Loyihani tashqi samarasi.
Loyihani tashqi samarasiga loyiha tufayli milliy kadrlarni o‗qitish orqali olgan bilimlari, loyiha amal qiladigan xududda infrastrukturalarini rivojlanishi, qishloq joylarida madaniyat va ma‘rifatni rivojlanishi, yangi axoli punktlarini, yangi shaharchalarni paydo bo‗lishi kabilarni ko‗rsatish mumkin. Masalan, Asaka shaxrida bunyod etilgan ―O‗zDEU avto‖ qo‗shma korxonasi Ruspublikamizda, xususan Andijon viloyatida xalq xo‗jaligini yangi yo‗nalishi bo‗lgan avtomabilsozlik bo‗yicha minglab milliy kadrlarni xorijiy mamlakatlarda, jumladan Janubiy Koreyada o‗qitib zamonaviy kasb egasi bo‗lishiga olib keldi. Endi bular xozirda murakkab texnika texnologiyalarni boshqarib, jaxon andozasidagi O‗zbekistonning o‗z engil avtomobillarini chiqarishmoqda. Bular «O‗zDEU avto» loyihasining tashqi samarasi bo‗lib, endi ular mamlakatimizning milliy boyligidir.
Loyiha tufayli tashqi samaradan tashkari tashqi xarajatlar ham yuzaga keladi. Ularga misol qilib atrof muhitni ifloslanishi, suvni ko‗p foydalanishi sababli daryolarni sayozlanishi va suv zaxiralarini kamayishi, sug‗orish tizimini kishilar va er osti suv satxiga salbiy ta‘siri, muayyan xududda xalqni ko‗payishi va boshqalarni ko‗rsatish mumkin. Masalan, Markaziy Farg‗onadagi, Mirzacho‗ldagi, Qarshi cho‗llaridagi erlarni qishloq xo‗jaligi maqsadida o‗zlashtirilishi u erdagi o‗simlik va xayvonot dunyosiga ma‘lum darajadi salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bu erlarni samarasiz uslublarda sug‗orish oqibatida qayta shurlanish tufayli minglab gektar erlar qishloq xo‗jaligida foydalanishdan chiqib qolmoqda, buni eng katta salbiy oqibati orol dengizidagi suv balansini bo‗zilishiga olib keladi. YAna bir misol, Farg‗ona vodiysida qishloq xo‗jaligini rivojlantirish maqsadida Andijon suv ombori 1977 yili qurib bitkazildi. To‗g‗ri bu loyiha vodiyda yangi erlar o‗zlashtirish va qishloq xo‗jaligi uchun suv ta‘minotini to‗la qondirish imkonini berdi. Biroq bu loyiha suv omborga yaqin joylashgan tuman xo‗jaliklarida er osti suvi satxini ko‗tarilishiga sabab bo‗ldi. Bu salbiy oqibatni bartaraf etish yangi koolektir, brinajlar ko‗rish uchun ko‗shimcha xarajatlar qilishni talab etmoqda.
Loyihani tashqi samarasini ko‗p xollarda aniqlash va o‗lchash mushkil xisoblanadi, biroq uni aniqlashga hamma vaqt harakat qilmog‗i kerak. Agar loyihani tashqi samarasini miqdor jihatdan o‗lchashni iloji bo‗lmasa, unda ular sifat jihatidan muloxaza qilinmog‗i zarur. SHundan so‗ngina, loyiha iqtisodiy naqtai-nazardan makolani amalga oshirish yoki qayta ishlash bo‗yicha qaror qabul qilinmogi lozim.
Bozor iqtisodiyoti mulkchilikni turli shakllarini payda bo‗lishiga olib keldi. Bu o‗z navbatida xalq iste‘mol tovarlarin va xizmatlarini turli mulkchilikdagi ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‗rsatuvchilar tomonidan yaratilishini hamda amalga oshirilishini ta‘minladi. Binobarin, tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‗rsatuvchilar o‗rtasida raqobatdoshlik mahsulot hajmi hamda xizmat to‗rini ko‗paytirish, uni sifatini yaxshilashga olib kelmoqda. SHunga qaramasdan shunday tovar va xizmatlar borki, ularni jamoa bo‗lib ishlab chiqarish yuqori samarani beradi. Xuddi shu ishlab chiqarish soxasida jamiyat va jamoa tovarlari bo‗yicha davlat ularni manfaati yo‗lida iqtisodiy faoliyat olib borishi mumkin. Albatta bu, davlat nuqtai-nazaridan qaralganda mamlakatning umumiy manfaatlari uchun o‗ta muhim bo‗lgan soxalarida yaqqol namoyon bo‗ladi. Masalan, Respublikamizning iqtisodiy, siyosiy mustakilligini ta‘minlash uchun amalga oshirilaytgan qator dasturlar: don mustaqilligi, energetika mustaqilligi, axolini ichimlik suvi va gaz bilan ta‘minlash, milliy kadrlarni tayyorlash kabi dasturlarni amalga oshirishda davlatni roli muhim ahamiyat kasb etadi.
Xozirga kunda respublikamizdagi barcha turdagi mulkchilikda faoliyat ko‗rsatayotgan tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‗rsatuvchilar davlat tomonidan muxofaza etilib ularni faoliyati qo‗llab-quvvatlanmoqda. Buning uchun zarur konunlar, qarorlar va me‘yoriy xujjatlar qabul qilingan.
Xulosa qilib aytganimizda loyihani iqtisodiy tahlili mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshishida katta ahamiyatga egadir. CHunki ko‗p loyihalar o‗z xomiylari tomonidan keladigan foydalarni sun‘iy oshirib, xarajatlarni pasaytirib oldinga suriladi. Bu kabi takliflarga qarshi turish va uni oldini olishda eng yaxshi qurol loyihalarni tizimli iqtisodiy baholashdir. SHundagina biz yosh mutaqil respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoriga ko‗tarilishiga va o‗z mahsulotlari hamda xizmatlari bilan jaxon bozorida munosib, mustahkam o‗rin egallashini ta‘minlashga erishamiz.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Iqtisodiy tahlil vazifalarini tushuntirib bering.
Iktisodiy tahlilning maksadi va moliyaviy tahlildanfarqi nimada?
YAshirin baholar nima? Iqtisodiy tahlilda nima uchunyashirin baholardan foydalaniladi?
Manfaat va xarajatlarni o‗lchash muammolariga izohbering.
Iste‘mol tejami nima?
Tashqi samara, jumladan, xalqaro samaraning mohiyatinimada?
modul. INVESTITSIYA LOYIHALARIDA TAVAKKAL XAVFI TAHLILI
R E J A
Investitsiyalarda tavakkal xavfi darajasi.
Investitsiyalarda tavakkal xavfi darajasini bosqichma-bosqich baholash.
Investitsiyalarda tavakkal xavfi darajasi.
Investitsiyalashda tavakkal xavfi deganda investitsiya daromadlarining ko‗zda tutilgan miqdoridan kamayish holati tushuniladi. Daromadlarning o‗zgarishi shkalasi qanchalik keng bo‗lsa, investitsiyalashda tavakkal xavfi darajasi shunchalik yuqori bo‗ladi. Investitsiyalashda tavakkal xavfi manbaalari bir-biri bilan juda bog‗liq bo‗lganligi sababli ularning qaysi biri daromadga qanchalik ta‘sir etganligini aniqlash juda mushkul. Investitsiyalashda tavakkal xavfining (keyinchalik xavf deb yuritiladi) asosiy turlari: ish bilan bog‗liq tavakkal xavfi, moliyaviy bozor tasodifi xavflari, aholining sotib olish qobiliyati bilan bog‗liq bo‗lgan moliyaviy xavf, foiz xavfi va boshqalar hisoblanadi.
Ish bilan bog‗liq tavakkal xavfi kelayotgan daromadlarning hamma investorlar bilan hisob-kitob qilishga etishi kafotlanganligidir. Bunday holatda jami daromad investi-siya xarajatlarini qoplay olmaydi. Albatta, davlat (ayrim mamlakatlarda) bunday holatda xarajatlarning ma‘lum bir qismini o‗z zimmasiga oladi. Asosan bu xavf biznes bilan bog‗liq bo‗ladi. Moliyaviy xavf deganda o‗z mablag‗lari va qarz-ga olingan mablag‗lar kompensatsiyalari natijasida kelib chi-qadigan xavf tushuniladi.
Investitsiya uchun qanchalik ko‗p chetdan qarz jalb etilsa, moliyaviy shunchalik xavf ko‗payadi. Bu xavfning oshishi asosan korxonalar qarz beruvchi investorlar o‗z vaqtida foiz to‗lovlari to‗lashga ilojsizligi oqibatidan kelib chikadi. Belgilangan, ya‘ni vaqti aniq ko‗rsatilgan qarzlar yoki qarz foizla-ri loyiha ishga tushmasdan, daromad hali kelmagan vaqtdan boshlab to‗lanishi kerak. Korxonalarning bunday qarzlarni to‗lay olish qobiliyati yo‗qligi moliyaviy xavfni tug‗diradi.
Aholini tovarlar sotib olish krbiliyatining pasayishi bilan bogliq bo‗lgan xavf asosan taklif inflyasiyasi vaqtida bo‗ladi. Bu davrda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi. Ayrim qimmatbaho qog‗ozlar belgilangan vaqtda investorga foyda keltirishni ko‗zda tutganligi uchun ayrim hollarda foiz xavfiga ega bo‗ladi. Ko‗p hollarda qimmatbaho qog‗ozlarning kurslari oldingi kurslarga nisbatan o‗zgarib turadi. Natija-da qimmatbaho qokozlar chikargan kompaniyalar belgilab qo‗yilgai foizlarni bera olmaydilar. Bu jarayon qimmatbaho qogozlarning bozor baxrlari tez-tez o‗zgarib turishi natijasida vujudga keladi. Likvidlik xavfi korxonalarning aksiyalarni kerakli vaqtda ko‗zda tutilgan summaga sotishga imkoniyati bo‗lmay qoli-shini anglatadi. Agar kecha 1000 dollarga aksiya sotib olgan bo‗lsangaz, bugun uni 800 dollarga sotasiz, bunday aksiya yuqori likvidli emas.
Bozor xavfi deganda bu daromadlarni qimmatbaho qog‗ozlar kursi o‗zgarishi emas, balki iqtisodiy-ijtimoiy voqealardan ke-lib chiqadigan xavf tushunchalaridir. Masalan, YAqin SHarqda urush kelib chiqish xavfi qurol-aslaha ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan aksiyalar hamda neft mahsulotlari ishlab chikarishga bog‗langan aksiyalar kursiga ta‘sir etadi. Tasodif xavfi tusat-dai vujudga keladigan xavf bo‗lib, investitsiya natijalariga juda tez ta‘sir etadi. Bunga ikkita yirik kompaniyaning bir-biriga qushilishi va boshqalar misol bo‗la oladi. Umuman, xavflarni baholashga uch xil yo‗nalishda yonda-shish mumkin. An‘anaviy ishlab chiqarishni tubdan o‗zgartira-digan yoki uning tuzilmasiga salmoqli o‗zgartirish kiritadi-gan investitsiyalarni joriy etish bilan bog‗liq loyihalarni qabul qilishda ayrim hollarda start davrini mukammal tahlil qilmaslik natijasida yaratiladigan mahsulotga etarli xaridor topa olmaslik hollari vujudga kelishi
mumkin. Bunda, albatta, mukammal variantlarni chuqur o‗rganish kerak. Har xil muqobil variantlar mavjud bo‗lmagan hollarda oldindan ma‘lum tadbirlarni amalga oshirish kerakki, ular xavfni yo‗qotishga qaratilgan bo‗lsin. Navbatdagi yondashuv asosan oddiy loyihalarni o‗z ichiga oladi. Bu loyihalarda ma‘-lum xavf mavjud. Masalan, loyihani vujudga keltirish dav-rida o‗rtacha ko‗rsatkichlardan foydalanamiz, lekin keyinchalik bu ko‗rsatkichlardan ma‘lum chekinish vujudga kelishi mumkin. Mana shu yo‗nalishlarni misolda ko‗rib chiqamiz.
Loyihada temir-beton zavodi qurish ko‗zda tutilgan deylik. Zavod aholi yashaydigan mikrorayonda bo‗lib, u erdan avto-trassa o‗tishi ko‗zda tutilgan. Zavod qurshshshi trassaga yaqin joyda bo‗ladi. Zavod qurilishi uchun 5 mlrd.so‗m mablag‗ ajra-tilgan. Bu zavod shshgab chiqaradigan mahsulot hajmi 2 mlrd. bilan 4 mlrd.so‗m orasida bo‗ladi. Loyihaning yashash davri 5 yil, bu vaqtdan so‗ng zavod sotib yuboriladi. Zavodning qoldiq bahosi avtotrassa qurilishi davri bilan bog‗liq bo‗lib, 1 mlrd. bilan 3 mlrd.so‗m orasidadir. Agar zavod qurilgandan keyingi birinchi yili avtotrassa qurilishi haqida qaror qabul qilin-masa, uning qoldiq qiymati 3,5 mlrd.so‗m. Diskontning qabul qilingan stavkasi 10% va ikkita variantda mahsulot sotish hajmi 0,5 mlrd yoki 1,5 mlrd.so‗m bo‗ladi. Buni variantlar bo‗y-icha aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi:
NPV = [ ∑NP1/(1+k)+RV/(1+k) ] – I
Bu erda: NP1- sof foyda va amortizatsiya summasi; : PV - qoldiq qiymat.
Dostları ilə paylaş: |