Izopentanni degidrirlash 520-540°C haroratda alumoxrom katali- zatori ishtirokida quyidagi sxema bo‘yicha olib boriladi:
CH3
<
CH2 = C - CH2 - CH3
2-metilbuten-1
CH3 - CH-CH=CH2
CH32 - metilbuten-3
ch3-ch=c-ch3
CH32 - metilbuten-2
Izopentanning konversiyasi 33-40%, izoamilenlarning umumiy salmog‘i 80-85%. Xomashyo sifatida termik va katalitik krekingi benzin fraksiyalarida 17-20% miqdorda mavjud bo‘lgan izoamilen- lar ishlatilsa, izopren ishlab chiqarish jarayoni anchagina soddala- shadi.
Rossiyada ishlab chiqilgan sxema bo‘yicha pentan-amilen fraksi- yasidan izoamilenlarni 65% li sulfat kislota yordamida 0-10°C haroratda ajratib, so‘ngra uglevodorod asosli erituvchi vositasida ekstrak- siya qilib olinadi.
Xomashyoda mavjud bo‘lgan amilenlarga nisbatan izoamilenlar salmog‘i 70% ni tashkil qiladi.
Izoamilenlarni degidrirlash butilenlarni degidrirlashda ishlatiladi- gan K-16 yoki KNF katalizatorlari yordamida olib boriladi:
СНз СНз
I I
CH2=OCH2-CH? ►CH2=C-CH-CH2
Suvli atseton furfurol vositasida ekstrfaol distillatsiya usuli bilan izopren ajratib olinadi.
43
4.З.1.2. Izopentanni bir bosqichda degidrirlash usuli
Izopentanni bir bosqichda degidrirlash alumoxrom katalizatorida 660 0C da 80 mm sim.ust. bosimida olib borilib, izopren salmog‘i 62% ni tashkil qiladi.
Izopren olishning ushbu usuli jarayonni texnologik bezash va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar nuqtayi nazaridan juda istiqbolli usul- dir.
4.3.2. Izobutilen va formaldegiddan izopren olish
Ushbu usulni Rossiyada M.O. Farberov va M.S. Nemsovlar ish- lab chiqishgan. Jarayon ikki bosqichdan iborat:
I bosqich: 4,4-dimetil-1,3-dioksanni izobutilenga formaldegid ta’sir ettirib olish:
H3C
H3C
C=CH2+2CH2O 80 - 110°C»
H3C
H3C
C - CH2 - CH2
O - CH - O
Katalizator sifatida sulfat kislota yoki kationalmashuvchi smola KU-2 ishlatiladi.
KU-2 da 4,4-dimetil-1,3-dioksanni salmog‘i 85 %. bosqich: suv bug‘i ishtirokida dimetildioksan pirolizi:
H3C
H3C
375 - 400°C
, C - CH-CH 375400 C CH =C-CH=CH+CRO+RO
222
O-CH2-O
CH
Jarayon uchun alumosilikat yoyuvchidagi fosfat kislotasi, alu- miniy oksididagi 25% li kremniy yoki kalsiy fosfat. Izoprenning salmog‘i formaldegid bo‘yicha 75,5%, izobutilen bo‘yicha esa 83,5%. Katalizator 1000 soat ishlaydi, shundan so‘ng uni havo bilan regeneratsiya qilinadi.
44
Atsetilen ishlab chiqarish
Atsetilen (CH=CH) vinilxlorid, vinilatsetat (plastmassa olish uchun xomashyo), akrilonitril kislota (tola olish uchun xomashyo), xloropren kauchuklarini olishda ishlatiladi, uning 30% i avtogen svarkada sarflanadi.
Atsetilen olishning bir nechta usullari mavjud: kalsiy karbididan;
uglevodorod xomashyosidan: metanni elektrokreking qilish usuli bilan;
regenerativ pechlarda metanni termokreking qilish usuli bilan;
v) metanni oksidlab piroliz qilish usuli bilan. Kalsiy karbiddan atsetilen olish
Atsetilen olishning ushbu usuli ikki bosqichdan iborat: elektropechlarda 2600-3000°C da kalsiy oksidi va kokslarni ilk bor bir-birida eritish:
CaO+3C ^ CaC2+CO kaltsiy karbidni suv bilan ishlab, atsetilen va ohak suti olish:
Ca02+2N20 ^ C2N2+Ca(OH)2
Birinchi reaksiya endotermik (issiqlik yutilishi bilan boradi), shu sababli 1 tonna atsetilen olish uchun elektr energiyasining sarfi 10000-11000 kVt-soat bo‘lib, ushbu usulning kamchiligi hisoblana- di.
Xomashyo manbalariga atsetilen ishlab chiqarishning bog‘liq emasligi (kalsiy karbidi transportda oson tashiladi) ushbu usulning afzalligidir.
Karbid usuli bilan olingan atsetilen yuqori tozalik darajasi (99% dan yuqori)ga ega. Uglevodorod xomashyosidan atsetilen olish
Issiqlik olib kelish usuliga qarab ushbu usullar turlicha bo‘ladi:
45
Elektrokreking usuli
Elektrokreking - tabiiy gaz (metan)ni qayta ishlashda ishlatiladi.
2000-3000°C haroratli elektr yoyi ta’sirida metan 1600°C gacha isishi natijasida atsetilen hosil bo‘ladi:
2CH41600°C > CH = CH + 3H2
Elektr energiyaning sarfi xuddi karbid usulidagi singari bo‘ladi. Atsetilenni salmog‘i 50% bo‘ladi. Regenerativ pechlarda termokreking jarayoni
Regenerativ pechlarda termokreking ikki sikl (davriy jarayon)da olib boriladi: sikl-pech nasadka (glinozem)larini 1350-1400°C ga metanning yoqish orqali qizdirish:
sikl (kreking fazasi)-qizdirilgan nasadkalar orqali metanni o‘tkazish; bunda metanning krekingi amalga oshib, natijada u soviydi.
Atsetilen salmog‘ini orttirish uchun II siklni 0,2 atmosfera vaku- umda olib boriladi. Atsetilen salmog‘i-35% ni tashkil etadi. Metanni oksidlab piroliz qilish
Mazkur usulda metan kislorod bilan aralashtirilib, bir qism metan yoqiladi hamda hosil bo‘lgan issiqlik tufayli xomashyo 1600°C gacha qiziydi va atsetilen olish reaksiyasi amalga oshadi:
11CH4+02 ^ 2C2H2+6S0+14H2+C02+6H20
Atsetilen salmog‘i 30-32%.
Jarayonning uzluksizligi va pastroq energetik sarflar tufayli ushbu usul eng ko‘p qiziqish uyg‘otadi, chunki atsetilen bilan bir qatorda sintez-gaz (CO+H2) ham hosil bo‘lib, oksosintez usuli bilan metanol va boshqa spirtlar ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Oksidlab piroliz qilishni bir turi sifatida uglevodorod gazlarining gomogen pirolizini ko‘rsatish mumkin.
Pech o‘txonasida xomashyo bir qismining kislorod bilan aralash- masi yoqilib, buning natijasida gaz harorati ko‘tariladi ~2000°C ga ega bo‘ladi. Pechning o‘rta qismiga gaz oqimiga avvaldan 600°C gacha isitilgan qolgan xomashyo kiritiladi. Xomashyoning parchala- nishi jarayonida atsetilen hosil bo‘ladi.
46
Mazkur usulning afzalliklari pech ishining ko‘proq xavfsizligi va ishonchliligidir, ammo uni tayyorlashda o‘tga chidamli materiallar kerak bo‘ladi.
Turli usullar bilan atsetilen ajratib olingan gazning tarkibidagi miqdori taxminan 15% ni tashkil etadi, atsetilenning salmog‘i esa 30-50% gacha o‘zgarib turadi.
Sanoat miqyosida piroliz gazlari tarkibidan yuqori kontsentratsi- yali atsetilenni absorbsiya usuli bilan selektiv erituvchilar yordamida ajratib olinadi.
Absorbsiya usuli atsetilenni turli suyuq absorbentlarda gazning boshqa komponentlariga nisbatan yuqoriroq eruvchanligiga asoslan- gandir.
Absorbsiya jarayoni normal temperaturada olib borilib, selektiv erituvchilar: N-metil pirrolidon, dimetilformamidlarda va past temperatura (-70°C)da esa metanol hamda atseton erituvchilari yorda- mida olib boriladi.
Aromatik uglevodorodlar
Neftkimyo ishlab chiqarish uchun uglevodorod xomashyosidan aromatik uglevodorodlar: benzol, toluol, etilbenzol, izopropilbenzol, stirol, metilstirol, naftalinlar olish katta ahamiyatga ega.
HC
HC
CH
/ \
CH HC
CH / \
C- HC CH
CH3
C
X \
C- HC CH
CH3
/C\
CH HC
CH3
^C
xCHH^CHHC CH HC C- HC\ /
CH CH CH CH CH3 C
Benzol Toluol Orto- Meta- CH3
Para-
H
CH
ksilollar
Neftkimyo sintezida aromatik uglevodorodlardan keng foydalani- ladi.
Xorij ma’lumotlariga ko‘ra 40% dan ortiq benzol stirol ishlab chiqarishga (sintetik kauchuk monomeri), 20% i fenol olishga, 10% i sintetik tola ishlab chiqarishga va qolgan 30% i yuvish vositalari ish- lab chiqarish, zaharli ximikatlar va boshqalarga sarf bo‘ladi.
47
Neftkimyoda (50-55%) toluol plastmassalar, portlovchi modda- lar, benzol olishda, erituvchi sifatida hamda benzinlarni komponenti holida ishlatiladi.
Ksilollarning asosiy (35% qismi) erituvchi sifatida, yana shun- chasi aviatsiya benzini ishlab chiqarishda ishlatiladi.
Orto-ksilol ftal angidridi ishlab chiqarishda foydalaniladi, nafta- lin o‘rniga keng miqyosda ishlatiladi. Para-ksiloldan poliefir tola va plyonka ishlab chiqarish yarim xomashyosi bo‘lmish tereftal kislota- si olinadi. Metaksilol ehtiyojga kam sarflanadi: uni oksidlab, izoftal kislotasi olinadi. Undan esa plastifikatorlar ishlab chiqarishda foydalaniladi, izomerlab paraksilol olinadi; yuqori oktan sonli benzinlar uchun ham komponent hisoblanadi.
Uzoq yillar mobaynida aromatik uglevodorodlar olishning aso- siy manbai bo‘lib koksokimyo sanoati hisoblangan, bunda 1 tonna toshko‘mirdan 10 kg ga yaqin benzol olingan. Benzol va uning go- mologlarini toshko‘mir smolasidagi miqdori foizning o‘ndan biriga to‘g‘ri kelsa-da, aromatik uglevodorod resurslaridan bo‘lgan ushbu manbani e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas, chunki ko‘mirni kokslash jarayoni yirik masshtablarda olib boriladi. Neft xomashyosidan aromatik uglevodorodlar olish usullari
Hozirgi vaqtda neft xomashyosidan aromatik uglevodorodlarni quyidagi usullar bilan olish mumkin: Neftni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fraksiyalaridan va ayrim gaz konden- sati konlarining kondensatlaridan ajratib olish.
Yengil uglevodorod fraksiyalarini katalitik riformingi.
Alkil aromatik uglevodorodlarni va yuqori aromatlashtirilgan distillatlarni dealkillash.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri haydab olingan va ikkilamchi distilatlarni, ayrim hollarda esa «xom» neft pirolizi.
Parafinlarni siklizatsiyasi. Yengil neft distillatlaridan aromatik uglevodorodlarni
ajratib olish
Aromatik uglevodorodlar olish manbaini neft fraksiyalarida ko‘p miqdorda aromatik uglevodorodlar bor bo‘lgandagina ishlatish maq- sadga muvofiqdir.
48
Yuqori aromatlashgan neftlar sirasiga Pensilvaniya (AQSH) (aro- matikaning miqdori 11% gacha) va Grozniy (R.F. 5% gacha) kiradi.
Shuning uchun yuqorida keltirilgan usul yaqin o‘rtada bizning respublika uchun amaliy ahamiyat kasb etmaydi.
Katalitik riforming
Neft xomashyosidan yuqori kontsentratsiyali aromatik uglevodo- rodlarni olishning asosiy manbai katalitik riformingdir.
Xomashyo sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan benzinning quyi- dagi temperaturalardagi tor fraksiyalari ishlatiladi:
Benzol uchun-60-85°C
Toluol uchun-85-110°C
Ksilol uchun-120-135°C
Yoki 60-140°C fraksiya riforminga uchratiladi.
Q‘o‘llanilayotgan riforming katalizatorlariga bog‘liq holida:
1) Gidroforming va 2) Platforming kabi jarayonlar o‘zaro bir- biridan farq qiladi.
1) Gidroforming jarayoni 480-540°C haroratda va 15-20 atmosfera bosim ostida aluminiy oksididagi molibden oksidi katalizatorida olib boriladi. Aromatik uglevodorodlar eng muhimi olti a’zoli naften uglevodorodlarni degidrogenlash hisobiga va besh a’zoli naftenlarni olti halqaliga izomerlab benzol hamda uning gomologlariga aylanis- hi hisobiga hosil bo‘ladi:
c6H12
*C6H+ 3H2
Siklogeksan
Izomerlash
Degidrirlash
Metilsiklopentan
Siklogeksan
A
A
Benzol
3H
Katalitik riforming jarayonida vodorod hosil bo‘lsa hamki jara- yon vodorod bosimi ostida olib boriladi. Bunda vodorodsiz muhitda- gidan ancha kam koks hosil bo‘ladi.
Sanoatda gidroforming psevdosuyultirilgan qatlam usulida amal- ga oshiriladi. Katalizator regeneratsiyasi uzluksiz amalga oshadi.
49
2) Platforming jarayoni katalitik riforming sohasining katta yutug‘i hisoblanadi. Ushbu jarayonda platinali katalizator (0,5% pla- tina/alyuminiy oksidi) ishlatiladi. Jarayon 450-540°C haroratda, 1470atmosfera vodorod bosimi ostida olib boriladi. Bu jarayon asosida gidroforming reaksiyalari yotadi.
Alumoplatinali katalizatorda xomashyo sifatida 60-120°C ben- zin fraksiyasi ishlatilsa, xomashyoga nisbatan aromatik uglevodo- rodlarning salmog‘i 36,2% ni, shu jumladan, benzol - 4,2%, toluol - 14,5%, ksilollar - 15,8%ni tashkil qiladi.
6.13. Yuqori aromatlashtirilgan distillatlar va alkilaromatik
uglevodorodlarni dealkillash
Mazkur jarayon Germaniyada ikkinchi jahon urushi yillari keng joriy etilgan bo‘lib, yuqori oktanli benzinlar va aromatik uglevodo- rodlar olish uchun qo‘llanilgan. AQSHda jarayon benzol va naftalin olish maqsadlari uchun keng ko‘lamda olib boriladi. Xorijda benzol va naftalinni yetishmay qolganligi sababli ushbu jarayon tez rivojla- nadi. Dealkillash jarayonining 2 turi mavjud: termik va katalitik.
Reaksiya sxemasi:
CH3
benzol
Termik dealkillash 750°C da 40 atmosfera bosimi ostida bora- di. Jarayon haroratini pasaytirish va benzolning salmog‘ini oshirish maqsadlarida qo‘llanma adabiyotlarda molibden, kobalt, nikel oksid- lari (aluminiy oksidida) yoyuvchili katalizatorlarni ishlatish hamda katalitik deallash jarayonini 620°C da amalga oshirish to‘g‘risida ko‘rsatmalar mavjud. Bunda xrom va aluminiy oksidlari asosidagi katalizatorlarga afzallik berilgan.
6.1.4. To‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan va ikkilamchi
distillatlar pirolizi
Piroliz smolalaridan aromatik uglevodorodlar ajratib olinadi. Smolaning salmog‘ini xomashyo turiga bogTiqligi quyidagi jadval- dan ko‘rinib turibdi.