6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar
Dars davomida barg morfologiyasiga oid germariylar va fiksirlangan
materiallardan foydalanib
a) barg plastinkasi shakli
b) barg qismlarini (to`liq qo`liqmas)
c) barg plastinkasining qirralarini
d) barg plastinkasini qilqilishini (bo`lakli, kesik, ajralgan)
e) barg tomirlanish turlarini
f) shakli o`zgargan barglar, ularning xilma – xilligi va poyada joylashuvi bilan
tanishish.
Topshiriq: - Barg morfologiyasi oid rasmlarni chizib, ularning qismlarini yozish,
barg tomirlanishini kuzatib, sinflarga ajratib, rasmini chizing.
7. Kutiladigan natijalar
O`qiuvchi
a) Mavzu
bo`yicha
maqsadni
tushuntirish
b) Talabalarda qiziqish uyg`otish
c) Yangi texnologik usularini qilishi
Talaba
a) Mavzu bo`yicha to`la ma`lumot
olishi
b) Talabalar bilimini shakllantirish
c) Talabalar qiziqish bilan qabul
qilishi
8. Kelgusi rejalar
a) O`qituvchi internetdan yangi
material olish uchun foydalanishni
mukammallashtirish.
b) Yangilash va joriy etish.
c) Kasbiy tayyorgarlikni
insonparvarlantirish.
a) Talaba ushbu materiallarni
o`zlashtirish, konspekt yozish,
mustaqil ishlashi.
c) Adabiyotlar bilan tanishish.
d) Yangi texnologiyaga yondashuv.
93
Laboratoriya mashg`ulot – 18
Mavzu: Gerbariy namunalari asosida o‘simliklarning qarab morfologik
belgilarini (ildiz, poya va barglarni) aniqlash.
1. Darsning mazmuni:
Dars jarayonida talabalar laboratoriya mashg`ulotlardan olgan bilimlarini
yanada mustahkamlash uchun o`simlik vegetativ organlarini (ildiz, poya, barg)
gerbariyga qarab, morfologik analiz qilib o`rganadilar.
2.Darsning maqsadi:
Gerbariydan foydalanib o`simliklarning ildiz, poya va barglarining tashqi
tuzilishini o`rganadilar.
3. O`quv jarayonining mazmuni:
1. Ildizning asosiy vazifasi
2. Ildizning kelib chiqishiga ko`ra xillari
3. Bir pallali o`simliklarning ildiz sistemasi
4. Ikki pallali o`simliklarning ildiz sistemasi
5. Shakli o`zgargan ildizlar va ularning vazifasi
6. Poyaning shakllari
7. O`sishiga qarab poyaning xilma-xilligi
8. Poyaning shoxlanish xillari
9. O`simliklarning hayotiy formasi (daraxt, buta, chalabuta, o`t o`simlik)
10. Qiyofasini o`zgartirgan yer ustki va yer ostki poyalar
11. To`liq barg to`liqsiz bargdan nimasi bilan farq qiladi
12. Oddiy barg formalari
13. Barg qirralari xilma-xilligi
14. Barg plastinkasining qirqilishiga qarab xillari
15. Barg plastinkasining tomirlanishi
16. Barglarning katta kichikligi va yashovchanligi
17. Barglarning novdalarda joylashishi
18. Shakli o`zgargan barglar (barg metomorfozi )
4. O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma, (shakl),
vosita, usul, nazorat, baholash)
a) Darsning turi – suhbat
b) Metod – Vertushka
v) Forma (shakl) – guruh
94
g) Vosita – doska, tarqatma material, tablitsa, gerbariy
d) Usul – nutqli
e) Nazorat – kuzatish (ko`rish)
j) Baholash – o`z-o`zini va umumiy baholash
Vertushka metodi
Bu treningda 3 ta yoki 5 ta guruhga material tarqatiladi va har bir gurux
yakka holda to`g`ri javobni belgilaydi. Keyin bu materiallar guruhlarga
aralashtirilib beriladi, yana belgilanadi, 3 yoki 5 marta aylangandan keyin
o`qituvchi va talabalar bilan umumiy va to`g`ri javob o`rtoqlashiladi.
№ Ildiz shakillari
Popuk
ildiz
O`q
ildiz
Ildiz
meva
Ildiz
tuganak
Tayanch
ildiz
1
Makkajo`xori
2
Sabzi
3
Arpa
4
Yantoq
5
Sholg`om
6
Georgin
(kartoshka gul)
7
Batat
8
G`o`za
9
Suli
10 O`rik
5. Mustaqil ishlash tartibi.
Har bir talaba gerbariy olib, undagi o`simlikning alohida organlarini
morfologik tuzilishini sinchiklab tekshirib o`rganadi. O`simliklarning ta'rifini
yozishda albatta, ma'lum rejaga rioya etish zarur.
Albomning chap tomoniga o`simlik vegetativ organlarining morfologik
tuzilishini ta'rifi yoziladi. Morfologik analizning to`g`riligini talabalar,
o`qituvchidan so`rab bilishlari kerak.
Albomning o`ng tomoniga ildiz, poya va barg rasmi chizib, qismlari yozib
qo`yiladi.
O`simlik morfologiyasini ta'riflash rejasi:
1. Yer osti organi:
a) Ildiz. Ildiz sistemasi tipini aniqlash (o`q ildiz, popuk ildiz) metamorfoz:
b) Ildizpoya. O`sish xususiyatlari (tik yoki yoniga)
95
v) Piyozbosh. Kattaligi, rangi.
g) Tuganak. Shakli, rangi, kattaligi
2. Poya. Poyaning turlari: yog`ochli, qisman yog`ochli, o`tli.
a) Shakli yumaloq, yumaloq bo`g`imli, uch qirrali, to`rt qirrali, ko`p qirrali, yassi;
b) O`sish yo`nalishi: tik o`suvchi, o`rmalab o`suvchi, ilashib o`suvchi, chirmashib
o`suvchi, sudralib o`suvchi va boshqalar;
v) Shoxlanishlar: monopodial, simpodial, dixotomik, soxta dixotomik;
g) Poyaning metamorfozi: gajak, jingalak va tikanlarning necha mm yoki sm
ekanligi o`lchab yoziladi.
3. Barg. Oddiy yoki murakkab bargligi aniqlanadi.
Agar oddiy barg bo`lsa:
a) Barg plastinkasining shakliga qarab lentasimon, lantsetsimon, ninasimon,
tuxumsimon,
teskari
tuxumsimon,
yumaloq,
ellipssimon,
panjasimon,
yuraksimon, uchburchak, strelkasimon, buyraksimon, duksimon va boshqalar.
b) Tomirlanishi: parallel, yoysimon, to`rsimon, patsimon, panjasimon,
yulduzsimon.
v) Barg plastinkasining qirralari: tekis, oddiy tishchali, qo`sh tishchali, arrasimon
tishli, o`yiq, ilon izi va boshqalar.
g) Barg qirqilishi: bo`lakli, qirqilgan, ajralgan.
Endi murakkab barglarni ko`rib chiqamiz.
d) Uch bargchali, besh, etti bargchali (panjasimon), toq panjasimon, juft
panjasimon. Qolgan qismlari oddiy barg singari aniqlanadi.
e) Barglarning poyalarda joylanishi: ketma-ket, qarama-qarshi va halqasimon.
7. Kutiladigan natijalar
O`qituvchi Talaba
a) Mavzu bo`yicha maqsadni tushuntirish a) Mavzu bo`yicha ma'lumot olish
b) Talabalarda qiziqish uyg`otish b) Talabalar bilimini shakllantirishi
v) Yangi texnologik usullarni v) Talabalar qiziqish bilan qabul
qo`llash qilishi
8. Kelgusi rejalar
a) O`qituvchi internetdan yangi a) Talaba ushbu materiallarni material
olish uchun foydalanishni o`zlashtirish, konspekt yozish,
mukammalashtirish mustaqil ishlash
b) Yangilash va joriy etish b) Adabiyotlar bilan ishlash
v) Kasbiy tayyorgarlikni v) Yangi texnologiyaga
insonparvarlashtirish yondashuvi
Dostları ilə paylaş: |