Piroliz rejimiga o‘ta talabchan bo‘lish, ya’ni haroratni 720°C dan 800°C ga ko‘tarish aromatik uglevodorodlarning salmog‘ini 14,4% dan 81% gacha ortishiga olib keladi.
Piroliz smolasi 2 yo‘nalish bo‘yicha qayta ishlanadi: Faqat yoqilg‘i mahsulotlari olish uchun;
Asosan aromatik uglevodorodlar olish uchun. Parafinlarni siklizatsiyalash
Aromatik uglevodorodlar manbai sifatida Rossiya tadqiqotchilari B.A. Kazanskiy va boshqalar tomonidan parafinlarni siklizatsiyasi jarayoni ikkinchi jahon urushigacha ochilgan bo‘lsada, oxirgi vaqt- gacha sanoatga tatbiq qilinmagan, chunki u texnologik nuqtai nazar- dan murakkab, katalizator tezda faolligini yo‘qotadi (xrom oksidlari aluminiy oksidida), jarayon kichik ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Keyingi yillarda jarayonni oddiyroq amalga oshirish maqsadi- da qaynar qatlamli jarayon haqida unnalib ko‘rildi, biroq manbalar- da ushbu jarayonni muvaffaqiyatli chiqqanligi haqida ma’lumotlar yo‘q. Umumiy holida reaksiya quyidagi ko‘rinishga ega:
CH3 - CH2 - CH2 - CH2 - CH2 - CH3
+ 4H
H - geksan
Benzol
CH
3 2 2 2 2 2 3
H - Geptan
2
51
6.2. Aromatik uglevodorodlarni ajratish va
ajratib olish
Aromatik uglevodorodlarni ajratib olishning quyidagi usullari mavjud:
Aromatik uglevodorodlar ajratib olishning tejamliligini aniqlab beruvchi asosiy omillari ularning ilk xomashyodagi konsentratsiya- siga bog‘liq.
Ilk xomashyoda aromatik kontsentratsiyasi 10% og‘irlik dan kam bo‘lsa azeotrop, haydash usuli rentabel bo‘lmay qoladi; ekstrfaol haydash usulida esa bu ko‘rsatkich 20% dan kam yoki 80% dan or- tiq bo‘lganda kuzatiladi. Agar aromatikaning xomashyodagi miqdori 5% dan kam bo‘lsa qattiq adsorbent yordamidagi adsorbsiya usuli ishlatiladi.
Amaliyotda, asosan, azeotrop va ekstrfaol haydash, selektiv ekstraksiya usullari ishlatiladi. Azeotrop haydash
Ushbu jarayon fraksiyasining noaromatik qismi metanol-suv ara- lashmasi bilan 3 yoqlama azeotrop aralashma hosil qilishga asoslan- gan bo‘lib, undan aromatik uglevodorodlar haydash orqali ajratib olinishi mumkin.
Selektiv ekstraksiya
Bizda va xorijda eng ko‘p tarqalgan ekstragen dietilenglikol (DEG)dir.
Ekstraksiyaning mohiyati - aromatizatsiyalangan benzin va selektiv erituvchi qarama-qarshi oqimda kontaktda bo‘ladi, bunda aromatik uglevodorodlar eritmaga o‘tadi, noaromatik uglevodorodlar esa erimagan holida qoladi. So‘ngra eritmadan aromatik uglevodorodlar haydash yo‘li bilan ajratib olinadi (4-chizma).
1-xomashyo tayyorlash rektifikatsion kolonnasi; 2-ekstraksion kolonna; 3-dearomatizatsiyalangan katalizatni yuvish kolonnasi; 4-dearomatizatsiyalangan katalizat kolonnasi; 4.1-aromatik uglevodorodlarni yuvish kolonnasi; 5-bug‘latish kolonnasi; 6-haydab ajratib olingan mahsulotlar priemnigi.
Riforming katalizati 1-rektifikatsion kolonnaga oson qaynovchi fraksiya (58°C)dan haydash orqali ajratish uchun yuboriladi. Frak- siyaning og‘ir qismi kolonnaning quyi qismidan 2-ekstraksion kolonnaga kirib keladi. Kolonnaning yuqori qismiga DEGning suv- li eritmasi beriladi. Maksimal selektivlikni ta’minlash maqsadi- da 2-kolonnaga 5-kolonna pastidan retsirkulat yuborib turiladi. kolonna tepasidan olinadigan rafinat 3-kolonnaga yuvish uchun yuboriladi, pastidan esa ekstrakt 5-bug‘latgich kolonnaga jo‘natiladi. Haydab ajratib olingan aromatik uglevodorodlar 5-kolonnaning tepasidan 6-haydab ajratib olingan mahsulotlar priemnigiga keladi, bu yerdan esa ajralgan suv 3 va 4-yuvish kolonnalariga ketadi.
Aromatik uglevodorodlar aralashmasining bir qismi 5-kolon- nadan ekstraksion kolonnaga qaytariladi qolgan qismi esa 4-yuvish kolonnasi orqali puxta rektifikatsiyaga yo‘naltiriladi. kolonnanig tepa qismidan dearomatlashtirilgan katalizat olina-
1-ekstrfaol haydash kolonnasi; 2-aromatik uglevodorodlarni ajratib olish
kolonnasi.
Uglevodorodlar aralashmasi (I) 1-kolonnaga keladi, u yerga sof, yangi va jarayonga qaytarilgan fenol (VI) kiritiladi. 1-kolonna yuqorisidan noaromatik uglevodorodlar (II) chiqadi, pastidan esa aromatika+fenol (III) chiqib, 2-kolonnaga aromatik uglevodorodlar (IV) ni ajratib olish uchun beriladi: 2-kolonna tubidan ajralib chiqa- yotgan fenol (VI) sof, yangi fenol (V) bilan qo‘shilib 1-kolonnaga boradi.
54
6.2.4. Ksilollarni ajratib olish
Ksilollarni ajratib olish ma’lum qiyinchiliklarga ega, chunki frak- sion tarkibga kirgan uglevodorodlar o‘z fizik xossalariga ko‘ra juda yaqin.
Quyidagi jadvalda ksilol fraksiyasi tarkibiga kirgan uglevodorod- larning qaynash va muzlash haroratlari (°Cda) keltirilgan:
7-jadval
6-chizma. Ksilol fraksiyasini individual uglevodorodlarga ajratish printsipial