.
Gemitsellyuloza sellyulozadan tarkibi va mustahkam emasligi bilan
farqlanadi. Hujayra po‘sti sellyulozadan tarkib topgan bo‘lsa, u o‘zidan suv va
havoni osongina o‘tkazib tura oladi.
Hujayra po‘stining kimyoviy tarkibi yoshiga qarab o‘zgarib turadi.
Chunki ularning devori xossalarini o‘zgartirib yuboradigan organik va mineral
moddalarni shimib oladi. Bu o‘zgarishlar asosan bir necha protsesslardan:
yog‘ochlanish, po‘kaklanish, shilimshiqlanish va minerallanish kabilardan
iborat.
Hujayra po‘sti organik modda lignin bilan to‘yinsa – yog‘ochlanadi,
suberin bilan to‘yinsa po‘kaklanadi, kutinlashganda mumsimon (moysimon)
modda bilan to‘yingan bo‘ladi.
Suberin va kutin tirik hujayralarda hosil bo‘ladi va to‘planadi, chunki
ular sitoplazmaning mahsulidir.
Shilimshiqlanish suv o‘tlarida, zamburug‘larda, behi urug‘ida bo‘ladi,
shilliq modda namni saqlab hujayrani qurib qolishdan asraydi.
2. Darsning vazifasn.
Hujayrada to‘planadigan chiqindi moddalar, hujayra shirasi va hujayra
po‘stining holatlari, vazifalari, kimyoviy o‘zgarishlari va ularni aniqlash
usullari o‘rganiladi.
3. O‘quv jarayonining mazmuni.
1. Chiqindi moddalar qanday holatda bo‘lishi
2. Kristallar hujayraning qaysi qismida to‘planishi
3. Kristallarning kimyoviy tarkibi va shakllari
4. Hujayra shirasining hosil bo‘lishi
5. Hujayra vakuolasidagi moddalar va ularni aniqlash usullari
6. Hujayra po‘stining vazifasi
7. Hujayra po‘stida kechadigan kimyoviy o‘zgarishlar
8. Hujayra po‘stining kimyoviy tarkibini aniqlash usullari
4.O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma
(shakl), vosita, usul, nazorat, baxolash).
a) Darsning turi - suhbat
b) Metod: - Bumerang, Vertushka
v) Forma (shakl) – guruh
26
g) Vosita - doska, tarqatma material, tablitsa, tayyor preparat, mikroskop
d) Usul - nutqli
e) Nazorat - kuzatish (ko‘rish)
j) Baxolash - o‘z-o‘zini va umumiy baxolash
5. Metod - Bumerang, Vertushka
Dostları ilə paylaş: |