O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə6/26
tarix02.01.2022
ölçüsü0,8 Mb.
#39102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
O

Vy


C






40at


1


2 27at






^=7


+43'


24at


I


+65°


а


C7

+93°


C4

+ C




3


4


1


  1. chizma. Gazlarni quyi haroratli rektifikatsiya yo‘li hilan ajratishni prinsipial sxemasi. Bunda: 1-demetanizatsiya kolonnasi; 2-etilenni ajratish kolon- nasi; 3-etanni ajratish kolonnasi; 4-S3 va S4 fraksiyalarni ajratish kolonnasi.


Uglevodorod gazlarini quyi haroratli rektifikatsiya yo‘li bilan ajratish usuli juda qimmat, katta energiya sarfi bilan bog‘langan va ap- paraturani tayyorlashda maxsus materiallar ishlatish talab qilinadi.


  1. Kombinatsiyalangan usul

Amaliyotda absorbsion-rektifikatsion usullar ko‘proq qo‘llanilib, unda S3 dan yuqori bo‘lgan ilk gazning hamma komponentlari su- yuq absorbent bilan ajratib olinadi. So‘ngra absorbtsiyalanmay qol- gan uglevodorodlar quyi haroratli rektifikatsiya yo‘li bilan ajratiladi. Ushbu usul yordamida etilen 99,9% toza holda olinishi mumkin.


  1. Gaz holidagi olefinlarning qo‘llanilishi

Neftkimyo sintezi sanoatida gaz holidagi olefin uglevodorodlar- dan juda keng foydalaniladi.

Polietilen, etil spirti, stirol va vinilxlorid olishda etilen ishlatiladi. Uni oksidlab atsetaldegid, etilen oksidlari olinadi.

Propilen esa polipropilenni va u orqali quyi molekular polimer bo‘lmish sintetik yuvish vositalari xomashyosini, izopropil spirtini, glitserinlarni ham olishga ishlatiladi.

Butilenni asosiy ishlatilish joyi - uni sintetik kauchuk uchun eng zarur monomer bo‘lmish butadienga degidrirlash, hamda spirtlar ish- lab chiqarishdir; uni oksidlab va xlorlab ham qimmatli mahsulotlar olinadi.


36




Mamlakatlar

Butadien ishlab chiqarish hajmi, mln. t.

1960

1970

1975

1980

AQSH va Kanada

0,9

1,6

1,8

2,7

G‘arbiy Yevropa

0,2

0,8

1,4

2,3

Yaponiya

-

0,4

0,6

1,0


37



  1. Lebedev usuli bo‘yicha etil spirtidan butadien olish

S.V. Lebedev etil spirtidan butadien olishni ishlab chiqqan (Ros- siya).

Hozirgi paytda ushbu usul bilan 25% ga yaqin butadien olinadi. Ushbu usul yetarli darajada mukammal ishlab chiqilgan.

Reaksiya quyidagi tenglama orqali olib borilishi mumkin:

2C2H5OH Zn0/ Al2°3 370 °C > CH2 =CH =CH2 +2H2O+H2 -200 kkal / kg

Reaksiya murakkab yo‘l bilan boradi, butadien bilan birga 30% gacha yonaki mahsulotlar (butilenlar, propilen, etilen, vodorod) ho- sil bo‘ladi. Rektifikatsiya orqali butadien 90-93% konsentratsiyada ajratib olinadi.


  1. Butanni degidrirlash

Butandan butadien olish eng keng tarqalgan usuldir. Hamdo‘stlik mamlakatlarida etil spirtidan butadien olish usulidagi mos ko‘rsatkichlarga nisbatan butanni ikki bosqichli degidrirlash jarayoni orqali olingan butadienning tannarxi 8% ga, nisbiy kapital xarajatlar 70% ga pastdir. Sanoatda butadien C4 uglevodorodlaridan olishning 2 usuli ishlatiladi:

  1. Butanni ikki bosqichli degidrirlash.

  2. Butanni bir bosqichli degidrirlash (Gudri usuli) xorijda keng ishlatiladi.


  1. Butanni ikki bosqichli degidrirlash

Butanni ikki bosqichli degidrirlash yo‘li bilan butadien olish quyidagi ikki bosqichdan iborat bo‘ladi:

  1. n - Butanni degidrirlab n-butilenlarni olish.

  2. n - Butilenlarni degidrirlab butadien olish.

  1. Butanni degidrirlab n-butilenlarni olish

n - butanni degidrirlash reaksiyasi quyidagi chizma bo‘yicha ke- tadi:


38



СНЗ-СН2-СН2-СНЗ-
n- butan



  • СНз-СН=СН-СНз+Н2-30,1 kkal/mol

buten-2

  • СН2=СН-СН2-СНз+Н2-27,1 kkal/mol

buten -1


Reaksiyani issiqlik yutilishi va hajmni ortishi bilan borishi sabab- li, degidrirlash jarayoni uchun yuqori harorat (550-580°C) va quyi bosim (atmosfera) juda ma’qul keladi.

Katalizator sifatida quyidagi tarkibli yoyuvchi aluminiy oksidida- gi xrom oksidi ishlatiladi: 40% CrO3
, 10% BeO va 50% Al2O3.

Uglevodorodlarni parchalanish va zichlanish jarayonlari yuqori haroratda katalizator ishtirokida borib, katalizator yuzasida uglerodli moddalar koks yig‘ilishiga olib keladi. Bu esa faollikni pasayishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun katalizator davriy ravishda regenerat- siya qilinib, yuzasidagi ko‘mir moddalar yoqiladi.

n-butanni konversiyasi (parchalangan xomashyoni reaktordan o‘tkazilgan miqdoriga nisbati) 35% dan oshmaydi. n-butilenlarni salmog‘i xomashyoni ko‘p marta retsirkulatsiya qilingandan keyin parchalangan butanga nisbatan 80% ga yaqindir. Degidrirlash nati- jasida gazlar tarkibida 25-30% butilenlar mavjud bo‘lib, ular butan- butilen fraksiyasidan suvli atseton yordamida ekstrfaol haydash bilan ajratib olinadi. Bunda butilenlar miqdori 77% gacha ortadi.

Butanni degidrirlash jarayoni quvurchali reaktorlar (384 quvur- cha, 050 mm, l = 3m, 27% xromli po‘latdan tayyorlangan)da stat- sionar katalizatorlarda amalga oshiriladi. Yarim reaktorlar degidrir- lashda, qolgan yarmisi esa regeneratsiyada ishlaydi.

Usulning kamchiliklari sifatida jarayonni davriyligi, metall sar- fining ko‘pligi, kichik ishlab chiqarish quvvati, katalizatorni yetarli bo‘lmagan bir tekis isishini (ayrim yerlarda katalizatorni isib ketishi- ga olib keladi) sanab o‘tish mumkin. Rossiyada butanni degidrirlash jarayoni «qaynar» qavatli katalizatorda birinchi bo‘lib amalga oshi- rildi. Degidrirlash va regeneratsiya jarayoni alohida apparatlarda olib boriladi. Reaktor va regeneratorlar parallel joylashgan (3-chizma).

Reaktor seksiyalashtirilgan. Reaktorning seksiyalashtiriluvchi - katalizator qattiq zarrachalarini intensiv aralashishini kamayishiga, bu esa n-butilenlar salmog‘ining oshishiga olib keladi.


39



Reaktoming texnik xarakteristikasi.

  1. Apparatning yuqori qismidagi ortiqcha bosim - 0,3 kgs/sm2.

  2. Apparatning quyi qismidagi ortiqcha bosim - 1,35 kgs/sm2.

  3. Muhit - kuchli eroziyali, kuchsiz korroziyali.

  4. Korpus materiali - uglerodli po‘lat.

  5. Ichki futerovka materiali - o‘tga chidamli g‘isht.

  6. Ichki sirt materiali - yuqori legirlangan po‘lat.

  7. Apparatning maksimal balandligi - 28400 mm.

  8. Tashqi korpus bo‘yicha diametr - 6400 mm.





3-chizma. Qaynar qatlamli butanni butilenlarga degidrirlash reaktor- regenerator blokining, prinspial sxemasi.

1-reaktor; 2-regenerator; 3-siklonlar; 4-toblash ilon izi quvurchalari; 5-regenerator transport chizig‘i; 6-reaktor transport chizig‘i; 7-qaynar qatlam (qa- vat) zonasi; 8-desorber; 9- katalizatorni qaytarilish zonasi.


  1. n-butilenlarni degidrirlash

n-butilenlarni degidrirlash quyidagi sxema bo‘yicha ketadi: CH3-CH=CH-CH3 ^ CH2=CH-CH=CH2+2H2

ch2=ch-ch2-ch3


40




Ko‘rsatkichlar

K-6

KNF

n-butilenlar konversiyasi (% da)

21,3

39

Butadienni umumiy salmog‘i(%da)

80

85


Gazlar aralashmasidan butadien xemosorbsiya usuli bilan ajratib olinadi. Ushbu usul bo‘yicha misning bir valentli eritmasi quyi temperatura (0-100)da butadien bilan kompleks birikma hosil qilishga asoslangan.

Hosil bo‘lgan kompleks birikma 60-80°C gacha isitilsa, parcha- lanadi.

n-butilenlarni degidrirlash statsionar (qo‘zg‘almas) katalizator- larda adiabatik (shar) tipdagi reaktorlarda suv bug‘i ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Suv bug‘i uch vazifani bajaradi: uglevodorodlar- ning parsial bosimlarini pasaytirish; issiqlik tashuvchi vazifasi; katalizator kokslanishini pasaytirish.

  1. n-butanni bir bosqichda degidrirlash (gudri usuli)

Gudri usuli bilan bir bosqichda n-butanni degidrirlashda jarayon vakuum ostida (qoldiq bosim 0,2 atmosfera) olib boriladi.

Katalizator sifatida alumoxrom ishlatiladi. U 18-20% Cr2O3 dan iborat bo‘lib, jarayon 590-620°C temperaturada boradi.

Suv bug‘i bilan suyultirish ko‘zda tutilmaydi, chunki u kataliza- torni zaharlaydi.

Parchalangan xomashyoga nisbatan butadienning salmog‘i - 56%, butanning konversiyasi esa - 19,9%.

Jarayonning asosiy kamchiligi - avtomatikaning murakkabligida- dir.


41



  1. Pirolizda olinadigan S4 fraksiyadan butadienni ajratib olish

Benzin va og‘irroq xomashyoni piroliz qilinganda etilen hamda propilenlar bilan birga butadien ham hosil bo‘ladi, uni ajratib olini- shi esa piroliz jarayonining iqtisodiy ko‘rsatkichini ko‘taradi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri haydab olingan benzin (qaynashining oxiri 1800C) turli sharoitlarda piroliz qilinganda hosil bo‘lgan butadien salmog‘i keltiriladi:

Harorat (°C) 780 750 725-730

Bug‘ning miqdori (xomashyoga nisbatan %) 50 30 30

Reaksiyaning davomiyligi (sek) 1,0 0,8-1,0 1,0

O‘tkazilgan xomashyoga nisbatan

Butadien salmog‘i (og‘irlik % da) 2,8 3,1 3,0

Butadien bilan birgalikda butilenlar, izobutilen hosil bo‘lib, ham- ma C4 - fraksiyaning pirogazdagi umumiy miqdori bo‘yicha 6,4 % dan 11,1 % gacha o‘zgarib turadi (harorat 780°C dan 725°C gacha o‘zgarganda).

Piroliz orqali olinadigan C4-fraksiyaning mumkin bo‘lgan qayta ishlash variantlaridan birini quyidagicha talqin qilish mumkin: av- valo C3 va C5 qo‘shimchalarni yo‘qotish uchun C4 fraksiya rektifi- katsiyaga uchratiladi, so‘ngra u atsetilendan gidrirlash yo‘li bilan to- zalanadi va keyin mis tuzlari eritmasi yordamida xemosorbsiya yo‘li bilan yoki selektiv erituvchilar (furfurol, atsetonitril va boshqalar) ishlatib ekstrfaol rektifikatsiya bilan butadien tozalanadi.

  1. Izopren ishlab chiqarish

Hozirgi vaqtda sanoatda izopren olishning quyidagi usullari ma’lum:

  1. Izopentanni degidrirlash (bir va ikki bosqichli usullar);

  2. Izobutilenni formaldegidga ta’sir ettirib, dimetildioksan hosil qilish va so‘ngra mahsulotni parchalash;

  3. Atsetonni atsetilenga ta’sir ettirish;

  4. Propilenni dimerizatsiya qilish.


42




Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin