6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar va ishlash tartibi
1 – tajriba: - Makkajo‘xori poyasidan ko‘ndalang kesik tayyorlab, unga safranin
eritmasidan tomiziladi. Bunda kolloteral bog‘lamni, yani ksilemaning bir tomonida
floema joylashgan bo‘lib, yopiq bog‘lam ekanligi kuzatiladi. Bir pallali o‘simlikda
o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari tartibsiz joylashgan bo‘ladi.
2 – tajriba: - Ikki pallali o‘simlikni poyasi, oshqovoqdan ko‘ndalang kesik tayorlab,
unga safronin reaktividan tomizib, mikroskopda ko‘riladi va o‘tkazuvchi to‘qima
bog‘lamlari bikolloteral tipda tuzilganligi aniqlanadi. Bunda ksilemaning xar ikki
tomonda floema joylashgan bo‘lib, kambiy borligi uchun ochik bog‘lamligi kuzatiladi.
Ikki pallali o‘simliklarni o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari tartibli joylashganini
ko‘riladi.
3. – tajriba: - Ikki pallali o‘simlikni poyasidan kesik tayyorlab, floema va ksilema
bog‘lam shaklida bo‘lmay, balki tutash, yani aylana shaklida joylashganini ko‘rish.
Topshiriq: - Bir va ikki pallali o‘tli o‘simlik poyalarida to‘qimalarning joylanishini
rasmini chizib, qismlarini yozing. Bog‘lamsiz poya tuzilishining rasmini chizib,
nomini yozing.
70
7.Kutiladigan natijalar
O‘qituvchi Talaba
a)Mavzu bo‘yicha maqsadni a)Mavzu bo‘yicha to‘la malumot
tushuntirish olishi
b)Talabalarda qiziqish b)Talabalar bilimini shakl-
uyg‘otish lantirishi
v)Yangi texnologik usullarni v)Talabalar qiziqish bilan
qo‘llash qabul qilishi
8.Kelgusi rejalar
a)O‘qituvchi internetdan yagi a)Talaba Ushbu materiallarni
material olish uchun foydalanishni o‘zlashtirish, konspekt yozish,
mukammallashtirishi mustaqil ishlashi
b)Yangilash va joriy etish b)Adabiyotlar bilan ishlashi
v)Kasbiy tayyorgarlikni v)Yangi texnologiyaga yondashuvi
insonparvarlashtirish
71
Laboratoriya mashg‘ulot – 12
Mavzu: ―Yog‘ochli o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi‖
1.Darsning mazmuni:
Yog‘ochli o‘simliklar poyasi 3 qismga bo‘linadi: po‘stloq, yog‘ochli va o‘zak.
Daraxtlar poyasining ustki tomoni periderma bilan qoplangan. Daraxtning
po‘stloq qismi ikkiga bo‘linadi: birlamchi po‘stloq unga peridermadan ikkilamchi
floemagacha bo‘lgan to‘qimalar kiradi. Bu to‘qimalar – kollenxima, ozik
moddalar to‘plovchi asosiy to‘qimalar, peritsikl qoldig‘i va birlamchi floemadan
iborat. Ikkilamchi po‘stloqa ikkilamchi floema elementlari va o‘zak nur xujayrasi
kiradi. Po‘stloq bilan yog‘ochlikni kambiy chegaralab turadi.
Yog‘ochlik qismida o‘tkazuvchi to‘qima xar xil naycha va traxeidlardan
iborat. Yog‘ochlik parenximasida oziq moddalar to‘planadi. O‘zak nur
xujayralari poyada radius bo‘ylab joylashgani uchun, radial nurlar deb ham
ataladi.
Daraxtli o‘simliklarning eniga yo‘g‘onlashuvi kambiy faoliyatiga bog‘liq.
O‘zak qismi poyaning markazida joylashgan bo‘lib, uning xujayralari xar xil
moddalar – oshlovchi moddalar ta‘sirida qoramtir sariq, ko‘ng‘ir tusga kiradi.
2.Darsning maqsadi:
Daraxtli o‘simliklar poyasidagi to‘qimalarning joylanishi, vazifalarini, poyalarning
eniga yo‘g‘onlashuvi kambiy faoliyatini o‘rganish.
3.O‘quv jarayoning mazmuni:
1. Ikkilamchi qoplovchi to‘qima – periderma va uning tuzilishi
2. Daraxtsimon o‘simliklar poyasining ichki tuzilishidagi qismlari
3. Birlamchi po‘stloqdagi to‘qimalar va ularning vazifasi
4. Ikkilamchi po‘stloqdagi to‘qimalar va ularning vazifasi
5. Ikkilamchi yog‘ochlikdagi to‘qimalar va ularning tuzulishi
6. O‘simlik poyasining yo‘g‘onlashuvida kambiy faoliyati
7. Yillik xalqaning hosil bo‘lishi
8. Yog‘ochlik yadrosi tarkibi va vazifasi
9. Ninabargli o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi
4. O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma (shakl), vosita,
usul, nazorat, baxolash)
a) Darsning turi – suxbat
b) Metod: - Blits o‘yin, Bumerang
v) Forma (shakl) – gurux
g) Vosita – doska, tarqatma material, tablitsa, tayyor preparat, mikroskop
d) Usul – nutqli
72
e) Nazorat – kuzatish (ko‘rish)
j) Baxolash – o‘z-o‘zini va umumiy baxolash
5.Metod – Vertushka
№ Yog‘ochli o‘simliklar
poyasidagi xujayralar
Peri-d
erma
Birlamchi
po‘stloq
Ikkilamchi
po‘stloq
Ikkilamchi
yog‘ochlik
Birlamchi
yog‘ochlk
O‘zak
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
Epiderma qoldiqlari
Kollenxima
Sklerenxima -
libriform
O‘zak nur
xujayralari(birlamchi)
Yog‘ochlik yadrosi
Birlamchi floema
Yirik suv naychalari
Radial nurlar
Ikkilamchi lub
Prokambiy qoldiqlari
Fellema, fellogen,
felloderma
Kuzgi yog‘ochlik
Po‘stloq parenximasi
Floema tolasi
Baxorgi yog‘ochlik
(yillik xalka)
Ikkilamchi nur
xujayralari
73
Blits o‘yin
Guruh
baxosi
Guruh
xatosi
To‘g‘ ri
javob
Yakka
xato
Yakka
baxo
Guruh
ichidan
chetlatish
Yog‘ochli o‘simliklar poyasining
ichki tuzilishi
1. Birlamchi po‘stloqda peritsikl
qoldiqlari, oziq moda to‘plovchi
parenxima xujayralari, birlamchi
floema xujayralari bo‘ladi.
2. Baxorda kambiy xujayralari
ichkariga qarab bo‘linib yog‘och
likning yirik suv kanalchalarini
hosil qiladi.
3. Ikkilamchi yog‘ochlikda xar xil
naychalar va traxeidlardan, oziq
moddalar to‘plovchi yog‘ochlik
parenximasidaniborat.
4. Po‘stloq qism ikkiga bo‘linadi:
birlamchi po‘stloq va ikkilamchi
po‘stloq.
5.
Daraxtsimon
o‘simliklar
poyasining
ko‘ndalang
kesimi
3qismdan
iborat:
po‘stloq,
yog‘ochlik, o‘zak.
6. Hosil bo‘lgan bu yirik suv
naychalar
kuzdagi
mayda
xujayralardan farq qilib, yillik
halqani hosil qiladi
7.
Ikkilamchi
yog‘ochlikda
joylashgan
mexanik
to‘qima
vazifasini bajaruvchi sklerenxima
libriform deb ataladi.
8. Daraxtlar poyasining ustki
tomoni periderma bilan qoplangan.
9. O‘zak nurlari yirik parenxima
xujayralardan iborat bo‘lib, poyada
radius bo‘ylab joylashgan.
10.
Ikkilamchi
po‘stloqda
ikkilamchi floema elementlari va
o‘zak nur xujayralari joylashgan.
11. Po‘stloq bilan yog‘ochlikni
kambiy chegaralab turadi.
74
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar va ishlash tartibi
1 – tajriba: - Ko‘p yillik tok o‘simligining novdasidan kesma tayyorlab, yog‘ochlik
qismini safranin eritmasi bilan bo‘yab to‘qimalarni joylanishini aniqlang.
2 – tajriba: - Lipa daraxtining novdasidan tayyorlangan tayyor preparatni ko‘rib,
to‘qimalarni joylanishini aniqlang:
a) peridermadagi fellema, fellogen va fellodermani kuzating
b) birlamchi po‘stloqni chegarasini kuzating
v) ikkilamchi to‘qimadagi floema elementlarini kuzatib o‘zak nur
xujayrasini ajrating
g) kambiyni o‘rganish
d) Yog‘ochlikda joylashgan mayda va yirik suv kanalini kuzatib, yillik
xalqalarni sanash
e) O‘zakdagi xujayralarni o‘rganish
3 – tajriba: - Qarag‘ay poyasidagi smola yo‘llari, po‘stloq va yog‘ochlik qismidagi
to‘qimalar bilan tanishish.
Topshirik: - Yog‘ochli poyaning ichki tuzilishidagi to‘qimalarni o‘rganib, rasmini
chizish.
7.Kutiladigan natijalar
O‘qituvchi Talaba
a)Mavzu bo‘yicha maqsadni a)Mavzu bo‘yicha to‘la ma‘lumot
tushuntirish olishi
b)Talabalarda qiziqish b)Talabalar bilimini shakl-
uyg‘otish lantirishi
v)Yangi texnologik usullarni v)Talabalar qiziqish bilan
qo‘llash qabul qilishi
8.Kelgusi rejalar
a)O‘qituvchi internetdan yangi a)Talaba ushbu materiallarni
material olish uchun foydalanishni o‘zlashtirish, konspekt yozish,
mukammallashtirishi mustaqil ishlashi
b)Yangilash va joriy etish b)Adabiyotlar bilan ishlashi
v)Kasbiy tayyorgarlikni v)Yangi texnologiyaga
insonparvarlashtirish yondashuvi
75
Laboratoriya mashg‘ulot- 13, 14
Mavzu: Fiksirlangan material asosida yuksak o‘simliklarni anatomik tuzilishini
aniqlash.
1.Darsning mazmuni:
Talabalar amaliy mashg‘ulot davomida olgan bilmlarini yanada mustahkamlash
maqsadida quyidagi mashg‘ulot o‘tkaziladi. O‘simlik organlarining aniqlash kalitidan
foydalanib, to‘qimalarning joylanishini o‘rgangan holda o‘simlik organlarini (ildiz,
poya, barg) va sinfini (bir, ikki pallali) aniqlaydilar.
2.Darsning maqsadi:
Yuksak o‘simliklar organlaridan kesik tayyorlash, kesiklardagi to‘qimalarning
joylanishini o‘rganish va o‘simlik organlarini va sinfini aniqlash.
3.O‘quv jarayonining mazmuni:
1.Ildiz zonalari
2.Birlamchi ildiz tuzilishi
3.So‘ruvchi zonasining ko‘ndalang kesimi:
a) epiblema b) birlamchi po‘stloq qismi
v) markaziy silindr tuzilishi
4.Ikkilamchi ildiz tuzilishi
5.Ildizmevalarning ichki tuzilishi
6.Ko‘p yillik daraxtlarning ildizining tuzilishi
7.Bargning ichki tuzilishi
8.Bargdagi assimilyatsion to‘qima turlari
9.Bir pallali o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi
10.Ikki pallali o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi
11.Ikki pallali o‘tli o‘simliklar poyasida o‘tkazuvchi to‘qimalarni bog‘lamsiz tuzilishi
12.Ildizpoyadagi bog‘lamlarning turlari va joylanishi
4. O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma (shakl), vosita,
usul, nazorat, baholash)
a) Darsning turi – suhbat
b) Metod – Vertushka
v) Forma – (shakl) guruh
g) Vosita – doska, tarqatma material, mikroskop, tayyor preparatlar, tablitsa
d) Usul - nutqli
e) Nazorat – kuzatish (ko‘rish)
j) Baholash – o‘z-o‘zini va umumiy baholash
76
5.Metod – Vertushka
Vertushka metodi.
№ To‘qimalar
Xosil
qiluvchi
Qoplov
chi
Mexanik O‘tka-
zuvchi
Asosiy Ajrat
uvchi
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
17
18
Periderma
Perisikl
Sxizogen yo‘llar
Fellogen
Sklerenxima
Assimilyatsion to‘qima
Kambiy
Floema
Qobiq
Lizigen
Prokambiy
Gidatodlar
Epidermis
Ksilema
Kollenxima
G‘amlovchi parenxima
Bezli tuklar, o‘smalar
Sklereid
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar va ishlash tartibi.
Har bir talabaga shisha idishga solingan o‘simliklarni vegetativ organlari
beriladi. Berilgan o‘simliklarning bittasini olib, lezviya bilan ko‘ndalangiga bir necha
marta yupqa kesik tayyorlang.
Preparatingizni yog‘ochli qismini safranin reaktivi bilan bo‘yang. Natijada
sklerenxima, suv kanallari va yog‘ochlangan hujayralar qizil rangga bo‘yaladi.
Preparatingizni ikkinchisiga Sudan III tomizing. Natijada probka, kutikula qizg‘ish
rangga bo‘yaladi. Uchinchi preparatingizga xlor-sink-yod eritmasini tomizsangiz,
klechatka va kraxmal ko‘kimtir — binafsha tusga kiradi. Uch xil bo‘yalgan
preparatingizdagi to‘qimalarning joylanishini aniqlang va xarakterli belgilarini aniqlab,
plan va tablitsadan foydalanib, preparatingizni o‘simlikning qaysi organi va qaysi
sinfga mansub ekanligini quyidagi kalit orqali aniqlang:
O‘simliklarning ko‘ndalang kesigidan ichki tuzilishini aniqlaydigan kalit.
Topshiriq: 1) Kesiklarni tayyorlab mikroskopda ko‘riladi va qaysi organ ekanligi
aniqlanadi.
2) Preparatlar rasmlari ishlanib, o‘qituvchi tomonidan tekshirib, baholanadi.
77
7.Kutiladigan natijalar
O‘qituvchi
a) Mavzu bo‘yicha maqsadni
tushuntirish
b) Talabalarda qiziqish uyg‘otish
v) Yangi texnologik usullarni qo‘llash
Talaba
a) Mavzu bo‘yicha to‘la ma'lumot
olishi
b) Talabalar bilimini shakllantirish
v) Talabalar qiziqish bilan qabul
qilishi
8.Kelgusi rejalar
a) O‘qituvchi internetdan yangi
material olish uchun foydalanishni
mukammallashtirish
b) Yangilash va joriy etish
v) Kasbiy tayyorgarlikni
insonparvarlashtirish
a) Talaba ushbu materiallarni
o‘zlashtirish, konspekt
yozish, mustaqil ishlashi
b) Adabiyotlar bilan ishlash
v) Yangi texnologiyada yondashuv
78
.
26 расм.Ildizlar
A- ipsimonildiz, Б- urchiqsimonildiz, В-
ildizmeva, Г- oqildiz, Д- popukildiz
15 – Amaliy mashg`ulot
Mavzu: Vegetativ organlar morfologiyasi. Ildiz morfologiyasi.
1. Darsning mazmuni:
O‗simliklar morfologiyasi o‗simliklarning tashqi ko‗rinishini, ularning ayrim
organlarining tuzilishini va har xil shakl o‗zgarishlarda bu organlarning o‗zaro
munosabatini o‗rganadi. O‗simliklar morfologiyasi o‗simliklarning ayrim
organlarini emas, ularning bajaradigan vazifasiga qarab tashqi sharoit ta‘sirida
kelib chiqish tarixini ham o‗rganadi.
O`simlikning ildizi, poyasi, bargi vegetativ organi hisoblanadi. Vegetativ
organlari bir yillik o`simliklarda ko`pincha urug`ining unib chiqishidan boshlanib va
yangi urug`ning paydo bo`lishi bilan tugaydi Ildiz quyidagi mexanik va fiziologik
vazifalarni bajaradi:
1. Ildiz o‗simlik tanasini tuproqda mustahkam tutib turadi, uni tik o‗sishini hamda
poyani o‗zidan yuqoriga qaratib turishini ta‘minlaydi.
2. Ildizlarda
ayrim
moddalar
(aminokislotalar,
gormonlar,
alk aloidlar)
sintezlanib, o‗simlik tanasiga o‗tkaziladi.
3. Ildiz tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni shimib oladi.
4. Ildizda oziq moddalar to‗planadi (sholg‗om, sabzi, turp).
5. O‗simlik ildizlari tuproqdagi mayda organizmlar bilan alo qada bo‗ladi.
Ayrim ildizlar (gilos, olma, kakra kabi o‗simlik ildizlari) vegetativ ko‗payish
organi hisoblanadi.
Ildizlar kelib chiqishiga ko‗ra asosiy, yon va
qo‗shimcha ildizlarga bo‗linadi (26-rasm).
Asosiy ildizlar murtak ildizchasidan hosil bo‗ladi va tik
holatda joylashadi, o‗sib rivojlangan sari, asta sekin erga
chuqur kirib boradi.
Yon ildizlar endogen ravishda peritsikldan paydo bo‗lib,
akropetal (uchiga tomon) o‗sadi va shoxlanib ikkinchi,
uchinchi tartib va hokazo ildizlarni hosil qiladi. Bir yillik
sabzavot ko‗chatlarni pikirovka qilishda (urug‗dan
chiqqan urug‗ ko‗chatlarni qayta ko‗chirib siyraklatib
o‗tkazilganda) ularning asosiy ildizining uchi chilpib
tashlanadi, natijada yon ildizlari avj olib rivojlanadi.
Chunki yerning yuza qismida oziq moddalar ko‗p bo‗ladi.
Asosan ildiz va birinchi tartib yon ildizlar tuproqda pastga qarab geotropizm
asosida tik o‗sadi, 2-3- tartib yon ildizlar geotropizm qonuniga bo‗ysunmaydi, ular
pastga, yonga yoki yuqoriga qarab o‗sadi. Yon ildizlarning asosiy o‗q ildizda tartib
bilan qator bo‗lib joylashish hodisasini ortostix deyiladi.
Qo‗shimcha ildizlar o‗simlik poyasidan, bargidan, ba‘zan ularning qarigan
ildizlaridan ham paydo bo‗lishi mumkin. O‗simliklar yer ustki organlarining biror
qismi qumga yoki tuproqqa tegib qolsa, u erda issiqlik va nam yetarli bo‗lsa,
qo‗shimcha ildizlar shakllanadi.
Tok, malina, nastarin, tol kabi o‗simliklarning qalamchasi, madaniy binafsha,
79
begoniya, tradeskansiya kabi xona o‗simliklarning bargi qo‗shimcha ildiz chiqarib
ko‗payadi.
Ildizlar kelib chiqishiga ko`ra asosiy, yon va qo`shimcha ildizlarga, tashqi ko`rinishidan
o`q va popuk ildizga bo`linadi.
Ildizlar tashqi ko‗rinishi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Ikki pallali o‗simliklarda
asosiy ildiz baquvvat bo‗lib, yon ildizlardan ajralib turadi va u tik yunalishda tuproqqa kirib
boradi, bunday ildiz o‘q ildiz deb ataladi. Popuk ildizli sistemada asosiy ildiz o‗sishdan
to‗xtasa yoki shikastlansa, poyaning asosidan bir xil uzunlikdagi bir qancha qo‗shimcha
ildizlar shakllanib, ular popuk holatda joylashadi. Bunga g‗alladoshlar oilasiga mansub
o‗simliklardan arpa, bug‗doy va suli misol bo‗la oladi.
2. Darsning maqsadi:
O`simlikning vegetativ organlari – ildizning tuzilishi, xilma – xilligi, vazifalari, shakl
o`zgarishini o`rganish. Vegetativ organlarning biologik va xo`jalikdagi ahamiyatini
o`rganish.
3. O`quv jarayonining mazmuni:
1. O`simlikning vegetativ organlari?
2. Ildizning asosiy vazifalari?
3. Ildizning kelib chiqishiga ko`ra xillari?
4. Ildizning tashqi ko`rinishiga qarab xillari?
5. Shakli o`rgargan ildizlar va ularning vazifalari?
4. O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma (shakl),
vosita, usul, nazorat, baholash.
a) Darsning turi - suhbat
b) Metod - F.S.M.U, Vertushka, bumerang
c) Forma – (shakl) guruh
d) Vosita – doska, tarqatma material, tablitsa, gerbariy
e) Usul – nutqli
f) Nazorat – kuzatish (ko`rish)
g) Baholash – o`z – o`zini va umumiy baholash
|