Kislorod saqlovchi mahsulot ishlab chiqarishga kislotalar, spirt- lar, aldegidlar, ketonlar, olefin oksidlari ishlab chiqarishlar kirib, eng rivojlangan va yirik neftkimyo ishlab chiqarishga taalluqlidir.
Neftkimyo sintezi sanoatining rivojlanishi oqibatida ko‘p bos- qichli va katta bo‘lmagan tezlik bilan boruvchi tabiiy oksidlanish, fermentativ bijg‘ish, noorganik oksidlovchilar ta’siridagi oksidlash jarayonlari o‘rniga uzluksiz sxema bo‘yicha olib boriluvchi uglevo- dorodlarni kislorod bilan oksidlash jarayonlari kirib keldi.
Neftkimyo sanoati neft va gazning uglevodorodli xom- ashyosi asosida kislorod saqlovchi mahsulotlarni olish jarayonlarini o‘zlashtirdi va shu bois ko‘p miqdorda qimmatli oziq-ovqat xom- ashyolarini ozod etdi.
Kislorod saqlovchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni ikki asosiy guruhga bo‘lish mumkin: Uglevodorodlarni oksidlash.
Kislorod saqlovchi mahsulot (asosan, spirt)larni olishning boshqa usullari gidratatsiya, gidroformillash va boshqalar.