Foydani kamayishi hisobiga bo‗lsa ham ko‗rkamlikni
ta‘minlash.
Diniy
Borliq bilan muvofiqlik,
kelishuv.
Etika
Ma‘naviy muammolar
Korxona missiyasi uning madaniyati – korxona ob‘ro‗sini (marka, imidj) shakllantiruvchi korxona qadriyatlari, me‘yor va g‗oyalari majmuasi bilan chambarchas bog‗liqdir. U hayotda quyidagilarda o‗z aksini topadi:
korxonaning xatti–harakatlarida – barcha xodimlar uchun yagona bo‗lgan tamoyillarda;
firma kommunikatsiyalarida – axborotni uzatish usullarida;
korxonani ko‗rgazmali taqdim etish vositalarida – firma belgisi, mahsulotni bezalishi, marosimlar, tashqi ko‗rinishi va x.k.
Korxona imidji firmaning iste‘molchilar, hamkorlar, jamiyat oldidagi mas‘uliyatini bildiradi. Bunday holatda missiya korxonaning tashqi muxitda kerakli taassurot uyg‗otishga intilishini aks ettiradi.